𝘼𝙣 𝙔𝙤𝙨𝙞𝙣 | 🌸
Open in Telegram
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg'on deya olursiz?! 🔎Ar-Rahmon surasi, 🗞 39-45 oyatlar - ✍Ahmad al-Abiyd YA RABBIM qalblarimizni har dam 30 pora Quran Oyatlariga ochiq qilib qöy🤲 Yosin Qur'onni qalbi, 36-sura
Show more919
Subscribers
-224 hours
-157 days
-3830 days
Posts Archive
919
Hayotning 7 muhim qoidalari.
Ushbu 7 qoidaga hayotini behuda sarflamoqchi bo'lmagan har bir kishi amal qilishi kerak deb o‘ylaymiz.
1. Ibodat qilishdan oldin - ishoning.
2. Aytishdan oldin - tinglang.
3. Pul sarflashdan oldin - ishlang.
4. Yozishdan oldin - o'ylab ko'ring.
5. Ketishdan oldin - sinab ko'ring.
6. O'limdan oldin - yashang.
7. So'zlashdan oldin - tushuning.
@AnYosin
919
#Axloq
Imom Shaʼbiyni bir kishi soʻkib yubordi. Shunda imom unga: “Agar men sen aytgandek boʻlsam, Alloh meni kechirsin. Agar unday boʻlmasam, Alloh seni kechirsin”, dedi.
@anyosin
919
Namoz o’qib, lekin hali ro’mol o’ramagan qizlarni muhokama qilmang!
Namoz o’qib, hali biron yomon odatini tashlay olmayotganlarni muhokama qilmang!
Alloh bilan orasida aralashmang!
Alloh bilan uchrashuvini to’smang!
Umidini so’ndirmang!
Bu namozlar balki, siznikidan-da mukammal hijob o’rashiga vasila bo’lar!
Bu namozlar hali sizni aynan shu birodaringizga havas qiladigan qilib qo’yar!
Qo’lingizdan kelsa ularning haqqiga go’zal duolar qiling.
Ertaga nimalar bo’lishini siz bilolmaysiz..
@AnYosin
919
Savol :
- Erimni Jannatda hurlardan qanday tiysam bo‘ladi?
Javob :
- Iltimos , shu er bechorani hech bo‘lmasa jannatda tinch qo‘ysangizchi!?
#Rashk #Hajv
@anyosin
919
7 toifa inson bor, hech bir soya bo’lmaydigan qiyomat kunida ularni Alloh taolo hususiy o’laroq o’z Arshi soyasida ko’lankalatib rohatlantiradi. Bular:
1. Adolat bilan hukm qilgan amr (boshliq)
2. Allohga ibodat sevgisi bilan o’sgan o’spirin
3. Qalbi masjidlarga bog’liq inson
4. Alloh yo’lida bir-birlarini sevgan, va bu sevgi ila ayrilgan ikki inson
5. Obro’li go’zal bir ayol tarafidan shaxvoniy maqsad uchun chaqirilgani holda: “Men Allohdan qo’rqaman” degan va bu taklifni rad etgan inson
6. O’ng qo’li berganini chap qo’li bilmaydigan darajada yashirin sadaqa qiladigan inson
7. Yolg’iz o’zi qolganida, Alloh taoloni eslab ko’zlari yoshga to’lgan inson...
Saodat asri (kitobidan)✨
@anyosin
919
Qalb gohida mahzun boʻladi.
Hech qayerga sigʻmaydi.
Yashab turgan olamimizga baʼzan sigʻmay ketamiz.
Boʻgʻzimizga nimadir har nafasda tiqilaveradi.
Oʻtmish goho bizni tinmay taqib qiladi.
Baʼzan arzimas narsalar ham bizni ezib qoʻyadi.
Lekin albatta bular oʻtkinchiligiyu, gʻam gʻussamiz bir kuni yakun topishiga qalban ishonamiz!
Axir bizni Jannat kutmoqda!
Kanal : @AnYosin
919
Robbimning eshiklari doimo ochiqdir
Salaflardan birining boshiga musibat tushganda do‘sti oldiga kelib: “Robbing eshiklarini taqillatishdan boshqa qanday chorang bor?!” deb nasihat qildi. Shunda u aytdi: “Robbim eshiklari yopiqmaski uni taqillatsam...”
Kishining Robbisiga mana shunday ishonch bilan: “Ya Robbim...” deyishi barcha tushkunliklarni qulatishga kifoya qiladi.
@anyosin
919
U vafot etti..
— Bir soattan so’ng u siz ovqatlanishdi.
— Bir kundan so’ng do’stlari tarqaldi.
— Bir haftaga qolmasdan o’rniga boshqa xodim olishdi.
— Bir oyga qolmasdan merosxo’rlar uning mol-dunyosini talashishga kirishishdi.
— Bir yilga qolmasdan balki ayoli ham boshqasiga turmushga chiqdi.
Lekin, u bularga erishish uchun butun umr harakat qilgan edi.
Agar, qilgan harakatlari Alloh uchun bo’lmasa oxiratta hechvaqosiz qolgan bechora bo’lib qayta tiriladi.
#Fikr | @anyosin
919
Ayb shaytondami?
Bir gal shayton shikoyat qiladi: “Bu nimasi? Bu ne adolatsizlik? Insonlar qilg‘ilikni qilib, aybni menga to‘nkashadi. Mening gunohim nima? Men gunohkor emasman. Ishonmasangiz, o‘zingiz ko‘rib, xulosa chiqazing...”
Bir qo‘chqor qoziqqa bog‘lab qo‘yilgan edi. Shayton kelib, qoziqni nari-beri qimirlatib: “Qilgan ishim bor-yo‘g‘i shu”, deydi.
Qo‘chqor u yoq-bu yoqqa siltanib, qoziqni qo‘poradi. Xo‘jayin uyining eshigi ochiq, dahlizda qadimiy, go‘zal toshoyna turar edi. Qo‘chqor oynada o‘z aksini ko‘rib, bir shox urib uni chil-chil qiladi.
Uy bekasi zinadan shoshilinch tushib, ota-onasidan qolgan oyna chil-chil sinib yotganini ko‘radi va alam ichida xizmatkorlariga: “Qo‘chqorni so‘ying! Hoziroq!” deb buyuradi.
Qo‘chqor xonadon egasining arzandasi edi, qo‘zichoq ekanligida sotib olib, o‘z qo‘li bilan boqib, katta qilgan. Xullas, u kechqurun uyga kelib, sevimli qo‘chqori so‘yilganini ko‘radi.
“Qo‘chqorni kim so‘ydi? – deb baqiradi u. – Qaysi ablah bunga jur’at etdi?”
Xotini unga javoban deydi: “Qo‘chqorni men so‘ydirdim. U ota-onamdan qolgan oynani chil-chil sindirdi!”
Er g‘azabi qaynab qichqirdi: “Unda men sen bilan ajrashaman!”
Gap-so‘z ko‘payib, bir oila buzilib ketadi.
Qissadan hissa: qoqqan qoziqlaringizga ehtiyot bo‘ling..!
@anyosin
919
Shunday xarob zamondamiz-ki, bir-birimizga ishimiz tushmasa, yoru-birodarligimiz esda yo'q..
@anyosin
919
فَلَا يَحْزُنكَ قَوْلُهُمْ ۘ إِنَّا نَعْلَمُ مَا يُسِرُّونَ وَمَا يُعْلِنُونَ
(Yasin - 76)
Ularning gapi seni xafa qilmasin. Albatta, Biz nimani sir tutsalar va nimani oshkor qilsalar, bilurmiz
@anyosin
919
Robbingga qarab...
"Meni buyuk dardim bor"- dema
Dardingga qarab...
"Meni buyuk Robbim bor"- degin!
Mavlono Rumiy
@anyosin
919
عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ: أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ قَالَ سُبْحَانَ اللهِ وَبِحَمْدِهِ. فِي يَوْمٍ مِائَةَ مَرَّةٍ حُطَّتْ خَطَايَاهُ، وَإِنْ كَانَتْ مِثْلَ زَبَدِ الْبَحْرِ
Абу Ҳурайра رضي الله عنه ривоят қилинади:
«Расулуллоҳ صل الله عليه وسلم : «Ким бир кунда юз марта «Субҳааналлоҳи ва биҳамдиҳии»,* деса, хатолари денгиз кўпикларича бўлса ҳам ўчирилади», дедилар».
📚 Бухорий ривояти
@anyosin
919
...Ey inson!
Bu olamdagi junbushga va dabdabaga aldanma! Uyquda ko'rgan tushingda vujuding qiyma-qiyma bo'lsa ham, qo'rqma!
Zero, bu dunyo bir uyqudan iboratdir!
@AnYosin
919
Dedim : Gunohlarim juda koʻp..
Dedi : Allohdan oʻzga kim ham magʻfirat qiladi ? [3:15]
Dedim :Meni oʻz holimga tashlab qoʻyma...
Dedi : Bas , meni eslasanguz sizni eslayman ...[2:152]
Dedim : hayotimga juda kup qiyinchilikka uchradim...
Dedi : kim Allohga taqvo qilsa , u zot uning yoʻllarini ochib qoʻyur [65:2]
Dedim : Erishmoqchi boʻlgan orzularim juda koʻp...
Dedi : Menga duo , qiling szga ijibat qilurman ...[40:60]
@anyosin
