en
Feedback
Ulamolar Yog'dusi

Ulamolar Yog'dusi

Open in Telegram

Ushbu sahifada zamonamizning yetuk Hanafiy olimlaridan biri shayx Saloh Abulhoj hafizahullohning fiqhiy va axloqiy darslari o‘zbek tilida berib boriladi va boshqa foydali ma'lumotlar ham... 🎧 Audio sahifamiz: @UlamolarYogdusi t.me/shayxsalohabulhaj

Show more
6 769
Subscribers
-324 hours
-77 days
-9430 days
Posts Archive
Alloh taoloning fazli bilan Ustoz Shayx Saloh Abulhojning Youtube sahifalari qayta ishga tushdi. ✅👉@Ulamolar_yogdusi Bizni i
Alloh taoloning fazli bilan Ustoz Shayx Saloh Abulhojning Youtube sahifalari qayta ishga tushdi. ✅👉@Ulamolar_yogdusi Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! 👇 💬 Facebook | 📸Instagram |📹 Youtube| TikTok

Repost from Ulamolar Yog'dusi
🗣Ustozimiz Shayx Saloh Abulhoj hafizahullohning "HANAFIY MAZHABIGA TERAN NIGOH" mavzuidagi darslarining audio shakli kanalimizga to'liq holda joylashtirildi❗️ 🎧 1-dars. Hanafiy mazhabiga teran nigoh "Muqaddima 1-qism"; 🎧 2-dars. Hanafiy mazhabiga teran nigoh "Muqaddima"; 🎧 3-dars. Fiqh va uning atrofidagi shubhalar; 🎧 4-dars. Ilmul hol; 🎧 5-dars. Nabiy sollallohu alayhi vasallam va sahobalar davrida fiqh | 1- qism; 🎧 6-dars. Nabiy sollallohu alayhi vasallam va sahobalar davrida fiqh | 2- qism; 🎧 7-dars. Mazhab ulamolariga hadislarning yetib kelish masalasi; 🎧 8-dars. Ahli ra'y va ahli hadis degan tushunchalarga tanqid ; 🎧 9-dars. Mujtahidlarning tabaqalari va vazifalari|1-qism; 🎧 10-dars. Mujtahidlarning tabaqalari va vazifalari|2-qism; 🎧 11-dars. Imom Abu Hanifa rohmatullohi alayhga qilingan ta'nalarga raddiya; 🎧 12-dars. Faqih muhaddislar yo‘nalishi; 🎧 13-dars. Faqihlarning hadislarni qabul qilishdagi usullari; 🎧 14-dars. Dolzarb savollarga javoblar; 🎧 15-dars. Bugun unutilayotgan fiqhiy haqiqatlar; 🎧 16-dars. Mazhablarga ergashishning sabablari; 🎧 17-dars. Mazhablarga ergashishning ahamiyati; 🎧 18-dars. Mutaassiblik va mazhabga ergashishning farqi; 🎧 19-dars. Mutaassiblik va mazhabga ergashishning farqi 2-qism; 🎧 20-dars. "Sahih hadis mening mazhabimdir" deyishning oqibati nima? 🎧 21-dars. Fuqaholar o'rtasidagi ixtilof usullar sabablidir; 🎧 22-dars. Fuqaholarning ixtilofiga sabab nima? 🎧 23-dars. Fiqhul-muqorinning zarari; 🎧 24-dars. Maqosidush-shari’a va qova’idush-shari’a; 🎧 25-dars. Maqosidush shari’aga munosabatimiz; 🎧 26-dars. Oldingi va hozirgi ulamolar oʻrtasida sharʼiy qoidalar borasidagi tushuncha; 🎧 27-dars. Ilmni ustozdan oʻrganish; 🎧 28-dars. Fatvo berish qoidalari; 🎧 29-dars. Fiqhiy kitoblarning tabaqalari; 🎧 30-dars. Fatvo berish qoidalari; 🎤 Shayx Saloh Abulhoj hafizahullohning ✔️ @UlamolarYogdusi Audio sahifamiz

Шайх САЛОҲ АБУЛ ҲОЖни Ўзбекистонга ташрифлари

Бугун 28 ноябрь куни Ўзбекистон мусулмонлари идораси раиси, муфтий Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари Ислом илмлари халқаро
+1
Бугун 28 ноябрь куни Ўзбекистон мусулмонлари идораси раиси, муфтий Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари Ислом илмлари халқаро университети, ҳанафий фиқҳи факультети мудири, доктор Салоҳ Муҳаммад Солим Абул Ҳож ҳазратларини қабул қилдилар. 🔸Файзли суҳбат чоғида Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари меҳмонни юртимизга ташрифи ва халқаро анжуманлардаги фаол иштироки учун миннатдорлик билдирдилар. Шунингдек, ушбу олимнинг Ислом ақидаси ва Ҳанафий фиқҳини муҳофаза қилишдаги хизматларини юқори баҳоладилар.

photo content
+1

Шайх Салоҳ Абул Ҳож ҳазратлари Мир Араб олий мадрасасида Бугун, 27 ноябрь куни шайх Салоҳ Абул Ҳож ҳазратлари Мир Араб олий м
+3
Шайх Салоҳ Абул Ҳож ҳазратлари Мир Араб олий мадрасасида Бугун, 27 ноябрь куни шайх Салоҳ Абул Ҳож ҳазратлари Мир Араб олий мадрасасига ташриф буюрдилар. Ташриф асносида мадрасада таҳсил олаётган талабалар билан учрашув ташкил этилди. Учрашувда шайх Салоҳ Абул Ҳож ҳазратлари «Бухоро фиқҳ мактабининг Ислом оламидаги аҳамияти» мавзусида суҳбат қилиб бердилар. Шу билан бир қаторда «Фатавои Қозихон» китобининг муқаддимаси ўқилиб, шарҳ қилинди. «Фатавои Қозихон» китобининг муаллифи имом Фахриддин Ҳасан ибн Мансур Ўзгандий Фарғоний Ҳанафийдир. Эслатиб ўтамиз, шайх Салоҳ Абул Ҳож ҳазратлари Тошкент, Самарқанд, Андижон ва Наманган вилоятларидаги олий ва ўрта махсус ислом билим юртларига ҳам ташриф буюришлари режалаштирилган.

Bugun Buxoroi sharifda Mir Arab madrasasining 500-yilligiga bagʻishlangan “Boqiy Buxoroning islom sivilizatsiyasidagi oʻrni”
Bugun Buxoroi sharifda Mir Arab madrasasining 500-yilligiga bagʻishlangan “Boqiy Buxoroning islom sivilizatsiyasidagi oʻrni” mavzuidagi xalqaro anjuman boʻlib oʻtmoqda Nufuzli tadbirda Xalqaro musulmon ulamolar kengashi Oʻzbekiston, Misr, Ozarbayjon, Rossiya, Iordaniya,Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston singari mamlakatlar muftiylari, taniqli ulamolar, jumladan Shayx Saloh Abulhaj va islomshunos tadqiqotchi va diniy soha vakillari (“Mir Arab” madrasasi bitiruvchilari) ishtirok etadi. 🤲Alloh taolo mazkur yigʻilishlarni xayrli va manfaatli boʻlishini nasib etsin!

Ustoz Shayx Saloh Abul Haj O‘zbekiston 🇺🇿 musulmonlari diniy idorasi taklifiga binoan rasmiy safar bilan Toshkentga yetib k
Ustoz Shayx Saloh Abul Haj O‘zbekiston 🇺🇿 musulmonlari diniy idorasi taklifiga binoan rasmiy safar bilan Toshkentga yetib keldi. Shayx Saloh Buxorodagi Mir Arab madrasasida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro anjumanda ishtirok etishi, hamda Toshkent,Samarqand, Andijon va Namangan shaxarlaridagi diniy o‘quv bilim yurtlari bilan tanishishi kutilmoqda @ulamolar_yogdusi

Bugun Ustoz dr.Saloh Abul Haj O‘zbekiston 🇺🇿 musulmonlari diniy idorasi taklifiga binoan rasmiy safar bilan Toshkentga yo‘l
+2
Bugun Ustoz dr.Saloh Abul Haj O‘zbekiston 🇺🇿 musulmonlari diniy idorasi taklifiga binoan rasmiy safar bilan Toshkentga yo‘l oldi. Shayx Saloh Buxorodagi Mir Arab madrasasida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro anjumanda ishtirok etishi, hamda Toshkent,Samarqand, Andijon va Namangan shaxarlaridagi diniy o‘quv bilim yurtlari bilan tanishishi kutilmoqda @ulamolar_yogdusi

Ustoz Dr.Saloh Abul-Hajning Istanbuldagi Shayx Muhammad Sodiq akademiyasida bo‘lib o‘tgan suhbatlari 👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻 htt
Ustoz Dr.Saloh Abul-Hajning Istanbuldagi Shayx Muhammad Sodiq akademiyasida bo‘lib o‘tgan suhbatlari 👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻 https://youtu.be/kxQ3O1K0wlU?feature=shared @Ulamolar_yogdusi

YANGILIK! 🥳 Barchamiz kutgan Fotih Dumanning yana bir kitobi sotuvda. Yozuvchi asar boshida shunday deydi: “Asrlar o‘tib, qa
YANGILIK! 🥳 Barchamiz kutgan Fotih Dumanning yana bir kitobi sotuvda. Yozuvchi asar boshida shunday deydi: “Asrlar o‘tib, qalbga yaqin insonlarni eslatish, ularni qaytadan tiriltirish mening chekimga tushgan ekan. Bir necha yil oldin bir jumlaga duch kelgandim: ”Kimda-kim bir musulmonning hayotini yozsa, uni tiriltirgandek bo‘ladi”, degan jumla edi. Birgina shu jumla sababli, hayotimni yozishga bag‘ishladim”… Bu safar Shamsiddin Sivasiy hayotlari haqida yaqindan tanishib, u zot bilan birga yurgandek, yashagandek bo‘lamiz. Biz ushbu asar orqali har bir shaharning egasi borligiga guvoh bo‘lamiz. Muqova — yumshoq; Narxi — 48.000 so‘m. Shahar ichida buyurtmalar 24 soat davomida yetkazib beriladi. 📞 Bog‘lanish uchun: @qamar_delivery +998998454400 🌗 @qamarbooks

Allohdan bo‘lgan qo‘rquvingizni ziyoda qiladigan narsa – foydali ilmdir!. Ma’nosi: Foydali ilm ayblaringizni ko‘zlaringizga k
Allohdan bo‘lgan qo‘rquvingizni ziyoda qiladigan narsa – foydali ilmdir!. Ma’nosi: Foydali ilm ayblaringizni ko‘zlaringizga ko‘rsatadi, Robbingizga qanday ibodat qilishni o‘rgatadi. Dunyoga bo‘lgan rag‘batingizni kamaytirib, oxiratga bo‘lgan rag‘batingizni ziyoda qiladi. Amallarda duch keladigan ofatlardan sizni ogohlantiradi! Shayx Saloh Abulhoj hafizahullohning Qalbni sug‘organ hikmat ziloli kitobidan 👉@Ulamolar_yogdusi Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! 👇 💬 Facebook | 📸Instagram |📹 Youtube| TikTok

O‘zingizdan oldin o‘tgan imomlarning yo‘lidan ergashing!. Ma’nosi: Aqlli kishi o‘zidan oldin o‘tgan ulamolar va solih zotlarn
O‘zingizdan oldin o‘tgan imomlarning yo‘lidan ergashing!. Ma’nosi: Aqlli kishi o‘zidan oldin o‘tgan ulamolar va solih zotlarning yurgan yo‘llaridan yurib, tutgan uslublarini qo‘llaydi © Shayx Saloh Abulhoj hafizahullohning Qalbni sug‘organ hikmat ziloli kitobidan 👉@Ulamolar_yogdusi Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! 👇 💬 Facebook | 📸Instagram |📹 Youtube| TikTok

Taqvo ahli ilm nuri bilan jilvalanadi!. Ma’nosi: Ilmdan tirik qalb egalarigina foyda oladilar. Chunki, ularning taqvolari o‘r
Taqvo ahli ilm nuri bilan jilvalanadi!. Ma’nosi: Ilmdan tirik qalb egalarigina foyda oladilar. Chunki, ularning taqvolari o‘rgangan ilmlariga amal qilib, undan foyda olishlariga undaydi. 📖© Shayx Saloh Abulhoj hafizahullohning " Qalbni sug‘organ hikmat ziloli " kitobidan 👉@Ulamolar_yogdusi Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! 👇 💬 Facebook | 📸Instagram |📹 Youtube| TikTok

Президент фармонига мувофиқ марҳум Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф «Олий Даражали Имом Бухорий» ордени билан тақдирланган эди. Бугун ушбу мукофотни унинг ўғли, «Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф» масжиди имом хатиби Муҳаммад Юсуф Исмоил Муҳаммад Содиқ қабул қилиб олди Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

Repost from NUN NASHR
Onam aytgan qissa Ko‘pchilik aka-ukalar bolalikda bir-birlari bilan janjallashadilar. Ba’zida uy ishlarining taqsimotida, bos
Onam aytgan qissa Ko‘pchilik aka-ukalar bolalikda bir-birlari bilan janjallashadilar. Ba’zida uy ishlarining taqsimotida, boshqa payt televizor ko‘rish navbatida, yo bo‘lmasa yana nimadir muammo chiqib aka-ukalar va opa-singillar orasida kelishmovchilikka sabab bo‘ladi. Barcha ota-onalar bunday vaziyatlarda bolalarni tinchlantirishga, kattaga sen kattasan, kichikka sen kichiksan, deb o‘zaro murosaga chaqirishga urinadilar. Bizlarda ham bunday holatlar bo‘lib turardi. Shunda onam bizlarni bir xonaga kiritib, bu ishimiz yaxshi emasligini tushuntirardilar. Ayniqsa “uyat bo‘ladi” so‘zini ko‘p takrorlardilar. Ko‘pincha ibrat namunasi sifatida Yusuf alayhissalom qissasini aytib berardilar. Qissada Yusuf alayhissalomning akalari tomonidan quduqqa tashlanganlari, chekkan zahmatlari, qiyinchiliklardan tortib Misrga podshoh bo‘lganlarini, shuncha qiyinchilik tortgan bo‘lsalar-da, ukalarini kechirganlarini eshitar ekanmiz, bir-birimizga zimdan qarab qo‘yar edik. Onam “Sizlar ham bir-biringizdan uzr so‘ranglar-da, boshqa bunday qilmanglar”, deya bizni yarashtirar edilar. Bu qissa keyinchalik bizlarga yod bo‘lib ketdi. Endi biz ham bu ibratli qissani farzandlarimizga aytib beryapmiz. Qur’oni karimda keltirilgan qissalarning barchasidan tarbiya manbai sifatida foydalanib, farzandlarimizni yoshlik chog‘laridanoq bu qissalarni o‘qishga, mushohada qilishga o‘rgatmog‘imiz lozim. Axir Qur’oni karim Allohning kalomi, uni farzandlarimizga o‘qib-o‘rgatish biz ota-onalarning burchimizdir. ©Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu’ti 📚" Farzand tarbiyasida 700 saboq " kitobidan ✅👉http://t.me/nunnashr

Масофавий (online💻) таълим олишни истаган талаба номзодлари: ▪️ Паспорт сурати ▪️ Электрон почта манзили ▪️ Телефон рақами ▪
Масофавий (online💻) таълим олишни истаган талаба номзодлари: ▪️ Паспорт сурати ▪️ Электрон почта манзили ▪️ Телефон рақами ▪️ 11 йиллик мактаб аттестати сурати . 📌11йиллик аттестат бӯлмаса колеж/литцей дипломининг  суратларини қуйидаги ҳаволага (link) юборишингиз керак бӯлади @zafar_abdugaffor 🔔Эслатма:❗️ 🔹Дастлаб ҳужжатлар туғрилиги текширилиб қабул қилинади. 🔹Сӯнгра ҳужжатларни юборган талаба номзодларига ӯқув тӯловни амалга оширишлари учун  қабул бӯлими томонидан алоқага чиқилади 📞 @hanafiykulliyasi

Repost from NUN NASHR
Oilaviy hayotning ilk kunlaridanoq er-xotin bir-biriga to‘la mos kelishi shart emas. Boshida ozgina muvofiqlikka ko‘nib, sabr
Oilaviy hayotning ilk kunlaridanoq er-xotin bir-biriga to‘la mos kelishi shart emas. Boshida ozgina muvofiqlikka ko‘nib, sabr qilib tursak, keyinchalik bu doira kengayib boraveradi. Manfaatlar, fikrlar va tuyg‘ular mushtarakligi vaqt o‘tishi bilan shakllanadi. Eng muhimi har kuni juftlar bir-birlarini ko‘proq tushunishga, bir yoqadan bosh chiqarishga urinsalar, bas, tez orada maqsadga erishishadi. ©️Shayx Yusuf Xattor Muhammad 📚«Oila — saodat maskani» kitobidan ✅ 👉http://t.me/nunnashr

Ilm nuri bilan faqat taqvo ahligina ziyolanadi. Ma’nosi: Qalb din ilmlarini o‘rganishi va Islom ilmlariga kengayishi uchun ta
Ilm nuri bilan faqat taqvo ahligina ziyolanadi. Ma’nosi: Qalb din ilmlarini o‘rganishi va Islom ilmlariga kengayishi uchun taqvodor bo‘lishi kerak. Chunki, taqvo haqiqiy ilm kalitidir. Usiz ilmning ustki qavatini o‘rganish mumkin. Zero, taqvosiz qalb hali ilm uchun ochilmagan bo‘ladi. 📖© Shayx Saloh Abulhoj hafizahullohning " Qalbni sug‘organ hikmat ziloli " kitobidan 👉@Ulamolar_yogdusi Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! 👇 💬 Facebook | 📸Instagram |📹 Youtube| TikTok

"Najot topish uchun yo‘l – o‘rgangan ilmga amal qilishdir!". 🔸Ma’nosi: Alloh taolo kishiga o‘rganishni nasib qilgan ilmga am
"Najot topish uchun yo‘l – o‘rgangan ilmga amal qilishdir!". 🔸Ma’nosi: Alloh taolo kishiga o‘rganishni nasib qilgan ilmga amal qilish Allohning huzurida najot topuvchilardan bo‘lishga ochilgan yo‘l demakdir. Amalsiz ilmda yaxshilik yo‘qdir! 📖© Shayx Saloh Abulhoj hafizahullohning " Qalbni sug‘organ hikmat ziloli " kitobidan 👉@Ulamolar_yogdusi Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! 👇 💬 Facebook | 📸Instagram |📹 Youtube| TikTok