en
Feedback
2 600
Subscribers
-1824 hours
-1067 days
-17530 days

Data loading in progress...

Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+14
in 0 channels
August '26
+101
in 5 channels
Get PRO
July '26
+245
in 0 channels
Get PRO
June '26
+430
in 0 channels
Get PRO
May '26
+403
in 9 channels
Get PRO
April '26
+181
in 10 channels
Get PRO
March '26
+56
in 3 channels
Get PRO
February '26
+66
in 2 channels
Get PRO
January '26
+64
in 1 channels
Get PRO
December '25
+54
in 7 channels
Get PRO
November '25
+61
in 1 channels
Get PRO
October '25
+62
in 6 channels
Get PRO
September '25
+52
in 0 channels
Get PRO
August '25
+59
in 2 channels
Get PRO
July '25
+272
in 1 channels
Get PRO
June '25
+256
in 2 channels
Get PRO
May '25
+193
in 4 channels
Get PRO
April '25
+108
in 3 channels
Get PRO
March '25
+57
in 13 channels
Get PRO
February '25
+99
in 17 channels
Get PRO
January '25
+75
in 0 channels
Get PRO
December '24
+43
in 17 channels
Get PRO
November '24
+40
in 11 channels
Get PRO
October '24
+45
in 1 channels
Get PRO
September '24
+72
in 7 channels
Get PRO
August '24
+59
in 2 channels
Get PRO
July '24
+364
in 1 channels
Get PRO
June '24
+491
in 2 channels
Get PRO
May '24
+428
in 18 channels
Get PRO
April '24
+162
in 16 channels
Get PRO
March '24
+104
in 12 channels
Get PRO
February '24
+105
in 10 channels
Get PRO
January '24
+131
in 11 channels
Get PRO
December '23
+45
in 0 channels
Get PRO
November '23
+71
in 4 channels
Get PRO
October '23
+54
in 0 channels
Get PRO
September '23
+95
in 0 channels
Get PRO
August '23
+144
in 0 channels
Get PRO
July '23
+398
in 0 channels
Get PRO
June '23
+779
in 0 channels
Get PRO
May '23
+259
in 0 channels
Get PRO
April '23
+143
in 0 channels
Get PRO
March '23
+118
in 0 channels
Get PRO
February '23
+66
in 0 channels
Get PRO
January '23
+2 097
in 0 channels
Get PRO
December '22
+21
in 0 channels
Get PRO
November '22
+40
in 0 channels
Get PRO
October '22
+45
in 0 channels
Get PRO
September '22
+4 410
in 0 channels
Get PRO
August '22
+219
in 0 channels
Get PRO
July '22
+721
in 0 channels
Get PRO
June '22
+436
in 0 channels
Get PRO
May '22
+418
in 0 channels
Get PRO
April '22
+151
in 0 channels
Get PRO
March '22
+184
in 0 channels
Get PRO
February '22
+88
in 0 channels
Get PRO
January '22
+72
in 0 channels
Get PRO
December '21
+52
in 0 channels
Get PRO
November '21
+43
in 0 channels
Get PRO
October '21
+165
in 0 channels
Get PRO
September '21
+71
in 0 channels
Get PRO
August '21
+213
in 0 channels
Get PRO
July '21
+606
in 0 channels
Get PRO
June '21
+323
in 0 channels
Get PRO
May '21
+212
in 0 channels
Get PRO
April '21
+113
in 0 channels
Get PRO
March '21
+23
in 0 channels
Get PRO
February '21
+20
in 0 channels
Get PRO
January '21
+23
in 0 channels
Get PRO
December '20
+356
in 0 channels
Date
Subscriber Growth
Mentions
Channels
08 September+2
07 September+1
06 September+1
05 September+3
04 September+3
03 September+1
02 September+3
01 September0
Channel Posts
#hamkorlik #integratsiya Bugun maktabimizda Yangi O‘zbekiston Universiteti professorlari ishtirokida 10–11-sinf o‘quvchilari
+6
#hamkorlik #integratsiya Bugun maktabimizda Yangi O‘zbekiston Universiteti professorlari ishtirokida 10–11-sinf o‘quvchilari uchun navbatdagi integratsiyalashgan darslar tashkil etildi. PF-55-son Farmon doirasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik asosida kimyo fani professori Amjad El-Qaniy, fizika va matematika fanlari professori Xudoyor Mamayusupov maktabimizga tashrif buyurib, yuqori sinf o‘quvchilariga rejalashtirilgan dasturga muvofiq maxsus mashg‘ulotlar o‘tkazdilar. Mazkur darslar o‘quvchilarning chuqurlashtirilgan bilimlarini rivojlantirish, fanlarni oliy ta’lim bilan integratsiya qilish va ilmiy-tadqiqotga qiziqishini oshirishga xizmat qilmoqda.

2
IYMC va xalqaro yutuqlar sari! Bugun maktabimizning 11-A sinf o‘quvchisi, rasmiy IYMC elchisi hamda xalqaro matematika olimpi+3
IYMC va xalqaro yutuqlar sari! Bugun maktabimizning 11-A sinf o‘quvchisi, rasmiy IYMC elchisi hamda xalqaro matematika olimpiadalari g‘olibi Sherzodbek Jo‘raqulov tomonidan 7–8–9-sinf o‘quvchilari uchun maxsus taqdimot o‘tkazildi. Uchrashuv davomida IYMC xalqaro olimpiadasida ishtirok etish, yuqori natijalar va medallarga erishish, xalqaro sertifikat hamda akademik yutuqlar portfoliоsini shakllantirish bo‘yicha tajriba va tavsiyalar berildi. 🎯 Tadbirning asosiy maqsadi — o‘quvchilarda matematika olimpiadalariga qiziqishni oshirish, iqtidorli va salohiyatli o‘quvchilarni aniqlash hamda ularni xalqaro olimpiadalarda ishtirok etishga yo‘naltirish. Bugungi qiziqish — ertangi g‘alabaning boshlanishi! 🏆
557
3
Matematika salohiyatingizni oching: IYMC va Xalqaro "Honors" (Yutuqlar) sirlari bilan tanishing! 🧠✨ Sizni rasmiy IYMC elchisi (Ambassador) hamda bir nechta milliy va xalqaro matematika olimpiadalari gʻolibi Sherzodbek Jo'raqulov tomonidan oʻtiladigan maxsus taqdimot-maʼruzaga taklif etamiz. Ushbu uchrashuvning asosiy maqsadi — IYMC xalqaro olimpiadasida qanday qilib medallar (Honors), xalqaro sertifikatlar hamda yuqori natijalarni qoʻlga kiritish sirlari bilan boʻlishishdir. Ayniqsa, chet el universitetlariga grant yutish uchun eng kerakli boʻlgan "Honors" (akademik yutuqlar) portfoliosini qanday toʻgʻri yigʻish va xalqaro miqyosda oʻz nomingizni koʻrsatish strategiyalari haqida batafsil gaplashamiz! 📅 Tadbir tafsilotlari Sana va vaqt: [ 7- sentabr ] 11:45—12:15 (7-8-9-sinflar) Joy: [ Faollar zali ] Maʼruzachi: Sherzodbek Jo'raqulov (Rasmiy IYMC elchisi va xalqaro olimpiadalar gʻolibi) 🚀 Nima uchun qatnashishingiz kerak? Chet el uchun "Honors" strategiyasi: Dunyoning eng top universitetlari (AQSH, Yevropa, Osiyo) talab qiladigan xalqaro darajadagi akademik unvon va medallarni qanday toʻplashni oʻrganasiz. IYMC sirlari: Dunyodagi eng yirik global onlayn matematika musobaqalaridan birida qatnashish va unda mutloq gʻolib boʻlish yoʻllarini bilib olasiz. Medal va Sertifikatlar: Qanday qilib rasmiy xalqaro sertifikatlar, oltin, kumush va bronza medallarini yutib, rezyumeingizni (CV) kuchaytirishni tushunasiz. Jonli tajriba: Milliy va xalqaro olimpiadalarning eng qiyin bosqichlarini muvaffaqiyatli bosib oʻtgan elchidan toʻgʻridan-toʻgʻri shaxsiy maslahat va tavsiyalar olasiz. 🧩 Kimlar qatnashishi mumkin? Kelajakda chet elda oʻqishni maqsad qilgan, oʻzining tanqidiy fikrlash qobiliyatini sinab koʻrmoqchi va matematika orqali katta muvaffaqiyatlarga erishmoqchi boʻlgan barcha oʻquvchilarni kutib qolamiz! ➡️Imtiyozlari: - Qatnashish va xalqaro tajriba orttirish imkoniyati - G‘olib va sovrindorlar uchun maxsus diplom hamda sertifikatlar - Xalqaro darajadagi portfolio va rezyumeni boyitish 🔗Ro'yxatdan o'tish uchun: www.iymc.info/amb/sjoraqulov iymc.info IYMC | International Youth Math Challenge An educational mathematics competition open to students from around the world: Unleash your problem-solving skills and expand your knowledge
637
4
📢 DIQQAT! Ertaga, 8-sentabr kuni, soat 11:00 da maktabimizda CQUniversity Australia universitetining rasmiy vakili ishtiroki
📢 DIQQAT! Ertaga, 8-sentabr kuni, soat 11:00 da maktabimizda CQUniversity Australia universitetining rasmiy vakili ishtirokida prezentatsiya tashkil etiladi! 🇦🇺🎓 9, 10 va 11-sinf o'quvchilari taklif etiladi — Avstraliyada tahsil olish imkoniyatlari, grantlar va xalqaro ta'lim yo'nalishlari haqida bevosita ma'lumot olish imkoniyatidan foydalaning! 🏆 CQUniversity haqida qisqacha: - Dunyo bo'yicha TOP 500 universitet (Times Higher Education va QS World University Rankings 2026).. - Yosh universitetlar orasida TOP 125 o'rinda (THE Young University Rankings).. - Ijtimoiy ta'sir bo'yicha dunyoda TOP 25 - Avstraliyada bitiruvchilarning to'liq bandligi bo'yicha yetakchi o'rinlarda.. - 50 dan ortiq davlatdan 5500+ xalqaro talaba - Har yili xalqaro talabalarga 20 million dollardan ortiq stipendiya ajratiladi. Prezentatsiyada universitet dasturlari, qabul shartlari, stipendiyalar va Avstraliyada o'qish bo'yicha barcha savollaringizga javob olasiz. 📍 Vaqt: 11:00 📅 Sana: 8-sentabr, dushanba
593
5
“KELAJAK SOATI” Maktabimizda har dushanba kuni 1-soatda “Kelajak soati” rukni asosida mashg‘ulotlar muntazam tashkil etib kel+9
“KELAJAK SOATI” Maktabimizda har dushanba kuni 1-soatda “Kelajak soati” rukni asosida mashg‘ulotlar muntazam tashkil etib kelinmoqda. Mazkur mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarini mustahkamlash, fuqarolik mas’uliyatini oshirish va kelajak oldidagi maqsadlarini aniq belgilashga alohida e’tibor qaratiladi. Har bir dushanba — yangi mavzu, yangi fikr va yangi maqsad sari bir qadam. Kelajak bugundan boshlanadi!
622
6
ERTALABKI SAFLANISH Maktabimizda navbatdagi ertalabki saflanish o‘tkazildi. Saflanish avvalo O‘zbekiston Respublikasi Davlat+2
ERTALABKI SAFLANISH Maktabimizda navbatdagi ertalabki saflanish o‘tkazildi. Saflanish avvalo O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlandi. Saflanish davomida o‘quvchilarga maktabning ichki tartib-qoidalariga rioya qilish, darslarga o‘z vaqtida kelish va kechikmaslik, shuningdek, maktab hududiga taqiqlangan yegulik va buyumlarni olib kelmaslik yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi. Tartib-intizom, mas’uliyat va o‘zaro hurmat — ta’lim muhitining muhim mezonlaridir.
669
7
⚡️ 10-sinfda SAT 1440 ball va Matematikadan 790 ballik ajoyib natija! Maktabimizning 10-sinf o‘quvchisi Fayzulloh Abdurashodo
⚡️ 10-sinfda SAT 1440 ball va Matematikadan 790 ballik ajoyib natija! Maktabimizning 10-sinf o‘quvchisi Fayzulloh Abdurashodov xalqaro SAT imtihonida ajoyib natija ko‘rsatib, umumiy 1440 ballni qo‘lga kiritdi! Ayniqsa, Fayzullohning matematikadan 790 ball (99th percentile) to‘plaganligi uning mantiqiy va tahliliy fikrlash salohiyati qanchalik yuqori ekanligini ko‘rsatib turibdi. Fayzullohni ushbu yuksak muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etamiz! Erishilgan bu kabi natija kelajakda dunyoning eng nufuzli universitetlarida tahsil olish uchun katta imkoniyat beradi. O‘quvchimizga ulkan zafarlar tilaymiz! Biz sen bilan faxrlanamiz, Fayzulloh!
1 119
8
🔥 IELTSdan ulkan g‘alaba — IELTS 8.0! Maktabimiz o‘quvchilarining nufuzli imtihonlardagi zafarlari davom etadi. Navbatdagi i
🔥 IELTSdan ulkan g‘alaba — IELTS 8.0! Maktabimiz o‘quvchilarining nufuzli imtihonlardagi zafarlari davom etadi. Navbatdagi iqtidor egasi Bobur Khakimov xalqaro IELTS Academic imtihonida ajoyib ko‘rsatkich — 8.0 (C1 Level) ballni qo‘lga kiritdi! Ayniqsa, Boburning ham Listening, ham Reading bo‘limlarining har ikkisidan maksimal 9.0 ball to‘plagani uning bilimi va intizomi naqadar yuqori saviyada ekanligini ko‘rsatadi. Boburni ushbu yuksak va favqulodda natija bilan samimiy muborakbod etamiz! Bu kabi yuqori daraja dunyoning eng peshqadam universitetlari va ta’lim dasturlarida muvaffaqiyat qozonish uchun mustahkam poydevordir. Boburga kelgusi marralarni ham osongina zabt etishini tilaymiz! Sen bilan faxrlanamiz, Bobur!
1 022
9
💎 Navbatdagi 7.5 ballik zafar! Maktabimizning 10-sinf o‘quvchisi Shohruxbek Sidiqjonov xalqaro IELTS Academic imtihonida ajo
💎 Navbatdagi 7.5 ballik zafar! Maktabimizning 10-sinf o‘quvchisi Shohruxbek Sidiqjonov xalqaro IELTS Academic imtihonida ajoyib ko‘rsatkich namoyish etib, 7.5 (C1 Level) umumiy ballini qo‘lga kiritdi! Shohruxbekning, ayniqsa, Listening (8.5) va Reading (8.0) bo‘limlaridagi yuqori natijalari uning tahliliy fikrlash, matn va audiolar bilan ishlashdagi chuqur ko‘nikmasidan dalolat beradi. Shohruxbekni ushbu yuksak g‘alaba bilan samimiy tabriklaymiz! Kelgusida jahonning eng nufuzli oliygohlarida tahsil olib, yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarishiga tilakdoshmiz. Biz sen bilan faxrlanamiz, Shohrux!
893
10
⚡️ 9-sinfdayoq C1 daraja: 7.5 ballik yuksak natija! Maktabimizning 9-sinf o‘quvchisi Otabek Karimov xalqaro IELTS Academic im
⚡️ 9-sinfdayoq C1 daraja: 7.5 ballik yuksak natija! Maktabimizning 9-sinf o‘quvchisi Otabek Karimov xalqaro IELTS Academic imtihonida qatnashib, 7.5 (C1 Level) ballik juda yuqori ko‘rsatkichni qo‘lga kiritdi! 9-sinf o‘quvchisi uchun xalqaro imtihonda har bir bo‘limdan 7.0 va undan yuqori ball to‘plash alohida tahsinga loyiq. Bu Otabekning serharakatligi, intiluvchanligi va chuqur bilimining amaldagi isbotidir. Otabekni ushbu yorqin g‘alaba bilan chin dildan tabriklaymiz! Uning bu muvaffaqiyati do‘stlariga katta ilhom bag‘ishlashi shubhasiz. Otabekka kelajakdagi o‘qishlarida yangi-yangi marralarni zabt etishini tilaymiz! Biz sen bilan faxrlanamiz, Otabek!
795
11
🌟 Ajoyib natija: 7.5 ball va Listening bo‘yicha mukammal 9.0! Maktabimizning serg‘ayrat va bilimdon o‘quvchilaridan biri Ibr
🌟 Ajoyib natija: 7.5 ball va Listening bo‘yicha mukammal 9.0! Maktabimizning serg‘ayrat va bilimdon o‘quvchilaridan biri Ibrohim Djabarov xalqaro IELTS Academic imtihonida yuqori natija ko‘rsatib, 7.5 (C1 Level) umumiy ballini qo‘lga kiritdi! Ayniqsa, uning Listening (eshitib tushunish) bo‘limidan maksimal 9.0 ball olishi uning ingliz tili muhitini qanchalik chuqur o‘zlashtirganidan va yuksak salohiyatidan dalolat beradi. Ibrohimni ushbu natija bilan samimiy muborakbod etamiz! Kelajakda dunyoning yetakchi universitetlarida tahsil olib, yuksak marralarni zabt etishiga ishonchimiz komil. Biz sen bilan faxrlanamiz, Ibrohim!
837
12
🎉 Navbatdagi muvaffaqiyat: 7.0 ballik natija! Maktabimiz o‘quvchilari xalqaro maydonda o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon+1
🎉 Navbatdagi muvaffaqiyat: 7.0 ballik natija! Maktabimiz o‘quvchilari xalqaro maydonda o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etishda davom etishmoqda. O‘quvchimiz Ibrohim Nurullaev xalqaro IELTS Academic imtihonida muvaffaqiyatli qatnashib, 7.0 (C1 Level) umumiy ballini qo‘lga kiritdi! Ibrohimning ushbu natijasi uning bir necha yillik mehnatsevarligi, mustahkam intizomi va maqsad sari to‘xtovsiz harakatining amaldagi isbotidir. Ibrohimni ushbu katta muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz! Kelgusida jahonning nufuzli oliygohlariga kirishida va barcha maqsadlariga erishishida ulkan zafarlar tilaymiz. Biz sen bilan faxrlanamiz, Ibrohim!
852
13
🔊 Maktabimizda “Kitoblar ko’rgazmasi” tashkil etildi. 🇺🇿 Vatanimizning eng ulug‘, eng aziz bayrami — Mustaqilligimizning 3+3
🔊 Maktabimizda “Kitoblar ko’rgazmasi” tashkil etildi. 🇺🇿 Vatanimizning eng ulug‘, eng aziz bayrami — Mustaqilligimizning 35 yilligiga bag‘ishlab “Mustaqillik – eng ulug‘ ne’mat” hamda “Vatan va kitob” shiori ostida Ustozlar va o’quvchilar uchun kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. 📚 Ushbu kitoblar haqida qiziqarli, to'liq ma'lumotlar berildi. Ustozlarimiz, o'quvchilarimiz o'zlari uchun mazmunli, foydali kitoblar to'plamini olib, yangi kelgan o‘quvchilarimiz maktab kutubxonasiga a'zo bo'lib ketdilar. ✨ “Kitobga oshno bo‘laylik, o‘qib-o‘rganaylik va ma’rifat nuridan bahramand bo‘laylik!”
1 146
14
🚀 BITIRUVCHIMIZDAN — IELTS 8.5! Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning bu yilgi bitiruvchisi Sherbek Abdug‘a
🚀 BITIRUVCHIMIZDAN — IELTS 8.5! Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning bu yilgi bitiruvchisi Sherbek Abdug‘afurov xalqaro IELTS Academic imtihonida ajoyib 8.5 Overall Band Score natijasini qayd etdi! 🌍🎓 📊 Natijalar: 🔹 Listening — 9.0 🔹 Reading — 9.0 🔹 Writing — 8.5 🔹 Speaking — 8.0 🔹 Overall — 8.5 | C2 🔥 💎 IELTS 8.5 — bu shunchaki yuqori ball emas. Bu — xalqaro darajadagi til kompetensiyasi va yillar davomida shakllangan bilimning yorqin natijasi. 🎓 Maktabni bitirib, katta hayot sari qadam qo‘yayotgan Sherbekka bundan-da ulkan marralar tilaymiz!
1 229
15
🌟 YANA BIR 8-SINF — IELTS 8.0! 🎓 Yosh avlodning katta natijalari bizning eng katta faxrimiz! Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtiso
🌟 YANA BIR 8-SINF — IELTS 8.0! 🎓 Yosh avlodning katta natijalari bizning eng katta faxrimiz! Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 8-sinf o‘quvchisi Zilola Bakaeva xalqaro IELTS Academic imtihonida 8.0 Overall Band Score natijasini qo‘lga kiritdi! 🌍🔥 📊 Natijalar: 🔹 Listening — 9.0 🏆 🔹 Reading — 8.0 🔹 Writing — 7.0 🔹 Speaking — 7.0 🔹 Overall — 8.0 | C1 💎 8-sinfda IELTS 8.0! Bu natija ortida muntazam mehnat, kuchli intilish va o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘yish bor. Eng muhimi — bugun 8-sinf o‘quvchisi, ertaga esa dunyoning eng nufuzli universitetlari sari nomzod! 🚀 Biz sen bilan faxrlanamiz, Zilola!
1 155
16
🌟 8-SINF O‘QUVCHISIDAN — IELTS 8.0! 📚 Yosh bo‘lish — katta maqsadlar sari intilishga to‘sqinlik qilmaydi! Mirzo Ulug‘bek no
🌟 8-SINF O‘QUVCHISIDAN — IELTS 8.0! 📚 Yosh bo‘lish — katta maqsadlar sari intilishga to‘sqinlik qilmaydi! Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 8-sinf o‘quvchisi Rahimboyeva Bibisaro xalqaro IELTS Academic imtihonida 8.0 Overall Band Score natijasini qayd etdi! 🎓🌍 Natijalar yanada quvonarli: 🔹 Listening — 7.5 🔹 Reading — 9.0 🏆 🔹 Writing — 7.0 🔹 Speaking — 7.5 🔹 Overall — 8.0 | C1 💫 Ayniqsa, Reading — 9.0 natijasi ingliz tilini yuqori darajada egallaganidan dalolat beradi. 8-sinfda IELTS 8.0 — bu shunchaki natija emas. Bu — mehnat, intizom, kuchli maqsad va o‘ziga bo‘lgan ishonch mevasi! 👏 O‘quvchimizni ushbu yuqori natija bilan tabriklaymiz! Biz Sen bilan faxrlanamiz, Bibisaro!!
1 056
17
✨ BILIMLAR KUNI | YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Bilimlar kuni munosab+9
✨ BILIMLAR KUNI | YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Bilimlar kuni munosabati bilan yangi o‘quv yilining tantanali ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi. 🇺🇿 Tadbirda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi vakili Arturbek Axrorovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yo‘llangan bayram tabrigini o‘qib eshittirdilar. 🏆 Yutuq — e’tirof, e’tirof — yangi marralar uchun motivatsiya. Maktabimizning eng faol, tashabbuskor va yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilari munosib taqdirlandi. 🎶 Bayramona kayfiyatni esa taniqli estrada xonandasi Jamshid Mirzoning jonli ijrodagi kuy-qo‘shiqlari yanada yuksaltirdi. Bugun — yangi boshlanish. Ertaga — yangi natijalar. Kelajak esa bilimli avlod qo‘lida. 📖 Yangi o‘quv yili muborak bo‘lsin!
1 213
18
🚨 XAVFSIZLIK — BOSH MAQSADIMIZ! Yurtimizda ulug‘ bayram — Mustaqillik kuni shukuhi kezmoqda. Yangi o‘quv yili oldidan o‘quvc+7
🚨 XAVFSIZLIK — BOSH MAQSADIMIZ! Yurtimizda ulug‘ bayram — Mustaqillik kuni shukuhi kezmoqda. Yangi o‘quv yili oldidan o‘quvchilarimiz va jamoamiz xavfsizligini ta’minlash, ularga har qanday vaziyatda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini singdirish eng muhim vazifalarimizdan biridir. 📌 Bugun maktabimizda Yunusobod tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi 16-Qutqaruv qismi (QQ) shaxsiy tarkib xodimlari hamkorligida amaliy va nazariy o‘quv-mashg‘uloti o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida: 🔹 Yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri evakuatsiya qilish choralari ko‘rsatildi; 🔹 Birinchi yordam ko‘rsatish va yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish amalda sinab ko‘rildi; 🔹 Maktabning yangi o‘quv yiliga texnik hamda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi. FVB xodimlariga bergan foydali tavsiyalari va xizmatlari uchun minnatdorchilik bildiramiz! Maktabimiz yangi o‘quv yilida o‘quvchilarimizni xavfsiz, shinam va har taraflama tayyor maskanda kutib olishga to‘liq tayyor!
2 047
19
🔥 AJOYIB XABAR! MAKTABIMIZ O‘QTUVCHISI VAZIR JAMG‘ARMASI G‘OLIBI BO‘LDI! Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli b
🔥 AJOYIB XABAR! MAKTABIMIZ O‘QTUVCHISI VAZIR JAMG‘ARMASI G‘OLIBI BO‘LDI! Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘i bilan Vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama to‘lanadigan eng malakali pedagog kadrlar ro‘yxati tasdiqlandi. Quvonarlisi, ushbu nufuzli tanlovda Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabimizning matematika fani o‘qituvchisi Mirzayev Nodirjon Shoyimjon o‘g‘li yuqori 95.33 ball to‘plab, 1-O‘RINNI egalladi va g‘oliblar safidan joy oldi! 👏🎉 Nodirjon Mirzayev endilikda 2026-yil sentabr oyidan 2027-yil may oyiga qadar (jami 9 oy) har oyda MHTEKMning 5,5 baravari miqdoridagi maxsus ustama bilan mukofotlanadi! Ustozimizni ushbu yuksak e’tirof va g‘alaba bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Ilm yo‘lidagi mehnatingiz hamisha yuksala versin! 🚀📚 👏 Ajoyib natija bilan ustozimizni izohlarda tabriklab qolamiz!
1 845
20
🌍 MIRZO ULUG‘BEK MAKTABI BITIRUVCHILARI — DUNYONING YETAKCHI UNIVERSITETLARIDA! 🎓🏆 Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi uchun yana bir faxrli va quvonchli natija! 🇺🇿✨ Maktabimizning ikki nafar iqtidorli bitiruvchisi — Tojiboyeva Husniya va Bekmurodova Madina O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi “El-yurt umidi” jamg‘armasi (EYUF) stipendiyasiga sazovor bo‘ldi! 🎉 Bu yutuq — o‘quvchilarimizning yuqori akademik salohiyati, maqsadga intilishi va Mirzo Ulug‘bek maktabida yaratilgan ta’lim imkoniyatlarining yorqin natijasidir. 🌟 🇦🇺 TOJIBOYEVA HUSNIYA 🎓 The University of Melbourne — Avstraliya Husniya dunyoning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — The University of Melbourneda tahsil olish uchun grant sohibasi bo‘ldi. 🌎 QS World University Rankings 2026 — #19. (Top Universities⁠) 💰 Universitetda xalqaro bakalavriat ta’limi yo‘nalishga qarab turlicha to‘lov asosida amalga oshiriladi. Masalan, ayrim bakalavriat dasturlarida 2026-yil uchun yillik kontrakt taxminan 57 280 AUDdan boshlanadi; 4 yil uchun bu taxminan 229 120 AUDni tashkil etadi. (One U Education⁠) Husniyaning EYUF stipendiyasi esa xorijda ta’lim olish bilan bog‘liq belgilangan xarajatlarni davlat tomonidan moliyalashtirish imkonini beradi. 🇺🇿 🇺🇸 BEKMURODOVA MADINA 🎓 Purdue University — AQSH Madina esa AQSHning nufuzli Purdue University universitetining Civil Engineering yo‘nalishida tahsil olish uchun grantni qo‘lga kiritdi. 🏗️🌎 🌎 QS World University Rankings 2026 — #88. (Top Universities⁠) Purdue University muhandislik sohasida, ayniqsa, Civil Engineering yo‘nalishida juda yuqori natijalarga ega: U.S. News & World Report 2026 reytingida bakalavriat Civil Engineering dasturi AQSHda #3 o‘rinda turadi. (Purdue Online Programs⁠) 💰 Purdue’da xalqaro talabalar uchun yillik o‘qish va majburiy xarajatlar yo‘nalishga qarab farqlanadi. 4 yillik bakalavriat uchun faqat kontraktning o‘zi $200 mingdan ortiq qiymatga yetishi mumkin. ⸻ 🌟 Ikki bitiruvchi. Ikki buyuk universitet. Bir ulkan maqsad — O‘zbekiston kelajagi uchun bilim va tajriba bilan qaytish! Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi Tojiboyeva Husniya va Bekmurodova Madinani ushbu katta muvaffaqiyat bilan chin qalbdan tabriklaydi! 🎉👏 Sizlarning har bir yutug‘ingiz — maktabimiz uchun faxr, ustozlaringiz uchun quvonch va kelajak avlod uchun ilhom manbaidir! 🇺🇿❤️ Dunyoni zabt etayotgan Mirzo Ulug‘bek maktabi bitiruvchilari safi tobora kengaymoqda! 🚀 #MirzoUlugbekMaktabi #ElYurtUmidi #EYUF #ProudOfOurStudents #UniversityOfMelbourne #PurdueUniversity #CivilEngineering #GlobalEducation #Uzbekistan #FutureLeaders
1 781