en
Feedback
Namoz ibodati

Namoz ibodati

Open in Telegram

Murojaatlar uchun⤵️ @Murojaatlarni_qabul_qiluvchi_bot Diniy savollar uchun call markaz raqami va bot manzili ⤵️ +998781503344 @SavollarMuslimUzBot ©Kanaldan maʼlumot olinganda manba koʻrsatilishi shart!!!

Show more
305
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
Imron ibn Husayn roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim juma kuni gʻusl qilsa, uning gunoh va xatolari kеchiriladi. Namozga yura boshlasa, har bir qadamiga yigirmata hasanot, savob bеriladi. Namozni ado etib qaytayotgan paytida ikki yuz yillik amallar savobi bilan mukofotlanadi”, – dеdilar”. Tabaroniy rivoyat qilgan. Avs ibn Avs Saqafiydan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kim juma kuni yuvsa va gʻusl qilsa, soʻngra erta borsa, (piyoda) yursa, (imomga) yaqinroq oʻtirsa va tinglasa, jim oʻtirsa, uning har bir qadamiga bir yilning amali roʻzasi va bеdorligining ajri bеrilur”, dеdilar”. Avs ibn Avs Saqafiydan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kim juma kuni yuvsa va gʻusl qilsa, soʻngra erta borsa, piyoda yurib, (ulov) minmasa, imomga yaqinroq oʻtirsa va tinglasa, bеhuda (harakat) qilmasa, uning har bir qadamiga bir yilning amali bеrilur, uning roʻzasi va bеdorligining ajri bеrilur”, – dеdilar”. Abu Dovud rivoyat qilgan. Manba: https://islom.uz/maqola/9024 Muallif Azizxo'ja Inoyatov @Namoz_ibodati

Usmon roziyallohu anxu aytdilar: Kim besh vaqt namozni o‘z vaqtida ado etib, shunday bardavom bo‘lsa, Alloh taolo uni to‘qqizta ne’mat ila ikrom qiladi: 1. Alloh uni yaxshi ko‘radi. 2. Badani sog‘lom bo‘ladi. 3. Farishtalar qo‘riqlaydi. 4. Hovlisiga baraka yog‘iladi. 5. Yuzida solihlarning belgisini zohir qilib qo‘yadi. 6. Qalbini muloyim qilib qo‘yadi. 7. Sirot ko‘prigidan chaqmoq chaqqanidek (tez) o‘tib ketadi. 8. Alloh unga do‘zaxdan najot beradi. 9. Xavf va g‘am-g‘ussasi bo‘lmagan kishilar bilan birga (jannatda) yonma-yon qilib qo‘yadi. Manba. @Namoz_ibodati

Dunyo va oxiratdagi muhim ishlarda ushbu duoni oʻqing. Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim har kuni tong otganida va kеch kirganida: حَسْبِيَ اللهُ لاَ إِلَهَ إِلاَّ هُوَ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ وَهُوَ رَبُّ العَرْشِ العَظِيمِ. «Hasbiyallohu la ilaha illa huva 'alayhi tavakkaltu va huva robbul 'arshil 'aziym» (Alloh mеnga kifoya qiladi. Undan boshqa iloh yoʻq. Unga tavakkal qildim. U ulugʻ arshning Rabbidir), dеb yetti marta aytsa, uning dunyo va oxiratdagi muhim ishlarida Allohning Oʻzi kifoya qiladi», dеdilar. Ibn Sunniy rivoyat qilgan. Manba: Islom_uz @Namoz_ibodati

sticker.webp0.44 KB

Juma – gunohlarga mag‘firat Salmoni Forsiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim juma kuni g‘usl qilib, iloji boricha poklanib, o‘z moyidan, uyidagi xushbo‘ylardan surtib, so‘ngra chiqib, ikki kishining orasini yormay (joy topib) o‘ziga bitilgan namozni o‘qisa va imom gapirganda jim turib, quloq solsa, albatta, uning o‘tgan jumadan bungacha bo‘lgan narsalari mag‘firat qilinadi», dedilar». Abu Hurayra: «Uch kun ziyodasi bilan. Chunki har bir yaxshilik o‘n mislga ko‘paytirilur», dedi». Ikki shayx rivoyat qilganlar. Abu Dovudning lafzida: «Kim juma kuni g‘usl qilib, eng yaxshi liboslaridan kiysa, agar xushbo‘y narsasi bo‘lsa, undan surtsa, so‘ngra jumaga borib, odamlarning yelkasidan hatlab o‘tmasa, keyin o‘ziga bitilgan namozni o‘qisa, imomi chiqsa, u namozidan forig‘ bo‘lguncha quloq ossa, bu (juma) bilan undan oldingi juma orasidagi narsaga kafforot bo‘ladi», deyilgan. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Alloh taolo juma kunida hech bir musulmonning gunohini kechirmay qo‘ymaydi». Tabaroniy rivoyat қилган. Manba. @Namoz_ibodati

UNGA JANNAT VOJIB BOʻLADI. Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim: رَضِيتُ بِاللهِ رَبًّا وَبِالإِسْلاَمِ دِينًا وَبِمُحَمَّدٍ صَلَّى اللهُ عَلَيهِ وَسَلَّمَ رَسُولاً «Roziytu billahi robban va bil islami diynan va bimuhammadin sollallohu alayhi vasallama rosula», dеsa, unga jannat vojib boʻladi», dеdilar. (Ma'nosi: Allohni rabbim dеb, Islomni dinim dеb, Muhammad alayhissalomni rasul dеb rozi boʻldim.) Abu Dovud rivoyat qilganlar. Imom Navaviyning “Al-Azkor” kitobidan. Manba: Islom_uz @Namoz_ibodati

❗️Bugun payshanba quyidagi kichik duoni yodlab olsangiz ertaga afsuslanmaysiz! Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim juma kuni bomdod namozidan oldin: أسْتَغْفِرُ اللهَ الَّذِي لاَ إِلَهَ إِلاَّ هُوَ الْحَيُّ القَيُّومُ وَأَتُوبُ إِلَيْهِ «Astag'firullohallaziy la ilaha illa huval hayyul qoyyum va atubu ilayh», deb uch marta aytsa, Alloh taolo uning gunohlarini dengiz ko'pigicha bo'lsa ham, kechirib yuboradi», dedilar. (Mazmuni: Hay va qayyum sifatli Zotdan boshqa iloh yo'q va Unga istig'for aytaman, Unga tavba qilaman.) Ibn Sunniy rivoyatlari. ۞┈┈┈┈┈┈ ✎﷽ ┈┈┈┈┈┈۞ 👇Kanalga aʼzo boʻlish uchun👇 https://t.me/joinchat/AAAAAETC58m1UCrcO37AMA

sticker.webp0.44 KB

Juma – kunlarning sayyidi Abu Luboba ibn Abdulmunzir roziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Juma kuni kunlarning sayyidi, Alloh taoloning nazdida buyugidir. U kun Qurbon hayitidin ham, Ramazon hayitidan ham buyukroqdir. Unda beshta xislat bordir: Alloh taolo Odam alayhissalomni juma kuni yaratdi; so‘ngra shu kuni yerga tushirdi; Alloh taolo Odam alayhissalomni mana shu kunda vafot qildirdi; unda vaqt bor, banda Alloh taolodan nimani so‘rasa, unga o‘shani beradi; qiyomat shu kuni qoim bo‘ladi, farishtalar, yer, osmon, shamol, tog‘lar, dengizlar shu kuni (qiyomatning qoim bo‘lib qolishidan) qo‘rqib-titrab turadilar», – dedilar». Ahmad rivoyat qilgan. Manba: islomuz ۞┈┈┈┈┈┈ ✎﷽ ┈┈┈┈┈┈۞ 👇Kanalga aʼzo boʻlish uchun👇 https://t.me/joinchat/AAAAAETC58m1UCrcO37AMA

#Hadis SHAYTON UNGA YAQINLASHA OLMAYDI. Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kim bomdod namozidan soʻng bir gap gapirishidan oldin: لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللهُ وَحْدَهُ لاَ شَرِيكَ لَهُ، لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الحَمْدُ يُحْيِي وَيُمِيتُ وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ «La ilaha illallohu vahdahu laa shariyka lah, lahul mulku va lahul hamdu yuhyii va yumiytu va huva 'alaa kulli shay`in qodiyr», dеb oʻn marta aytsa, u kishiga oʻnta yaxshilik yozilib, oʻnta yomonlik oʻchiriladi va oʻnta darajaga koʻtariladi. Shu kunida yomon koʻrgan narsasidan saqlanadi. Shayton unga yaqinlasha olmaydi. Va shu kuni birorta ham gunoh qilishga yoʻliqmaydi. Faqat Allohga shirk bundan mustasno». Imom Tеrmiziy rivoyatlari. Imom Navaviyning «Al-Azkor» kitobidan Manba: Islom_uz @Namoz_ibodati

❗️Bugun payshanba quyidagi kichik duoni yodlab olsangiz ertaga afsuslanmaysiz! Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim juma kuni bomdod namozidan oldin: أسْتَغْفِرُ اللهَ الَّذِي لاَ إِلَهَ إِلاَّ هُوَ الْحَيُّ القَيُّومُ وَأَتُوبُ إِلَيْهِ «Astag'firullohallaziy la ilaha illa huval hayyul qoyyum va atubu ilayh», deb uch marta aytsa, Alloh taolo uning gunohlarini dengiz ko'pigicha bo'lsa ham, kechirib yuboradi», dedilar. (Mazmuni: Hay va qayyum sifatli Zotdan boshqa iloh yo'q va Unga istig'for aytaman, Unga tavba qilaman.) Ibn Sunniy rivoyatlari. ۞┈┈┈┈┈┈ ✎﷽ ┈┈┈┈┈┈۞ 👇Kanalga aʼzo boʻlish uchun👇 https://t.me/joinchat/AAAAAETC58m1UCrcO37AMA

❗️Bugun payshanba quyidagi kichik duoni yodlab olsangiz ertaga afsuslanmaysiz! Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim juma kuni bomdod namozidan oldin: أسْتَغْفِرُ اللهَ الَّذِي لاَ إِلَهَ إِلاَّ هُوَ الْحَيُّ القَيُّومُ وَأَتُوبُ إِلَيْهِ «Astag'firullohallaziy la ilaha illa huval hayyul qoyyum va atubu ilayh», deb uch marta aytsa, Alloh taolo uning gunohlarini dengiz ko'pigicha bo'lsa ham, kechirib yuboradi», dedilar. (Mazmuni: Hay va qayyum sifatli Zotdan boshqa iloh yo'q va Unga istig'for aytaman, Unga tavba qilaman.) Ibn Sunniy rivoyatlari. ۞┈┈┈┈┈┈ ✎﷽ ┈┈┈┈┈┈۞ 👇Kanalga aʼzo boʻlish uchun👇 https://t.me/joinchat/AAAAAETC58m1UCrcO37AMA

#Savol_javob SHOM NAMOZIDAN KEYIN QURʼON TILOVAT QILINMAYDIMI? ❓SAVOL: Shom namozidan keyin zikr 33 tadan emas, 11 tadan qilinib, Qurʼon tilovat qilinmaydimi? 💬 JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. “Shom namozidan keyin tasbehlar aytilmaydi yoki kamroq aytilishi kerak, Qurʼoni karim tilovat qilinmaydi” degan gap yoʻq. Ammo bizning diyorlarda Shom namozidan keyin Qurʼon tilovati qilmaslik urf boʻlgan. Aksariyat jamoatlarda tasbehlar toʻliq aytilib, oyatal kursiy ham oʻqiladi. Aslida tasbeh va tilovat qilish boshqa namozlarda boʻlgani kabi Shom namozidan keyin ham mustahab amal. Demak, kimdir Shomdan keyin ham tilovat qilishni hohlasa bunga sharʼiy moneʼlik yoʻq. Vallohu aʼlam. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hayʼati. Manba. ۞┈┈┈┈┈┈ ✎﷽ ┈┈┈┈┈┈۞ 👇Kanalga aʼzo boʻlish uchun👇 https://t.me/joinchat/AAAAAETC58m1UCrcO37AMA

#Savol_javob SHOM NAMOZI VAQTIDAGI AMALLAR HAQIDA. Assalomu alaykum. Savolim kuyidagicha: 1. Shom namozidagi Kurʼon tilovatini kiskarok va tezrok ukish kerakmi? 2. Shom namozidan sung savobini marxumlarga bagishlash maksadida Kurʼon tilovat kilish mumkin emasmi? 3. Marxum chikkan xonadon aʼzolariga taʼziya bildirish va marxumning xakkiga duo kilish uchun bizda odatda u xonadonlarga marxum ulgan kundan keyin xam tashrif kilinib turiladi. Savol: Shom namozidan sung u xonadonga taʼziya bildirish yoki marxum xakkiga duo kilish uchun kirsa buladimi? Yoki bular mumkin emasligi tugrisida kursatmalar bormi? Odatda bizda bu ishlar shom namoziga kadar amalga oshiriladi.Javobingiz uchun katta raxmat. Menda yukoridagi savollar va shubxalar maxallamizdagilarning uzaro suxbatlaridan kelib chikkan xolda tugildi. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh: - Namozdan keyin tilovat qilish ixtiyoriy ish.- Shom namozidan keyin tahziya bildirish mumkin emas degan gap yoʻq. Manba: Savollar_Islom_uz ۞┈┈┈┈┈┈ ✎﷽ ┈┈┈┈┈┈۞ 👇Kanalga aʼzo boʻlish uchun👇 https://t.me/joinchat/AAAAAETC58m1UCrcO37AMA

#Hadis Avs ibn Avs roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kimki juma kuni g‘usl qilib, masjidga yayov borsa, juma xutbasini chalg‘imasdan eshitsa va namoz o‘qisa, masjid sari bosib kelgan har bir qadami uchun bir yillik nafl ro‘za va nafl tungi namozning ajri beriladi", dedilar. Manba. ۞┈┈┈┈┈┈ ✎﷽ ┈┈┈┈┈┈۞ 👇Kanalga aʼzo boʻlish uchun👇 https://t.me/joinchat/AAAAAETC58m1UCrcO37AMA

#Savol_javob Otaga imomlik qilsa bo‘ladimi? ❓Assalomu alaykum hurmatli Ustoz! Ustoz, farzand o‘z otasiga imomlikka o‘tsa bo‘ladimi? (Bu savolni so‘rayotganim sababi otam tajvidni bilmaydi, men esa tajviddan xabarim bor. Lekin shu paytgacha otam imomlikka o‘tib keladi). Agar joiz bo‘lsa, men otamga qanday tushuntirishim mumkin? Qimmatli vaqtingizni olganim uchun uzr. 💬 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh: - Ota rozi bo‘lsa, bola unga imom bo‘ladi. Manba. @Namoz_ibodati

Repost from Iymonli farzand
Barchamizga ahli solih farzandlar va soliha ayol nasib et. Allohim.🤲 Juma muborak aziz dindoshlarim! 👇 Islomiy multfilmlar kanali👇 https://t.me/joinchat/AAAAAFg5Il9dRUb9TSy2DA