Qoʻqon davlat universiteti
Open in Telegram
Qoʻqon davlat universiteti rasmiy sahifasi ✅www.kokandsu.uz ✅www.facebook.com/kokand.su1931 ✅www.instagram.com/kokand_su ✅youtube.com/@kokandsu Telegram: @liberalisimus1001
Show more9 858
Subscribers
+8624 hours
+3607 days
+1 08830 days
Posts Archive
+6
Qo‘qon davlat universitetida 1-bosqich talabalari uchun tanishtiruv haftaligi boshlandi
Gumanitar fanlar va tillar fakultetida yangi o‘quv yilida talabalikka qabul qilingan 1-bosqich talabalari uchun “Tanishtiruv haftaligi” boshlandi. Haftalikdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yangi talabalarni ta’lim jarayoni, mavjud imkoniyatlar hamda universitet hayoti bilan yaqindan tanishtirish va ularning oliy ta’lim muhitiga moslashuviga ko‘maklashishdan iborat.
Haftalikning ilk kunida talabalar ta’lim olishi va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirilmoqda. Mazkur jarayon yangi talabalarni universitet hayotiga faol jalb etish, ularning dastlabki taassurotlarini boyitish va talabalik davrini mazmunli boshlashlariga xizmat qiladi.
Tanishtiruv haftaligi barcha fakultet jamoalarida davom etmoqda.
Bizdan uzoqlashmangFacebook | Instagram | YouTube
Repost from Edu.uz
🎓 Diplom — marra emas, balki karyeradagi birinchi qadam!
Diplom oldingiz, lekin mos ish topishda ikkilanyapsizmi?
Career Edu yechim beradi!
🤔 Career Edu platformasi:
🔆 Yosh mutaxassislarni nufuzli ish beruvchilar bilan bog‘laydi;
🔆 Mutaxassisligingizga mos ish va amaliyot o‘rinlarini taklif etadi;
🔆 Birinchi ish joyingizni topishni sezilarli darajada osonlashtiradi.
📈 Platformada nafaqat vakansyalarni izlashingiz, balki:
• HR suhbatlariga tayyorlanishingiz,
• rezyume yaratishingiz;
• frilans eʼloningizni joylashingiz mumkin.
🔗 career.edu.uz hoziroq sinab ko‘ring!
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Magistraturada super-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati!
Magistraturada tahsil olishni maqsad qilgan, ammo belgilangan tartibda qo‘shimcha imkoniyatdan foydalanmoqchi bo‘lgan talabgorlar diqqatiga!
Qo‘qon davlat universiteti magistraturasiga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super-kontrakt) asosida o‘qishga kirish istagidagi talabgorlar uchun onlayn ariza topshirish imkoniyati yaratildi.
Ariza yuborish:
1. Quyidagi manzilga kiring: supper.kokandsu.uz
2. Tizimdan “Magistratura” bo‘limini tanlang.
3. Belgilangan maydonga JSHSHIR ma’lumotlaringizni kiriting.
4. Kiritilgan ma’lumotlarni tekshiring va arizani yuboring.
Ariza yuborish: supper.kokandsu.uz
Bizdan uzoqlashmangFacebook | Instagram | YouTube
+3
Qo‘qon davlat universiteti va Surabaya davlat universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Qo‘qon davlat universitetining xalqaro aloqalarini kengaytirish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun yangi akademik imkoniyatlar yaratish borasidagi sa’y-harakatlari izchil davom etmoqda.
Ana shunday xalqaro hamkorliklardan biri sifatida Qo‘qon davlat universiteti va Indoneziyaning Surabaya davlat universiteti (Universitas Negeri Surabaya — UNESA) o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandum ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi akademik, ilmiy va ta’limiy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. Kelishuv orqali o‘zaro tajriba almashish, ta’lim va ilm-fan sohasidagi ilg‘or yondashuvlarni o‘rganish, shuningdek, xalqaro miqyosdagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishi uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.
👉https://kokandsu.uz/news/623
Bizdan uzoqlashmangFacebook | Instagram | YouTube
Repost from IIV | Rasmiy kanal
"APK Qo'riqchi" — dasturi haqida bilasizmi?
———
"APK Qo'riqchi" — дастури ҳақида биласизми?
———
Знаете ли вы о программе — "APK Qo'riqchi"?
Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV
#Bilasizmi #Qonunchilik
Kontrakt uchun toʻlangan mablagʻlarga daromad soligʻi solinmaydi
Taʼlim uchun toʻlov qilinganida soliq imtiyozidan quyidagi hollarda foydalanish mumkin:
➖ oʻzingiz uchun;
➖ farzandlaringiz uchun;
➖ 26 yoshgacha boʻlgan turmush oʻrtogʻingiz uchun.
Agar kontrakt toʻlovi ish joyingiz orqali ish haqingizdan toʻgʻridan-toʻgʻri taʼlim tashkilotiga oʻtkazilsa, ushbu summaga daromad soligʻi hisoblanmaydi.
Agar kontraktni oʻzingiz elektron, naqd yoki naqdsiz shaklda toʻlagan boʻlsangiz, yil yakuni boʻyicha deklaratsiya topshirib, toʻlangan daromad soligʻini qaytarib olish mumkin.
Soliq imtiyozi tijorat banklaridan olingan taʼlim kreditini va uning foizlarini qoplash uchun yoʻnaltirilgan daromadlarga ham tatbiq etiladi.
👉https://lex.uz/docs/4674902#6728218
Bizdan uzoqlashmangFacebook | Instagram | YouTube
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezidentimiz rafiqasi hamrohligida rasmiy tashrif bilan Serbiyaga keldi.
—
Президент нашей страны вместе с супругой прибыл с официальным визитом в Сербию.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Edu.uz
#UzbekGiftContest #dizaynerlar #rassomlar #ijodkorlar #tanlov
Turizm qo‘mitasi tomonidan “Uzbek Gift Contest” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda
Tanlovning mazkur bosqichida dizaynerlar, rassomlar va ijodkorlar 25 ta hunarmandchilik yo‘nalishi bo‘yicha turistlar uchun ixcham, jozibador va hamyonbop sovg‘a mahsulotlari eskizi va dizayn g‘oyasini taqdim etishlari kerak bo‘ladi.
Har bir ishtirokchi bir vaqtda barcha yo‘nalishda qatnashishi mumkin.
10 nafar g‘oliblarning har biri 12,5 mln so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
➡️Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: https://forms.gle/h3XKYkwsjByRDHAa8
♾️Arizalar 21-sentyabrga qadar qabul qilinadi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/uzbektourism/news/view/209250
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Talabalikka xush kelibsiz!
Bugun Qo‘qon davlat universitetida minglab yoshlar uchun yangi sahifa ochildi.
Yangi tanishuv, yangi do‘stlik, unutilmas taassurotlar va katta orzular sari ilk qadamlar tashlandi.
Yangi o‘quv yili. Yangi orzular. Yangi imkoniyatlar muborak bo‘lsin!
Bizdan uzoqlashmangFacebook | Instagram | YouTube
Xumorabonu Mamajonova Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Qo‘qon davlat universiteti talabasi, -57 kg vazn toifasida bahs olib boruvchi Xumorabonu Mamajonova ayni kunlarda boks bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi safida muhim xalqaro musobaqaga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Elshod Rasulov boshchiligidagi O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Turkiyaning Kastamonu shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda. Mashg‘ulotlar 11-sentabrga qadar davom etadi.
Mazkur yig‘in 19-sentabrdan 4-oktabrgacha Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlikning yakuniy bosqichi hisoblanadi. Yig‘in yakunlangach, terma jamoamiz Yaponiyaga yo‘l oladi.
Universitetimiz talabasi Xumorabonu Mamajonovaga va O‘zbekiston ayollar terma jamoasiga Osiyo o‘yinlarida omad, kuch-g‘ayrat va munosib g‘alabalar tilaymiz!
Bizdan uzoqlashmangFacebook | Instagram | YouTube
#QoʻshmaTaʼlim #Qabul2026
Qo‘shma ta’lim dasturlariga kirish sinovlari boshlanmoqda
Qo‘qon davlat universitetining xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan qo‘shma ta’lim dasturlariga kirish sinovlarining I bosqichi8–12-sentabr kunlari o‘tkaziladi.
Manzil: Qo‘qon davlat universitetining 5 qavatli binosi, 1-qavat, 103-auditoriya.
MUHIM ESLATMA!
Kirish sinovida ishtirok etish uchun talabgorlar imtihon boshlanishidan oldin belgilangan joyda bo‘lishlari, shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta)ni o‘zlari bilan olib kelishlari shart.
Murojaat uchun:
☎️ +998 90 343 48 65
☎️ +998 90 380 79 79
☎️ +998 91 694 01 55
📲 Telegram: t.me/+kU6aUeTs57YzODNi
Bizdan uzoqlashmangFacebook | Instagram | YouTube
Repost from Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari
❗️ “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovini o‘tkazish tartibi belgilandiHukumatning 2026-yil 4-sentyabrdagi 463-son qarori bilan “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. 🏛 Ushbu Nizom davlat oliy ta’lim tashkilotlarining iqtidorli talabalari o‘rtasida “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovini o‘tkazish, ularning startap loyihaga aylantirish imkoniyati yuqori bo‘lgan g‘oyalarini saralash va moliyalashtirish tartibini belgilaydi. ⏳ Nizomga ko‘ra, tanlov har yili sentyabr – dekabr oylarida o‘tkaziladi. 🤑 Tanlov 2 bosqichda tashkil qilinib, 1-bosqich barcha davlat oliy ta’lim tashkilotlarida o‘zlarining talabalari uchun o‘tkaziladi. ✅ Respublika bosqichi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan 10 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi. 🧾 Ta’lim tashkilotlari har yili 10-sentyabrda tanlovning 1-bosqichiga arizalar qabuli boshlanganligi to‘g‘risida e’lon beradi. 🔘 Tanlovda talabgorlar har yili 10-oktyabrga qadar saralash komissiyasi nomiga ariza berish orqali faqatgina bitta innovatsion g‘oya bilan ishtirok etadi. ⭐ Tanlovda innovatsion g‘oyalar saralash va tanlov komissiyasi a’zolari tomonidan quyidagi 100 ballik mezonlar asosida baholanadi: ➖ innovatsion g‘oyaning ilmiy va innovatsion yangiligi – 20 ballgacha; ➖ innovatsion g‘oyaning dolzarbligi – 20 ballgacha; ➖ mavjud analoglardan farqi – 20 ballgacha; ➖ xarajatlar smetasining asoslanganligi – 20 ballgacha; ➖ innovatsion g‘oyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar – 20 ballgacha. 💸 Tanlovning 1-bosqichida g‘oliblar quyidagi miqdorda grant mablag‘lari bilan taqdirlanadi: ▪️ 1-o‘rin uchun – 50 mln so‘m; ▪️ 2-o‘rin uchun – 30 mln so‘m; ▪️ 3-o‘rin uchun – 20 mln so‘m. ✉️ Tanlovning respublika bosqichida g‘olib deb topilgan innovatsion g‘oyalar Agentlik, talabgor va tashkilot o‘rtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq quyidagi miqdorda moliyalashtiriladi: ▫️ 1-o‘rin uchun – 500 mln so‘m; ▫️ 2-o‘rin uchun – 300 mln so‘m; ▫️ 3-o‘rin uchun – 200 mln so‘m. Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Repost from Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi
🎓 Olmosmi yoki ko‘mir? Tanlov o‘zingizniki!
Ko'pincha talabalar yangi o‘quv yilini birdaniga katta maqsadlar bilan boshlab, hech qancha vaqt o'tmay shashtlari so'nib qoladi.
Yangi o‘quv yili mukammal bo‘lish uchun emas, kechagi o‘zingizdan yaxshiroq bo‘lish uchun berilgan yangi imkoniyat.
Shoshilmang. o‘zingizni boshqalar bilan emas, kechagi o‘zingiz bilan solishtiring. Ba’zan bitta maqsad kechagi o‘zingizdan yaxshiroq bo‘lishning o‘zi kifoya.
Har kuni bitta bo'lsa ham yangi bilim va yangi ko‘nikma egallab, bir qadam oldinga yurishga harakat qiling. Ko'rasiz, vaqt o‘tishi bilan ana shu kichik qadamlar sizni katta natijalarga olib keladi.
Yangi o‘quv yilingiz sifatli bilim, foydali tajriba va yangi imkoniyatlarga boy bo‘lsin, aziz talabalar!
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Repost from Edu.uz
📢 HEMIS tizimning navbatdagi versiyasi OTTlarga taqdim etildi!
HEMIS tizimining 1.9.53 (05.09.2026 y.) versiyasida OTTlarda ta’lim jarayonlarini samarali tashkil etish va talabalarni tizimga kiritish jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan bir qator muhim o‘zgarishlar amalga oshirildi.
1. Ikkinchi oliy ta’lim talabalarini kiritish
Ikkinchi oliy ta’limga qabul qilingan hamda texnikumni bitirib, suhbat asosida qabul qilingan talabalarni verifikatsiya orqali tizimga kiritish anketasi ishlab chiqildi.
📍 Talabalar bazasi → Ikkinchi ta’lim talabani kiritish
2. Ikkinchi ta’lim talabalarini rasmiylashtirish
“Ta’lim buyruqlari” modulida ikkinchi ta’lim talabalarini rasmiylashtirish uchun “Darslarga ruxsat berish (ikkinchi ta’lim)” farmoyishi va uning shabloni ishlab chiqildi.
3. Ikkinchi ta’lim uchun o‘quv rejasi
Ikkinchi ta’lim talabalari uchun alohida o‘quv rejasi yaratiladigan holatlarda funksional takomillashtirildi.
Agar ta’lim shaklida “Ikkinchi oliy” tanlansa, o‘quv reja semestrlari 3-semestrdan boshlab yaratiladi.
4. O‘qishga tiklash funksionali
“Ta’lim buyruqlari → O‘qishga tiklash buyrug‘i” funksionali takomillashtirildi. Buyruqqa talaba qo‘shishda hujjat parametri hisobga olinadi va talabalar ajratiladi. Shuningdek, chetlashtirilgan talabalarni verifikatsiya orqali tiklash imkoniyati joriy etildi.
5. Xorijiy talabalarni kiritish
“Talabalar bazasi → Talaba yaratish” funksiyasidan xorijiy talabalarni kiritish olib tashlandi.
Endilikda xorijiy talabalar faqat:
📍 Talabalar bazasi → Xorijiy talabani kiritish menyusi orqali verifikatsiya bilan tizimga kiritiladi.
6. Talaba anketasi takomillashtirildi
Yangi talaba qo‘shishda anketadagi “Farmoyish/Buyruq” maydonida hech qanday hujjat tanlanmaydi.
Ushbu maydonda hujjatlar faqat buyruqlar rasmiylashtirilgandan so‘ng ko‘rinadi.
7. Talaba qo‘shish parametrlari
Quyidagi farmoyish va buyruqlarda talabalarni qo‘shish parametrlari takomillashtirildi:
▪️ Darslarga ruxsat berish turidagi barcha farmoyishlar;
▪️ O‘qishni bekor qilish farmoyishi;
▪️ O‘qishga qabul qilish buyrug‘i;
▪️ Akademik mobillikka qabul qilish buyrug‘i.
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
+9
#IlkSaboq
Qo‘qon davlat universitetida birinchi bosqich talabalarining universitet hayotidagi ilk sabog‘i “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” mavzusidagi “Kelajak soati” darslari bilan boshlandi.
Dastlabki mashg‘ulotlarda talabalarga Vatanga muhabbat va sadoqat, xalqimizning birdamligi, tinchlik va osoyishtalikning qadri, shuningdek, yoshlarning mamlakat kelajagidagi o‘rni va mas’uliyati haqida tushunchalar berildi. Suhbatlar davomida talabalar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, kelajakdagi maqsadlari bilan o‘rtoqlashdilar.
Bizdan uzoqlashmangFacebook | Instagram | YouTube
+9
Mustaqillik bayrami va talabalikning unutilmas ilk qadamlari
Qo‘qon davlat universitetida Mustaqillikning 35 yilligi hamda birinchi bosqich talabalarini kutib olishga bag‘ishlangan bayram tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi mamlakatimiz bo‘ylab “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan ezgu g‘oya asosida keng nishonlanmoqda.
Qo‘qon davlat universitetida bayrami tantanalari yangi o‘quv yilining boshlanishi va universitetga ilk bor qadam qo‘ygan birinchi bosqich talabalarini kutib olish tadbirlari bilan uyg‘unlashib ketdi.
Universitetning yetti fakultetida bir vaqtning o‘zida hukm surgan bayramona muhit, yangragan kuy-qo‘shiqlar, badiiy chiqishlar, samimiy tilaklar va talabalarning quvonchi yangi o‘quv yilining ilk kunini unutilmas lahzalarga aylantirdi.
👉https://kokandsu.uz/news/621
Bizdan uzoqlashmangFacebook | Instagram | YouTube
Repost from Edu.uz
“Kelajak soati” darsining 1-mavzusi taqdimoti
Hurmatli ustozlar!
Sizlarga qulaylik yaratish maqsadida endilikda “Kelajak soati” darslari uchun taqdimotlar ham tayyorlanib, kanalga joylab boriladi.
Mavzu: “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
Dars ssenariysi
1-kontent: Biz bugun kechagidan kuchlimiz, ertaga bundan ham kuchli boʻlamiz!
2-kontent: Mustaqillik va biz!
3-kontent: Talabalik maktublari
4-kontent: Yangi Toshkent shahridamiz
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Qabul - Qo‘qonDU
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi dualtaʼlim shakliga qabul qilingan talabalar diqqatiga!
Qo‘qon davlat universitetining Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha dual ta’lim shaklida qabul qilingan talabalari uchun fakultetning faoliyat manzili hududlar kesimida quyidagicha:
🔵 2. QO‘QON HUDUDI UCHUN
Qo‘qon shahri
Dang‘ara tumani
Buvayda tumani
Oltiariq tumani
Uchko‘prik tumani
O‘zbekiston tumani
Bag‘dod tumani
Beshariq tumani
Furqat tumani
Rishton tumani
Manzil: Qo‘qon shahar, Qipchoqariq ko‘chasi, 98-uy.
📍 Lokatsiya: https://maps.app.goo.gl/McFzCs9i4MokDNYH8
Repost from Qabul - Qo‘qonDU
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi dual taʼlim shakliga qabul qilingan talabalar diqqatiga!
Qo‘qon davlat universitetining Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha dual ta’lim shaklida qabul qilingan talabalari uchun fakultetning faoliyat manzili hududlar kesimida quyidagicha:
🟢 1. FARG‘ONA HUDUDI UCHUN:
Farg‘ona shahri
Marg‘ilon shahri
Quvasoy shahri
Farg‘ona tumani
Qo‘shtepa tumani
Quva tumani
So‘x tumani
Toshloq tumani
Yozyovon tumani
📍 Manzil: Farg‘ona shahri, 46-maktab
📌 Lokatsiya: https://maps.app.goo.gl/eDxPc7aYkAaxEyMT6
📍 Manzil: Farg‘ona shahri, 47-maktab
📌 Lokatsiya: https://maps.app.goo.gl/xPN1Emxsj9BgJfes8
