cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

Advertising posts
1 289
Subscribers
-424 hours
-187 days
+530 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Repost from Xayrulla Sattarov
#Tezkor ‼️ O‘zbekistonda birinchi Islom bankini yaratish bo‘yicha kelishuvga erishildi Anorbank hamda Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (XSRIK) O‘zbekistonda birinchi Islom bankini tashkil etish loyihasini hamkorlikda amalga oshirishga kelishib oldi. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Show all...
⚠️TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT! Joriy yilning 3-6-may kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. 3-6-may kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan: 🔹Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida; 🔹Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobod tumanlarida; Samarqand viloyati: Urgut, 🔹Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida; Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida; 🔹Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida; Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida; 🔹Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida; 🔹Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida; 🔹Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. 🔹Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz. Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin @Zominiy_uz
Show all...
👍 2
#Tabiiylik_izlab… Bugun qulupnay yegim keldi. Yonimizdagi bozorga tushib sotuvchilardan dori yemagan, tabiiy organik holda yetishtirilgan qulupnay soʻradim, afsuski undayi yoʻq ekan… Qulupnay yeyishni qanchalik koʻnglim tusamasin, “toza”si yoʻqligi bois sabr qiladigan boʻldim. Keyin hayolimga asli Qashqadaryo farzandi boʻlgan Nurbek Toshniyoz akamiz kelib, u kishiga qoʻngʻiroq qildim, negadir telefonni koʻtarmadilar. Nurbek akamiz yurtdoshlarimizning dasturxoniga halol va tabiiy organik holda yetishtirilgan mahsulot yetqazib berish xizmati bilan shugʻullanadi. Hurmatli qadrdonlar o’zingiz va yaqinlaringiz sogʻligʻiga e’tiborsiz boʻlmang! Kimyoviy dorilar bilan majburiy tarzda yetishtirilayotgan mahsulotlardan uzoq boʻling!!! Musulmon odam eng haloli va eng tozasini iste’mol qilishga loyiqdir 🌸🌷🤝🇺🇿 “Ey, imon keltirganlar! Allohgagina ibodat qiluvchi bo‘lsangiz, sizlarga Biz rizq qilib bergan pokiza narsalardan yeb, Unga shukr qilingiz!” (Baqara surasi, 172-oyat). @Zominiy_uz
Show all...
💯 3🔥 2
#Sovgʻa Qoraqalpogʻistonlik ijtimoiy tarmoq faoli, ogʻamiz Qadamboy Qoraqalpoq Ogli qalamiga mansub “SOGʻLOM AVLOD ORZUSI” nomli kitob bizga yetib keldi. Ushbu kitobda siz, nasliy kasalliklar va qarindoshlar orasidagi nikoh haqida va boshqa qiziqarli ma’lumotni topshingiz mumkin! Ushbu kitob menda juda katta taasurot qoldirdi va mening kelajak hayotimda ushbu kitobda keltirilgan ma’lumotlar foydali boʻlishiga ishonaman. Qadamboy ogʻaning bu kitobdan tashqari boshqa 3-4ta loyihalari mavjud boʻlib, ularni yuzaga chiqarish uchun homiylar yordami kerak boʻlar ekan. Qadamboy ogʻaning sogʻliq nuqtai nazaridan imkoniyati cheklanganligi hamda mehnatlarini hisobga olib, barchangizdan akamizga yordam sifatida ushbu kitobdan buyurtma qilishingizni tavsiya qilib qolaman! Akamizga homiylik qilish yoki kitobga buyurtma berish uchun quyidagi keltirilgan raqamlarga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin! 👇👇👇👇👇👇 +998956010094 +998910160094 @Zominiy_uz
Show all...
👍 2
“Yoshlar - kelajagimiz jamg‘armasi” va "Biznesni rivojlantirish banki ATB" o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi Yoshlarning tadbirkorlik sohasida bilim va koʻnikmalarini oshirish, ularning tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirishga koʻmaklashish, yoshlar orasida ushbu sohada yurtimizdagi imkoniyatlar, imtiyozlar va preferensiyalar toʻgʻrisida keng targ'ibotni amalga oshirish hamda ularning biznes tashabbuslarini har tomonlama qo'llab-quvvatlash maqsadida "Yoshlar-kelajagimiz" jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori Xayrulla Fayzullayevich Sattarov va "Biznesni rivojlantirish banki" ATB Boshqaruvi raisi o'rinbosari Bobojonov Boboxon Poʻlatovich oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. @Zominiy_uz
Show all...
👍 1
#jizzax #turizm Diqqat! Diqqat! Hurmatli sayohatsevar do'stlar va yoshlar ! 🏔 "Zomin" turistik rekratsion zonasi direksiyasi DUK ma'lumotiga ko'ra, Zomin tumani, Suffa plato 2400 xalqaro umummavsumiy kurort zonasida joylashgan zamonaviy "Zomin dor yo'li" har olti oyda o'tkaziladigan profilaktik tadbirlarni amalga oshirish maqsadida joriy yilning 29 apreldan 3 may kuniga qadar o'z faoliyatini vaqtinchalik to'xtatadi. 💥 Ushbu Zomin dor yo'li joriy yilning 4 may kunidan o'z faoliyatini davom ettirishi belgilangan. @Zominiy_uz
Show all...
👀 1
#jizzax #turizm 🏔 Siz Jizzax viloyatida o'zgacha uslubdagi ekstremal sayohat qilishni istaysizmi? ⛰ G'allaorol tumani, Qo'ytosh qishlog'idagi xar xil ko'rinishdagi tog'-u toshlar, zilol buloqlari, chiroyli ko'li, betakror tabiati, hayvonot dunyosi va milliy urfdagi hostel --bu sayyohlar uchun ajoyib maskandir. 🏔 Hurmatli do'stlar sizni ushbu betakror Qo'ytosh tog'lariga sayohatga taklif etamiz! Do you want an extreme trip in a special style in the Jizzakh region? ⛰ Gallaorol district, a mountain of different views in the village of Kuytosh-it is a wonderful resort for tourists-stones, fresh Springs, a beautiful lake, unique nature, fauna and a hostel decorated in the national style. 🏔 Dear friends we invite you on a trip to these unique Kuytosh mountains! @Zominiy_uz
Show all...
1
Final 🇺🇿🤝🌸💐✊🏼 Gʻalaba muborak boʻlsin ✊🏼🇺🇿 Oʻzi shundogʻam baytul-molimiz ogʻir ahvolda degan gaplar bor, malubu berish shart emas… 🥸 @Zominiy_uz
Show all...
😁 10👏 4
Diqqat! Hurmatli Zomin mehmonlari! Xotira va qadirlash bayrami munosabati bilan faqatgina: 30.04.2024 dan 10.05.2024 gacha Toshkent-Zomin-Toshkent aviabiletlari sotuvda mavjud. Xarid kilish uchun: 95-147-08-88 90-600-95-99 Reys vaqti: Zomindan-Toshkentga 09:35-10:10 Toshkentdan-Zominga 08:30-09:05 Aviabilet narxi: 110 ming sumdan boshlanadi. @Zominiy_uz
Show all...
6
#No_comment 🗣 Turkiya. Istanbul. “BIZNES MARAFON”... Telegram kanalimiz:👉🏻 🕊Telegram Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube 🌐Sayt
Show all...
👍 2 1🔥 1