Besh tashabbus olimpiadasi | Rasmiy kanal
Open in Telegram
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 muhim tashabbusi 🎖"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi rasmiy maʼlumotlar berib boriladi. http://myurls.co/5tashabbus
Show more9 291
Subscribers
-224 hours
-447 days
-18130 days
Posts Archive
📎Zamonaviy kasblar tanlovi
Tanlovda ishtirok etish uchun qanday ro‘yxatdan o‘tiladi?
Barchasi videoda bosqichma-bosqich ko‘rsatilgan.
💻Video qo‘llanmani tomosha qiling va ro‘yxatdan o‘tishni hoziroq boshlang!
🚀 Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
🤩 Mobil Ilova | 😎 Telegram |
🎼“Mohir pianinochi” tanloviga start berildi
Yosh iste’dodlarni kashf etish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston Bolalar tashkiloti tomonidan “Mohir pianinochi” tanlovi o‘tkazilmoqda.
Tanlovning birinchi bosqichi 20-avgustga qadar onlayn formatda bo‘lib o‘tadi. Ishtirok etish uchun o‘zingiz ijro etgan fortepiano asarining 5 daqiqagacha bo‘lgan sifatli videoyozuvini tayyorlab, uni Telegram’dagi @pianinochiBot orqali yuborishingiz kifoya.
Natijalar 10-sentyabrga qadar Agentlikning rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.
Fortepiano sadolari ostida yangi iste’dodlarni birgalikda kashf etamiz!
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
📢Ijodkor yoshlar diqqatiga: “Sharafli yo‘l” tanlovi boshlandi
🎬O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yosh jurnalistlar va blogerlar o‘rtasida “Sharafli yo‘l” videoroliklar tanlovini e’lon qiladi.
❗️Tanlov yoshlarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, Vatanga muhabbat, mustaqillik g‘oyalari hamda Yangi O‘zbekiston islohotlarini zamonaviy mediakontent orqali keng targ‘ib etishga qaratilgan.📌 Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi: ➡️ “Eng yaxshi videorolik” (professional ijodkorlar uchun); ➡️ “Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan eng yaxshi videorolik”; ➡️ “Mobilografiya asosida yaratilgan eng yaxshi videorolik”. 📌 Ijodiy ishlar quyidagi mavzularda qabul qilinadi: ✔️ “Mustaqillik mening taqdirimda”; ✔️ “Yangi O‘zbekiston – yangi imkoniyatlar mamlakati”; ✔️ “Yoshlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari”; ✔️ “Mening Vatanim – mening faxrim”. 📌Har bir nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi: 🥇-o‘rin — 15 million so‘m; 🥈-o‘rin — 10 million so‘m; 🥉-o‘rin — 5 million so‘m. 🗓 Ijodiy ishlar 2026-yil 20-avgustga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi. 🏅Tanlov g‘oliblari O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida e’lon qilinadi. 📩 Ijodiy ishlar Telegram’dagi “SHARAFLI YO‘L 2026” sahifasi orqali +998 70 484 71 79 raqamiga yuboriladi. 📞Murojaat uchun: (71) 244-37-87, (71) 244-64-62. Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook
Diqqat, tanlov!
😇 Xotin-qizlarning bilim va savodxonligini oshirishga qaratilgan "WikiAyollar" onlayn tanlovi WikiMarafon hamda Qizlar Akademiyasi loyihalari doirasida tashkil etilmoqda. Tanlov 30-iyuldan 23-avgustgacha davom etadi.
🤩 Shartlar juda oddiy: @WikiTanlov_bot orqali roʻyxatdan oʻtasiz, 22-avgustga qadar ''Qizlar Akademiyasi"ning istalgan kursini tugatib, sertifikatni botga yuklaysiz. 23-avgust kuni esa 30 ta test savoliga javob berasiz.
❗️ Test savollari ayollarga oid maxsus maqolalar va "Qizlar Akademiyasi" kurslari asosida tuziladi. Yakuniy natijalar 25-avgustga qadar rasmiy kanalimizda e'lon qilinadi. Barchaga omad yor boʻlsin!
Batafsil — Tanlov nizomi
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from “Yosh kitobxon” INFO
Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, Shavkat Miromonovich!
Bugun, 24-iyul kuni Prezidentimiz 69 yoshni qarshi oldilar.
Tinchligimiz, ertangi kunimiz va farzandlarimiz kelajagi uchun qilayotgan har bir bedor tuningiz hamda zahmatli mehnatingiz uchun katta rahmat! Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr va eng asosiysi — doimo xalqning chin samimiy mehri hamroh bo‘lishini tilaymiz!
Vatanimiz dunyodagi eng rivojlangan, kuchli va erkin davlatlar safidan o‘rin olsin! Yangi O‘zbekiston orzusi yo‘lida har qadamda Siz bilan birgamiz!
#BizningPrezident
+9
🏁 “Yoshlar ishlari agentligi kubogi” – "Challengers open" va "Challengers women" yo‘nalishlari respublika musobaqasi nihoyasiga yetdi
⚡️ Jami 9 turdan iborat bo‘lgan ushbu keskin bahslarda shaxmatchilar o‘z mahoratlarini yuqori darajada namoyish etishdi. Har bir partiyasi qizg‘in va murosasiz kechgan turnir yakunida quyidagi natijalar qayd etildi:
"Challengers open” guruhida:
▫️ 1-o‘rin: Xadiyatullo Muxamedov (25 000 000 so‘m)
▫️ 2-o‘rin: Bilolxoʻja Xasanov (15 000 000 so‘m)
▫️ 3-o‘rin: Akbar Yoqubboyev (10 000 000 so‘m)
"Challengers women” guruhida:
▫️ 1-o‘rin: Moxinur Xabibullayeva (25 000 000 so‘m)
▫️ 2-o‘rin: Oksana Slapoguzova (15 000 000 so‘m)
▫️ 3-o‘rin: Odina Olimova (10 000 000 so‘m)
🎁 Musobaqa yakunida kuchli uchlikdan joy olgan shaxmatchilar hamda turli nominatsiyalar g‘oliblari belgilangan yirik pul mukofotlari, qimmatbaho sovg‘alar va tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
😎Telegram 📱Facebook 📱Instagram
