IB va KT fakulteti | AndMI
Open in Telegram
©️ Andijon mashinasozlik instituti "Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari" fakulteti rasmiy axborot kanali! 👇Kuzatib boring! ✅ 👉🏻TikTok.com/@ibvakt 👉🏻Facebook.com/ibvaktf 👉🏻Instagram.com/ibvakt 👉🏻YouTube.com/@ibvakt
Show more404
Subscribers
-224 hours
-77 days
-1730 days
Posts Archive
O‘z fikringizni ovoz berish yo‘li orqali bildiring✅
Ma‘lumot uchun 2023 yil yakunida Andijon mashinasozlik instituti boshlang‘ich tashkiloti Yilning eng yaxshi Boshlang‘ich tashkiloti nomimatsiyasida 1-o‘rinni egallagan.
📌 Andijonda joylashgan oliy ta’lim muassasalarining Yilning eng tashabbuskor va samarali faoliyat olib borayotgan Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi kim?
Soʻrovnoma 12-Avgust soat 23:59 gacha davom etadi.
G'olib OTM yetakchisi statuetka, Diplom hamda qimmatbaho sovg'alar bilan tantanali ravishda taqdirlanadilar.
❗️Eslatma: Ushbu so'rovnomada xolis fikr bildirishingizni iltimos qilib qolamiz.
🔊🔊Ovoz berish!
Yaqinlarga ulashing⤵️
https://t.me/OTM_Minbari
Repost from Andijon davlat texnika instituti | Rasmiy kanali
+5
#Yoshlar_turizm_oyligi
#Chilla_isteʼdodlar_mavsumi
Andijon mashinasozlik instituti hamda Andijon tumani hokimligi hamkorligida "Yoshlar turizm oyligi" doirasida Xonobod shahrida tashkil etilgan "Chilla — iste'dodlar mavsumi" ma'daniy-ma'rifiy tadbiri doirasida katta gala konsert o‘tkazildi.
Tadbir avvalida kun davomida o‘tkazilgan tashkilotchilar tomonidan turli tanlovlar va musobaqalar g‘oliblari taqdirlandi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo‘ling👇🏻
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from Andijon davlat texnika instituti | Rasmiy kanali
+4
Andijon tumani hokimligi hamda Andijon mashinasozlik instituti hamkorligida o‘tkazilgan loyiha davomida viloyatimizning yosh va iste'dodli xonandalari tomonidan Vatanni, sevgi va muhabbatni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo‘ling👇🏻
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Тадбирга бориш истагини билдирган ёшлар @O_Sotiboldiyeva га мурожаат қилишингиз сўралади
✨✨✨Хонободда ҳаво шарлари шоусига сизларни таклиф этамиз❗❗❗
••••••••••••••
Хонобод шаҳрида илк бор бир нечта ҳаво шарларининг кўтарилиши чинакам шоу дастурига айланмоқда.
Хонобод шаҳрида “Дунё садолари” фестивалига тайёргарлик ишлари давом этмоқда.
⚡⚡⚡Мана шундай тадбирларни кўриб мароқли дам олишингиз учун сиз талаба ёшларни 25-июль яъни пайшанба куни соат 07.30 да институтимизнинг асосий биноси олдида автобусларни шай қилган ҳолатда кутиб оламиз. Ички туризмга марҳамат азизлар.
♻️ @IBvaKT fakulteti rasmiy sahifalari✅
Instagram | YouTube | Facebook | Tiktok
Repost from Andijon davlat texnika instituti | Rasmiy kanali
+9
Mehnat bozoriga yoʻl olgan muhandis va iqtisodchilarga diplomlar topshirildiJoriy yilda Andijon mashinasozlik institutini 10 ta yoʻnalish boʻyicha 16 nafar magistr, shuningdek 23 ta yoʻnalish boʻyicha 803 nafar bakalavr (kunduzgi) bitirmoqda. Bundan tashqari Shimoliy Xitoy texnologiyalari universiteti hamda Belarusiya milliy texnologiyalar universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan qoʻshma taʼlim dasturlarini 18 nafar yoshlar tamomlamoqda. Shu munosabat bilan institutda “Bitiruvchi — 2024” shiori ostida katta hayot yoʻliga kuzatish hamda bitiruvchilarga tantanali diplom topshirish marosimi oʻtkazildi. Unda prorektorlari, fakultet dekanlari, professor-oʻqituvchilar, bitiruvchilar va ularning yaqinlari ishtirok etdi. Bitiruvchi talabalar hamda ularning ota-onalarini tabriklash uchun institutning oʻquv ishlari boʻyicha prorektori, fizika-matematika fanlari boʻyicha falsafa doktori Suhrobjon Aliyev soʻzga chiqib, yoshlarni mustaqil va yangi hayot sari qadam qoʻyayotgani bilan muborakbod etib, ularning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi. Shundan soʻng bitiruvchilarga tantanali ravishda diplomlar topshirildi. Tadbir soʻnggida bir qator bitiruvchilar soʻz olib, oʻqish davomida taʼlim bergan ustozlariga, taʼlim jarayonida qoʻllab-quvvatlagan ota-onalariga oʻzlarining minnatdorliklarini bildirishdi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo‘ling👇🏻 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from Andijon davlat texnika instituti | Rasmiy kanali
#diqqat_tanlov
🟢 "Bo'lajak olim" tanlovida ishtirok eting!
📣 Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Yoshlar akademiyasi yoshlarning ilmiy g'oyalari va startap loyihalarini qo'llab-quvvatlash maqsadida "Bo'lajak olim" tanlovini e'lon qiladi.
🖥 Tanlovda shartlari va ishtirok etishga qo'yiladigan talablar bilan batafsil BU YERDA tanishishingiz mumkin.
✉️ Tanlovga arizalar joriy yilning 15-iyul kunidan 15-avgust kuniga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.
⌛️ Tanlovda ishtirok eting va o'z tashabbusingizni biz bilan rivojlantiring!
Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring!
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo‘ling👇🏻
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from ADTexI Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi
+5
Ijodiy imtihon jarayonlari bo‘lim nazoratida.
Аndijon mashinasozlik instituti talabalari safiga qoʼshilish maqsadida institutning Dizayn (avtomobilsozlik) yoʼnalishi uchun hujjat topshirgan abiturientlarning ijodiy imtixonlari 2024- yil 8-11- iyul kunlari (4 kun) institutning “Transport va logistika” fakulteti binosida boʼlib oʼtdi.
Ushbu jarayonlarni ochiq va shaffof oʼtishini taʼminlash, korrupsion holatlarni oldini olish hamda natijalarni tekshirish jarayonida manfaatlar toʼqnashuvi kabi jarajonlardan holi qilish maqsadida imtihon savollari va javob varaqalari boʼlim tomonidan maxsus shifrlar bilan kodlab chiqildi.
Yangiliklarni Institut veb-sayti va bo'limning rasmiy telegram kanalida kuzatib boring!!!
👉https://web.andmiedu.uz✅
👉https://t.me/andmi_antikorr✅
Repost from School 21 Uzbekistan
📢School 21 vodiyga yo‘l oladi!
Namangan va Andijon diqqat qiling
Bu bizning maktabimiz bilan tanishish, ta’lim metodikasi va ro‘yxatdan o‘tish bosqichlari haqida bilish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Qayerda va qachon ko‘rishamiz:
🗓11 iyul – Andijon
📍Digital City texnoparki, Boburshoh ko‘chasi 2-uy
🕔 11:00 da
🗓12 iyul – Namangan
📍Namangandagi IT Park binosi, Amir Temur ko‘chasi 2-uy
🕔09:00 da
Havola👈 orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin
Innovatsion ta’lim loyihasiga qo‘shilish va IT sohasida o‘z karyerangizni boshlash imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
текст на русском в первом комментарии
Repost from Andijon davlat texnika instituti | Rasmiy kanali
Institumiz talabalari Samarqandda o‘tgan respublika robototexnika musobaqasi gʻoliblari safidaSamarqand shahrida “MuhtorovS”oʻquv markazi tashabbusi bilan Robototexnika boʻyicha “Ixtirochi” respublika musobaqasi oʻtkazildi. Unda robototexnika sohasiga qiziquvchi yoshlar uchta Robo sumo, robo futbol hamda foydali robotlar yoʻnalishi boʻyicha bellashdilar. Musobaqada Andijon mashinasozlik instituti talabalari ham ishtirok etdi. Yosh ixtirochilar oʻzlari kashf etgan turli texnik, elektron qoʻllanma va eksponatlar bilan barcha yigʻilganlarni lol qoldirishdi. Musobaqalar yakuniga koʻra, Axborot tizimlari va texnologiyalari 1-bosqich talabasi Javohir Burhonov Robo sumo yoʻnalishi boʻyicha birinchi oʻrinni egalladi. Mobil robotlar poygasi boʻyicha esa Mexatronika va robototexnika yoʻnalishi 1-bosqich talabasi Madaminjon Vahobov birinchi hamda Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish Raximjon Nosirov ikkinchi oʻrin nasib qildi. Gʻoliblar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Maʼlumot uchun, musobaqa kuchli uchtalikni qoʻlga kiritgan ishtirokchi va jamoalar Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida oʻtkaziladigan “Xalqaro robototexnika” musobaqasida toʻgʻridan toʻgʻri qatnashish imkoniyatiga ega boʻladi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo‘ling👇🏻 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
+8
#kasbiy_imtihon
⚡️Andijon mashinasozlik institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlarga start berildi
➕Andijon mashinasozlik institutida 2024/2025-oʻquv yili uchun kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha alohida iqtidor talab qiluvchi avtomobilsozlik dizayni taʼlim yoʻnalishiga kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi.
📈Dastlab abituriyentlarga kasbiy (ijodiy) imtihon tartibi haqida qabul komissiyasi mas'ullari tomonidan batafsil tushuncha berilib, roʻyxatdan oʻtkazildi.
✅ Kirish imtihonlarida korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, abituriyentning ota-onalariga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida kasbiy (ijodiy) imtihonlarning imtihon.edu.uz hamda institutning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali Internet tarmog‘ida jonli efirga uzatilmoqda.
❗️Abituriyentlarning ota-onalari va ularning yaqinlari quyidagi havolalar orqali imtihon jarayonlarini onlayn kuzatib borishlari mumkin.
Birinchi guruh
Ikkinchi guruh
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo‘ling👇🏻 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
