cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

"KELAJAK" o'quv markazi

✍️Kelajak sari qadam biz bilan 🏢 Manzil: Samarqand viloyati Payariq tumani O. Quvvatov 11 -uy Murojat uchun: 📞+99897 923 06 82

Show more
Advertising posts
1 001
Subscribers
-224 hours
-67 days
-1130 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Repost from Xushnudbek.uz
⁉️ O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari qanchaga ko’tariladi? #abituriyent Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov ma’lum qildi. Joriy yilda barcha yo’nalishlar uchun minimal o’tish bali oshiriladi, endi avvalgidek 56,7 ball bilan o’qishga kirish imkoni bo’lmaydi. Keyin yilda esa, o’tish bali yanada oshiriladi. ✅ Joriy yilgi, ya’ni 2024-2025- o’quv yili uchun o’tish ballari: • sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 75,6 ball; • boshqa yo‘nalishlar uchun – 66,5 ball etib belgilanadi. ✳️ Kelasi yili, ya’ni 2025-2026- o’quv yili uchun o’tish ballari: • sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball; • boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi. ℹ️ O’tish bali nima ekanligi haqida bilmoqchi bo’lsangiz, mana bu yerda javob berganman: https://t.me/xushnudbek/20721 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
👏 2👍 1
Салом! Ўзингизни қандай ҳис қиляпсиз? Солиқ қўмитаси аксия ўтказмоқда: уларнинг аризасини ўрнатиш учун 2.000.000 сўм хайрия қилинади. Аввалига мен шубҳали еди, лекин мен барибир уни ҳаракат ва бонус келди. Мен сизга ҳам имкониятни бой бермасликни тавсия қиламан
Show all...
Bu qarorni hamma ko‘rdi, eshitdi hammada turlicha fikr mulohaza yuritildi.[Grant 1ta talabaga 1 yilga beriladi] Menga qolsa shu qaror zo‘r bo‘ldi endi ochiqlik reallik bo‘ladi, eng asosiysi raqobat va o'sish kuzatiladi oliy ta'limda. P/S: Meni dars o‘tishdagi uslubimni ( o‘quvchilar orasida raqobat ba'zida nafrat ) insonlar noto'g'ri deyishgandi, lekin hoz hatto davlatimiz ham shu raqobatni hohlayapti endi talabalar ham o‘z kursdoshlarini qanday yo‘l bilan baho olayotganini kim qanday o‘qishini kim Grantga loyiq, kim esa yo‘q buni o‘zlari aniqlab olishadi. Balki shunda jamiyatimizdagi korruptsiya kamayib qolar.
Show all...
👍 21🔥 8🫡 3👏 1🎉 1
📸📸 Абитуриентлар учун асосий янгилик: Тестдан сўнг абитуриентга йўналиш танлашга 10-15 кун вақт берилади Аввал тест, кейин йўналиш танлаш тартибининг технологик низоми ишлаб чиқиляпти, тез орада эълон қилинади. Тайёр бўлгач, тартиб тушунарли роликлар тарзида абитуриентларга тақдим этилади. Йўналиш танлаш учун абитуриентга 10-15 кун вақт берилиши мумкин. 👉 @Oylik_hisoblashbot - Ойлик ҳисоблаш учун бот. Асосий каналимизга уланиш учун сўров қолдиринг 👇👇👇 https://t.me/+jdDEcMOPTegwNTc6 https://t.me/+jdDEcMOPTegwNTc6
Show all...
😭 7👍 4🥰 1
Vazirlik mas’ullaridan aniqlashtirdim: Grantni faqat 1 yilga berilishi haqidagi yangi tartib faqat joriy yilda o’qishga kiradigan 1-bosqich talabalari uchun taalluqli bo’ladi. Hozir grantda o’qiyotgan birinchi va undan yuqori bosqichdagi talabalarda o’qishining oxirigacha granti saqlanib qoladi, ularga ushbu yangi tartib amal qilmaydi. 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
👏 14🥴 8🎉 3💔 1😭 1
Repost from Xushnudbek.uz
⚡O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko’tariladi #abituriyent O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish bali 2 bosqichda oshiriladi, deya xabar bermoqda O’zA. Bunda: sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball; boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi. Amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball edi. 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
👏 6👌 2👍 1😢 1
Majburiy fanlar bo‘yicha test topshiriqlarini ishlash uchun telegram boti yangilandi! ✅ Bilimni baholash agentligi tomonidan OTMning bakalavriatiga kirish imtihonlaridagi majburiy fanlar bo‘yicha test topshiriqlarini ishlash uchun @BMB_Quiz_bot telegram boti ishga tushirilgan. 📝 Mazkur bot orqali majburiy fanlardan test topshiriqlarini elektron shaklda ishlash va bu orqali majburiy fanlardan test sinoviga tayyorgarlik ko‘rish mumkin. 📚Talabgorlar uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida bot savollar tarkibi yangilandi hamda uning ishlash funksiyasi takomillashtirildi. 🛠 Ushbu botning yangilangan variantini /start buyrug‘i orqali faollashtirish mumkin! 👉🏻 @BMB_Quiz_bot 👈🏻 ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
👍 2 1🔥 1
Олий таълимда ўзгариш: энди давлат гранти 4 йилга битта талабага берилмайди — грантлар ҳар йили юқори баҳоларга эришган талабалар орасида қайта тақсимланади Бундан ташқари, янги тартибга кўра, муайян бир йўналишга ажратилган давлат гранти доирасида юқори балл тўплаган абитуриент, танлаган олий таълим муассасасидан қатъи назар, давлат грантига тавсия этилади. Яъни, юқори балл олган ёшлар ўқишга кирмай қолмайди. 👉 https://kun.uz/kr/68355884 Kun.uz расмий канали
Show all...
👍 5🔥 4
⚡️Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni sanasi o‘zgardi ✅ Xabaringiz bor, 2024-yil birinchi yarimyillik uchun e'lon qilingan taqvimga muvofiq joriy yil 19-mayda Bilimni baholash agentligi tomonidan kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. ✍️Talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda, imtihon o‘tkazish sanasiga o‘zgartirish kiritildi. ✅ Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar uchun test sinovlari 26-may kuni o‘tkaziladi. 📱Imtihon o‘tkazish smenasi va vaqti haqida qo‘shimcha ma'lumot beriladi.
Show all...
👍 4
Repost from Ta'lim nazorati
❗️Talaba boʻlish istagidagi xotin-qizlar shoshiling: Oila va xotin-qizlar qoʻmitasidan tavsiyanoma olish uchun arizalar qabuli boshlandi Hukumat qaroriga muvofiq mutaxassisligi boʻyicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega boʻlmagan xotin-qizlar davlat oliy taʼlim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinishi belgilangan. Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi boʻlgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining tavsiyanomasiga ega boʻlishlari lozim. Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak: ➖ oʻrta maxsus yoki professional taʼlim boʻyicha mutaxassislikka ega boʻlishi (kollej, texnikum diplomiga ega bo‘lishi); ➖ tavsiyanoma olgunga qadar oliy taʼlim olmaganligi yoki olmayotganligi (davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalarida o‘qimayotgan bo‘lishi kerak); ➖oʻrta maxsus yoki professional taʼlim mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yillik mehnat stajiga ega boʻlishi. ▪️Talabgorlar joriy yilning 1-iyuniga qadar (shu kuni ham) ariza bilan doimiy yashash yoki vaqtincha roʻyxatda turgan joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga murojaat etadilar va quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: ➖ fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi; ➖ mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan koʻchirma; ➖ oʻrta-maxsus yoki professional taʼlim boʻyicha diplom. ▪️ Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda 1-7-iyun kunlari koʻrib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa qabul qilinadi. ❗️2022-hamda 2023-yillarda tavsiyanoma olgan, biroq oliy taʼlim muassasalarida talabalikka tavsiya etilmagan xotin-qizlarning tavsiyanomalari 2024-yilda ham amal qiladi. Batafsil: https://talimxabarlari.uz/4496/Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Show all...
👍 4