🌼 𝕸𝖊𝖓𝖎𝖓𝖌𝖈𝖍𝖆 🌸
Open in Telegram
❤️ 𝑄𝑎𝑙𝑏𝑔𝑎 𝑦𝑎𝑞𝑖𝑛 𝑠𝑜‘𝑧𝑙𝑎𝑟 🖇 𝐹𝑎𝑙𝑠𝑎𝑓𝑎 🕊 𝑃𝑠𝑖𝑥𝑜𝑙𝑜𝑔𝑖𝑦𝑎 📖 𝑀𝑎𝑧𝑚𝑢𝑛𝑙𝑖 𝑠𝑎𝑡𝑟𝑙𝑎𝑟 📚 𝑀𝑢𝑙𝑜𝒉𝑎𝑧𝑎 "𝑇𝑜𝑧𝑎 𝑞𝑎𝑙𝑏, 𝑏𝑒𝑔‘𝑢𝑏𝑜𝑟 𝑦𝑢𝑟𝑎𝑘𝑙𝑎𝑟 𝑢𝑐𝒉𝑢𝑛 𝑞𝑎𝑙𝑏 𝑘𝑒𝑐𝒉𝑖𝑛𝑚𝑎𝑙𝑎𝑟𝑖..."🌼🕊❤️
Show more662
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
🌹 Бугун 21-март Наврўз байрами муносабати билан сизга узоқ умр, сихат саломатлик, оилавий бахт тилайман. Уйғониш ва ёшариш, покланиш ва янгиланиш айёми Наврўзи байрам муборак бўлсин!😊
***
Shu qiz ishqqa loyiq boʻlsin deb,
Yuraklari baxtga toʻlsin deb,
Chiroyingga qoʻshib yana zeb,
Seni onang men uchun tuqqan…
Shaxsiy mulkim, oʻzimnikisan,
Ikki qaro koʻzimnikisan,
Bilsang agar yorugʻ dunyoda,
Jonim degan soʻzimnikisan…
Goʻzal boʻlsin bizning muhabbat,
Unda baxtlar yashasin faqat,
Sen men uchun ragʻbat boʻlgandek,
Men sen uchun boʻlayin ne’mat…
Boshqalarga boqmagin sira,
Dillarimiz etmaylik xira,
Koʻrgan inson havaslar qilsin,
Bizdan qolsin yaxshi xotira…
Shu qiz baxtga koʻmilsin deya,
Seni Hudo men uchun bergan…
✍🏻Sevinchxonim_Ijodi
P/s: Deydigan inson ham uchrab qolar…
Dilga joylab ezgu niyatlar
yoʻlaringa mushtoqmiz har on
tinmay aytib koʻp salovatlar
kutayapmiz seni ramazon
kimlar yetdi seni koʻrmoqa
kimlargadir boʻldi bu armon
sanoqli kun qoldi yetmoqa
kutayapmiz seni ramozon
nafsiga qul Biz bandalaring
qalbimizga toʻldirgin iymon
savoblaring Yogʻdirgin endi
kutayapmiz seni ramazon
jannatlarni koʻrmoqlik uchun
nasib ayla oʻqimoq Quron
Qalbimizga joylab sabrdan
kutayapmiz seni ramozon
Olloh nasib etsin barchaga
roʻza oyi eng ulugʻ ayom
poklik Shodlik va niyat bilan
kutayapmiz seni ramazon
✍Malikaxonim_Ijodi 🫰🏻
https://t.me/Meningcha_official
- Boshqalar baxt og'ushida uchar ekan, muammolardan boshi chiqmagan 24 yoshimdan uzr soʻrayman....?! 🍃
