cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Afifa'logy |🦕

..and my success can only come from Allah | 📍🇹🇷 Study | Cats | Book | Coffee | Lifestyle 🌿🌵🐢🥑☘️💚 Other channels: || @Afifas_books || @Afifas_podcasts Contact with me: || @AfifaHumayro_bot

Show more
Uzbekistan60 826The language is not specifiedThe category is not specified
Advertising posts
189
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Yangidan yangi app'lar chiqayotgani bilan baribir qogʻoz qalam beradigan hisni bermaydi ekan. Shu sabab reja tuzishda doim qogʻoz qalam ishlatish avzal.)
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Black Coffee + Planner = 🥹🫶🏽
Show all...
Today
Show all...
​​Discipline (intizom) butun hayotimiz davomida kerakli va doim normada tutishimiz kerak boʻlgan narsa deb hisoblayman. İntizomni bir martta yoʻqottingizmi qayta tiklash juda qiyin. Tajriba qilib koʻrganim uchun ham shunday demoqdaman. Haftani 3 kuni kasalxonada amaliyot, 2 kun oʻqishda darslarga vaqt ajratib (va bular kunlik oʻrtacha 7-8 soat degani) yetmaganiga hafta ohirlarida kurslarga borish(shanba-yakshanba) va bularni barchasini normada tuta olish faqat intizom bilan edi. Uxlash vaqtim, ovqatlanish vaqtim, dars qilish, ibodatlar, oʻzim uchun vaqt ajratish vahakozolarning bariga yetar edi. Ammo hozir bu intizomni yoʻqotgach na kunim barokatli oʻtyapti na qilgan ishimni barakasi bor. Dars, kitob, blog hamma hammasi bir-biri bilan qorishgan vaziyatta. Oʻsha vaqtlar "vaqtim yoʻq, bunga vaqt ajrata olmayapman va shu kabi gaplar qilardim. Ammo hozir oʻylasam anchayin narsaga vaqtimni yetkazgan ekanman. Afsuski oʻsha vaqti buni farqiga bora olmabman. Shu sabab siz uchun kichik boʻlgan ammo davomli va intizomli qilib boradigan odatlarni oson narsa deb oʻylamang. Buni qila olmayotganlar qancha. Va asta sekin barcha ishlarda intizom oʻrnatishga kirishing. Hayotingizni oʻzgartiradigan omil shu hisoblanadi. Kichik ammo intizomli odatlar. Xuddi atom odatlar kabi... @Afifalogy
Show all...

​​İnsonlar kichkina narsalar bilan shunchalar mashgʻulki hayotning asosiy maʼnosini unutib qoʻyishmoda...@Afifalogy
Show all...

​​Hammada ora orada boʻlib turadigan narsa - "hech narsa qilmaslikni xohlash" ❗️Men hech qanaqa professional emasman shu sabab oʻz hayotimdan, tajribalarimdan kelib chiqqan xolatda biroz maslahat bermoqchiman. (Boshqalar uchun oʻz boʻlsada foydali boʻlar degan umidda) Hullas barchamizni boshimizga ora orada boʻlsada tushib turadigan holat bu. Hech narsa qilishni xohlamaslik, ishtiyoqsizlik, ham ruhan, ham jismonan toʻliqqandek his qilish va faqat shiftga qarab yotishni xohlash kabi koʻrinishlarda boʻladi. Shunday vaqtlarda nima qilish mumkin? Bu holatdan qanday chiqib ketishimiz mumkin? kabi savollar koʻp qiynagan meni. Soatlarcha boʻshliqqa tikilib turish, huddi miyam format qilib tashlangandek his qilardim oʻzimni. Va bunga yechim izlay boshladim. Koʻplab insonlarni bu holatdan qanday chiqib ketishini taʼriflagan maqolalar, videolar koʻrdim. Asta sekin oʻrganganlarimni hayotimga kirita boshladim. Oʻrganganlarim esa shular boʻldi: -Avvalo bir oz oʻzingizga vaqt bering. Har narsaning bir sababi boʻlgani kabi buning ham bir sababi bizga signal berayotgan biron muammoni habarchisidir. Nafsingizni tanishga harakat qiling, tafakkur qiling bu insonni butunlay boshqa olamga olib boradigan, oʻzini kashf qilishga sababchi boʻladigan unsurdir deb hisoblayman. - Zikr qilmoq. Masalan turli xil yangi zikr va duolarni oʻrganish va ularni takrorlashingiz mumkin. - Uyingizdagi, xonangizdagi keraksiz buyumlarni сартирофка (saralang) qiling. Anchadan buyon ishlatmaydigan buyumlardan tortib anchadan buyon kiyilmayotgan kiyimlargacha tozalab chiqing. (İshlatishni imkoni boʻlsa zaruratlari bor insonlar bering yoki shunchaki tashlab yuboring) Chunki moddiy buyumlarning koʻpligi insonga ogʻirlik qiladi. Va ulardan tozalab tashlaganingizda ham atrof muhit jihatidan ham ruhan yengil boʻlasiz. - Telefon, komputer, planshet va shu kabi elektron jihozlaringizni ham ayni shaklda tozalab tashlang. İshlatilmayotgan vaqt oʻgʻrilari boʻlgan turli xil ilovalar, rasmlar, videolarni oʻchiring. Shu bilan birga ijtimoiy tarmoqlaringizni ham koʻzdan kechirib, sizga foyda bermaydigan kanallar, bloglar, accountlarni oʻchiring. E-maillaringizni tartibga soling, turli xil filtrlar ila e-mail kanallarni oʻchiring. -Study planlaringizni koʻzdan kechiring. Notelaringizga yozgan narsalarni, qilinmagan, qilin oylik, haftalik rejalar tuzing, bu ishtiyoqingizni uygʻotadi ammo bir onlik hayajon bilan imkoni yoʻq rejalar yozib tashlamang. Bu samarasizlikni keltirib chiqaradi. Boshlanishiga oson boʻlsa ham kam rejalarni yozing. Asta sekin vaqtni taqsimlashni yoʻlga qoʻyganingizda rejalarni ham murakkablashtirsangiz boʻladi. - Hammasidan eng muhimi esa jismoniy sogʻligʻingizga e'tibor bering. Toʻgʻri ovqatlanishga harakat qiling. Kechki 19:00 dan keyin ovqatlanishni man qiling oʻzingizga. Chunki hazm qilish juda koʻp energiya talab qiladigan jarayondir. Uyqudan oldin oshqozonni toʻldirib dumalab yotish ham miyyangizni dam olishiga halaqit beradi (chunki doimiy energiya sarf etish, hazm qilish jarayoniga diqqatini berishga qaratadi. Ammo aslida esa uyqu miyya faoliyatimizning dam olishi, maʼlumot va resurslarni tartiblash kabi vazifalarni bajarilishi uchun. Biz esa uni tanamiz bilan shugʻullanishi uchun band qilamiz. Sogʻlom hayot tarzi deganda faqatgina jismoniy sogʻliq emas nafaqat jismoniy sogʻliq shu bilan birga aql va ruh sogʻligʻi ham keraklidir. Bu uchovlonning inoq harakatidagina biz hayotimizni qoniqarli darajada yaxshi yashashimiz mumkin. @Afifalogy |✍🏽
Show all...

Photo unavailableShow in Telegram
​​Faqat Allohni zikr qilish bilan qalblaringiz orom topadi...
Show all...

Bizga berilgan har yangi daqiqa boshlash uchun bir imkondir...
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
•hayotiy tajriba muhimroq.
Show all...