Intizom | Farrukh Saliev
Open in Telegram
Bu kanalda asosan intizomga oid ma'lumotlarni ulashib boraman. 👇 Asosiy kanalim: https://t.me/+dgY2XISEmcEzMzZi
Show more745
Subscribers
No data24 hours
-97 days
-3230 days
Posts Archive
To'g'risini aytaman, juda kech uxlaydigan odam uchun uyqu rejimini butunlay o'zgartirib yuborish ancha qiyin ekan.
Aslida har qanday yangi boshlanayotgan odat imkon boricha oson bo'lishi kerak.
Lekin mendek avval 2-3 da uxlaydigan inson uchun soat 4 da uyg'onish... 😅
Ba'zi kunlar juda qiyin bo'layapti. Oxirigacha borolmasam kerak deb ham o'ylayapman...
👉 @intizom24
Bundan 1 hafta avval o'zimga chellenj e'lon qilgan edim:
Har kuni 4:00 da uyg'onish va sport bilan shug'ullanish.
Hozircha umuman olganda yaxshi ketyapti.
Endi boshqalarga ham motivatsiya bo'lishi uchun chellenj tafsilotlarini shu kanalda ulashib bormoqchiman.
Shuningdek, intizomga oid foydali ma'lumotlarni ham yozib boraman.
👉 @intizom24
💡Qo'yilgan maqsadlarga 99% erishish qoidasi
Ko'pchilik maqsadlariga erisha olmasligining asosiy sabablari: noto'g'ri maqsad qo'yish yoki maqsad qo'yishni bilmasligida.
Aslida maqsadlarning 3 xil turi bor: majburiy, majburiy-ixtiyoriy va ixtiyoriy.
Shaxsan o'zim maqsad qo'yish bo'yicha 2 yildan beri o'zimda bir nechta texnikalarni qo'llab kelaman.
Bugun aynan shu texnikalar bo'yicha YouTube uchun darslik tayyorladim.
🔗 Video uchun link:
https://youtu.be/9MLkYmZ89Ck
⏱️Davomiyligi - 15 daqiqa.
🙌 Yangi yil oldidan ko'rish uchun arzirli ma'lumotlar ulashishga harakat qildim.
@farrukhsaliev
+9
👋 Xayr Dubay...
Xullas, Dubay bo'ylab sayohatlarimiz o'z nihoyasiga yetdi.
Bir hafta davomida Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay, Abu-Dabi va Sharja shaharlarida bo'ldim.
Xulosa qiladigan bo'lsam, sayohat menga yoqdi. Zamonaviy shahar, boylar, qimmat mashinalar, katta bizneslar...
Ob-havosini inobatga olmasak, zo'r joylar ekan. Chunki havo juda issiq va dim. Hatto kechasi ham ko'chada yurish qiyin. Bu havoga ko'nikish oson emas.
Ertaga Alloh nasib qilsa Toshkentda bo'laman. Rosti, uyimni va oilamni sog'indim.
✈️ Toshkent meni kut...
@farrukhsaliev
Repost from Farrukh Saliev yozmoqda...
Omadli bo'lish?!
Men barchasiga o'z kuchi bilan erishgan insonlarni bilmayman. Mabodo kimdir shunday desa ham baribir ishonmayman.
Avvalgi postda aytganimdek, sizga juda muvaffaqiyatli bo'lib ko'ringan insonlar aslida siz o'ylagandek emas.
To'g'ri, ular sizdan biroz oldinda bo'lishi mumkin lekin asosiy muvaffaqiyatlari ortida omadning roli katta.
Xo'sh, unda qanday qilib omadli bo'lish mumkin?
Siz ertalabdan kechgacha xonangizda yotsangiz, albatta, omad kelmasa kerak.
Omad kelishini kutish emas, omad kelish ehtimollarini oshirish kerak.
Masalan, siz bir nechta yangi insonlar bilan tanishasiz va qachondir ulardan biri sizga yaxshi ish taklif qilishi mumkin.
Yana bir misol, o'zingizning blogingizni ochasiz va hayotingizni yoritib borasiz. Qachondir kimdir sizga yaxshi hamkorlik taklif qilishi mumkin.
Omad ham keldi deylik, lekin uni ushlab qolish uchun ma'lum bir bilimlar ham zarur bo'ladi.
Men erishgan muvaffaqiyatlarimga to'liq o'z kuchim bilan yoki faqat bilimlarim orqali erishganman desam xato bo'ladi. Muvaffaqiyatlarimda kimdurlarning hissasi bor.
Men esa shunchaki omadim kelishi uchun ehtimollar sonini oshiraman. Omad kelganida uni qanday ushlab qolishga tayyor bo'laman.
Endi sizga savollar:
- Omadingiz kelishi uchun yetarlicha sabablarni qilyapsizmi?
- Omadingiz kelganda uni ushlab qolishga tayyormisiz?
@farrukhsaliev
Repost from Farrukh Saliev yozmoqda...
+9
Muvaffaqiyatlarim siri
Oxirgi bir yilda hayotimda eng katta o’zgarishlar sodir bo’ldi. Eng baxtli va eng muvaffaqiyatli onlarim bo’ldi desam adashmayman.
Uylandim, ota bo’ldim, mashhurlik, 30 dan ortiq shogirdlar, ota-onamni chet elga yuborishim, yangi mashina, yangi ofislar, biznesim kengayishi, moliyaviy erkinlik…
Balki men sizga muvaffaqiyatli va noyob bilimlarga ega insondek ko’rinishim mumkindir. To’g’risini aytsam, unday emas...
Agar siz mendan muvaffaqiyatlarim sirini so’rasangiz, men tayinli javob berolmayman. Chunki buning sirini bilmayman.
Men har doim o’zimni juda oddiy insondek his qilaman. Mening bilimlarim ham unchalik ko’p emasdek. Shunchaki menga doim omadlar keladi xolos. Bu oddiy omad emas, ilohiy omadlar…
Men qanday qilib muvaffaqiyatli bo’lishniyam, ko’p pul topishniyam, omadli bo’lishniyam bilmayman!
Lekin omadli bo’lish ehtimollarini qanday oshirish mumkinligini bilaman…
Agar fikrlarim qiziq bo’lsa, shu postga (👍) bosing va davomini batafsil yozaman.
Repost from Farrukh Saliev yozmoqda...
+9
Muvaffaqiyatlarim siri
Oxirgi bir yilda hayotimda eng katta o’zgarishlar sodir bo’ldi. Eng baxtli va eng muvaffaqiyatli onlarim bo’ldi desam adashmayman.
Uylandim, ota bo’ldim, mashhurlik, 30 dan ortiq shogirdlar, ota-onamni chet elga yuborishim, yangi mashina, yangi ofislar, biznesim kengayishi, moliyaviy erkinlik…
Balki men sizga muvaffaqiyatli va noyob bilimlarga ega insondek ko’rinishim mumkindir. To’g’risini aytsam, unday emas...
Agar siz mendan muvaffaqiyatlarim sirini so’rasangiz, men tayinli javob berolmayman. Chunki buning sirini bilmayman.
Men har doim o’zimni juda oddiy insondek his qilaman. Mening bilimlarim ham unchalik ko’p emasdek. Shunchaki menga doim omadlar keladi xolos. Bu oddiy omad emas, ilohiy omadlar…
Men qanday qilib muvaffaqiyatli bo’lishniyam, ko’p pul topishniyam, omadli bo’lishniyam bilmayman!
Lekin omadli bo’lish ehtimollarini qanday oshirish mumkinligini bilaman…
Agar fikrlarim qiziq bo’lsa, shu postga (👍) bosing va davomini batafsil yozaman.
🌙 Qurbon Hayitingiz muborak bo'lsin qadrdonlarim!
Barchangizga oilaviy baxt, tinchlik, baraka va muvaffaqiyatlar tilayman.
❤️🔥 Keyingi Hayit ayyomlarini ham birga kutib olish nasib qilsin...
Repost from Farrukh Saliev yozmoqda...
+3
❤️🔥 Bugun Madinam uyimizga keldi.
Oilamizning yangi a'zosi, yangi hayot, yangi maqsadlar...
Repost from Farrukh Saliev yozmoqda...
❤️🔥 Bugun hayotimdagi unutilmas kunlardan biri bo'ldi...
Ushbu hissiyotlarni tasvirlashim qiyin bo'lsada, biroz tushuntirishga harakat qilaman.
Bu kunni men va turmush o'rtog'im sabrsizlik bilan to'qqiz oy kutdik.
Ona to'qqiz oy farzandini o'z qornida ko'tarib yurishi va farzandni dunyoga keltirishi qiyin jarayonlar ekaniga amin bo'ldim.
Men aqlimni taniganimdan beri dadamni dunyodagi eng kuchli va eng zo'r inson deb bilganman. Endi meni ham shunday o'ylaydigan farzandim bor.
Bugun mening muhabbatim yana bittaga ko'paydi. Uyga shoshib borishim uchun yana bir katta sabab paydo bo'ldi.
Men dadamning yig'laganini hech qachon ko'rmaganman ammo bugun ilk marta ko'zlarida yosh ko'rdim. Quvonch yoshlari... Bobo bo'lish quvonchi...
Bugundan boshlab "qizim" so'zini ishlatishni boshladim.
O'zim ota bo'lganimdan so'ng haqiqiy otalik mas'uliyatini his qildim.
Endi men dada bo'ldim...
Endi mening qizalog'im bor...
(Barcha tabriklaganlarga chin dildan rahmat. Hammaga shu baxtni his qilishni nasib qilsin)
Siz ba’zi narsalarni shunchaki qilishingiz kerak.
Qilishni bilish yoki bilmasligingiz bu keyingi masala.
O’zingizga savol bering: buni qilishim kerakmi yoki qilmasligim kerakmi?
Masalan, siz biznes ochmoqchisiz. Buni qilishingiz kerakmi? Ha yoki yo’q?
Agar javobingiz “ha” bo’lsa, demak biznes oching. Buni qanday qilishni bilmaslik esa keyingi masala.
Agar buni qanday qilishni bilmasangiz, qilishni o’rganing yoki shuni biladigan insonlarni yollang.
Biror narsani qilishni bilmasligingiz uni qilishdan cheklamasligi kerak.
Quyidagi kuchli savolni doim yodingizda saqlang:
“Buni qilishim kerakmi yoki qilmasligim kerakmi?”
$1,000,000 topishni xohlaysizmi? Ha...
Ko'p pul topishni xohlaysiz lekin katta ehtimol u pullarni qayerga ishlatishni bilmaysiz.
Sizga kichik vazifa: hozir sizga zarur barcha narsalarni yozib chiqing va ularning narxlarini hisoblang.
Masalan, hozir siz barcha sarflashingiz mumkin bo'lgan xarajatlaringizni hisoblasangiz, ehtimol $100,000 ga ham yetmaydi.
Demak, siz hech qachon $1M topa olmaysiz, chunki hali bunga tayyor emassiz.
Sizni daromadingizga sarflaydigan xarajatlaringiz uzviy bog'liq.
Katta pul topishingiz uchun avval katta pullarni qayerga sarflashni biling.
Katta pul topishdan avval katta xarajatlar qilishga tayyor bo'ling.
Repost from Farrukh Saliev yozmoqda...
❤️🔥 Dada sizni yaxshi ko'raman.
Videodagi hissiyotlarni so'z bilan ta'riflay olmadim.
Barchamizga doim ota-onamizni xursand qilib yurish nasib qilsin.
Bu yilgi maqsadlarim orasida chet elga sayohatga chiqish bor edi...
Lekin o'zimdan avval ota-onamga sayohatni sovg'a qilganim menga sayohatdan ham ko'proq hissiyotni berdi. 🥹
Alloh nasib qilsa o'zim ham chiqaman. Albatta, o'zim emas, turmush o'rtog'im bilan. ❤️🔥
✅ Lekin bundan keyin har yili ota-onamni har xil davlatga jo'natishni maqsadlarim orasiga qo'shdim.
Bugun dadamni tug'ilgan kunlari edi...
Qanday sovg'a berishga ko'p o'ylandim va nihoyat shu sovg'ani berishga qaror qildim. ❤️🔥
Hamma farzandlarga nasib qilsin iloyim! 🤲
O'tgan yili 1-mashinamni olganimda uydagilar bilishmagandi. Mashinani olgandan keyin aytgandim.
Bu safar ham shunday qildim. 🤭
Repost from Farrukh Saliev yozmoqda...
❤️🔥Bugun yangi ofis oldik.
O'tgan yili birinchi kichkina va bir xonali ofisimni olgan edim. Shu yilni boshida ikki xonali ofisga o'tgan edik.
Mana... Bugun yana keyingi qadamni tashladik...
Shu sohaga kirganimdan beri yilma-yil emas, oyma-oy rivojlanib borayapman. Buning uchun doim Allohga shukr qilaman.
Ha aytgancha, yangi ofisimiz sizga yoqdimi? 😇
P.S. Hali biroz ta'mirlash ishlarini olib boramiz va o'zgartirishlar kiritamiz Xudo xohlasa.
Menga shaxsiy assistent kerak
▪️Assistentning vazifalari:
Mening barcha ishlarimda yordam berish, kontentlarim uchun idealar berish, maqsad va rejalarimni nazorat qilish.
▪️Men beradigan imkoniyatlar:
Mendan bepulga bilim olish, yangi soha o’rganishi, soha bo’yicha o’sishiga yordam berish, kuchli networking, moddiy rag’batlar.
Agar siz men bilan birga o’sishni va rivojlanishni xohlasangiz, quyidagi link orqali ma’lumotlaringizni qoldiring:
https://forms.gle/RonNMXDJbKKvfeFA6
