cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

OKMK Yoshlari

🔊Мазкур канал комбинат ёшлари фаолиятини ёритиб борувчи расмий канал. Азиз ёшлар сизни бирор муаммо қийнаётган ёки таклифларингиз бўлса канал ботига ҳамда корхонангиз ёшлар етакчисига мурожаат қилишингиз мумкин. @OKMK_OFFICIAL_bot

Show more
Advertising posts
2 170Subscribers
-624 hours
-237 days
-9330 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#Anons 📚 Bir asar mutolaasi” loyihasining 10-soni.       "Men kampirni emas, o'zimni o'ldirdim..."   🎬 Bu galgi ko‘rsatuvimizda kitobxonlar jahon adabiyotiga murojaat qilishdi.        ✍  Zabardast rus yozuvchisi Fyodor Dostoyevskiyning "Jinoyat va jazo” romani mutolaasi orqali hali ham eskirmagan chirkin reallikning badiiy talqiniga guvoh bo'lasiz. 🔰 Qalbi toza, aqlli, buyuk gʻoyalarni miyasida pishitib yurgan, ammo yoʻqsillikda, och, alamzada holda insoniyligini yoʻqotib borayotgan Raskolnikovning kechinmalari sizni befarq qoldirmasligi aniq!    ☝️ Eng qizig'i Dostoyevskiy odamzodga berilgan tugal aql, durust farosat hamda yaxshi xulq, unda yovuzlik yoʻqligining belgisi emasligini koʻrsatib bera olgan. 🗓 29.04 - Dushanba kuni ⏰ 19:00 da 🎬 “OKMK TV” da      O‘tkazib yubormang! ____ 𝕂𝕒𝕟𝕒𝕝𝕚𝕞𝕚𝕫𝕘𝕒 𝕆𝕓𝕦𝕟𝕒 𝔹𝕠ʼ𝕝𝕚𝕟𝕘 https://t.me/okmk_tv_official
Show all...
👍 1
#kun_tarixi ⚡️28 aprel - "Butunjahon mehnatni muhofaza qilish" kuni Xalqaro mehnat tashkiloti tashabbusi bilan 2003 yildan buyon 28 aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni sifatida keng nishonlab kelinyapti. Xalqaro mehnatni muhofaza qilish tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra bir kunda yer yuzi bo‘yicha 6300 ta mehnat faoliyati jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan baxtsiz hodisalar qayd etiladi. Mehnat muhofazasining qanchalik muhimligi tushunib yetish uchun ushbu raqamni bir oyga yoki bir yilga ko‘paytirishning o‘zi kifoya. Ushbu muhim soha xodimlarini bayram bilan muborakbod etamiz!
Show all...
🔰Kuni kecha “Olmaliq KMK” AJ tarkibiy boʻlinmalarida faoliyat olib borayotgan 30 yoshgacha boʻlgan hamda boʻlinmalarda kimyoning turli yoʻnalishlarida faoliyat olib boruvchi oliy ma’lumotli mutaxassislar oʻrtasida “Eng yaxshi yosh kimyogar” tanlovi oʻtkazildi. 🔸Birinchi bosqichida ishtirokchilar sohaga oid 20 ta test savollariga javob yoʻllashdi. Shundan soʻng, barcha qatnashchilar 2 bosqich uchun tayyorlangan 3 ta kimyo boʻyicha muammoli masalalarni belgilangan vaqt ichida bajarishdi. 🔹Soʻnggi bosqich belgilangan nizomga koʻra, Laboratoriya jarayonlari uchun vazifalar berildi. 🔹Yakuniy natijalarga koʻra Markaziy tahlil laboratoriyasi xodimasi Nargiza Omonova 3-oʻrinni,  Mis boyitish fabrikasi vakili Eraliev Davron 2-oʻrinni egalashdi. 🔸Shuningdek, Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish texnologik markazi xodimasi Akmalova Iroda mutlaq gʻoliblikni qoʻlga kiritib,«Eng yaxshi yosh kimyogar», deya topildi. 🔹Gʻoliblar tashkilotchilar tomonidan pul mukofotlari bilan ragʻbatlantirildi.
Show all...
👍 2
Барчага кўришни тавсия қиламиз.
Show all...
👍 2
Show all...
"Qo‘rqma" | Film

"Qo‘rqma" filmi "Mutolaa" loyihasining kitob-kino yo‘nalishida suratga olingan bo‘lib, 2021-yil O‘zbekistonning bestseller kitobi Javlon Jovliyevning "Qo‘rqma" romani asoslanadi. Rejissyor Erkin Bozorov, operator Samijon Sunnatullayev, rollarni Erkin Bozorov, Yusuf Fayziyev, Abbos Yo‘ldoshov, Dilshoda Jo‘rayeva ijro qilgan. "Mutolaa" loyihasi o‘zbek adabiyoti targ‘iboti uchun "Kito-kino" yo‘nalishida filmlar suratga olishda davom etadi.

Navbatdagi raqib — «Buxoro»🔵 🔴 O’zbekiston kubogining navbatdagi, 3-tur doirasida ⚽️OKMK Olmaliqda 🔵«Buxoro» jamoasi bilan kuch sinashadi. Guruhdagi, jamoamizning ushbu uchrashuvi final maqomida o’tadi! «Konchilar»ni faqat g’alabagina keyingi bosqichga olib chiqadi. 🗓 Mazkur bahs 29-aprel kuni, Olmaliqdagi 🏟 «OKMK sport majmuasi» stadionida soat 18:00da boshlanadi va o’yinga kirish mutlaqo bepul✅ Sevimli jamoamizning barcha ashaddiy muxlislarini stadionga chorlab qolamiz! @fcokmk⚽️
Show all...
👍 1
#vakolatli_vakil 28-aprel Butunjahon mehnatning muhofaza qilish kuni munosabati bilan Rux zavodi kasaba uyushmasi qo‘mitasi, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘limi, tibbiy bo‘lim va yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda "Rux zavodining eng yaxshi mehnat muhofazasi bo‘yicha vakili" tanlovi o‘tkazildi. Tanlov ikki bosqichda tashkil etildi. Birinchi bosqichda nazariy sinovdan o‘tkazildi. Ikkinchi bosqichda 1-chorakda vakillar tomonidan bajarilgan ishlar tahlil qilindi. Tanlovning ikki bosqich yakuniga ko‘ra, Velslash sexi xodimi Oleg Protasyev uchinchi o‘rinni egalladi. Transport xo‘jaligi xizmati xodimi Raxima Po‘latova esa ikkinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi. Elektrolit sexi xodimi "Rux zavodining eng yaxshi mehnat muhofazasi bo‘yicha vakili" deya Elyor Abdumalikov e'tirof etildi. G‘oliblar "Olmaliq KMK" AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan diplomlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. 📍Bizdan uzoqlashmang va kuzatishda davom eting aziz yoshlar! 👉 https://t.me/okmk_yoshlari
Show all...
👍 1
Ёшлар билан очиқ мулоқот ⚡️⚡️⚡️"Ёшлар ва бизнесни қўллаб-қувватлаш йили" давлат дастури доирасидаги вазифалар ижросидан келиб чиқиб, бугун “Олмалиқ кон-металлургия комбинати” АЖ бошқаруви раиси, сенатор Абдулла Хурсанов ўзига бириктирилган “Коинот” ва “Саховат” маҳаллаларида яшовчи ёшлар билан учрашди. 💠Самимий руҳда ўтказилган учрашувда А.Хурсанов томонидан ёшларнинг мурожаат ва таклифлари тингланди. 💠Уларнинг орзу-мақсадларини рўёбга чиқариш, бандлигини таъминлаш, касб-ҳунарга ўқитиш, тадбиркорлик фаолиятини ривожлантириш, шунингдек, ҳуқуқ ва манфаатларини ҳимоя қилиш борасида амалий чоралар кўриш юзасидан вазифалар белгиланди. 💠Ҳар бир ёшнинг мурожаати алоҳида назоратга олинди. ОКМК Ахборот хизмати ------ Открытый диалог с молодежью Во исполнение задач, определенных в рамках государственной программы «Год поддержки молодежи и бизнеса» сегодня, 25 апреля, состоялась встреча председателя правления АО Алмалыкский ГМК», сенатора Абдуллы Хурсанова с молодежью, проживающей в закреплённых за ним махаллях «Коинот» и «Саховат». В ходе встречи, прошедшей в душевной и доверительной обстановке, А. Хурсанов выслушал обращения и предложения молодежи. По итогам встречи определены задачи по оказанию поддержки и помощи в реализации их планов, целей, обеспечению их занятости, профессионального обучения, защиты их прав и интересов, развитию предпринимательской деятельности. Все обращения молодежи взяты под контроль. Информационная служба Web-site|YouTube|Facebook|Telegram|Instagram|Twitter
Show all...
👍 2
📣DIQQAT, TANLOV! ❕“Olmaliq KMK” AJ Yoshlar ittifoqi Kengashi tomonidan oʻz bilimiga ishongan, Kimyo sohasining turli tarmoqlari boʻyicha oliy ma’lumotga ega 30 yoshdan oshmagan “Olmaliq KMK” AJ yoshlari oʻrtasida “Biz kimyogarmiz” shiori ostida “Eng yaxshi yosh kimyogar” tanlovi oʻtkaziladi. 📅 Mazkur tanlov 2024-yil 26-aprel kuni soat 09:00 da Kombinat Oʻquv markazi binosida boʻlib oʻtadi. 📩 Tanlovda ishtirok etish istagida boʻlgan kombinat yoshlari oʻzlari haqidagi maʼlumotlar (FISH, tab.№, tarkibiy boʻlinma nomi, lavozimi yoki kasbi) bilan oʻz tarkibiy boʻlinmangiz Yoshlar ittifoqi raisiga murojaat etishingiz mumkin. 🎁Tanlovning 3 nafar gʻoliblari “Olmaliq KMK” AJ Yoshlar ittifoqi Kengashi tomonidan maxsus diplom hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadilar. Aziz yoshlar, tanlovda ishtirok eting va gʻolib boʻling!
Show all...
👍 1
❇️"Eng yaxshi yosh boyituvchi-2024" ✅"Olmaliq KMK" AJ tarkibiy bo'linmalari yoshlari o'rtasida "Eng yaxshi yosh boyituvchi-2024" kasb mahorati tanlovi bo'lib o'tadi! ✅Tanlovda texnik yo'nalishda oliy ma'lumotga ega, kasbi va lavozimidan qat'iy nazar 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin. ✅Tanlov ikki bosqichda o'tkaziladi. Birinchi bosqichda nazariy bilimlar, ikkinchi bosqichda esa amaliy bilimlar sinovdan o'tkaziladi. ✅Tanlovda ishtirok etish istagi bo'lgan yoshlar o'z korxonasining yoshlar ittifoqi raisiga uchrashishlari talab etiladi. ✅"Eng yaxshi yosh boyituvchi-2024" ko'rik tanlovi 30-aprel kuni soat 9:00 da O'quv markazida bo'lib o'tadi.
Show all...