cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

NamMQI rektori

Наманган муҳандислик-қурилиш институти ректори Эргашев Шарифжон Тўланович

Show more
Advertising posts
1 008
Subscribers
No data24 hours
-147 days
-2830 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Namangan sanoat texnikumida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri oʻtkazildi Tadbirda Namangan muhandislik-qurilish instituti boʻlim boshligʻi Otabek Jalolov ishtirok etdi va soʻzga chiqdi. Tadbir chogʻida maktab bitiruvchilari texnikum faoliyati, unda tayyorlanayotgan mutaxassisliklar bilan yaqindan tanishdi, mutaxassislarga oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etdi.
Show all...
“Psixolog va tyutor hamkorligi” mavzusidagi davra suhbati tashkil etildi Institutda psixolog Murodjon Nurqulov tashabbusi bilan “Psixolog va tyutor hamkorligi” mavzusidagi davra suhbati tashkil etildi. Viloyatdagi oliy oʻquv yurtlari psixologlari ham taklif etilgan davra suhbatini institut birinchi prorektori Odiljon Jakbarov boshlab berdi. U OTMlar uchun ushbu hamkorlik oʻta zarur ekanligi, chunki psixolog va tyutorlar talabalar bilan bevosita ishlovchi mutaxassislar ekanligini taʼkidladi. Tadbir davomida psixologlar talabalar va tyutorlar bilan mustahkam aloqalarni yoʻlga qoʻyish, bu boradagi muammolar va ularning yechimlari haqida oʻzaro fikr almashdi. NamMQI media markazi
Show all...
#Video NamMQI media markazi taqdim etadi: Institutda o'tkazilgan voleybol boʻyicha xotira turnirining taqdirlash marosimi.
Show all...
Nabixon Gʻoziyev va Muhammadjon Jalilovning 70-yillik yubileylari nishonlandi Institut jamoasi “Muhandislik va kompyuter grafikasi” kafedrasi katta oʻqituvchisi Nabixon Gʻoziyev va institut musiqa rahbari Muhammadjon Jalilovni tabriklash uchun toʻplandi. Prorektorlar Odiljon Jakbarov va Muhammadjon Dadamirzayev 70 yoshni qarshilayotgan yubilyarlarni jamoa nomidan qutladi. Nabixon Gʻoziyev 1954-yili Toshkent viloyatida tugʻilgan, 1976-yilda Nizomiy nomidagi pedagogika institutini tamomlagan. 1980-yildan beri tanaffuslar bilan institutda ishlab kelmoqda. Muhammadjon Jalilov 1954-yili Namangan shahrida tugʻilgan, 1982-yili shu yerdagi madaniy-oqartuv texnikumini tamomlagan. 1987-yildan beri tanaffuslar bilan institutda musiqa yoʻnalishida faoliyat koʻrsatib kelmoqda. U kishini rahbarligi ostida institutda dutorchi qizlar va “Oltin davrim” ansambllari tashkil etilgan, turli tanlovlarda gʻolib boʻlingan. Jamoa nomidan yubilyarlarga toʻn kiydirildi va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Show all...
#OAV_nigohida “Oʻzbekiston bunyodkori” gazetasining 2024-yil 9-may, 38/39-sonida Canoatni axborotlashtirish fakulteti dekani, dotsent Abdurahim Qahharovning “Zilzilabardosh inshootlar barpo etishda taʼlim muassasalarining ahamiyati” nomli maqolasi eʼlon qilindi.
Show all...
Ҳурматли профессор-ўқитувчилар, ишчи-ходимлар ва талабалар! Наманган муҳандислик-қурилиш институтида очиқлик, шаффофлик муҳитини таъминлаш мақсадида ишонч телефони ва Коррупцияга қарши курашиш бўлимининг телеграм-бот канали фаолияти йўлга қўйилганини эслатиб ўтамиз. Коррупциявий ҳуқуқбузарликлар, ноқонуний фаолият билан шуғулланиш, манфаатлар тўқнашувига йўл қўйиш ҳамда институт нуфузига путур етказиши мумкин бўлган барча бошқа ҳолатлар юзасидан ушбу рақамга қўнғироқ қилишингиз ёки каналга мурожаат йўллашингиз мумкин. Ишонч телефони: (69) 234-02-11; Телеграм-бот канал: https://t.me/NamMQI_kompleks_nazorat
Show all...
Institutda “Halollik vaksinasi – taraqqiyot garovi” mavzusidagi davra suhbati o'tkazildi Davra suhbatida institut rektori, prorektorlar, rektor maslahatchilari, psixologlar, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi. Tadbir avvalida mavzu boʻyicha rolik namoyish etildi. Talabalar bilan ushbu rolik va halollik haqidagi tushunchalari yuzasidan muloqot oʻtkazildi. Institut rektori Sharifjon Ergashev oliy oʻquv yurtida korrupsiyaga toqatsizlik muhiti shakllangani va bu borada olib borilayotgan targʻibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish zarurligi haqida gapirdi. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi Ilhomjon Payziyev yoshlarni “halollik vaksinasi” bilan emlash ustuvor vazifa ekanligi, bu kabi tadbirlar esa oʻziga xos eslatma ekanligini taʼkidlab oʻtdi. Davra suhbati yakunida talabalarning mavzu yuzasidan savollariga batafsil javoblar berildi. NamMQI media markazi
Show all...
#Video NamMQI media markazi taqdim etadi: Institutda o'tkazilgan voleybol boʻyicha xotira turniri.
Show all...
Institutda voleybol boʻyicha xotira turniri yakuniga yetdi Xotira va qadrlash kuni arafasida oʻtkazilgan voleybol boʻyicha turnir oʻz nihoyasiga yetdi. Unda saralash bosqichlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan jamoalar oʻzaro bellashdi. Qizgʻin bahslarga boy oʻtgan musobaqa yakunida Transport fakulteti jamoasi birinchi, Mashinasozlik fakulteti ikkinchi va Qurilish fakulteti jamoasi uchinchi oʻrinlarni egalladi. Gʻolib va sovrindorlarga turnir tashkilotchilarining tashakkurnomalari va esdalik sovgʻalari topshirildi. NamMQI media markazi
Show all...
Go to the archive of posts