en
Feedback
Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги

Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги

Open in Telegram

📈 Analytical overview of Telegram channel Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги

Channel Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги (@mintrans_uz) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 11 408 subscribers, ranking 2 055 in the Transport category and 6 798 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 11 408 subscribers.

According to the latest data from 21 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by 14 over the last 30 days and by -5 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Verified (Officially confirmed by Telegram)
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 12.61%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 8.89% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 1 433 views. Within the first day, a publication typically gains 1 010 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 0.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
Ishonch telefoni –1167 Toshkent v. Yuqori Chirchiq t, “Istiqbol” MFY, Yangi Toshkent 📧info@mintrans.uz 🖥gov.uz/mintrans youtube.com/@mintransuz instagram.com/transport_vazirligi linkedin.com/company/mintransuz/ facebook.com/profile.php?id=100091754...

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 22 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Transport category.

11 408
Subscribers
-524 hours
-297 days
+1430 days
Posts Archive
🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍   Haydovchilar savollariga bevosita javob oldi   Ochiq muloqot davomida 100 nafardan ortiq avtobus haydovchilari o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan mutasaddilarga bevosita savollar bilan murojaat qildi.   Haydovchilar tomonidan ish haqi hisob-kitobi, rag‘batlantirish tizimi, mehnat faoliyatini baholash, ish sharoitlari va boshqa masalalar yuzasidan fikr va takliflar bildirildi. Har bir murojaat bo‘yicha tegishli mutasaddilar tomonidan tushuntirishlar berilib, haydovchilarni qiziqtirgan savollarga ochiq javob qaytarildi. Ijtimoiy tarmoqlardagi murojaatlar ham muhokama qilindi.   Shuningdek, so‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan ayrim avtobus haydovchilarining e’tirozlari aks etgan videolavhalar yuzasidan ham batafsil izoh berildi.   Mazkur holatlar bo‘yicha mavjud vaziyat, ish haqi hisob-kitoblari va amaldagi mehnat hamda rag‘batlantirish tartiblari yuzasidan OAV vakillari va jamoatchilikka tushuntirishlar taqdim etildi. OAV va blogerlar bilan ochiq muloqot Matbuot anjumanida 15 dan ortiq OAV vakillari va blogerlar ham faol ishtirok etib, mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarni yo‘lladi.   Jurnalistlar tomonidan haydovchilarning ish haqi, rag‘batlantirish tizimi, mehnat sharoitlari, xizmat sifati va sohada mavjud muammolar yuzasidan savollar berildi. Mutasaddilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar taqdim etildi. Tadbirning muhim jihati shundaki, unda masala faqat mutasaddilar va OAV vakillari o‘rtasida emas, balki bevosita avtobus haydovchilari ishtirokida muhokama qilindi. Bu esa haydovchilarning o‘zlarini qiziqtirgan masalalarni bevosita ko‘tarish, savollariga javob olish hamda mavjud muammolar yuzasidan ochiq fikr almashish imkonini berdi.   ✈️Тelegram | 📎Facebook | 👚Instagram | 🎞YouTubе | 🌐Linkedin |

Avtobus haydovchilarining mehnatiga haq to‘lash va rag‘batlantirish tizimi yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi Bugun, 22-senta
+9
Avtobus haydovchilarining mehnatiga haq to‘lash va rag‘batlantirish tizimi yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi   Bugun, 22-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi hamda “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan avtobus haydovchilari uchun mehnatga haq to‘lash va rag‘batlantirish tizimiga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.   Tadbir ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida, ochiq muloqot shaklida o‘tkazildi. Unda 15 dan ortiq ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar, Transport vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashi a’zolari hamda jamoatchilik faollari, 100 nafardan ortiq avtobus haydovchilari bevosita ishtirok etdi.   Tadbirning asosiy maqsadi — avtobus haydovchilarining mehnatiga haq to‘lash tizimi, oylik ish haqining shakllanishi, rag‘batlantiruvchi to‘lovlarni belgilash mezonlari hamda ushbu yo‘nalishda jamoatchilikni qiziqtirayotgan masalalarga aniqlik kiritishdan iborat bo‘ldi.   Ish haqi hisoblanishi yuzasidan tushuntirishlar   Matbuot anjumanida haydovchilarning oylik ish haqi qanday tartibda shakllanishi, uning tarkibiy qismlari hamda ish haqi miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar haqida batafsil ma’lumot berildi.   Shuningdek, haydovchilarga beriladigan rag‘batlantiruvchi to‘lovlar qaysi mezonlar asosida hisoblanishi, ularning xizmat sifati, mehnat intizomi va belgilangan talablarning bajarilishi bilan bog‘liq jihatlari tushuntirib berildi. Haydovchilarning ish haqi kamayishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlar ham alohida muhokama qilinib, amaldagi tartiblar yuzasidan izohlar berildi.   Batafsil   Состоялся открытый диалог по системе оплаты труда и стимулирования водителей автобусов Сегодня, 22 сентября, Министерством транспорта Республики Узбекистан и АО "Тошшахартрансхизмат" была организована пресс-конференция, посвященная системе оплаты труда и стимулирования водителей автобусов. Мероприятие прошло на основе принципов открытости и прозрачности в формате открытого диалога. В нем приняли участие более 15 представителей средств массовой информации, журналисты и блогеры, члены Общественного совета при Министерстве транспорта и общественные активисты, а также более 100 водителей автобусов. Основной целью мероприятия стало разъяснение системы оплаты труда водителей автобусов, порядка формирования ежемесячной заработной платы, критериев определения стимулирующих выплат, а также внесение ясности в вопросы, интересующие общественность в этом направлении. Разъяснения по начислению заработной платы.   На пресс-конференции была представлена подробная информация о порядке формирования ежемесячной заработной платы водителей, ее составляющих и факторах, влияющих на ее размер. Также были разъяснены критерии расчета стимулирующих выплат водителям, их зависимость от качества обслуживания, трудовой дисциплины и выполнения установленных требований. Отдельно обсуждались ситуации, которые могут привести к снижению заработной платы водителей, и даны разъяснения по действующему порядку. Подробнее     ✈️Тelegram | 📎Facebook | 🟣Instagram | 🎞YouTubе | 🌐Linkedin |

O‘zbekiston vaqti bilan | Usmonjon Muxtorjonov — Transport vazirligi huzuridagi transport muammolarini o‘rganish markazi bo‘lim boshlig‘i bilan jonli suhbat       ✈️Тelegram | 📎Facebook | 🟣Instagram | 🎞YouTubе | 🌐Linkedin |

Repost from Rasmiy axborot
❗️Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladi Joriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda. ❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi? 2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish jarayonlari raqamlashtiriladi. Eng muhim kafolatlar ✔️Murojaat qilgan xodimning shaxsiy ma’lumotlari himoya qilinadi. Bunday ma’lumotlarning qonunchilikda nazarda tutilmagan hollarda oshkor qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. ✔️ Rahbar ustidan murojaat tushsa, masala yuqori turuvchi instansiyaga avtomatik yo‘naltiriladi. Bu manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga xizmat qiladi. ✔️ Murojaat uchun bosim o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qaror materiallarida xodim o‘z huquqlarini himoya qilgani uchun uning ish sharoitlarini yomonlashtirish yoki jazolashga yo‘l qo‘yilmasligi alohida ta’kidlangan.
👍 Zarur holatlarda “112” orqali vakolatli organlarga yuborish mexanizmi ham tizimga integratsiya qilinadi. 📌Bu faqat shikoyat tizimi emas 🔷Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari har yili qisqa trening kurslarida o‘qitiladi. Har bir tashkilotda portalni yuritish va profilaktik treninglarni tashkil etish uchun kamida bir nafar mas’ul xodim belgilanadi. 🔷Nodavlat tashkilotlar uchun ham dmi.mehnat.uz tizimida mazkur imkoniyatlardan ixtiyoriy foydalanish sharoiti yaratiladi.
Qarorning asosiy mazmuni bitta: ish joyidagi tazyiq yoki zo‘ravonlikni yashirish emas, uni xavfsiz bildirish, xolis ko‘rib chiqish va natijasini nazorat qilishning aniq mexanizmi yaratilmoqda.
Hurmat — imtiyoz emas. Xavfsiz ish muhiti esa endi alohida talab emas, tizimli vazifaga aylanmoqda. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

O'zbekiston va Xitoy aeronavigatsiya provayderlari hamkorlik memorandumini imzoladi Pekin shahrida, Xitoy Fuqaro aviatsiyasi
O'zbekiston va Xitoy aeronavigatsiya provayderlari hamkorlik memorandumini imzoladi Pekin shahrida, Xitoy Fuqaro aviatsiyasi ma’muriyatining Havodagi harakatni boshqarish byurosi (ATMB) bosh markazida «O‘zaeronavigatsiya» Markazi va ATMB o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur hujjat O‘zbekiston va Xitoy aeronavigatsiya xizmatlari o‘rtasidagi ilk rasmiy hamkorlik kelishuvi bo‘ldi. Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari — havodagi harakatni boshqarish, aloqa, navigatsiya va kuzatuv (CNS) texnologiyalarini rivojlantirish, raqamlashtirish, mutaxassislarni tayyorlash va tajriba almashishdir. Memorandum qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish hamda aeronavigatsiya sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun mustahkam asos yaratadi. Аэронавигационные провайдеры Узбекистана и Китая подписали меморандум о сотрудничестве В Пекине, в штаб-квартире Air Traffic Management Bureau of the Civil Aviation Administration of China (ATMB), состоялось подписание Меморандума о сотрудничестве между Центром «Узаэронавигация» и ATMB. Документ стал первым официальным соглашением между аэронавигационными службами Узбекистана и Китая. Основные направления сотрудничества — организация воздушного движения, развитие технологий связи, навигации и наблюдения (CNS), цифровизация, подготовка специалистов и обмен опытом. Меморандум создает основу для реализации совместных инициатив и дальнейшего развития сотрудничества в сфере аэронавигации.   ✈️Тelegram | 📎Facebook | 👚Instagram | 🎞YouTubе | 🌐Linkedin |

🚍 Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari diqqatiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
🚍 Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari diqqatiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, quyidagi yo‘nalishlarni uzoq muddatli shartnoma asosida tashuvchilarga biriktirish bo‘yicha navbatdagi ochiq tender bo‘lib o‘tadi. ❗️Ochiq tender 2026-yil 22-oktabr kuni soat 12:00 da o‘tkaziladi. Tender takliflari axborot tizimi orqali 2026-yilning 21-oktabr kuni soat 12:00 ga qadar qabul qilinadi. Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali taqdim etiladi. Samarqand viloyati 🚌 Shahar atrofi yo'nalishi308 — Juma avtostansiyasi-Xazora ABB (Ikkala tomondan) (M3)219 — Nush-Shoxi-Zinda avtostansiyasi (Ikkala tomondan) (M3)342 — Mirbozor avtostansiyasi -Salovat ota q. (Ikkala tomondan) (M3)348 — Xujaqishloq-Juma avtostansiyasi (Ikkala tomondan) (M3)355 — Juma avtostansiyasi -Tukboy mahallasi (Ikkala tomondan) (M3)224 — Shoxi-Zinda avtostansiyasi -So'xmon (Ikkala tomondan) (M3)438 — Mirbozor avtostansiyasi -Bo'ston (Ikkala tomondan) (M3)283 — Juma avtostansiyasi -Usku q. (Ikkala tomondan) (M3)YT 224 — Xazora avtostansiyasi -Chandir q (Ikkala tomondan) (M1)YT 470 — Xazora avtostansiyasi -Charxin q. (Ikkala tomondan) (M1)537 — Favori avtostansiyasi -Pangat q. (Ikkala tomondan) (M3)     Navoiy viloyati 🚌 Shaharlararo-viloyat ichi508 — Malika avtostansiyasi -Chashma ziyoratgohi (Ikkala tomondan) (M2)   Surxondaryo viloyati 🚌 Shahar atrofi yo'nalishiYT 250 — Uzun bekati-Oxunboboev MFY (Ikkala tomondan) (M1)   Namangan viloyati 🚌 Shahar atrofi yo'nalishiShAYe 260 — Chust-Rezaksoy (Ikkala tomondan) (M1) Qoraqalpog'iston Respublikasi 🚌 Shahar atrofi yo'nalishiShAY-355 — Bo'ston avtostansiyasi -Kirikkiz elati (Ikkala tomondan) (M3) 🚌 Shaharlararo-viloyat ichiVX-508 — Nokis Arga-Batis Trans avtovokzali-Kazakdar'ya elati (Ikkala tomondan) (M3) 🚌 Shahar yo'nalishiShYT-B-5 — Beruniy avtovokzal-Beruniy diyxan bazari (Shabbaz) (Ikkala tomondan) (M1)   Xorazm viloyati 🚌 Shahar atrofi yo'nalishiShAY-260 — Boshqirshix-Urganch sh. (Ikkala tomondan) (M3)ShAY-325 — Xiva shahar Temir yo'l vokzali-Shomoxulum (Ikkala tomondan) (M3)ShAY-328 — Xiva shahar Temir yo'l vokzali-Oq yop (Ikkala tomondan) (M3) Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo'nalishlar 🚌 Shaharlararo-viloyatlararo1168 — Guliston sh.-Balandchaqir (Guliston sh. tomondan) (M3)   Farg'ona viloyati 🚌 Shahar atrofi yo'nalishiShYT-540 — Buvayda-Sho'rqishloq (Ikkala tomondan) (M1)   Andijon viloyati 🚌 Shahar atrofi yo'nalishi279 — Oltinko'l-Oqtepa (Ikkala tomondan) (M1)   Toshkent sh. 🚌 Shahar yo'nalishi102 — Chorsu savdo markazi-Chilonzor metrosi (Ikkala tomondan) (M3)

#ОПРОС 🚌 Опрос населения по оценке качества услуг общественного транспорта города Ташкента Уважаемые жители и гости нашей ст
#ОПРОС 🚌 Опрос населения по оценке качества услуг общественного транспорта города Ташкента Уважаемые жители и гости нашей столицы! В последние годы в городе Ташкенте осуществляется ряд мер по развитию системы общественного транспорта, приобретению новых автобусов и электробусов, а также созданию удобств для пассажиров. 📊Общественный совет при Министерстве транспорта совместно с Главным управлением транспорта и развития дорожно-транспортной инфраструктуры города Ташкента проводит данный опрос с целью оценки этих изменений и дальнейшего улучшения качества обслуживания. ✔️Ваше мнение важно для нас! Просим всех соотечественников, неравнодушных к услугам общественного транспорта города Ташкента, принять участие в данном опросе. 📱В опросе можно принять участие по этой ссылке!   ✈️Тelegram | 📎Facebook | 🟣Instagram | 🎞YouTubе | 🌐Linkedin |

#SOʻROVNOMA 🚌 Toshkent shahri jamoat transporti xizmati sifatini baholash bo‘yicha aholi so‘rovnomasi Hurmatli poytaxtimiz a
#SOʻROVNOMA   🚌 Toshkent shahri jamoat transporti xizmati sifatini baholash bo‘yicha aholi so‘rovnomasi   Hurmatli poytaxtimiz aholisi va mehmonlari! So‘nggi yillarda Toshkent shahrida jamoat transporti tizimini rivojlantirish, yangi avtobus va elektrobuslar olib kelish hamda yo‘lovchilarga qulayliklar yaratish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.   📊Transport vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda ushbu o‘zgarishlarni baholash va xizmat sifatini yanada yaxshilash maqsadida mazkur so‘rovnomani o‘tkazmoqda.   ✔️Sizning fikringiz biz uchun muhim!   Toshkent shahar jamoat transporti xizmatlariga befarq bo'lmagan yurtdoshlarimizdan ushbu so'rovnomada ishtirok etishlarini so'rab qolamiz.     📱So'rovnomada ushbu havola orqali ishtirok etishingiz mumkin!     ✈️Тelegram | 📎Facebook | 🟣Instagram | 🎞YouTubе | 🌐Linkedin |

Repost from Rasmiy axborot
🔷 Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdi Bugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-Y
+3
🔷 Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdi Bugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman,- dedi S.Mirziyoyeva.
Mamlakatimiz va BMT institutlari o‘rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni qisqartirish va ekologik barqarorlikni ta’minlash kabi eng muhim yo‘nalishlarni qamrab olgan.
Prezident Administratsiyasi rahbarining Antoniu Guterrish bilan muloqoti O‘zbekistonning BMT maydonida dunyo miqyosidagi dolzarb chaqiriqlarga yangicha g‘oyalar bilan javob berish, global muammolarga amaliy yechim topish bo‘yicha qat’iy intilishini namoyon etadi.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official

22-sentabr — "Xalqaro avtomobilsiz kun" Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, Transport vazirligi, BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) va Global ekologik jamg‘arma (GEF) barchani bir kunga avtomobildan voz kechib, piyoda yurish, velosiped yoki jamoat transporti kabi "yashil" transport vositalaridan foydalanishga chaqiradi. 22 сентября — «Международный день без автомобиля» Национальный комитет по экологии и изменению климата, Министерство транспорта, Программа развития ООН (UNDP) и Глобальный экологический фонд (GEF) призывают всех на один день отказаться от использования автомобилей и выбрать экологичные виды транспорта — велосипед, общественный транспорт или передвижение пешком.   ✈️Тelegram | 📎Facebook | 👚Instagram | 🎞YouTubе | 🌐Linkedin |

Prezident Shavkat Mirziyoyev transport-logistika sohasidagi yirik loyihalarning borishi yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. —
+3
Prezident Shavkat Mirziyoyev transport-logistika sohasidagi yirik loyihalarning borishi yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о ходе реализации крупных проектов в транспортно-логистической сфере. #Mirziyoyev #taqdimot #transport #logistika Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🚅 Temir yo‘l va metropoliten mashinistlari uchun tegishli guvohnomalarni berishning yangi tartibi belgilandi O‘zbekistonda i
🚅 Temir yo‘l va metropoliten mashinistlari uchun tegishli guvohnomalarni berishning yangi tartibi belgilandi   O‘zbekistonda ilk bor temir yo‘l transporti va metropolitenda tortish harakatdagi tarkibni boshqarish huquqini berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning yagona tartibi belgilandi.   Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-sentabrdagi 502-son qarori bilan mazkur davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.   ✅Yangi tartib lokomotiv, motor vagonli harakatdagi tarkib va metropoliten poyezdlarini boshqarish huquqini olish istagida bo‘lgan mashinistlar uchun aniq va shaffof mexanizmni belgilaydi.   Qarorga muvofiq, 2027-yil-1-yanvardan:  
-  guvohnoma olish bo‘yicha davlat xizmati Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali ko‘rsatiladi; - test sinovlari elektron platformada o‘tkaziladi; - test natijasi avtomatik ravishda aniqlanadi; - yangi namunadagi mashinist guvohnomasi joriy etiladi; - guvohnoma 10-yil muddatga beriladi.   ✔️ 2029-yil 1-yanvarga qadar amaldagi mashinistlar yangi namunadagi guvohnomani olishlari shart.   Guvohnoma yo‘qolgan, shikastlangan yoki ma’lumotlar o‘zgargan hollarda ayrim holatlarda qayta test topshirmasdan dublikat olish imkoniyati yaratiladi.
  Yangi tartibning asosiy maqsadi — mashinistlarning kasbiy malakasini baholash, mas’uliyatini oshirish va harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan yagona, raqamlashtirilgan tizimni joriy etish. Batafsil   🚅 Установлен новый порядок выдачи соответствующих удостоверений для машинистов железных дорог и метрополитена Впервые в Узбекистане установлен единый порядок оказания государственной услуги по предоставлению права управления тяговым подвижным составом на железнодорожном транспорте и в метрополитене. Постановлением Кабинета Министров от 17 сентября 2026 года № 502 утвержден административный регламент оказания данной государственной услуги. ✅Новый порядок устанавливает четкий и прозрачный механизм для кандидатов в машинисты, желающих получить право управления локомотивом, моторвагонным подвижным составом и поездами метрополитена. В соответствии с постановлением, с 1 января 2027 года:
- государственная услуга по получению Свидетельства оказывается через Единый портал интерактивных государственных услуг (ЕПИГУ); - тестовые испытания проводятся на электронной платформе; - результаты тестов определяются автоматически; - вводится Свидетельство машиниста нового образца; - удостоверение выдается сроком на 10 лет. ✔️ До 1 января 2029 года действующие машинисты обязаны получить Свидетельство нового образца. В случаях утери, повреждения Свидетельства или изменения данных в отдельных случаях будет предоставлена возможность получения дубликата без повторной сдачи тестов.
Основная цель нового порядка — внедрение единой цифровизированной системы, направленной на оценку профессиональной квалификации машинистов, повышение их ответственности и обеспечение безопасности движения.   Подробнее     ✈️Тelegram | 📎Facebook | 🟣Instagram | 🎞YouTubе | 🌐Linkedin |

🚍 Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari diqqatiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
🚍 Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari diqqatiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, quyidagi yo‘nalishlarni uzoq muddatli shartnoma asosida tashuvchilarga biriktirish bo‘yicha navbatdagi ochiq tender bo‘lib o‘tadi. ❗️Ochiq tender 2026-yil 21-oktabr kuni soat 12:00 da o‘tkaziladi. Tender takliflari axborot tizimi orqali 2026-yilning 20-oktabr kuni soat 12:00 ga qadar qabul qilinadi. Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali taqdim etiladi. Farg'ona viloyati 🚌 Shahar atrofi yo'nalishiShYT-302 — Dang'ara-Yashik, Qiyali qo'rg'oncha orqali (Ikkala tomondan) (M1)   Namangan viloyati 🚌 Shahar atrofi yo'nalishiShAYe 211 — Kosonsoy-Tergachi (Ikkala tomondan) (M1)ShAYe 221 — Kosonsoy-Yangi shahar (Ikkala tomondan) (M1)ShAYe 258 — Uychi-Chortoq (Ikkala tomondan) (M1)   Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo'nalishlar 🚌 Shaharlararo-viloyatlararo1154 — Xovos-Jo'ylangar qishlog'i (Jo'ylangar qishlog'i tomondan) (M3)1100 — Gulbuloq-Bulung'ur avtostansiyasi (Bulung'ur avtostansiyasi tomondan) (M3)   Surxondaryo viloyati 🚌 Shahar atrofi yo'nalishiYT 308 — Sho'rchi avtostansiyasi -Elbayon MFY (Ikkala tomondan) (M1)   Andijon viloyati 🚌 Shahar atrofi yo'nalishi346 — Xonabod avtostansiyasi -Qorasuv (Ikkala tomondan) (M1)288 — Ulug'nor-Oqtom (Ikkala tomondan) (M1) 🚌 Shaharlararo-viloyat ichi546 A — Andijon avtovokzali-Ulug'nor avtostansiyasi (Ikkala tomondan) (M2)   Qashqadaryo viloyati 🚌 Shahar atrofi yo'nalishiSHYT 392 — Shahrisabz a/s-Olakuylak qishlog'i (Ikkala tomondan) (M1)   Xorazm viloyati 🚌 Shaharlararo-viloyat ichiVH-510 — Tuproqqal'a tumani markazi-Tuproqqal'a massivi (Ikkala tomondan) (M3) 🚌 Shahar atrofi yo'nalishiShAY-233 — Gurlan avtostansiyasi -Shovot avtostansiyasi (Ikkala tomondan) (M3)ShAY-254 — Xiva sh.-Qo'shko'pir (Ikkala tomondan) (M3)372-ShYT — Qo'shko'pir tuman markazi-Nezaxos mahallasi (Ikkala tomondan) (M1)ShAY-255 — Xiva dehqon bozor-Pirnaxos mahallasi (Ikkala tomondan) (M3)ShAY-242 — Beshariq oyoq qismi-Xazorasp buyum bozori (Ikkala tomondan) (M3)286-ShYT — Bo'ston MFY-Shovot dexqon bozori (Ikkala tomondan) (M1)ShAY-263 — G'ozovot qishlog'i-Qo'shko'pir tuman markazi (Ikkala tomondan) (M3)346-ShYT — Bayot-Yangiariq avtostansiyasi (Ikkala tomondan) (M1)   Toshkent viloyati 🚌 Shahar atrofi yo'nalishi607 — O'rmon xo'jaligi-Kultepa MFY (Ikkala tomondan) (M3)   Samarqand viloyati 🚌 Shahar atrofi yo'nalishiYT 461 — Siyob avtostansiyasi -Navoyi f/x (Ikkala tomondan) (M1)YT 489 — Juma avtostansiyasi -Bog'onali q. (Ikkala tomondan) (M1)YT 473 — Raxmatobod mah. -Jartepa q. (Ikkala tomondan) (M1)439 — Qorasuv massivi-Grand Sulton restorani (Ikkala tomondan) (M1)YT-200 — Juma shahri markazi-Temir yo'l ABB (Ikkala tomondan) (M2)336 — Payshanba avtostansiyasi -Oqtosh shaxri (Ikkala tomondan) (M3)282 — Boshquduq MFY-Juma avtostansiyasi (Ikkala tomondan) (M3)309 — Imomota MFY-Xazora ABB (Ikkala tomondan) (M3) 🚌 Shahar yo'nalishi1E — Temiryo'l vokzali-Konigil turizm qishlog'i (Ikkala tomondan) (M2)

BU KUN | Jamoat transportini tekin deb o‘ylaganlarga qarshi nazorat    Jamoat transportida har qanday safar yo‘l haqini to‘lashdan boshlanadi. Hatto eng qisqa masofaga safar ham. Eslatib o‘tamiz, 2026-yil 1-sentabrdan yo‘lovchilar avtobusga chiqishi bilan yo‘lkira haqini to‘lashlari shart etib belgilandi. Yo‘lkira haqini transport yoki ijtimoiy kartani validatorga tekkizish hamda bank kartasi, smartfon va boshqa kontaktsiz to‘lov vositalari orqali amalga oshirish mumkin.   ✈️Тelegram | 📎Facebook | 👚Instagram | 🎞YouTubе | 🌐Linkedin |

#MATBUOT_ANJUMANI Ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar diqqatiga O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi
#MATBUOT_ANJUMANI Ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar diqqatiga O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi hamda “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati barcha turdagi ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar va jamoatchilik vakillarini 2026-yil 22-sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan matbuot anjumaniga taklif etadi.
🚌 Mavzu: “Avtobus haydovchilari uchun mehnatga haq to‘lash va rag‘batlantirish tizimi” Matbuot anjumanida quyidagi masalalar yuzasidan batafsil ma’lumot beriladi: • avtobus haydovchilarining oylik ish haqi qanday tartibda hisoblanishi; • rag‘batlantiruvchi to‘lovlar qaysi mezonlar asosida to‘lanishi; • qanday holatlarda haydovchilarning oylik ish haqi kamaytirilishi; • ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan ayrim haydovchilarning e’tirozlari aks etgan videolavhalar yuzasidan batafsil izoh. Shuningdek, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida mavzuga oid barcha savollar bo‘yicha ochiq muloqot tashkil etiladi.
📅 Sana: 22-sentabr, 2026-yil 🕚 Vaqti: soat 11:00 📍Manzil: “2-Avtobus saroyi” binosi. Вниманию представителей СМИ и блогеров   Министерство транспорта Республики Узбекистан и акционерное общество "Тошшахартрансхизмат" приглашают представителей всех видов средств массовой информации, блогеров и общественности на пресс-конференцию, которая состоится 22 сентября 2026 года.  
🚌 Тема: "Система оплаты труда и поощрения водителей автобусов"   На пресс-конференции будет представлена подробная информация по следующим вопросам:   • порядок расчета ежемесячной заработной платы водителей автобусов; • критерии осуществления стимулирующих выплат; • случаи снижения ежемесячной заработной платы водителей; • подробный комментарий по поводу распространяемых в социальных сетях видеороликов, отражающих претензии некоторых водителей.   Кроме того, на основе принципов открытости и прозрачности будет организован открытый диалог по всем вопросам, касающимся данной темы.
  📅 Дата: 22 сентября 2026 года   🕚 Время: 11:00   📍Адрес: здание "2-го автобусного парка".      ✔️Тelegram | 📎Facebook | 👚Instagram | 🎞YouTubе | 🌐Linkedin |

Sog‘lom turmush tarzi — davlat xizmatchilari samarali faoliyatining asosi Xodimlar dam olish kunlarini mazmunli o‘tkazib, tabiat qo‘ynida maroqli hordiq chiqarishi, shuningdek, oilalarda sog‘lom turmush tarzi poydevorini shakllantirish uchun sharoit yaratish maqsadida Transport vazirligi birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan bir guruh ishchi xodimlarning Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan «Yoshlar oromgohi» dam olish maskanida ikki kunlik dam olishi tashkil etildi.   Oromgohda dam olish kunlarini mazmunli tashkil etish maqsadida turli sport musobaqalari, ma’naviy-ma’rifiy kechalar, shuningdek, «Team building» dasturi doirasida xodimlar o‘rtasida o‘zaro ko‘mak, ishonch hamda ruhlantirish xususiyatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan tadbirlar o‘tkazildi.   Здоровый образ жизни — основа эффективной деятельности государственных служащих   В целях содержательной организации досуга сотрудников, укрепления корпоративного духа и формирования культуры здорового образа жизни в семьях работников Объединенным профсоюзным комитетом Министерства транспорта организован двухдневный отдых для группы сотрудников в зоне отдыха «Ёшлар оромгохи», расположенной в Бостанлыкском районе Ташкентской области.   В рамках программы отдыха для участников были организованы спортивные соревнования, духовно-просветительские мероприятия, а также мероприятия по командному взаимодействию (Team Building), направленные на укрепление доверия, поддержки и эффективного взаимодействия между коллегами.   ✈️Тelegram | 📎Facebook | 👚Instagram | 🎞YouTubе | 🌐Linkedin |

Sog‘lom turmush tarzi — davlat xizmatchilari samarali faoliyatining asosi Xodimlar dam olish kunlarini mazmunli o‘tkazib, tab
+9
Sog‘lom turmush tarzi — davlat xizmatchilari samarali faoliyatining asosi Xodimlar dam olish kunlarini mazmunli o‘tkazib, tabiat qo‘ynida maroqli hordiq chiqarishi, shuningdek, oilalarda sog‘lom turmush tarzi poydevorini shakllantirish uchun sharoit yaratish maqsadida Transport vazirligi birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan bir guruh ishchi xodimlarning Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan «Yoshlar oromgohi» dam olish maskanida ikki kunlik dam olishi tashkil etildi.   Oromgohda dam olish kunlarini mazmunli tashkil etish maqsadida turli sport musobaqalari, ma’naviy-ma’rifiy kechalar, shuningdek, «Team building» dasturi doirasida xodimlar o‘rtasida o‘zaro ko‘mak, ishonch hamda ruhlantirish xususiyatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan tadbirlar o‘tkazildi.   Sportning stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqalar qizg‘in va murosasiz kurashlar ostida o‘tdi. Ishtirokchilar o‘zlarining chaqqonligi, mahorati va jismoniy tayyorgarligi, shuningdek, sportga bo‘lgan qiziqishini namoyish etdi. Shuningdek, vazirlik xodimlarining intellektual qobiliyatlarini rag‘batlantirish, ularning jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Intellektual bahslarda ishtirokchilar mantiqiy va tanqidiy fikrlash, tezkor qaror qabul qilish, keng dunyoqarash hamda bilim salohiyatini namoyon etishdi. Savollarga javob topish asnosida jamoalar nafaqat bilim va zukkoligini, balki hamjihatlik va birgalikda qaror qabul qilish mahoratini ham sinovdan o‘tkazdi.   “Zakovat” intellektual bellashuvi va sportning shaxmat, shashka va stol tennisi turlari bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda yuqori natijalarni qayd etgan va epchillik ko‘rsatgan g‘olib va sovrindorlar Transport vazirligi Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.   Bu kabi tadbirlar jamoada ahillik va do‘stona muhitni yanada mustahkamlash, xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.   Здоровый образ жизни — основа эффективной деятельности государственных служащих   В целях содержательной организации досуга сотрудников, укрепления корпоративного духа и формирования культуры здорового образа жизни в семьях работников Объединенным профсоюзным комитетом Министерства транспорта организован двухдневный отдых для группы сотрудников в зоне отдыха «Ёшлар оромгохи», расположенной в Бостанлыкском районе Ташкентской области.   В рамках программы отдыха для участников были организованы спортивные соревнования, духовно-просветительские мероприятия, а также мероприятия по командному взаимодействию (Team Building), направленные на укрепление доверия, поддержки и эффективного взаимодействия между коллегами.   Особый интерес вызвали соревнования по настольному теннису, шахматам и шашкам. Участники продемонстрировали хорошую физическую и интеллектуальную подготовку, ловкость, мастерство и стремление к победе.   Для развития интеллектуальных способностей и навыков командной работы среди сотрудников Министерства также была организована интеллектуальная игра «Заковат». В ходе интеллектуального состязания участники продемонстрировали логическое и критическое мышление, широкий кругозор, эрудицию и способность оперативно принимать решения. Ответы на вопросы требовали от команд не только глубоких знаний и сообразительности, но и слаженной работы, умения слушать друг друга и совместно находить оптимальные решения.   По итогам соревнований победители и призеры интеллектуальной игры «Заковат», а также состязаний по шахматам, шашкам и настольному теннису были отмечены памятными подарками от Объединенного профсоюзного комитета Министерства транспорта.   Проведение подобных мероприятий способствует укреплению дружеских и деловых отношений в коллективе, повышению командной сплоченности, содержательной организации досуга сотрудников и популяризации принципов здорового образа жизни.   ✈️Тelegram | 📎Facebook | 👚Instagram | 🎞YouTubе | 🌐Linkedin |

🚍Toshkent avtobuslari — britaniyalik sayyoh nigohida Britaniyalik Instagram-bloger Jason Rupp Toshkent bo‘ylab avtobusda sayohat qilib, o‘z taassurotlari bilan bo‘lishdi. U yo‘l haqi juda arzonligi, avtobuslar ozoda ekani va ularni uzoq kutishga to‘g‘ri kelmasligini alohida qayd etdi. Jason Ruppning Toshkent jamoat transporti haqidagi fikrlari — o‘zbekcha subtitrlarda. — 🚍Ташкентские автобусы глазами британского туриста Instagram-блогер из Великобритании Джейсон Рапп проехался по Ташкенту на автобусе и поделился своими впечатлениями. Он отдельно отметил очень доступную стоимость проезда, чистоту в салонах и то, что автобусы не приходится долго ждать. Впечатления от общественного транспорта Ташкента — смотрите в видео. YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot

🚌 To‘lov madaniyati shahar jamoat transportini rivojlantirishning muhim tarkibiy qismi   Yo‘l haqi to‘lovlaridan tushgan mablag‘lar shahar jamoat transporti tizimini rivojlantirish, barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash va infratuzilmani yanada yaxshilash uchun sarflanadi.   ✔️ Barcha yo‘lovchilardan yo‘l haqi to‘lovlarni avtobusga chiqishi bilan amalga oshirishlarini so‘rab qolamiz. Yo‘l haqi to‘lovlari o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida shahar avtobus yo‘nalishlarida nazorat tadbirlari olib borilmoqda.   👮‍♂️Nazoratchilar faoliyati rejaviy tartibda, maxsus dasturiy ta’minotlardan olingan ma’lumotlarni tahlil qilgan hamda o‘tgan davrga nisbatan solishtirgan holda olib borilmoqda. Bunda aynan yo‘lovchi oqimi yuqori, biroq yo‘l haqi tushumi pasaygan yo‘nalishlar tanlab olinib, inspektorlar tomonidan har kuni kuchaytirilgan tartibda maqsadli reydlar tashkil etilmoqda.  
2026-yilning 1 – 18-sentabr kunlari avtobuslarda chiptasiz yurgan 11 733 nafar yo‘lovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 144-moddasi 5-qismiga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
  🚌 Культура оплаты проезда — важная составляющая развития городского общественного транспорта Средства, поступающие от оплаты проезда, направляются на развитие системы городского общественного транспорта, обеспечение ее стабильной работы и дальнейшее улучшение инфраструктуры. ✔️Просим всех пассажиров оплачивать проезд сразу при посадке в автобус. В целях обеспечения своевременной оплаты проезда на городских автобусных маршрутах проводятся контрольные мероприятия. 👮‍♂️Работа контролеров осуществляется в плановом порядке на основе анализа данных, полученных с помощью специального программного обеспечения, и их сопоставления с предыдущим периодом. При этом выбираются именно те маршруты, где наблюдается высокий пассажиропоток, но снизились поступления от оплаты проезда, и инспекторы ежедневно в усиленном режиме организовывают на них целевые рейды.
С 1 по 18 сентября 2026 года в отношении 11 733 пассажиров, ехавших в автобусах без билета, были оформлены административные протоколы на основании части 5 статьи 144 Кодекса об административной ответственности.
   ✈️Тelegram | 📎Facebook | 👚Instagram | 🎞YouTubе | 🌐Linkedin |

Kelasi yili qoraqalpoq xalqining buyuk farzandi, shoir va mutafakkir Berdaq Qarg‘abay o‘g‘li tavalludiga 200 yil to‘ladi. Pre
Kelasi yili qoraqalpoq xalqining buyuk farzandi, shoir va mutafakkir Berdaq Qarg‘abay o‘g‘li tavalludiga 200 yil to‘ladi. Prezidentimiz shoirning “Hamisha sen xizmat etgil xalq uchun, o‘zim dema g‘amxo‘rlik qil xalq uchun” degan hikmatli so‘zlari bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganini ta’kidladi. Ulug‘ ziyolilarning ilmiy-ijodiy merosini o‘rganish, raqamlashtirish, asrab-avaylash va xalqimizga, ayniqsa, yoshlarga yetkazish muhimligi qayd etildi. Kelgusi yili Berdaq Qarg‘abay o‘g‘li tavalludining 200 yilligini mamlakatimizda munosib nishonlash taklifi bildirildi. Mutasaddilarga bir oyda keng qamrovli dastur ishlab chiqib, uni amalga oshirishni boshlash topshirildi. Hudud va tarmoqlar rahbarlarining axborotlari tinglandi, Qoraqalpog‘iston faollari bilan muloqot qilindi. Yig‘ilish yakunida ichki ishlar organlari tizimidagi ko‘p yillik samarali mehnati, Qoraqalpog‘istonni har tomonlama rivojlantirish, aholi farovonligi, xavfsizligi va osoyishta hayotini ta’minlash, jamiyatda mehr-oqibat, ahillik va totuvlikni asrash hamda mustahkamlash borasidagi katta xizmatlari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayevga Prezidentimiz tomonidan "general-mayor" maxsus unvoni berildi. Facebook|Instagram|X