Bayonot.uz
Таниқли шахслар, вазирлар, блогерларнинг иқтибосларини бир жойга тўплаймиз.
Show more- Subscribers
- Post coverage
- ER - engagement ratio
Data loading in progress...
Data loading in progress...
Oʻzbekistonlik.Podcast — iste’dodli va mehnatkash insonlar mamlakati boʻlgan Oʻzbekiston hamda mintaqayu dunyo taqdiriga oid eng muhim mavzular muhokamasi. O‘zbekistonlik.Podcast loyihasining birinchi epizodida ilm-fan va texnologiyalar mavzusida suhbatlashdik. Moderator — texnika fanlari doktori, Kasper, Patrick & Associates kompaniyasi texnik direktori, muhandis Asqarali Karimov. Podkast mehmonlari — bir nechta IT bizneslar egasi Bobir Akilxanov hamda Kolumbiya Universiteti yordamchi professori Aziza Shonazarova. Qahramonlarning qiziqarli karyera yo‘li hamda ularning mavzu yuzasidan fikrlari o‘rin olgan suhbatdan baxramand bo‘ling. Podkast bosh homiysi — Uzum milliy raqamli ekotizimi. Uzbekistan's Club oʻz tashabbuslarini faol qo‘llab-quvvatlab kelayotgani uchun Yoshlar ishlari agentligiga, millatning yangi qiyofasini yaratishdagi ishonchli hamkorlari boʻlmish — Ucell uyali aloqa operatoriga, Chevrolet Uzbekistan avtomobil brendiga va “Uzbekistan Airways” milliy aviakompaniyasiga oʻz minnatdorchiligini izhor qiladi. Apple Music: http://surl.li/rvmpo Яндекс Музыка: http://surl.li/rvmse Amazon Music: http://surl.li/rvmrs Spotify: http://surl.li/rvmrw 00:00 Mehmonlar bilan tanishuv 05:44 Svet oʻchib qoldi 07:44 Aziza Shonazarova ilmiy ishi haqida 13:05 Kitob oʻqiganim uchun pul toʻlashgan 15:15 Hozirgi oʻzbeklar eski oʻzbek tilini tushunadimi? 17:33 Texnologiyalar tilimizni oʻzgartiradimi? 27:20 Sunʼiy intellekt diplom yozib bersa, diplom nimaga kerak? 40:10 Aqliy mehnatsiz sunʼiy intellektga qaram boʻlamizmi? 46:00 AI mualliflik huquqi uchun pul toʻlashi kerak 50:30 Gumanitar sohalar yoʻq boʻlib ketadimi? 53:25 Hamma ishni AI qilsa, madaniyat nima boʻladi? 1:02:00 Butun dunyoda svet oʻchib qolsa, nima qilamiz? 1:10:50 Tarbiyani oʻqitib boʻlmaydi 1:12:50 Markaziy Osiyo tarixida ayollarning oʻrni qanday boʻlgan? 1:21:30 Qachon qizlar jamiyatga koʻproq hissa qoʻshadi? 1:29:10 Nima uchun Bobir Akilxonov kompaniyasi xodimlari koʻpchiligi ayollar? 1:36:00 Ilmiy faoliyatda gender tengligi qanday boʻladi? 1:43:00 Amerikada Toshkent vaqti bilan yashaymiz 1:47:10 Farzandlarimiz oʻzbekligini unutmasligi kerak 1:53:00 Oliy taʼlimdagi tizim davlat uchun qimmatga tushadimi? 1:57:00 AI'ni taʼlimga kiritishimiz shart 2:01:45 Kitob oʻqishni oʻrgatishimiz kerak 2:05:40 Aytilmay qolgan gaplar