en
Feedback
Afisha.uz - Poytaxt tadbirlari

Afisha.uz - Poytaxt tadbirlari

Open in Telegram

Premyeralar, konsertlar, tadbir e’lonlari, yangilik va boshqa ko'pgina qiziqarli ma’lumotlar. Tahririyat: @AfishauzFeedbackBot (+998) 78-555-8090 info@afisha.uz Reklama: @AfishaMedia_Elonna (+998) 99-885-1415

Show more
9 079
Subscribers
No data24 hours
-307 days
-5130 days
Posts Archive
Art Bazaar 📍Azimut Grand Hotel 📆 13-sentyabr, 10:00 Mehmonxonada amaliy san’at va hunarmandchilik yarmarkasi — Art Bazaar b
Art Bazaar 📍Azimut Grand Hotel 📆 13-sentyabr, 10:00 Mehmonxonada amaliy san’at va hunarmandchilik yarmarkasi — Art Bazaar bo‘lib o‘tadi. Mehmonlarni mahalliy ustalarning mualliflik ishlari, qo‘l mehnati bilan yaratilgan buyumlar va ijodiy muhit kutadi. Kirish bepul. Telegram | Instagram | YouTube

O‘zbekistonga 8 oyda 9,1 million xorijlik sayyoh tashrif buyurdi. Turizm qo‘mitasining ma’lum qilishicha, 2026-yilning yanvar
O‘zbekistonga 8 oyda 9,1 million xorijlik sayyoh tashrif buyurdi. Turizm qo‘mitasining ma’lum qilishicha, 2026-yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonga 9,1 million xorijlik sayyoh tashrif buyurgan. Bu o‘tgan yilning shu davridagi ko‘rsatkichdan 21,1 foizga ko‘p. Yilning dastlabki 7 oyida mamlakatga 7,7 million sayyoh kelgan bo‘lsa, avgust oyining o‘zida 1,4 million sayyoh tashrif buyurgan. Batafsil: https://www.afisha.uz/uz/tourism/2026/09/09/tourists Telegram | Instagram | YouTube

“Adolat fasli” spektakli 📍O‘zbekiston Milliy akademik drama teatri 📆 10-sentyabr, 18:00 Teatr sahnasida Amir Temur shaxsiga
“Adolat fasli” spektakli 📍O‘zbekiston Milliy akademik drama teatri  📆 10-sentyabr, 18:00 Teatr sahnasida Amir Temur shaxsiga bag‘ishlangan “Adolat fasli” spektakli namoyish etiladi. Ushbu spektaklda Sohibqironning shaxsiyati ochib beriladi va hayotidagi qarama-qarshiliklarga boy bir kun tasvirlanadi. Chiptalar narxi: 77 000 so‘mdan 110 000 so‘mgacha. Telegram | Instagram | YouTube

“Ilon — yadroviy bomba”: Ilon Mask haqidagi hujjatli film tizeri e’lon qilindi. Rejissyor Aleks Gibning Ilon Mask haqidagi ya
“Ilon — yadroviy bomba”: Ilon Mask haqidagi hujjatli film tizeri e’lon qilindi. Rejissyor Aleks Gibning Ilon Mask haqidagi yangi hujjatli filmi ilk tizeri namoyish etildi. “Mask” deb nomlangan filmning jahon premyerasi 8-sentyabr kuni 83-Venetsiya kinofestivalida bo‘lib o‘tdi. Filmning davomiyligi qariyb 4 soatni tashkil qiladi. 48 soniyalik tizerda SpaceX raketalarining parvozlari aks etgan kadrlar fonida Mask haqida turli fikrlar yangraydi: “Ehtimol, u zamonamizning eng buyuk ixtirochisidir. U haqiqiy Temir odam. U barcha davrlarning eng buyuk bunyodkorlaridan biridir”. Batafsil ma’lumot va tizer: https://www.afisha.uz/uz/cinema/2026/09/08/ilon-mask Telegram | Instagram | YouTube

🍿 “Chorshanba kungi kinobayram” Bugun Next, Parus, Riviera Cinema, Sergeli, Cinemaplex Chigʻatoy, Compass Cinema, Oʻzbekisto
🍿 “Chorshanba kungi kinobayram” Bugun Next, Parus, Riviera Cinema, Sergeli, Cinemaplex Chigʻatoy, Compass Cinema, Oʻzbekiston Milliy kino san’ati saroyi (sobiq Panorama), Oʻzbegim Cinema (Andijon) va Buxoro Cinema (Buxoro) kinoteatrlarida namoyish etiladigan filmnlar uchun chiptalar narxi 30 000 soʻmni tashkil qiladi. Aksiya VIP zallar uchun amal qilmaydi. Chiptalarni bu havola orqali olish mumkin: https://www.afisha.uz/uz/cinema Telegram | Instagram | YouTube

“Alisa mo‘jizalar mamlakatida” baleti 📍Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri 📆 17-sentyabr, 19:00 Teatr sahn
“Alisa mo‘jizalar mamlakatida” baleti 📍Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri 📆 17-sentyabr, 19:00 Teatr sahnasida Lyuis Kerrollning mashhur ertagi asosida sahnalashtirilgan “Alisa mo‘jizalar mamlakatida” baleti namoyish etiladi. Spektaklda klassik va zamonaviy xoreografiya elementlari uyg‘unlashtirilgan. Chiptalar narxi: 77 000 so‘mdan 220 000 so‘mgacha. Murojaat uchun: (+998) 71−232−1948. Telegram | Instagram | YouTube

Toshkentda 4 ta avtobus yo‘nalishiga vaqtincha o‘zgartirish kiritildi 8-sentyabrdan Toshkentdagi Muhammad Yusuf ko‘chasida ko
Toshkentda 4 ta avtobus yo‘nalishiga vaqtincha o‘zgartirish kiritildi 8-sentyabrdan Toshkentdagi Muhammad Yusuf ko‘chasida kommunal infratuzilmani ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli 62, 70, 80 va 88-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakatiga vaqtinchalik o‘zgartirish kiritildi. Batafsil ma’lumot va xarita: https://www.afisha.uz/uz/gorod/2026/09/09/bus-route Telegram | Instagram | YouTube

Candle Fire: Golden Classics musiqiy kechasi 📍“Turkiston” san’at saroyi 📆 13-sentyabr, 19:00 San’at saroyida Candle Fire: G
Candle Fire: Golden Classics musiqiy kechasi 📍“Turkiston” san’at saroyi 📆 13-sentyabr, 19:00 San’at saroyida Candle Fire: Golden Classics musiqiy kechasi bo‘lib o‘tadi. Unda Bax, Motsart, Shubert, Pachelbel, Pyatsolla va Paganinining mumtoz asarlari, shuningdek, film musiqalari va ariyalar yangraydi. Chiptalar narxi: 197 000 so‘mdan 887 000 so‘mgacha. Telegram | Instagram | YouTube

Ayol qadri haqida film: “Qurtlagan olma” psixologik trilleri premyera qilindi. Instagram’ning o‘zbek segmentida turli mavzula
+2
Ayol qadri haqida film: “Qurtlagan olma” psixologik trilleri premyera qilindi. Instagram’ning o‘zbek segmentida turli mavzulardagi vaynlari bilan tanilgan “Bek_vines” jamoasi “Qurtlagan olma” nomli ilk filmini suratga oldi. Psixologik triller-drama janridagi filmda xotin-qizlarni qadrlash, kechirish va zo‘ravonlikka befarq bo‘lmaslik mavzulari ko‘tarilgan. Afisha.uz muxbiri filmning Milliy kino san’ati saroyida bo‘lib o‘tgan premyerasidan reportaj tayyorladi: https://www.afisha.uz/uz/cinema/2026/09/07/olma Telegram | Instagram | YouTube

Mazza Fest 📍Yangi O‘zbekiston bog‘i 📆 11–13-sentyabr, 16:00 Istirohat bog‘ida taomlar va musiqa festivali Mazza Fest bo‘lib
Mazza Fest 📍Yangi O‘zbekiston bog‘i 📆 11–13-sentyabr, 16:00 Istirohat bog‘ida taomlar va musiqa festivali Mazza Fest bo‘lib o‘tadi. Uch kun davomida ishtirokchilarni jonli musiqa, shoular, turfa ta’mlar va unutilmas festival muhiti kutmoqda. Chiptalar narxi: 129 000 so‘mdan boshlab. Telegram | Instagram | YouTube

YONAR xalqaro eksperimental san’at festivali 📍“Borsakelmas” sho‘rxokligi 📆 16–19-sentyabr Qoraqalpog‘iston Respublikasining
YONAR xalqaro eksperimental san’at festivali 📍“Borsakelmas” sho‘rxokligi 📆 16–19-sentyabr Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanidagi “Borsakelmas” sho‘rxokligi hududida eksperimental san’at va kreativ turizmga bag‘ishlangan YONAR xalqaro loyihasi bo‘lib o‘tadi. Chiptalar sotilmaydi — loyiha tijoriy emas. Ishtirok bepul, biroq barcha xarajatlar (yo‘l, ovqatlanish, chodir, suv, asbob-uskunalar, artobyektlar yaratish) ishtirokchilarning zimmasida. Havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak. Telegram | Instagram | YouTube

Sentyabrda qayerlarga borish mumkin: O‘zbekistondagi jonli musiqa, avtoshou va san’atga bag‘ishlangan beshta festival To‘plam
Sentyabrda qayerlarga borish mumkin: O‘zbekistondagi jonli musiqa, avtoshou va san’atga bag‘ishlangan beshta festival To‘plamda — O‘zbekistonning beshta yirik festivali: shiddatli rok-konsert va noyob avtomobillar motorining shovqinidan tortib, sho‘rxoklikdagi eksperimental san’at va an’anaviy bayramlargacha. Batafsil: https://www.afisha.uz/uz/gorod/2026/09/08/festivals Telegram | Instagram | YouTube

KALEO guruhi konserti 📍Humo Arena 📆 27-noyabr, 19:00 Muz saroyida Islandiyaning KALEO guruhi ilk bor konsert beradi. Konser
KALEO guruhi konserti 📍Humo Arena 📆 27-noyabr, 19:00 Muz saroyida Islandiyaning KALEO guruhi ilk bor konsert beradi. Konsert guruhning “A/B” nomli debyut albomi chiqqaniga 10 yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkazilmoqda. Tadbir ularning mashhur “Way Down We Go” gastrol safari doirasida bo‘lib o‘tadi. Chiptalar narxi: 250 000 so‘mdan boshlab. Telegram | Instagram | YouTube

“Marg‘ilon atlasi va adrasi” festivali 📍“Burhoniddin Marg‘inoniy” majmuasi, Marg‘ilon shahri 📆 17–19-sentyabr Uch kun davom
“Marg‘ilon atlasi va adrasi” festivali 📍“Burhoniddin Marg‘inoniy” majmuasi, Marg‘ilon shahri 📆 17–19-sentyabr Uch kun davomida mehmonlar Marg‘ilonning boy madaniy merosi, milliy hunarmandchilik an’analari hamda ipakchilik va to‘qimachilik sohasida shakllangan ko‘p asrlik tajriba bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladi. Kirish bepul. Telegram | Instagram | YouTube

Toshkent–Mavrikiy yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Dastlabki bosqichda 26-dekabr va yanvar oyl
Toshkent–Mavrikiy yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Dastlabki bosqichda 26-dekabr va yanvar oylarida jami to‘rtta Toshkent-Mavrikiy-Toshkent reysi bajarilishi rejalashtirilgan. 2027-yil iyunidan esa yo‘nalishda haftasiga bir marta muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan. Batafsil: https://www.afisha.uz/uz/gorod/2026/09/08/mauritius Telegram | Instagram | YouTube

Cool Show 📍 “Sahna” stendap klubi 📆 17-sentyabr, 19:00 Stendap klubda “Cool Show” nomli improvizatsion shou boʻlib oʻtadi.
Cool Show 📍 “Sahna” stendap klubi 📆 17-sentyabr, 19:00 Stendap klubda “Cool Show” nomli improvizatsion shou boʻlib oʻtadi. Shou maxsus mehmoni — bloger Teacher A’zam. Dasturda rezidentlar istalgan tomoshabin bilan tanishib, suhbat quradi. Chiptalar narxi: 30 000 so‘mdan 50 000 so‘mgacha. Murojaat uchun: (+998) 95−545−0303. Telegram | Instagram | YouTube

Toshkentda sentyabr oyida borib ko‘rishga arziydigan konsertlar Kuzning ilk oyida poytaxtimizda turli janrdagi sara tadbirlar
Toshkentda sentyabr oyida borib ko‘rishga arziydigan konsertlar Kuzning ilk oyida poytaxtimizda turli janrdagi sara tadbirlar bo‘lib o‘tadi. Musiqiy didingizga mosini tanlang, dam olish kunlarini rejalashtiring va chiptalarni oldindan band qilishni unutmang. https://www.afisha.uz/uz/concerts/2026/09/07/concerts Telegram | Instagram | YouTube

“Venadan Brodveygacha” gala-konserti 📍O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri 📆 12-sentyabr, 18:30 Teatr sah
“Venadan Brodveygacha” gala-konserti 📍O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri 📆 12-sentyabr, 18:30 Teatr sahnasida “Venadan Brodveygacha” gala-konserti bo‘lib o‘tadi. Dastur gastrol safari bilan kelayotgan Qarag‘anda akademik musiqali komediya teatri tomonidan taqdim etiladi. Undan Vena operettalari va Brodvey myuzikllaridan sahna ko‘rinishlari o‘rin olgan. Chiptalar narxi: 82 500 so‘mdan 110 000 so‘mgacha. Murojaat uchun: (+998) 71−273−8591. Telegram | Instagram | YouTube

Ed Shiran, “Oasis” va “Queen” qo‘shiqlari haydovchilar uchun eng xavfli treklar ro‘yxatiga kiritildi. Ta’kidlanishicha, rulda
Ed Shiran, “Oasis” va “Queen” qo‘shiqlari haydovchilar uchun eng xavfli treklar ro‘yxatiga kiritildi. Ta’kidlanishicha, rulda tezkor tempdagi musiqa tinglash haydovchilarni tezlikni oshirishga va yo‘lda diqqatini jamlashni yomonlashtirishga olib kelishi mumkin. Tadqiqot mualliflari Spotify’ning sayohatlar uchun mo‘ljallangan ommabop pleylistlarni tahlil qildi. Eng “xavfli” taronalar qatoridan Ed Shiranning “Shape of You” va “Oasis” guruhining “Wonderwall” qo‘shiqlari o‘rin olgan. Batafsil: https://www.afisha.uz/uz/celebrities/2026/09/07/ed-sheeran Telegram | Instagram | YouTube

“Ajdodlarni qanday topish mumkin?” ma’ruzasi 📍Human House 📆 11-sentyabr, 19:00 Galereyada shajara tuzish va katta hajmdagi
“Ajdodlarni qanday topish mumkin?” ma’ruzasi 📍Human House 📆 11-sentyabr, 19:00 Galereyada shajara tuzish va katta hajmdagi ma’lumotlar orasida adashib qolmaslik haqida ma’ruza bo‘lib o‘tadi. Shajarani va avlodlar bo‘yicha ro‘yxatlarni qanday rasmiylashtirish tushuntiriladi. Amaliy qism ham bo‘ladi: ishtirokchilar ma’ruzaning o‘zidayoq o‘z shajarasini tuzishni boshlaydi. Ishtirok etish narxi: 100 000 so‘mdan boshlab. Telegram | Instagram | YouTube