en
Feedback
Bir shingil

Bir shingil

Open in Telegram

*Tafakkur kechinmalari

Show more
Tajikistan5 178The category is not specified
883
Subscribers
-124 hours
-97 days
-5430 days
Posts Archive
Siyosiy navbat yo‘lga qo‘yilmasa, xalq maishiy navbatga ham turmaydi. H. S.

#Nostalgia _ Miyani charxlash qiymati oshqozonni charxlash qiymatidan qimmat emas (ekan)..
#Nostalgia _ Miyani charxlash qiymati oshqozonni charxlash qiymatidan qimmat emas (ekan)..

Maddohlik - Dunyoning eng xaridorgir "paxta navi".

"Vatandoshlik dasturi" yakunlandi. Kitobni hech kimga tavsiya qilmayman. Izchil tafakkurdagi vatandoshlar shaksiz bu kitobga
"Vatandoshlik dasturi" yakunlandi. Kitobni hech kimga tavsiya qilmayman. Izchil tafakkurdagi vatandoshlar shaksiz bu kitobga yo‘liqadi va aql xazinalarini boyitib oladilar. Ishonamanki, kitob o‘zbek tilidagi ilmiy manba sifatida millat zehniyatiga uzoq yillar xizmat qila oladi.

Bu shahar sen bilan xush ko‘rinadi
Bu shahar sen bilan xush ko‘rinadi

Yolg‘izlik johilga fasoddir, oqilga esa salohiyat. (c)

Menga 7 yoki 14 yildan keyin xalqning zehniyati, tushunchalari va tafakkuri qay holatda bo‘lishi qiziqroq. To‘g‘ri, ayrim narsalar o‘zgarishi uchun o‘n yillab, ba'zilari uchun yuz yillar vaqt kerak bo‘ladi. Ammo, axborot oqimi (tezligi) va integratsiyalashuv kuchaygan paytda (ayniqsa uzoq yil qobiqda yashaganlar uchun) qisqa muddatlarda ham jiddiy evrilishlarni kutish mumkin. — Kutilmalaringizni yuqoridagilarga bog‘lab qo‘ymang. Kutsangiz o‘zingiz va yo atrofingizdagilardan kuting. Umidlarni ta'sir doiramizdan tashqaridagilarga bog‘lab qo‘yish uchun umrimiz kamlik qiladi (arzimaydi ham).

Darhaqiqat, har bir insondan nimadir o‘rganasan. Kimdandir nima qilishni o‘rgansang, kimdandir nima qilmaslikni..

Sen nima gapirishingdan qat'i nazar qarshingdagi odam o‘zining tushunchasi bilan tushunadi. (c) Mavlono Rumiy

Aslida bu kabi chala (tor) tafakkur egalari har zamonda bo‘lgan. Bugunimizning muammosi esa ularga qarshi maydonga chiqadigan olimlarning soni va sifati kamligida. O‘rmonda arslonlar kamaysa, chiyabo‘rilarning chiyillashi ko‘payib qoladi.

Olim odam o‘zi to‘liq o‘rganmagan va tahlil qilishga ilmi yetmagan mavzuga kirishmaydi. Shunisi bilan u boshqalardan farq qiladi. Va bu uni olimlik maqomidan tushirib qo‘ymaydi.

Chala bilim va tushunchalar bilan duch kelgan mavzuda fikr bildirib aqliy saviyani ko‘rsatib qo‘ymaslik haqida qo‘llanma bo‘libdi. To‘g‘ri, ulardan bundan ortig‘ini kutmaymiz, lekin bunchalik tor fikr va tahlillarga yo‘g‘irilgan podkast tinglamagandim hali. Nachora, hurfikrlilik ortidan keladigan manfaatlarni o‘ylab bunaqasiga ham sabr qilamiz. Hammasi risoladagidek bo‘lavermaydi axir...

Ilm yo‘lida... "Men 7 yoshimdan keyin ko‘chada o‘ynaganimni ham, aylanganimni ham bilmayman. Bolalar bilan ko‘chaga chiqsak qo‘limga kitob olib olar edim. Ular o‘yin o‘ynashar edi, men o‘qib o‘tirar edim...". - Ibnul Javziy

Erkinlik haqida o‘qiganlarim ichida eng intellektual yondashuv ("Vatandoshlik dasturi"dan) _ Erkinlik bu istagan joyda, istag
Erkinlik haqida o‘qiganlarim ichida eng intellektual yondashuv ("Vatandoshlik dasturi"dan) _ Erkinlik bu istagan joyda, istagan mavzuda valaqlay olish emas. Tuchunchang tor, tahliliy fikrlash layoqating sayoz bo‘lsa qullarcha zehniyat bilan erkingni kishanda tutishing hech gap emas. Erkinlik avvalo tafakkurning erkin va keng bo‘lishidir.

"Suvlarimiz shu darajada serob-ki, hatto piyodalar yo‘lagini ham sug‘ora olamiz" Buyuk Turon va Alisher Navoiy ko‘chalari kesishmasi

#Tafakkur Koinot harakatiga ta'sir qila olmasligimiz u haqida tafakkur qilishimizga to‘siq bo‘lmaydi.

#Nafsimga_oʻgitlar Zehningni yengiltaklikka moyillashtiruvchi individlardan nari yur.

Yaxshisi, biror kitob o‘qib ber, aqlimiz to‘lsin..
Yaxshisi, biror kitob o‘qib ber, aqlimiz to‘lsin..

#Sabab_oqibat Normal davlatlar qalashib borayotgan muammolarning oqibatlari ustida emas, balki sabablari ustida bosh qotiradi. Muammolar kamayish o‘rniga ko‘payib borayotgan ekan, bilingki, sabablar emas, oqibatlar ustida ishlanyapti.

Kitobni fundamental sport turlariga o‘xshatsa bo‘ladi. Masalan, yengil atletikaning yugurish turiga. Ya'ni sport turidan qat'i nazar barcha sportchilar uchun yugurish mashqini bajarish ko‘pgina afzalliklar beradi. Huddi shu kabi fikrlashni xushlovchi va talab qiluvchi aql egalari uchun "Vatandoshlik dasturi" aynan shu vazifani bajarib bera oladi.