Bir shingil
Open in Telegram
883
Subscribers
-124 hours
-97 days
-5430 days
Posts Archive
883
Xalifalardan Abdulmalik ibn Marvon rahmatullohi alayh raiyyatiga aytar edi:
"Hoy jamoa, bizga insof qiling! Bizdan Abu Bakr va Umar roziyollohu anhumoning siyratida bo‘lishimizni so‘raysiz-u, o‘zingiz ularning raiyyati (fuqarolari) siyratida yurmaysiz. Allohdan bizni bir-birimizga yordamchi qilishini so‘raymiz".
883
Kesib olingan qism qanchalik kulminatsion bo‘lmasin kontekst bilan tanish bo‘lmagan odamda, tanish bo‘lgan odamning jarayonda olgan taasurotidan karra-karrasiga past bo‘ladi. Badiiy adabiyotning jozibasi ham shunda. Joriy ruhoniyatingga qarab "siqqanicha" olaverasan. Asar qanchalik yaxshi yozilgan bo‘lsa va uni o‘qishga qanchalik tayyor bo‘lsang oladiganing ham shuncha mo‘l bo‘ladi.
883
Masala aql yoki qalbga quloq solishda emas. Balki ulardan to‘g‘ri xulosa chiqarish layoqati va malakasining mavjudligida.
883
Nima o‘qishni bilmayotganlar uchun
Kitoblar bo‘ladi ijobiy baho berish uchun mag‘zini tushunish talab qilinadi. Kitoblar bo‘ladi mohiyatini to‘la anglamasangiz ham ijobiy taassurot qoldira oladi va bunday kitoblar odatda o‘tkir yumor va satirada bitiladi. Hajv ortidagi mohiyatni anglay olmasangiz ham u bergan hissiyot ta'sirida kitobga yaxshi baho berasiz.
Yumor uchun yozilmagan yumoristik romanlar ko‘p emas. O‘qiganlarim ichida uchtasini tavsiya qilaman. Imkonini qilsangiz qog‘oz kitob shaklida o‘qing.
1. "Muttahamning parvozi"
2. "12 stul"
3. "Yanki va Qirol Artur"
883
"Bovari xonim" — bu kitobni erkaklar yoki erkak bo‘lmoqchilar o‘qishi kerak. Erkak qanday bo‘lmasligi kerakligi haqida qo‘llanma.
883
Fayziddin Mo‘min yozibdi:
"Madinada yashayotgan birodarlarning ba’zi qiliqlari o‘sha sahobiylar davridagi odatlarga o‘xshab ketadi. Masalan bugun ko‘rasizda gaplashib o‘tirasiz. Keyingi hafta ko‘rishganingizda uylandim deydi. To‘yga aytilmaganingizdan o‘pkalash yo‘q. Abdurahmon ibn Avf r.a. uylanganlarini Rasululloh sallollohu alayhi va sallamdek zot bilmay qolishlari, oddiy ishdek o‘tib ketishida bizga katta dars bor. Albatta to‘yga aytilishingiz shartmas. Hurmatingizni bu bilan o‘lchamang. Qaytanga aytilmasangiz xursand bo‘ling".
883
Ishni to‘g‘ri bajargandan ko‘ra, to‘g‘ri ishni bajargan ma'qul.
(c) "Quloqqa chalingan hikmatlar" turkumidan
883
#Daraja
Bir kuni Iso alayhissalomdan havoriylari so‘radi:
- Suv ustida qanday yura olasiz?
- Yaqiyn ila.
- Biz ham yaqiyn sohibimiz.
- Siz uchun tosh, loy va oltin barobarmi?
- Yo‘q.
- Bular men uchun bir xil.
883
#MAVQIF
Baxtga qarshi, jonajon o‘lkamizda qaysi oliygohda o‘qishing, qancha ball to‘plashing, qanday diplom olishing, ilmiy darajang kabilar asliyatga mos emas va reallikni ifodalamaydi. Shu sababli, hozirgi o‘rningdan qat'i nazar shaxsiyating ustida ishlayver. O‘zingni tani. Ichki olaming darajasi asl va senikidir.
—
Bir kishi Suqrotning oldida ko‘rinishi va gavdasini namoyish qildi. Mol-dunyosini ko‘z-ko‘z qildi.
Shunda u: "Gapir-chi, shunda seni ko‘raman", dedi.
_
Balki, bularni keyinroq anglarsan, lekin hozir yozib qo‘yaverdim...
883
Sham olovga: “Sendan qo‘rqaman, sen meni yondirasan, deganida,
Olov: “Mendan qo‘rqma, ichingdagi ipdan qo‘rq, seni ichingdagi ip yoqadi", - degan ekan.
Hikmatni o‘zingiz topib olarsiz...
883
Habib Jallob aytadi: Ibn Muborakdan:
«Insonga berilgan eng yaxshi narsa nima?» deb so‘radim. U kishi: «Aql», dedilar. Men: U «bo‘lmasa-chi», dedim.
- Go‘zal odob.
- U ham bo‘lmasa-chi?
- Mehribon, maslahatgo‘y birodar.
- U ham bo‘lmasa-chi?
- Davomli sukut.
- U ham bo‘lmasa-chi?
- Tezroq o‘lmoq.
883
"Men seni pardoz-andoz anjomlaringga, ustingdagi bir tomchi terga, badaningga yopishib, qoningni zaharlovchi kasalliklargacha rashk qilaman".
(c)
