Bir shingil
Open in Telegram
883
Subscribers
-124 hours
-97 days
-5430 days
Posts Archive
883
«Kitobni o‘qiganda matn o‘qish emas, muallifning aqlini o‘qishni o‘ylash kerak. Matn o‘qish ish emas, aqlni o‘qish ish. Kishini o‘stiradigan narsa aql o‘qish, so‘z o‘qish emas».
H. B.
883
Qizillar ishtiyoq va qiziqish bilan "Kuchsizlar kuchi" kabi kitoblarni ham o‘qishni boshlabdimi?! Demak, lider tafakkurli shaxslar ortishiga umid bor...
883
Qizillar ishtiyoq va qiziqish bilan "Kuchsizlar kuchi" kabi kitoblarni ham o‘qishni boshlabdimi. Demak, lider tafakkurli shaxslar ortishiga umid bor...
883
Bugun o’qiganlarimning eng go’zali mana bu jumla bo’ldi:
«Kishi kitobda o‘zining fikrlariga qarshi fikrlarni topmas ekan, uni o‘qimasa ham bo‘laveradi!»
(© Abbos Mahmud Aqqod)
883
Jamiyat ilmga sarflanishi kerak bo‘lgan mablag‘larini to‘y-hashamga, uy qurishu, sohta dabdaba vositalariga va yo yemakxo‘rlikka sarflashni to‘xtatmas ekan boykotlardan nariga o‘tolmaydi.
883
#Maqol
"Qo‘zichoq toki gapini eshitadiganlarni topmas ekan, hikoya qahramoni doimo bo‘ri bo‘lib qolaveradi!".
883
Kitob muhokamalaridan ko‘pgina savol bilan qaytishim, ko‘pgina javob bilan qaytishimdan ko‘ra afzalroq.
P. S. talaba o‘quv darsidan ko‘pgina savol bilan qaytishi, ko‘pgina javob bilan qaytishidan ko‘ra afzalroq.
P. S.² Murakkab va tizimli fikrlashdan qochadigan aqllar tayyor javob va yechimlarga ishqiboz bo‘ladi.
883
"Tushgacha xorijiy imperialistlarga qarshi tanqid toshlari yog‘dirar, tushdan keyin esa o‘sha xorijiy imperialistlarga neft sotish bilan band bo‘lardi".
Afsuski, diktatorlarning siyosiy ikkiyuzlamaligi ularning xalqiga ham yuqishi mumkin. Ular: g‘arbni qoralaydi, ammo yashash, sayohat qilish, ta'lim olish yoki boyliklarini saqlash kabi ehtijoylar uchun g‘arbni tanlaydi..
883
Oqil kitobxon kitobga daraja (baho) berishdan avval o‘zining darajasini aniqlab oladi.
883
Ixtilof
Tinkalarni quritdi
Ixtilofu nizolar,
Nizoni yoʻq qilishga
Yigʻildi rahnamolar.
Bari bitta fikrga
Yakdil ovoz berishdi,
Ixtilofu nizoni
Yoʻq qilishga kelishdi.
Faqat bitti ish qoldi
Navbat keldi shu ishga,
Ixtilofu nizoni
Qandayin yoʻq qilishga.
Birov u, birov bu der,
Avjga chiqdi tortishuv,
Kelishmaslik fikrida
Yakun topdi kelishuv.
Nega hayron boʻlasiz?
Ular ham emas ahmoq,
Faqat har kim oʻzgadan
Oʻzin koʻrar yaxshiroq!
- Husaynxon Yahyo Abdulmajid. 05.09.2015
883
Gitlerdan so‘rashibdi:
- Nima uchun yahudiylarni qirgansanu, lekin hammasini qirib yubormagansan?
U aytibdi:
- Ozginasini qoldirdim, nima uchun ularni qirganimni bilishinglar uchun.
Hikmatni o‘zingiz topib olarsiz...
883
Maktabda o‘qishim ta'lim olishimga xalaqit berishiga hech qachon yo‘l qo‘ymaganman.
(c) Mark Tven
