cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Crypto Share

Show more
The country is not specifiedThe language is not specifiedThe category is not specified
Advertising posts
424
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Repost from HODL
00:29
Video unavailableShow in Telegram
💀 Kia Dead Army Skeleton NFT kolleksiyasi bilan hamkorlikda yangi avtomobilini e'lon qildi Reklama videosida kompaniya 2023-yilda taqdim etmoqchi bo‘lgan yangi Kia Soul aks etgan. Unda Dead Army Skeleton Club kolleksiyasidagi uchta skelet yangi Kia avtomobilida shahar bo‘ylab sayohat qiladi va yo‘lda “Built For Whoever You Are” restoranida to‘xtaydi. Kia America kompaniyasining marketing bo'yicha vitse-prezidenti Rassell Veydjer, bu hamkorlikni Kia Soul ham Web 3.0 olamidagi NFTlar kabi noyobligi, shuningdek, kompaniyaning zamon bilan hamnafas bo'lish istagi bilan izohladi. 🚀HODL
Show all...
IMG_1053.MP48.95 MB
Repost from HODL
Photo unavailableShow in Telegram
💱 CBDC - raqamli pullar rivoji Bitcoin ajoyib, to’g’rimi? Lekin nega undan qahva sotib olish yoki soliq to'lash uchun foydalanilmaydi? Bitcoin va shunga o’xshash boshqa kriptovalyutalar raqamli pul bo'lsa-da, ulardan kundalik valyuta sifatida foydalanish to’g’ri qaror bo’lmaydi chunki kriptovalyuta bozori doimo o’zgaruvchan. Shu o’rinda foydalanuvchilarga fiat pullarning raqamli shakli bo’lgan steyblkoinlar kerak bo’ladi. Ular USDC, USDT yoki markaziy bank raqamli valyutalaridir (CBDC). Aksariyat mamlakatlar raqamli valyuta g'oyasini o'rganmoqda, boshqalari esa allaqachon ularni sinab ko'rmoqda. Keling CBDC va boshqa steyblkoinlar bilan tanishamiz. Maqolani quyidagi havolada batafsil o’qishingiz mumkin: https://telegra.ph/CBDC--steyblkoinlar-rivoji-07-20
Show all...
Repost from HODL
00:12
Video unavailableShow in Telegram
🎮 Play2Earn — o’yinlar orqali pul topish! Salom, do’stlar! Bizni unutib qo’ymadingizmi? Biz jamoamiz bilan sizlarni Web 3.0 olamining yangi sarguzashtlari bilan tanishtirishda davom etamiz! Bungungi maqolamiz Play to Earn ya’ni o’yin o’ynab daromad topish haqida bo’ladi. Unda siz GameFi o’yinlar orqali odamlar qanday qilib oyiga 1000 dollardan 100 ming dollarlgacha daromad topganlari haqida tanishasiz. Hatto Fillipin davlatida Play to Earn mexanizmida tashkil etilgan Axie Infinity o’yiniga ishqibozlar shunchaik berilib ketganki, natijada davlatda kirakashlar soni keskin kamaygan. Axir o’yin orqali topiladigan daromad kirakashlikdan topiladigan daromaddan ancha yuqori bo’lgan. Shu jumladan yurtimizda ham anchagina shov-shuvga sabab bo’lgan StepN loyihasi haqida ham eshitgan bo’lsangiz kerak. StepN loyihasi orqali hamyurtlarimiz ham oyiga o’rtacha 1000-2000 dollargacha daromad qilishdi. quyidagi maqolamiz bilan tanishish orqali siz Play to Earn mexanizmidagi o’yinlar haqida ma’lumotga ega bo’lishingiz mumkin. https://telegra.ph/Play2Earn--oyinlar-orqali-pul-topish-07-12
Show all...
IMG_1038.MP41.58 MB
Repost from HODL
Photo unavailableShow in Telegram
🤲🏿TikTok yulduzi Khaby Lame va Binance birjasi hamkorlik qiladi Dunyodagi eng ko'p kuzatuvchiga ega TikToker Khaby Lame Binance brendining global elchisiga aylandi. Khaby Lame’ning TikTok’da 142 milliondan ortiq obunachilari mavjud. Binance’ning bundan oldingi shov-shuvli hamkorligi Cristiano Ronaldo bilan bo’lganligi haqida avval xabar bergan edik. Bu kabi hamkorliklarning asosiy sababi odamlarning Web 3.0 haqidagi xabardorligini oshirish va ommaviy qabul qilishni tezlashtirishdir. Khaby Lame hamkorlik davomida Web 3.0 haqidagi ba'zi noto'g'ri tushunchalarni bartaraf etish uchun o'zining “imzo” uslubidan foydalanadi. Shuningdek, Binance bilan birgalikda eksklyuziv NFT to'plamlarda ham hamkorlik qiladi. "Men o'z obunachilarimni o'z oilam deb bilaman va ularga baham ko'rish uchun har doim yangi chellenjlar va qiziqarli kontent qidiraman" - Khaby Lame. 🚀HODL
Show all...
Repost from HODL
​🐶Afsonaga aylangan memkoinlar $100 sarmoya bir yil ichida million dollarlarga aylanishiga ishonasizmi? 2021-yil bu holatga kripto olami guvoh bo’ldi. Bugun sizlar bilan shu mavzu haqida gaplashamiz. Ba'zilar 2021-yilni kriptovalyuta olamida “It” yili deb atashadi. Bunga shu yili Dogecoin (DOGE) va Shiba Inu (SHIB) memkoinlarining narxi keskin oshishi sabab bo’ldi. 2021-yil noyabr oyi holatiga ko‘ra, DOGE narxi oldingi yilning shu davriga nisbatan 8000% ga, SHIB esa 2021-yilning yanvaridan noyabrigacha 60 000 000% dan ortiq oshdi. Bu shuni anglatadiki, agar siz 2021-yil yanvar oyida 100 dollarga SHIB sotib olganingizda sizning aktivingiz 2021-yil oktabr oyida 98 mln. dollardan oshgan bo’lar edi. Ko’rib turganingizdek haqiqatan ham 2021-yil kriptovalyuta olamida “It” yili bo’lgan. Shu o’rinda savol tug’iladi, DOGE, SHIB, SAITAMA va boshqa shu kabi tangalar nima o’zi? Ularning boshqa tangalardan qanday ajralib turadigan joyi bor? Va nega ular bunchalik ommalashib ketishdi? Quyida bu savollarga javob olamiz. Bu kabi tangalar memkoinlar deb ataladi. Ular internet va ijtimoiy tarmoqlarda ommalashgan memlardan ilhomlanib yaratilgan kriptovalyutalardir. Birinchi memkoin Dogecoin (DOGE) bo’lgan. U 2013 yilda hazil sifatida yaratilgan. DOGE yapon it zoti bo’lgan siba-inu haqidagi mashhur Doge memidan ilhomlanib yaratilgan. Memkoinlar juda o'zgaruvchandir. Ularning narxi asosan hamjamiyatning qo'llab-quvvatlashiga va foydani yo'qotish qo'rquviga bog'liq. Bu ularning narxini tezda ko’tarishi yoki treyderlarning qiziqishi boshqa memkoinga qaratilsa, kutilmaganda narxning keskin tushishiga olib kelishi mumkin. Memkoinlarning yana bir xususiyati shundaki, ular ko'pincha ko’p yoki cheksiz miqdorda bo’ladi. Ularning ommalashib ketishiga mutaxassislar turli sabablarni ko’rsatishgan. Bu sabablardan biri Ilon Maskning tvitlaridir. Uning yozgan tvitlari ta’sirida Doge narxi 5 kun ichida 2000% ga ko’tarilib 0,73 dollarni tashkil etgan edi. Ammo Ilonning televideniyada Doge haqidagi hazillari Doge’ning narxini tushishiga sabab bo’ldi. Umuman olgan sizning portfelingizda qanday aktiv bo’lishi bu sizning shaxsiy ishingizdir. Bozor bu kabi memkoinlarga to’la va aksariyatining ortida firibgarlik orqali odamlarning mablag’larini yig’ib olish yotadi. Ular shunchaki bozordagi manipulatsiya natijasida narxi keskin o’zgaruvchi aktivlardir. O’ylaymizki, mavzu haqida qisqacha bo’lsa ham tushunchaga ega bo’ldingiz. Kelgusi maqolamizda bozor va undagi marketmeykerlar haqida ma’lumot beramiz. Bizni kuzatib boring! 🚀HODL
Show all...

🏴‍☠️Raqamli xavfsizlik qoidalarini unutmang Texnologiyalar rivojlanib borgani sari, uning xavfsizligiga bo’lgan tahdid ham rivojlanadi. Kundan kunga fribgarlikning yangidan yangi usullari paydo bo’lmoqda. Agar siz raqamli xavfsizlik va raqamli gigiyena qoidalariga rioya qilmasangiz firibgarlar qurboniga aylanishingiz mumkin. Quyida bu haqida qisqacha ma’lumot berib o’tamiz. 1-qoida: NFT. “NFT” to’plamlarga mablag’ sarflash vaqtida ehtiyot bo'ling. Bugungi kunda tarmoq juda ko'p turli xil NFT to'plamlariga to’lib ketgan. Ularning barchasi ham muvaffaqiyatli to’plam hisoblanmaydi. Eng avvalo to’plamning yo’l xaritasini o’rganib chiqing. Jamoa va hamjamiyatni tahlil qiling. Jamoa bundan oldin qanday loyihalarda ishtirok etganini o’rganing. Unutmang endilikda NFT’lar shunchaki rasm emas balki uning ortida yangi texnologiya bo’lishi muhim sanaladi. 2-qoida: xavfsizlik iboralari va parollarni to'g'ri usulda saqlang. Unutmang: agar siz Web 3.0 xizmatlaridan foydalanish imkonini beruvchi 24 so'zdan iborat xavfsizlik iboralarini yo'qotib qo'ysangiz, hamyoningiz va aktivlaringizdan abadiy mahrum bo'lasiz. Bu iboralarni qog'ozga ko'chiring va xavfsiz joyda saqlang. Hech qachon ushbu 24 so'zni telefoningiz xotirasida skrinshot, rasm va kompyuteringizda matnli fayl ko’rinishida saqlamang. Bu iboralarni internetga ulangan qurilmalarda saqlash tavsiya etilmaydi. 3-qoida: xizmatlarning ko'rsatmalarini o’rganib chiqing. Agar siz ilgari hech qachon amalga oshirmagan moliyaviy amaliyotni amalga oshirmoqchi bo'lsangiz, barcha narsa o’z o’rnida ishlayotganiga ishonch hosil qilish uchun xizmat haqidagi barcha ko’rsatmalarni o’rganib chiqing. Faqat rasmiy tasdiqlangan xizmatlardan foydalaning va xizmat haqida boshqalarning fikrini ham o’rganing. Web 3.0 xizmatlarining texnik yordami sizga yordam bera olmaydigan ko'plab vaziyatlar mavjudligini unutmang. 4-qoida: e-pochtangiz, telefon raqamingiz va karta raqamingizni turli sayt va xizmatlarga kiritmang Bugungi kunda Telegram messenjerida ko’plab firibgarlar mavjud. Agar siz biror Web 3.0 loyihasining Telegramdagi guruhiga qo’shilsangiz yoki u guruhda xabar yozsangiz darhol shaxsiy xabarlaringiz begona odamlarning xabarlari bilan to’lib ketadi. Shuni yodda tuting, hech qanday rasmiy loyiha vakili hech qachon sizga birinchi bo’lib xabar yozmaydi. Begona insondan kelgan biror sayt yoki bot manziliga kirmang. Umuman olganda real hayotda gigiyenaga qanday rioya qilsak internetda ham shunday qilishimiz kerak. Yo’qsa, buning natijasida siz bilan ko’plab nojo’ya hodisalar yuz berishi mumkin. Firibgarlarning qanday ish olib borishi haqida Subyektiv loyihasining ajoyib videosi mavjud. Ushbu videoni ko’rishingizni tavsiya qilamiz.
Show all...
Tonkeeper endi jetonlarni qo'llab-quvvatlaydi. Tonkeeper jamoasi katta yangilanish chiqardi: hamyon TON asosidagi altkoinlar bilan ishlay boshladi va endi maxsus tokenlar balansini ham ko‘rsatadi. Ular bilan aloqa qilish Toncoin bilan bo'lgani kabi oson: siz bir nechta tugmani bosish orqali o’tkazmalar tarixini ko'rishingiz, tangalarni qabul qilishingiz va ularni istalgan manzilga yuborishingiz mumkin. Shu bilan birga, foydalanuvchilar har bir tokenni qo'lda import qilishlari shart emas, masalan, MetaMask’da bu amaliyot qo’lda bajariladi, Tonkeeper tomonidan qabul qilingan har qanday token avtomatik ravishda interfeysda ko'rsatiladi. E'tibor bering, TON tarmog'idagi o’tkazmalar komissiyasi Toncoinda to'lanadi, shuning uchun mablag’ o'tkazmalarini muvaffaqiyatli bajarish uchun hamyonda har doim oz miqdorda Toncoin bo'lishi kerak. Ilgari biz jetonlar haqida ko‘plab materiallarni nashr etgan edik (ularni o‘qishingizni tavsiya qilamiz), endi esa qisqacha eslatib o‘tamiz: jetonlar TON asosidagi Toncoindan tashqari boshqa barcha kriptovalyutalardir. Ayni paytda ekotizimda tobora ko'proq jetonlar paydo bo'lmoqda. Xususan, ular NFT o'yinlari va xizmatlarini yaratuvchilar tomonidan faol ravishda chiqariladi. Kelajakda ushbu tangalarning ko‘pchiligi qiymatga ega bo‘ladi va Toncoin bilan bir qatorda birjalarda sotiladi. Biz esa tarmoqda altkoinlar bilan o‘zaro aloqa qilish uchun to‘laqonli vositalar paydo bo‘layotganidan mamnunmiz. Eslatib o'tamiz, jetonlarni qo'llab-quvvatlash xususiyati boshqa ba'zi hamyonlarda ham amalga oshiriladi: masalan, TonHub va Scaleton. Tonkeeperning soʻnggi versiyasini ushbu havoladan yuklab olishingiz mumkin: https://tonkeeper.com/download/?release=2.4
Show all...

Repost from HODL
00:13
Video unavailableShow in Telegram
🖼 Ijtimoiy tarmoqlarga NFT integratsiyasi Bir qator ijtimoiy tarmoqlar Web 3.0 bilan integratsiya qilish ustida ish olib boryapti. Xususan ijtimoiy tarmoqlardagi avatar rasmining o’rniga NFT rasmlardan foydalanish ommalashmoqda. Ayni vaqtda bu xususiyatdan Twitter Blue obunachisi sifatida foydalanish mumkin. Twitter hozircha faqat Ethereum blokcheynida yaratilgan NFT’larni qo’llab-quvvatlamoqda. Meta (Facebook) kompaniyasi ham Facebook va Instagram uchun ushbu yangilikni qo’shish ustida ish olib bormoqda. Yil boshida bizning sevimli messenjerimiz bo’lgan Telegram ham NFT’larni avatarga qo’yish imkoniyatini qo’shmoqchi ekanligi haqida xabar bergan edi. Telegramning TON blokcheyni bilan o’zaro integratsiyasini hisobga olsak, bu imkoniyat ham TON blokcheyni bilan hamkorlikda yaratilishi mumkin. 🚀HODL
Show all...
IMG_6080.MP49.91 KB
Repost from HODL
00:18
Video unavailableShow in Telegram
⚽️ Cristiano Ronaldo Binance birjasi bilan hamkorligini e’lon qildi Hamkorlikka ko’ra, afsonaviy portugaliyalik futbolchi Binance’da bir nechta NFT to‘plam chiqaradi. Shu bilan birgalikda, Binance Ronaldoning muxlislarini NFT dunyosi va Web 3.0 bilan tanishtirishga qaratilgan global reklama kampaniyasini boshlaydi. Shartnoma davomida Binance va Ronaldo faqat Binance NFT platformasida sotiladigan bir qator NFT to’plamlar yaratadilar. Birinchi NFT to’plam shu yil oxirida chiqariladi va dizaynlar Ronaldo bilan hamkorlikda yaratiladi. 🚀 HODL
Show all...
data.mp41.68 MB
💎 TON Diamonds NFT to’pami yaxshi sotilyapti. TON dagi eng yaxshi NFT to’plamlardan biri Diamonds. Ton.diamond orqali sotib olsangiz bo’ladi!
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.