cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

🇯🇵 YAPON TILI va YAPONIYAGA OID🇺🇿 | RASMIY KANAL

▪️日本と日本語に付いて情報!!! ▪️Japanese language tests JLPT and NAT~TEST ▪️Yapon tili va Yaponiyaga oid so'ngi yangiliklar. ▪️管理者:

Show more
Advertising posts
1 249
Subscribers
No data24 hours
-17 days
-2530 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Show all...
“Yaponiyadagi tutingan dadam soliq to‘lashning ahamiyatini tushuntirgan” - Tokioda Murod Nazarov bilan suhbat

Kun.uz'ning Yaponiyaga ijodiy safari tadbirkor Murod Nazarovning ko‘magi bilan amalga oshgan edi. U safar davomidagi suhbatimizda Yaponiyada o‘tgan baxtli talabalik yillari, bu xalqdan nimalarni o‘rgangani, tutingan yapon ota-onasi haqida so‘zlab berdi.

👍 1👏 1
“Япониядаги тутинган дадам солиқ тўлашнинг аҳамиятини тушунтирган” — Токиода Мурод Назаров билан суҳбат Kun.uz'нинг Японияга ижодий сафари тадбиркор Мурод Назаровнинг кўмаги билан амалга ошган эди. У сафар давомидаги суҳбатимизда Японияда ўтган бахтли талабалик йиллари, бу халқдан нималарни ўргангани, тутинган япон ота-онаси ҳақида сўзлаб берди. Manba: Kun.uz
Show all...
Yaponiyada tahsil olayotgan oʼzbekistonlik talabalar diqqatiga! Yaponiya vazirlik idoralari va boshqa manfaatdor tashkilotlari homiyligida “The JAPAN TENT” xalqaro talabalar almashinuv dasturining qabuli boshlanganligini maʼlum qilamiz. Dasturning maqsadi: Ertangi global jamiyatning umidli liderlari boʼlmish xorijlik talabalar ishtirokida xalqaro almashinuvni ragʼbatlantirish. Vaqti va joyi: 2024-yil 22-25-avgust kunlari Kanazava shahri va Ishikava prefekturasining bir qator shaharlarida oʼtkaziladi. Afzalliklari: Ishtirok etish, turar joy, transport xarajatlari (maʼlum bir jamoat transportidan foydalanish nazarda tutilmagan) dastur tomonidan qoplanadi. Ishtirok etish uchun talablar: Nomzod 18 yoshdan kichik boʼlmagan, Yaponiyada tahsil olayotgan xorijlik talaba boʼlishi kerak. Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2024-yil12-iyul Dasturda ishtirok etish istagida boʼlgan vatandoshlar toʼgʼridan toʼgʼri https://www.japantent.com sayti orqali hujjat topshirishlari mumkin.
Show all...
👍 1🔥 1👏 1🤩 1
01:13
Video unavailableShow in Telegram
🇺🇿🇯🇵O‘zbekiston fuqarolari Yaponiyaga ishga jalb etiladi Bugun Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Yaponiyaning “Haneda Turtle Service” kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda dastlab O‘zbekistonda mehnat migratsiyasini tartibga solish bo‘yicha mavjud tizim, Agentlik faoliyati, migratsiya geografiyasini kengaytirish, bu borada Yaponiya bilan amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi. Shundan so‘ng, texnik stajyorlik va maxsus malakali ishchi dasturlari doirasida O‘zbekiston fuqarolari logistika, aeroport xizmati va yuk tashish yo‘nalishlarida ishga jalb qilish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida Agentlik va “Haneda Turtle Service” kompaniyasi o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Show all...
tayy123or.mp418.52 MB
👍 2🔥 1👏 1🤩 1
Photo unavailableShow in Telegram
Yaponiyalik erkak g‘ayrioddiy o‘simlik yetishtirdi U shu tariqa Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. Yaponiyalik fuqaro o‘z bog‘ida o‘stirgan 63 bargli o‘simlik tufayli Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. Rekordni qo‘lga kiritish uchun unga 12 yil kerak bo‘ldi. Yoshixaru Vatanabe 2012-yilda beda yetishtirishga qiziqib qolgan. U dastlab o‘simlik gulbarglari soni bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatishni maqsad qilib, shu biznes bilan shug‘ullangan. “Odamlar to‘rt bargli beda omad keltiradi deyishadi. Men 63 bargli beda odamlarga hayrat va quvonch keltirishini xohlayman”, deydi erkak. U o‘zi istagan natijaga erishish uchun bedani tabiiy changlatish kombinatsiyasidan foydalangan.
Show all...
🔥 4👏 2👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Yaponiyada qorinni to‘ydiruvchi ichimlik yaratildi U ichilgandan so‘ng oshqozonda jelega aylanadi. Yaponiyaning Morinaga kompaniyasi ochlikni bir zumda qondira oladigan ichimlik ishlab chiqardi. Mahsulot kompaniyaning rasmiy veb-saytida taqdim etilgan. Ichimlikda imon va greyfurt taʼmi mavjud. U kofeinni o‘z ichiga olmaydi va stressni yengillashtiruvchi vosita sifatida ham isteʼmol qilish mumkin. Ushbu mahsulot ish vaqtida ovqatlanishga vaqt topolmaydiganlar yoki ko‘p asabiylashadigan insonlar uchun qo‘l keladi. U ichilganidan so‘ng oshqozonda jelega aylanadi va to‘qlik hissini paydo qiladi.
Show all...
👍 3👏 3😢 1
00:11
Video unavailableShow in Telegram
Японияда инсон овози ва оҳангини тўхтамасдан ўзгартириб берувчи технология намойиш этилди. У аёлнинг овозини эркак овозига ҳам айлантира олади. Бу янгилик колл-марказлар учун жуда мос келади: энди овози баланд мижозларнинг овозини юмшатиб, ўзгартириб бериш мумкин. Шунингдек, рўйхатдаги оҳанглардан бири танланиши, ҳаттоки машҳур фильм ёки мультфильм қаҳрамонларининг овози танланиши ҳам мумкин.
Show all...
IMG_0033.MP42.92 MB
👍 6😱 2
Yaponiya aholisi orasida musulmon diniga mansublar va musulmon diniga e’tiqod qiluvchi odamlar soni yilda yilga o’sib bormoqda. 1990-yil : 30 ming 2010-yil : 110 ming 2020-yil : 230 ming 2023-yil : 270 ming Lekin ko’p joylarda odam sonining oshishiga nisbatan masjidlarning kichkinaligi asosiy muammo. https://www.facebook.com/share/p/Zb2rDKsGdytLEQ2y/?mibextid=K35XfP
Show all...
Log in or sign up to view

See posts, photos and more on Facebook.

👍 3🔥 2👏 1🤩 1
“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi Naritadan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni taklif etadi. Samolyotga qadam qo‘yishingiz bilanoq sizni o‘zbekona mehmondo‘stlik kutib oladi. 1-avgustdan 25-oktabrgacha haftada bir marta muntazam reyslar haftasiga ikki martagacha oshiriladi. Oʻzbekiston madaniyat va turizm byurosi WEB / “Oʻzbekiston havo yoʻllari” ⬇️ https://m.facebook.com/story.php?story_fbid=pfbid02L5TBys5BemnB3yxHYnUnd26PHXaG1gjyUrimRxfVw5LgBaLiuFgrxmbEzEzCho4cl&id=100092251683345
Show all...
Log in or sign up to view

See posts, photos and more on Facebook.

🔥 2👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
2024- Yilning Mushakbozdi ketma-ketlik rejasi.
Show all...
🔥 5😱 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.