TKTI Yoshlar Ittifoqi
Open in Telegram
O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Toshkent kimyo-texnologiya instituti boshlang‘ich tashkilotining rasmiy telegram kanali Bilim va tafakkurimiz — shu el uchun, shu yurt uchun
Show more1 850
Subscribers
+6224 hours
+1657 days
+17730 days
Posts Archive
Repost from 𝗣𝗼𝘆𝘁𝗮𝘅𝘁 𝘆𝗼𝘀𝗵𝗹𝗮𝗿𝗶
⚡️ Tez kunda — “Istiqlol farzandlari”
🇺🇿 Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi tomonidan “Istiqlol farzandlari” nomli maxsus ko‘rsatuv tayyorlandi.
🇺🇿 Mustaqillik avlodi, ularning bugungi qarashlari va kelajak sari intilishi — tez kunda “Poytaxt yoshlari”da.
#IstiqlolFarzandlari #Mustaqillik35 #Poytaxtyoshlari
🔎 Bizni kuzatishda davom eting!
🕊 Telegram | 📱 Instagram
📱 Facebook | 📺 YouTube
Repost from 𝗣𝗼𝘆𝘁𝗮𝘅𝘁 𝘆𝗼𝘀𝗵𝗹𝗮𝗿𝗶
🚗 Avtomaktabda o‘qish xarajatingiz uchun 3,2 mln so‘mgacha subsidiya olishingiz mumkinligini bilarmidingiz?
🗣 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning 16–30 yoshdagi (31 yoshga to‘lmagan) a’zolari “A”, “B”, “D” yoki “DE” toifalaridan biri bo‘yicha haydovchilik kursida o‘qish xarajatlari uchun 8 BHMgacha subsidiya so‘rab murojaat qilishi mumkin.
✅ Subsidiya ma’qullansa, uning 50 foizi 7 ish kuni ichida shartnoma asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtomaktab hisobiga o‘tkaziladi. ➡️ Qolgan 50 foizi esa ariza berilgan kundan boshlab 1 yil ichida milliy haydovchilik guvohnomasi olingan taqdirda, fuqaroning ijtimoiy kartasiga o‘tkaziladi.
📲 Arizani: — Davlat xizmatlari markazi; — my.gov.uz; — Yoshlar yagona elektron platformasi orqali topshirish mumkin.⚠️ Muhim: Subsidiya bir yoshga faqat bir marta beriladi. 🔗 Ariza topshirish — my.gov.uz 📄 Huquqiy asos — VMQ 312-son, Lex.uz 😉 “Prava” olishni rejalashtirayotgan do‘stingizga yuborib qo‘ying. #1daqiqada #foydali #poytaxt_yoshlari 🔎 Bizni kuzatishda davom eting! 🕊 Telegram | 📱 Instagram 📱 Facebook | 📺 YouTube
Repost from TKTI.UZ | Rasmiy kanal
#eslatma
🔈 E'LON
❗️ Hurmatli professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar!
🌟 Ish jarayonlarini raqamlashtirish doirasida qog'ozdan foydalanishni kamaytirish maqsadida institutimizda har oyning oxirgi juma kuni "Qog‘ozsiz bir kun" ekoaksiyasi o‘tkaziladi
Mazkur ekoaksiya doirasida:
— hujjatlar imkon qadar elektron shaklda yuritiladi;
— hujjatlar almashinuvida qog‘ozdan foydalanish minimallashtiriladi;
— ortiqcha chop etishdan voz kechilib, elektron hujjat aylanishi tizimidan keng foydalaniladi;
— resurslardan oqilona foydalanish va ekologiyani asrashga hissa qo‘shiladi.
🌿 "Qog‘ozsiz bir kun" ekoaksiyasida barchangizni faol ishtirok etishga chorlaymiz!
Birgalikda qog‘oz sarfini kamaytiraylik, raqamli boshqaruvni qo‘llab-quvvatlaylik va yashil kelajak sari qadam tashlaylik!
👩🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy
#Tarqatamiz
➡️1-bosqichga qabul qilingan talabalar diqqatiga!
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 15-avgustdagi 146-son buyrug‘iga muvofiq, Toshkent kimyo-texnologiya institutiga 2026/2027-o‘quv yili uchun o‘qishga qabul qilish tavsiya etilgan abituriyentlarni 7-sentabrdan e’tiboran 1-bosqich talabalari sifatida ilova qilingan fayllarda ko'rsatilgan akademik guruhlarga taqsimlanishi belgilandi.
📚Ilova qilingan fayllarda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kesimida:
💬kunduzgi ta’lim shakliga;
💬kechki ta’lim shakliga;
💬masofaviy ta’lim shakliga
qabul qilingan talabalarning ro‘yxati hamda ular taqsimlangan akademik guruhlar keltirilgan.
📌Hurmatli talabalar! O‘zingiz tahsil oladigan ta’lim shakliga tegishli fayl orqali guruh raqamingiz bilan oldindan tanishib chiqishingizni so‘raymiz.
👩🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutidagi talabalik hayotingiz muborak bo‘lsin!
👩🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy
Repost from TKTI.UZ | Rasmiy kanal
+2
E’tirof
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Farmoniga binoan, Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan fidoyi yurtdoshlarimiz “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlanmoqda.
🏅Quvonarlisi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida bo‘lib o‘tgan tadbirda Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori, texnika fanlari doktori, professor Usmonov Botir Shukurillayevich ham ushbu yuksak e’tirofga munosib ko‘rildi.
👩🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instituti jamoasi nomidan Sizni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz!
✅ Sizning ta’lim-tarbiya, ilm-fan va institutimiz rivoji yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz, tashabbuskorligingiz hamda samarali faoliyatingiz davlatimiz tomonidan yuksak e’tirof etilgani barchamiz uchun katta faxrdir.
👩🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy
+7
👩🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Har chorshanba Sport kuni” munosabati bilan sportning voleybol turi bo‘yicha "Xadra" MYF bilan hamkorlikda musobaqalar tashkil etildi.
✔️Mazkur sport tadbiri talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish, ularni sogʻlom turmush tarziga keng jalb etish, jismoniy faolligini oshirish va sportga boʻlgan qiziqishini yanada kuchaytirishga qaratildi.
➕Musobaqalar davomida ishtirokchilar o‘zlarining sport mahorati, jamoaviy hamjihatligi, gʻalabaga boʻlgan intilishi va yuksak sport madaniyatini namoyon etdilar. Qizgʻin va murosasiz ruhda kechgan bahslar talabalar hamda mahalla yoshlariga ko‘tarinki kayfiyat bagʻishlab, sogʻlom raqobat va doʻstlik muhitini yanada mustahkamladi.
⚡️Institutda talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish hamda sogʻlom turmush tarzini targʻib etishga qaratilgan bunday tadbirlar muntazam ravishda davom ettirilmoqda.
👩🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy
Repost from 𝗣𝗼𝘆𝘁𝗮𝘅𝘁 𝘆𝗼𝘀𝗵𝗹𝗮𝗿𝗶
🎓 Talaba transport kartasini qanday olish mumkin?
💳 Talabalar jamoat transportida 50 foiz imtiyozli tarif asosida foydalanish imkonini beruvchi transport kartasini rasmiylashtirishlari mumkin.
📲 Qanday rasmiylashtiriladi?
1️⃣ my.gov.uz portaliga kiring; 2️⃣ “Shahar yo‘lovchi transportida harakatlanish uchun imtiyozli transport karta” xizmatini tanlang; 3️⃣ arizani to‘ldirib yuboring; 4️⃣ yuborilgan tasdiqlash kodini kiriting; 5️⃣ imtiyozli tarif tizimda rasmiylashtiriladi.✅ Afzalliklari:
— jamoat transportida 50% chegirma; — Toshkentda avtobus va metroda foydalanish imkoniyati; — naqd pulsiz va qulay to‘lov; — karta egasining shaxsiy ma’lumotlariga bog‘lanadi.➡️ My.gov.uz orqali xizmat bepul, arizani rasmiylashtirish esa taxminan 1 daqiqa vaqt oladi. 🔗 Kartani rasmiylashtirish 🔗 Tariflar va transport kartasi imkoniyatlari bilan tanishish 📞 Qo‘shimcha ma’lumot: 1167 #1daqiqada #foydali #poytaxt_yoshlari 🔎 Bizni kuzatishda davom eting! 🕊 Telegram | 📱 Instagram 📱 Facebook | 📺 YouTube
ASOSCHILARNI IZLAYAPMIZ!
Startup Garage tomonidan startup asoschilari uchun ONLINE DEMO DAY tashkil qilinmoqda!
💡 Sizda startup g‘oya bormi?
🔥 Jamoa yig‘ayapsizmi?
📈 Investor va hamkorlar oldida chiqish qilishni xohlaysizmi?
Unda bu imkoniyat aynan siz uchun!
Demo Day’da siz:
— Startup g‘oyangizni taqdim qilasiz
— Kuchli founderlar bilan networking qilasiz
— Mentor va hamkorlar topishingiz mumkin
— Keyingi bosqich Startup Garage Grand Demo Day uchun saralab olinishingiz mumkin
🎯 Asosiy maqsad:
Yangi startup asoschilarini topish va kuchli ekotizim yaratish.
🌐 Format: Online
📍 Qamrov: Butun O‘zbekiston bo‘ylab
Ro'yhatdan o'tish uchun: @SGdemodaybot
Startup founder do‘stlaringizga ham yuboring 🚀
ASOSCHILARNI IZLAYAPMIZ!
Startup Garage tomonidan startup asoschilari uchun ONLINE DEMO DAY tashkil qilinmoqda!
💡 Sizda startup g‘oya bormi?
🔥 Jamoa yig‘ayapsizmi?
📈 Investor va hamkorlar oldida chiqish qilishni xohlaysizmi?
Unda bu imkoniyat aynan siz uchun!
Demo Day’da siz:
— Startup g‘oyangizni taqdim qilasiz
— Kuchli founderlar bilan networking qilasiz
— Mentor va hamkorlar topishingiz mumkin
— Keyingi bosqich Startup Garage Grand Demo Day uchun saralab olinishingiz mumkin
🎯 Asosiy maqsad:
Yangi startup asoschilarini topish va kuchli ekotizim yaratish.
🌐 Format: Online
📍 Qamrov: Butun O‘zbekiston bo‘ylab
Ro'yhatdan o'tish uchun: @SGdemodaybot
Startup founder do‘stlaringizga ham yuboring 🚀
+9
🇺🇿 Milliy liboslar — milliy qadriyatlar ko‘zgusi
🔜 2026-yil 21-avgust kuni Shayxontohur tumanidagi Alleya bog‘ida “Milliy liboslar — milliy qadriyatlar ko‘zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
👩🎓 Tadbirda Toshkent kimyo-texnologiya instituti professor-o‘qituvchilari va xodimlari, shuningdek, tuman jamoatchiligi vakillari ishtirok etdilar.
✨ Tadbir davomida milliy liboslarimizning o‘ziga xosligi va nafisligi, xalqimizning boy tarixi, urf-odatlari hamda madaniy merosini aks ettiruvchi jihatlari keng namoyish etildi.
🗣 Milliy liboslar orqali ajdodlardan avlodlarga meros bo‘lib kelayotgan an’ana va qadriyatlarni asrab-avaylash, ularni kelgusi avlodlarga yetkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
💬 Shuningdek, ishtirokchilar milliy liboslarning nafaqat estetik, balki ma’naviy va tarbiyaviy ahamiyati yuzasidan fikr almashdilar.
🌿 Mazkur tadbir milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur va qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatni yanada yuksaltirishga xizmat qildi.
🇺🇿 Milliy liboslar — xalqimiz tarixi, madaniyati va milliy o‘zligining yorqin ko‘zgusidir!
👩🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy
Repost from 𝗣𝗼𝘆𝘁𝗮𝘅𝘁 𝘆𝗼𝘀𝗵𝗹𝗮𝗿𝗶
🎓 Yotoqxonaga ariza berdingiz — navbatni qanday tekshirasiz?
Talabalar turar joyiga ariza topshirgan bo‘lsangiz, navbatingizni my.gov.uz orqali onlayn tekshirishingiz mumkin.
➡️ Buning uchun:
1️⃣ my.gov.uz portaliga kiring; 2️⃣ “Talabalar turar joyiga navbatni tekshirish” xizmatini tanlang; 3️⃣ tizimda ariza holati va navbat ma’lumotlarini ko‘ring. ✅ Xizmat bepul va natijani onlayn ko‘rish mumkin.📎 Navbatni tekshirish: https://my.gov.uz/uz/service/874 📌 Yotoqxonaga hali ariza bermagan bo‘lsangiz: https://my.gov.uz/uz/service/870 #1daqiqada #foydali #poytaxt_yoshlari 🔎 Bizni kuzatishda davom eting! 🕊 Telegram | 📱 Instagram 📱 Facebook | 📺 YouTube
Repost from 𝗣𝗼𝘆𝘁𝗮𝘅𝘁 𝘆𝗼𝘀𝗵𝗹𝗮𝗿𝗶
🎓 Ta’lim krediti qanday olinadi?
🔎 Kontrakt to‘lovini birdaniga amalga oshirish qiyinmi? Ta’lim krediti orqali kunduzgi bakalavriat va magistratura talabalari kontrakt to‘lovini moliyalashtirishi mumkin.
📌 Muhim shartlar:
🔺 1-kurs talabalari uchun kredit kontrakt summasi miqdorida ajratiladi; 🔺 2-kurs va undan yuqorida GPA 3 va undan yuqori bo‘lsa — kontrakt summasi miqdorida; 🔺 GPA 3 dan past bo‘lsa — kontraktning dastlabki 20 foizi talaba tomonidan to‘langach, ko‘pi bilan 80 foizigacha kredit ajratiladi.👤 Xotin-qizlar uchun alohida imtiyoz: ta’lim krediti bo‘yicha foiz to‘lovlari davlat Jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘liq qoplab beriladi. Asosiy qarzni qaytarish esa o‘qish muddati tugagandan keyin 7-oydan boshlab 7 yil davomida amalga oshiriladi. 📲 Arizani bankka bormasdan Ta’lim krediti platformasi orqali onlayn topshirish ham mumkin. 📁 Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-avgustdagi 527-son qarori #1daqiqada #foydali #poytaxt_yoshlari 🔎 Bizni kuzatishda davom eting! 🕊 Telegram | 📱 Instagram 📱 Facebook | 📺 YouTube
Repost from 𝗣𝗼𝘆𝘁𝗮𝘅𝘁 𝘆𝗼𝘀𝗵𝗹𝗮𝗿𝗶
🗓 Bugun poytaxtda | 20-avgust, Payshanba
☀️ Ob-havo: bugun Toshkent shahrida harorat +37°C gacha ko‘tarilishi kutilmoqda.
📍 Bugun uchun kerakli imkoniyatlar, deadline’lar va poytaxtdagi qiziqarli manzillar bir joyda.
🇺🇿 Bugun — Tadbirkorlar kuni! O‘zbekistonda 20-avgust qonun bilan Tadbirkorlar kuni etib belgilangan. 🌍 Dunyoda esa — Butunjahon chivinlar kuni (World Mosquito Day) Sana 1897-yilda chivinlar bezgakni yuqtirishini aniqlashga asos bo‘lgan ilmiy kashfiyot bilan bog‘liq. 🎓 O‘qishni ko‘chiruvchilar uchun muhim kun Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlarining ikkinchi kuni. 🌍 Erasmus+ imkoniyatlari bilan tanishing Bugun Renessans universitetida Erasmus+ mutaxassislari xalqaro grantlar, stipendiyalar, akademik mobillik va loyiha tayyorlash bo‘yicha master-klass o‘tkazadi. 🇸🇬 Singapurda o‘qish imkoniyati — taqdimotga 2 kun qoldi! 22-avgust kuni Hilton Tashkent City mehmonxonasida Amity Singapore ta’lim dasturlari bo‘yicha taqdimot o‘tkaziladi. 🩺 Tibbiyotchilar — deadline bugun! Toshkent davlat tibbiyot universitetining klinik ordinatura (rezidentura) bosqichiga hujjat topshirish bugun yakunlanadi. 🏃 Yugurishni yoqtirasizmi? — oxirgi kun Tashkent International Half Marathon uchun ro‘yxatdan o‘tish bugun yakunlanadi. 21 km, 5 km va Kids Run yo‘nalishlari mavjud. ⚽️ Bugun katta futbol Superliganing 18-turida poytaxtning “Bunyodkor” jamoasi “Qo‘qon-1912”ni qabul qiladi. Uchrashuv soat 19:00 da boshlanadi. 🎨 Ko‘rgazmaning so‘nggi kuni O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasidagi “Muloqot” ko‘rgazmasi bugun yakunlanadi. Ko‘rgazma 10:00 dan 17:00 gacha ochiq. 🎬 19:00 — nemis kinosi Gyote-Institutida Kristian Petzoldning “Barbara” dramasi nemis tilida, ruscha subtitrlar bilan namoyish etiladi. 🌙 Yapon bog‘ida ochiq osmon ostida kino Sakura Cinema’da bugun 20:00da , 22:00da filmlar namoyish etiladi. 🎧 Yozni musiqa bilan kuzatamiz Atlantis’da bugun Music Fest 2026 — shahar DJ’lari, MC va jonli guruhlar ishtirokidagi musiqiy kecha bo‘lib o‘tadi. 📌 Yana bir muhim eslatma Oliy ta’lim tashkilotlariga kirish test natijasidan norozi abituriyentlar apellatsiya arizasini 24-avgustgacha onlayn yuborishi mumkin.😉Bugungi imkoniyatni ertaga qoldirmang! 🔎 Bizni kuzatishda davom eting! 🕊 Telegram | 📱 Instagram 📱 Facebook | 📺 YouTube
Repost from 𝗣𝗼𝘆𝘁𝗮𝘅𝘁 𝘆𝗼𝘀𝗵𝗹𝗮𝗿𝗶
🎓 Kontraktdan grantga o‘tish mumkinmi?
✅ Ha, mumkin. Amaldagi tartibga ko‘ra, ta’lim grantlari 2-kurs va undan yuqori kurslarda har o‘quv yili yakunida qayta taqsimlanadi.
🔺 Grant uchun talabgor bo‘lishda:
➡️ joriy o‘quv yilidagi GPA 3,5 va undan yuqori bo‘lishi kerak; ➡️ akademik o‘zlashtirish — 80 ballgacha; ➡️ ijtimoiy faollik — 20 ballgacha baholanadi; ➡️ yakuniy natija 100 ballik tizim asosida shakllantiriladi.🔺Demak, grantga o‘tish avtomatik emas — talabalar o‘rtasida tanlov asosida amalga oshiriladi. 🗓 Grant oluvchilar ro‘yxati oliy ta’lim tashkiloti kengashi tomonidan 20-avgustgacha tasdiqlanadi, yakuniy ro‘yxat esa 25-avgustgacha rasmiy saytda e’lon qilinadi. 🔎 Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-son qarori. #1daqiqada #foydali #poytaxt_yoshlari 🔎 Bizni kuzatishda davom eting! 🕊 Telegram | 📱 Instagram 📱 Facebook | 📺 YouTube
Repost from 𝗣𝗼𝘆𝘁𝗮𝘅𝘁 𝘆𝗼𝘀𝗵𝗹𝗮𝗿𝗶
🗓 Bugun poytaxtda | 19-avgust
☀️ Ob-havo: bugun Toshkent shahrida harorat +37°C gacha ko‘tarilishi kutilmoqda.
📍 Bugun uchun kerakli imkoniyatlar, deadline’lar va poytaxtdagi qiziqarli manzillar bir joyda.
👨💻 1 kun qoldi! Yoshlar ishlari agentligining “Amaliyot Ofisi” 5-mavsumi uchun arizalar 20-avgustgacha qabul qilinadi. 🎓 Deadline — bugun! TIUE Scholarships dasturiga ariza topshirish muddati 19-avgust kuni yakunlanadi. 💡 Startapingiz bormi? President Tech Award — Best Startup Project yo‘nalishiga arizalar 31-avgustgacha davom etadi. 🌱 Yosh fermerlar uchun imkoniyat “Yosh fermerlar chempionati”ga ro‘yxatdan o‘tish 31-avgustgacha davom etadi. 🎬 Chorshanba — kino kuni! Bugun poytaxtdagi qator kinoteatrlarda “Chorshanba kinobayrami” doirasida turli filmlar namoyish etiladi. 🎤 Kechki reja SAHNA Stand-up Club’da soat 19:00 da “Ochiq mikrofon” bo‘lib o‘tadi. 🪄 Ijodiy vaqt DVOE Ceramics’da bugun kulolchilik bo‘yicha turli mahorat darslari tashkil etiladi. ✨ Tarix va zamonaviy texnologiyalar bir joyda Bugun Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, tarixiy va interaktiv ekspozitsiyalar bilan tanishishingiz mumkin.😉Bugungi imkoniyatni ertaga qoldirmang! 🔎 Bizni kuzatishda davom eting! 🕊 Telegram | 📱 Instagram 📱 Facebook | 📺 YouTube
Repost from Edu.uz
#rasmiy_bayonot
⚡️1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga!
Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish xizmati 1-bosqich talabalari uchun ham ishga tushirildi.
18-avgustdan 2026/2027-o‘quv yilida 1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza topshirishlari mumkin.
Talabalar turar joylariga joylashtirish belgilangan tartib va mavjud o‘rinlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
☝️Eslatma: reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida taqsimlanadi. Jumladan 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foizgacha joy ajratiladi.Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Yoshlar Parlamenti (Oliy Majlis Senati)
▫️▫️▫️▫️ #seminar_trening
🌍 “Barqaror rivojlanish maqsadlari yoshlar nigohida” seminar-treningiga taklif qilamiz!
✅ 13-avgust kuni Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti, BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Ilm-fan va ta'lim-tarbiyani rivojlantirish "Ziyo Forum" fondi hamda O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi hamkorligida yoshlar uchun seminar-trening tashkil etiladi.
📌 Tadbirda: 🟢 BMTning 17 ta Barqaror rivojlanish maqsadi haqida muhim ma’lumotlar; 🟢 BRMga erishishda yoshlarning o‘rni va imkoniyatlari; 🟢 yoshlar tashabbuslari va amaliy yechimlar; 🟢 interaktiv va sovrinli quizlar o‘rin oladi.🎁 Eng faol va bilimdon ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. 📝 13-avgust, 2026-yil ⏰ 14:00 📍 “Ziyo Forum” 🌍 SEMINAR UCHUN RO'YXATDAN O'TISH 🖐 Shoshiling! Joylar soni chegaralangan. Barcha faol va tashabbuskor yoshlarni kutib qolamiz! #Senat #yoshlar #parlament #siyosat 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Repost from 𝗣𝗼𝘆𝘁𝗮𝘅𝘁 𝘆𝗼𝘀𝗵𝗹𝗮𝗿𝗶
🤩 Yulduzlar yomg‘iri va quyosh chiqishini birgalikda qarshi olamiz! ☀️
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi qoshidagi “YUTRIP” ichki va tashqi turizm jamoasi tomonidan 12–13-avgust kunlari unutilmas taassurotlarga boy tungi sayohat tashkil etilmoqda.
📍 Yig‘ilish joyi: O‘zbekiston mehmonxonasi oldi, Amir Temur metro bekati
⏰ Yig‘ilish vaqti: 19:30–20:00
✨ Sayohat davomida:
• yulduzlar yomg‘irini kuzatish; • quyosh chiqishini qarshi olish; • maroqli o‘yinlar va karaoke; • gulxan atrofida marshmello; • issiq choy va qahva; • malakali gid hamrohligidagi unutilmas sayohat sizni kutmoqda.✅ Sayohat haqida to‘liq ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun “Batafsil” tugmasini bosing. #Sayohat #poytaxt_yoshlari 🔎 Bizni kuzatishda davom eting! 🕊 Telegram | 📱 Instagram 📱 Facebook | 📺 YouTube
Repost from Yoshlar.edu.uz
#Giyohvandlik
🔻 Toshkent shahar IIBB ogohlantiradi!
Talabalar va yoshlar diqqatiga! “Oson pul” ortidagi dahshatli qopqon!
↪️Bugungi kunda ayrim yoshlar internet orqali ish izlab, giyohvandlik vositalarini tarqatish bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruhlar qopqoniga tushib qolmoqda
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
