en
Feedback
TKTI Yoshlar Ittifoqi

TKTI Yoshlar Ittifoqi

Open in Telegram

O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Toshkent kimyo-texnologiya instituti boshlang‘ich tashkilotining rasmiy telegram kanali Bilim va tafakkurimiz — shu el uchun, shu yurt uchun

Show more
1 698
Subscribers
+224 hours
+237 days
+2230 days
Posts Archive
📺🎵 “Eng yaxshi fotoalbom” va “Eng yaxshi qo‘shiq” tanlovlari o‘tkazildi. 👩‍🎓O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligin
+9
📺🎵 “Eng yaxshi fotoalbom” va “Eng yaxshi qo‘shiq” tanlovlari o‘tkazildi. 👩‍🎓O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalari o‘rtasida ijodiy tanlov tashkil etildi. 🎯 Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — talabalarning ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish, ularda Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va yurtimiz taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘ularini mustahkamlashdan iborat. 📺“Eng yaxshi fotoalbom” nominatsiyasida ishtirokchilar Mustaqil O‘zbekistonning taraqqiyoti, yurtimizdagi bunyodkorlik ishlari, milliy qadriyatlar, Vatan manzaralari va yoshlar hayotini aks ettiruvchi ijodiy fotoalbomlarini taqdim etdilar. 🎤“Eng yaxshi qo‘shiq” nominatsiyasida esa talabalar Vatan, Mustaqillik, ona yurt, tinchlik va milliy qadriyatlar mavzusidagi qo‘shiqlarni ijro etib, o‘zlarining musiqiy va ijodiy mahoratlarini namoyish etdilar. 👑Tanlov yakunida ishtirokchilarning ijodiy ishlari mazmun-mohiyati, ijodiy yondashuvi, o‘ziga xosligi, ijro mahorati va taqdimot sifati kabi mezonlar asosida baholanib, munosib g‘oliblar aniqlandi. 🎉 Barcha ishtirokchilarni tabriklaymiz! Yoshlarimizning ijodiy izlanishlari va Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbati yanada yuksalib boraversin! 👩‍🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy

🎓 Yangi o‘quv yili muborak, aziz talabalar! ➡️ Bugun siz uchun yangi sahifa ochildi. Oldinda yangi bilimlar, yangi tanishuvl
🎓 Yangi o‘quv yili muborak, aziz talabalar! ➡️ Bugun siz uchun yangi sahifa ochildi. Oldinda yangi bilimlar, yangi tanishuvlar, unutilmas talabalik lahzalari va katta imkoniyatlar kutmoqda. Har bir dars, har bir loyiha va har bir tashabbus kelajagingiz sari qo‘yilgan muhim qadam bo‘lsin.
Talabalar hayotidagi eng yorqin yangiliklar, tanlovlar, grantlar, loyihalar, tadbirlar va foydali imkoniyatlarni o‘tkazib yubormang!
📲 Barchasidan birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘lish uchun O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashining quyidagi ijtimoiy tarmoqlarimizga obuna bo‘ling. 🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺 YouTube ✅ Yangi o‘quv yili barchangizga ulkan muvaffaqiyatlar, yangi marralar va yorqin xotiralar olib kelsin! 🔎 Bizni kuzatishda davom eting! 🕊 Telegram | 📱 Instagram 📱 Facebook | 📺 YouTube

🗓 Bugun poytaxtda | 4-sentyabr, Juma ☀️ Ob-havo: Toshkentda hozir havo quyoshli. Bugun Kunduzi +30°, kechasi +16°, osmon och
🗓 Bugun poytaxtda | 4-sentyabr, Juma ☀️ Ob-havo: Toshkentda hozir havo quyoshli. Bugun Kunduzi +30°, kechasi +16°, osmon ochiq. Hafta oxiri isib boradi: shanba +32°, yakshanba +34°. BUGUN TOSHKENTDA BARCHA MUZEYLAR BEPUL (8-sentyabrga qadar) 📍 Bugun uchun kerakli imkoniyatlar, deadline’lar va poytaxtdagi qiziqarli manzillar bir joyda.
🌍 Dunyoda bugun: Xalqaro taekvondo kuni — 1994-yil 4-sentyabrda taekvondo Olimpiya sportiga aylandi. ⚽️ Bugun Toshkentda 2 ta Superliga o'yini ➡️ 18:00 — "Bunyodkor" — "Surxon". Yangi bosh murabbiy Ivan Boshkovichning debyuti. ➡️ 20:15 — "Paxtakor" — "Andijon". "Paxtakor" 2-o'rinda, peshqadam "Neftchi"dan 5 ochko orqada. 🍂 Teplo Autumn Fest — Yapon bog'i, 12:00–21:00. Mahalliy brendlar, jonli musiqa. 💻 Onlayn, bepul: "Raqamli forensika" — IT Park University, 17:00. EPAM mutaxassisi kiberjinoyatlar qanday tekshirilishini ko'rsatadi. 100 joy. 🎬 Ochiq osmon ostida kino — "На крыше": 16:00 "Shang-Chi", 18:20 "Diktator", 20:00 "Mister va missis Smit". 🎨 San'at Up — Gyote instituti, yosh rassomlar ko'rgazmasi. Bepul. 🎨 "Mehr nima?" — Central Park, bolalar rasmlari. Bugun so'nggi kun. 🖼 Strit-art — "Olmazor" metro atrofidagi yangi devoriy suratlar. Bepul. 🎭 Teatrlar: Milliy akademik drama — "Adolat fasli", "Behalovat koshona"; Davlat drama — "Jinlar bazmi"; Muqimiy — "Maysara". 🍿 Kinoteatrlarda: "O'rgimchak odam: yangi kun", "Odisseya", "Do'st" (Chumoli). 🎓 Talabalar, muddat! ➡️ Ijara to'lovini qoplatish — 7-sentyabrgacha kontrakt.edu.uz orqali ariza. 3 kun qoldi. 1-kurslar shartnomasiz topshirishi mumkin. ➡️ Chet tili imtihonlari (milliy sertifikat) — 13–15-sentyabr. ➡️ Korzinka: o'quv buyumlariga chegirma 8-sentyabrgacha.Imkoniyatlar: 🔬 Breakthrough Junior Challenge — 13–18 yosh, 2 daqiqalik ilmiy video, 250 000 $ stipendiya. ⏰ 15-sentyabr, 11 kun qoldi. 🚀 Startup Weekend Tashkent — 25–27-sentyabr, ro'yxat ochiq. 💻 ICT Week — 22–25-sentyabr, CAEx, tashrif bepul.
😉Bugungi imkoniyatni ertaga qoldirmang! Xo'sh bugun qaysi muzeyga borasiz? Izohda yozing 👇 🔎 Bizni kuzatishda davom eting! 🕊 Telegram | 📱 Instagram 📱 Facebook | 📺 YouTube

📢DIQQAT, HURMATLI TALABALAR! 🚌Toshkent shahrida talabalar uchun transport qatnovini yaxshilash bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazil
📢DIQQAT, HURMATLI TALABALAR! 🚌Toshkent shahrida talabalar uchun transport qatnovini yaxshilash bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazilmoqda! Toshkent shahrida transport infratuzilmasini yaxshilash hamda talabalarga qulay qo‘shimcha transport yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida talabalar o‘rtasida maxsus so‘rovnoma tashkil etildi. 📋So‘rovnomada sizdan: 💬tahsil olayotgan universitetingizni; 💬qayerdan yo‘lga chiqishingizni; 💬foydalanadigan transport turini; 💬boradigan manzilingizni; 💬yo‘lda qancha vaqt sarflashingizni ko‘rsatish; 💬zarur hollarda qo‘shimcha ma’lumot qoldirish so‘raladi. 📲So‘rovnomada ishtirok etish uchun: ➡️Telegram botga kiring: @student_codbot ⏱️So‘rovnomani to‘ldirish uchun bir necha daqiqa kifoya. ‼️Sizning javoblaringiz Toshkent shahrida talabalar uchun transport qatnovini yaxshilash va qulay yo‘nalishlarni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. ✔️Faol ishtirok eting va o‘zingiz uchun qulay transport tizimini yaratishga o‘z hissangizni qo‘shing! 👩‍🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy

#tarqatamiz #darsjadvali 👩‍🎓2026-2027 o‘quv yilining kuzgi semestri uchun Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalarining o‘quv mashg‘uloti jadvallari edupage.com sahifasida (aSc TimeTables) shakllantirildi. Videoda edupage.com sahifasidan foydalanish bo'yicha yo'riqnoma keltirilgan. ⚡️Talabalar hamda professor-o‘qituvchilar 2026-2027-o‘quv yilining kuzgi semestri o’quv mashg’ulotlari jadvali bilan https://tkti.edupage.org/timetable/ havolasi orqali tanishishlari mumkin. 1-bosqichga qabul qilingan talabalarga edupage.com sahifasida shakillantirilgan jadvallardagi o‘quv mashg‘ulotlari “1-kurs maktabi” doirasida tashkil etiladigan “Mustaqillik darslari” hamda kredit haftaligidan so'ng boshlanadi. 👩‍🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy

+3
📢1-BOSQICH TALABALARI DIQQATIGA! 👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutiga qabul qilingan 1-bosqich talabalari uchun “1-kurs maktabi” doirasida muhim tadbirlar tashkil etiladi! 🇺🇿“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasi ostida: 📚“Mustaqillik darslari” — talabalarda Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat va yurtimiz taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan ma’rifiy mashg‘ulotlar; 🎓“Kredit haftaligi” — 1-bosqich talabalariga kredit-modul tizimi, ta’lim jarayonini tashkil etish, fanlarni tanlash, kreditlarni to‘plash hamda talabaning akademik faoliyati bilan bog‘liq muhim masalalar yuzasidan zarur tushunchalar berish maqsadida o‘tkaziladi. 🗓“Mustaqillik darslari” va “Kredit haftaligi”ni o‘tkazish jadvallari bilan tanishib, o‘zingizga belgilangan sana va vaqtda tadbirlarda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz. ✨Aziz talabalar! Institutdagi ilk qadamingizni mazmunli va foydali boshlang! “1-kurs maktabi” sizga yangi ta’lim muhitiga moslashish, institut hayoti bilan yaqindan tanishish va talabalik davringizni samarali tashkil etishda muhim ko‘mak beradi. 👩‍🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy

👩‍🎓Toshkent kimyo-texnologiya instituti tomonidan buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temurning boy tarixiy merosi, hayoti
+9
👩‍🎓Toshkent kimyo-texnologiya instituti tomonidan buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temurning boy tarixiy merosi, hayoti va faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida Amir Temur muzeyiga tashrif tashkil etildi. ☄️Tashrif davomida talaba-yoshlar Amir Temur davriga oid qimmatli eksponatlar, tarixiy manbalar va madaniy meros namunalari bilan tanishib, ajdodlarimizning buyuk tarixi haqida yanada kengroq bilimlarga ega bo‘ldilar. 🔗 Bunday tashriflar yoshlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish hamda vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi. Tarixni bilish — kelajakni anglash demakdir! 👩‍🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy

🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥 VOLONTYORLAR, SIZNI SAFIMIZDA KUTAMIZ! 📣 “Yangi kurslar haftaligi” boshlandi! 👩‍🎓 Institutimizda yangi o‘qu
🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥 VOLONTYORLAR, SIZNI SAFIMIZDA KUTAMIZ! 📣 “Yangi kurslar haftaligi” boshlandi! 👩‍🎓 Institutimizda yangi o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyatda boshlash uchun bir qator qiziqarli va foydali tadbirlar tashkil etilmoqda. 👀Bu tadbirlarni yanada yorqin, tartibli va unutilmas o‘tkazishda bizga faol volontyorlar kerak! Agar siz: 🟣faol va tashabbuskor bo‘lsangiz; 🔘jamoa bilan ishlashni yoqtirsangiz; 🟣yangi tajribalar orttirishga qiziqsangiz; 🔘Institut hayotida faol ishtirok etishni istasangiz BIZNING JAMOAGA QO‘SHILING! 📍 Toshkent shahrida bo‘lsangiz, sizni volontyorlar safida ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz! ✨ Birga harakat qilamiz. Birga yaratamiz. Birga unutilmas hafta qilamiz! ✉️Volontyor bo'lishni istaganlar biz bilan bog'laningRasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling! 🌎 Veb-sayt |📲 Telegram |🖥 Instagram| 👩‍🎓 Rasmiy kanal

+3
📢 TALABALAR DIQQATIGA! 👩‍🎓Toshkent kimyo-texnologiya institutiga o‘qishga qabul qilingan 1-bosqich talabalari hamda yuqori bosqich talabalari uchun tyutorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etiladi. 📌Ushbu ma’lumot orqali siz: 💬o‘zingizga biriktirilgan guruh tyutoringizni aniqlashingiz; 💬 tyutoringiz bilan bog‘lanishingiz; 💬 institutdagi ta’lim jarayoni, ichki tartib-qoidalar va talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz; 💬tyutoringiz bilan individual uchrashuv va muloqot grafigi bo‘yicha ma’lumot olishingiz mumkin. 🎓Hurmatli 1-bosqich talabalari! Institut hayotiga moslashish, o‘quv jarayonini to‘g‘ri tashkil etish hamda sizni qiziqtirgan savollarga javob olishda tyutoringiz sizga yaqindan ko‘maklashadi. 📲O‘zingizga biriktirilgan tyutorni aniqlash uchun quyidagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqing va tyutoringiz bilan bog‘laning! 👩‍🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy

15 yillik ish stajiga ega tibbiyot xodimlarining farzandlariga kontrakt uchun subsidiya ajratiladi
Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlari endilikda oliy ta’limdagi kontrakt to‘lovining bir qismini davlat hisobidan qoplatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Buning uchun yillik to‘lov-kontrakt summasining 30 foizi, biroq BHMning 15 baravaridan oshmaydigan qismi subsidiya sifatida ajratiladi.
❗️Qarorga asosan, 2026-yil 1-yanvardan boshlab davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlari respublika hududidagi oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bo‘lsa, ularning yillik to‘lov-kontrakt summasining 30 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan oshmaydigan qismi Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi. 🖥Mazkur subsidiyadan foydalanishni istagan fuqarolar subsidiya.imv.uz platformasi orqali elektron ariza topshirishlari mumkin. 👩‍🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy

👩‍🎓Toshkent kimyo-texnologiya institutida O‘zbekiston tarixining eng murakkab va ibratli sahifalaridan biri — jadidlik hara
+5
👩‍🎓Toshkent kimyo-texnologiya institutida O‘zbekiston tarixining eng murakkab va ibratli sahifalaridan biri — jadidlik harakati hamda qatag‘on qurbonlari taqdiriga bag‘ishlangan Mustaqillik darsi tashkil etildi. 🔈Mazkur dars davomida jadid bobolarimizning millat ma’rifati, ilm-fan, ta’lim va taraqqiyot yo‘lidagi fidokorona faoliyati, shuningdek, mustabid tuzum davrida siyosiy qatag‘onlarga uchragan yurtdoshlarimizning og‘ir, ammo sharafli hayot yo‘llari haqida fikr almashildi. 🔗Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho‘lpon kabi millatparvar ajdodlarimizning hayoti va ijodi yosh avlod uchun vatanparvarlik, ma’rifat va fidoyilikning yorqin namunasidir. 👩‍🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy

🗓 Bugun poytaxtda | 4-sentyabr, Juma ☀️ Ob-havo: Toshkentda hozir havo quyoshli. Bugun Kunduzi +30°, kechasi +16°, osmon och
🗓 Bugun poytaxtda | 4-sentyabr, Juma ☀️ Ob-havo: Toshkentda hozir havo quyoshli. Bugun Kunduzi +30°, kechasi +16°, osmon ochiq. Hafta oxiri isib boradi: shanba +32°, yakshanba +34°. BUGUN TOSHKENTDA BARCHA MUZEYLAR BEPUL (8-sentyabrga qadar) 📍 Bugun uchun kerakli imkoniyatlar, deadline’lar va poytaxtdagi qiziqarli manzillar bir joyda.
🌍 Dunyoda bugun: Xalqaro taekvondo kuni — 1994-yil 4-sentyabrda taekvondo Olimpiya sportiga aylandi. ⚽️ Bugun Toshkentda 2 ta Superliga o'yini ➡️ 18:00 — "Bunyodkor" — "Surxon". Yangi bosh murabbiy Ivan Boshkovichning debyuti. ➡️ 20:15 — "Paxtakor" — "Andijon". "Paxtakor" 2-o'rinda, peshqadam "Neftchi"dan 5 ochko orqada. 🍂 Teplo Autumn Fest — Yapon bog'i, 12:00–21:00. Mahalliy brendlar, jonli musiqa. 💻 Onlayn, bepul: "Raqamli forensika" — IT Park University, 17:00. EPAM mutaxassisi kiberjinoyatlar qanday tekshirilishini ko'rsatadi. 100 joy. 🎬 Ochiq osmon ostida kino — "На крыше": 16:00 "Shang-Chi", 18:20 "Diktator", 20:00 "Mister va missis Smit". 🎨 San'at Up — Gyote instituti, yosh rassomlar ko'rgazmasi. Bepul. 🎨 "Mehr nima?" — Central Park, bolalar rasmlari. Bugun so'nggi kun. 🖼 Strit-art — "Olmazor" metro atrofidagi yangi devoriy suratlar. Bepul. 🎭 Teatrlar: Milliy akademik drama — "Adolat fasli", "Behalovat koshona"; Davlat drama — "Jinlar bazmi"; Muqimiy — "Maysara". 🍿 Kinoteatrlarda: "O'rgimchak odam: yangi kun", "Odisseya", "Do'st" (Chumoli). 🎓 Talabalar, muddat! ➡️ Ijara to'lovini qoplatish — 7-sentyabrgacha kontrakt.edu.uz orqali ariza. 3 kun qoldi. 1-kurslar shartnomasiz topshirishi mumkin. ➡️ Chet tili imtihonlari (milliy sertifikat) — 13–15-sentyabr. ➡️ Korzinka: o'quv buyumlariga chegirma 8-sentyabrgacha.Imkoniyatlar: 🔬 Breakthrough Junior Challenge — 13–18 yosh, 2 daqiqalik ilmiy video, 250 000 $ stipendiya. ⏰ 15-sentyabr, 11 kun qoldi. 🚀 Startup Weekend Tashkent — 25–27-sentyabr, ro'yxat ochiq. 💻 ICT Week — 22–25-sentyabr, CAEx, tashrif bepul.
😉Bugungi imkoniyatni ertaga qoldirmang! Xo'sh bugun qaysi muzeyga borasiz? Izohda yozing 👇 🔎 Bizni kuzatishda davom eting! 🕊 Telegram | 📱 Instagram 📱 Facebook | 📺 YouTube

👩‍🎓Toshkent kimyo-texnologiya institutida har oyning oxirgi shanba kuni institut professor-o‘qituvchilari hamda talabalar u
👩‍🎓Toshkent kimyo-texnologiya institutida har oyning oxirgi shanba kuni institut professor-o‘qituvchilari hamda talabalar uchun “Teatr kuni” deb e’lon qilinadi! 📣 Ushbu tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlarning ma’naviy-estetik dunyoqarashini yuksaltirish, teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, milliy va jahon dramaturgiyasi durdonalari bilan yaqindan tanishtirish, shuningdek, professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida mazmunli madaniy hordiqni tashkil etishdir. 🔗 Teatr — inson qalbini tarbiyalaydigan, tafakkurini boyitadigan va ezgulikka chorlaydigan san’at maskani. Shu munosabat bilan institut professor-o‘qituvchilari va talabalarini har oyning oxirgi shanbasida teatr tomoshalariga tashrif buyurishga chorlaymiz! 👩‍🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin |

#IstiqlolFarzandlari 🇺🇿 "Istiqlol farzandlari" ko'rsatuvi | 4-qsim 🔺 Nilufar ErgashevaZulfiya nomidagi Davlat mukofoti hamda Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi. 📺 Yuqori sifatda tomosha qilish #IstiqlolFarzandlari #Mustaqillik35 #Poytaxtyoshlari 🔎 Bizni kuzatishda davom eting! 🕊 Telegram | 📱 Instagram 📱 Facebook | 📺 YouTube

#IstiqlolFarzandlari 🇺🇿 "Istiqlol farzandlari" ko'rsatuvi | 3-qsim 🔺 Ma’rufjon Dilmurodov — “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni sovrindori hamda Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti yoshlar yetakchisi. 📺 Yuqori sifatda tomosha qilish #IstiqlolFarzandlari #Mustaqillik35 #Poytaxtyoshlari 🔎 Bizni kuzatishda davom eting! 🕊 Telegram | 📱 Instagram 📱 Facebook | 📺 YouTube

#IstiqlolFarzandlari 🇺🇿 "Istiqlol farzandlari" ko'rsatuvi | 2-qsim 🔺 Oyshaxon Qodirova — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi, bionika fani yosh olimasi hamda Ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish fondi xodimi. 📺 Yuqori sifatda tomosha qilish #IstiqlolFarzandlari #Mustaqillik35 #Poytaxtyoshlari 🔎 Bizni kuzatishda davom eting! 🕊 Telegram | 📱 Instagram 📱 Facebook | 📺 YouTube

#IstiqlolFarzandlari 🇺🇿 "Istiqlol farzandlari" ko'rsatuvi | 1-qsim 🔺 Sevara Tulanova“Kelajak bunyodkori” medali sohibi, xalqaro tanlovlar laureati hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi. 📺 Yuqori sifatda tomosha qilish #IstiqlolFarzandlari #Mustaqillik35 #Poytaxtyoshlari 🔎 Bizni kuzatishda davom eting! 🕊 Telegram | 📱 Instagram 📱 Facebook | 📺 YouTube

⚡️ Tez kunda — “Istiqlol farzandlari” 🇺🇿 Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi tomonidan “Istiqlol farzandlari” nomli maxsus ko‘rsatuv tayyorlandi. 🇺🇿 Mustaqillik avlodi, ularning bugungi qarashlari va kelajak sari intilishi — tez kunda “Poytaxt yoshlari”da. #IstiqlolFarzandlari #Mustaqillik35 #Poytaxtyoshlari 🔎 Bizni kuzatishda davom eting! 🕊 Telegram | 📱 Instagram 📱 Facebook | 📺 YouTube

🚗 Avtomaktabda o‘qish xarajatingiz uchun 3,2 mln so‘mgacha subsidiya olishingiz mumkinligini bilarmidingiz? 🗣 Ijtimoiy reye
🚗 Avtomaktabda o‘qish xarajatingiz uchun 3,2 mln so‘mgacha subsidiya olishingiz mumkinligini bilarmidingiz? 🗣 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning 16–30 yoshdagi (31 yoshga to‘lmagan) a’zolari “A”, “B”, “D” yoki “DE” toifalaridan biri bo‘yicha haydovchilik kursida o‘qish xarajatlari uchun 8 BHMgacha subsidiya so‘rab murojaat qilishi mumkin.
✅ Subsidiya ma’qullansa, uning 50 foizi 7 ish kuni ichida shartnoma asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtomaktab hisobiga o‘tkaziladi. ➡️ Qolgan 50 foizi esa ariza berilgan kundan boshlab 1 yil ichida milliy haydovchilik guvohnomasi olingan taqdirda, fuqaroning ijtimoiy kartasiga o‘tkaziladi.
📲 Arizani: — Davlat xizmatlari markazi; — my.gov.uz; — Yoshlar yagona elektron platformasi orqali topshirish mumkin.
⚠️ Muhim: Subsidiya bir yoshga faqat bir marta beriladi. 🔗 Ariza topshirish — my.gov.uz 📄 Huquqiy asos — VMQ 312-son, Lex.uz 😉 “Prava” olishni rejalashtirayotgan do‘stingizga yuborib qo‘ying. #1daqiqada #foydali #poytaxt_yoshlari 🔎 Bizni kuzatishda davom eting! 🕊 Telegram | 📱 Instagram 📱 Facebook | 📺 YouTube

#eslatma 🔈 E'LON ❗️ Hurmatli professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar! 🌟 Ish jarayonlarini raqamlashtirish doirasida
#eslatma 🔈 E'LON ❗️ Hurmatli professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar! 🌟 Ish jarayonlarini raqamlashtirish doirasida qog'ozdan foydalanishni kamaytirish maqsadida institutimizda har oyning oxirgi juma kuni "Qog‘ozsiz bir kun" ekoaksiyasi o‘tkaziladi Mazkur ekoaksiya doirasida: — hujjatlar imkon qadar elektron shaklda yuritiladi; — hujjatlar almashinuvida qog‘ozdan foydalanish minimallashtiriladi; — ortiqcha chop etishdan voz kechilib, elektron hujjat aylanishi tizimidan keng foydalaniladi; — resurslardan oqilona foydalanish va ekologiyani asrashga hissa qo‘shiladi. 🌿 "Qog‘ozsiz bir kun" ekoaksiyasida barchangizni faol ishtirok etishga chorlaymiz! Birgalikda qog‘oz sarfini kamaytiraylik, raqamli boshqaruvni qo‘llab-quvvatlaylik va yashil kelajak sari qadam tashlaylik! 👩‍🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy