en
Feedback
Surxon ATX

Surxon ATX

Open in Telegram

Yangi telegram sahifamiz ⬇️ ⬇️ ⬇️ https://t.me/+-BMU3ZWNXlJmMGMy

Show more
728
Subscribers
No data24 hours
-37 days
-2330 days
Posts Archive
Хурматли Харидорлар !!! КОБАЛТ автомашинаси учун Онлайн шартнома олган мижозлар, шартнома тузилган кундан бошлаб, 7 (етти) ку
Хурматли Харидорлар !!! КОБАЛТ автомашинаси учун Онлайн шартнома олган мижозлар, шартнома тузилган кундан бошлаб, 7 (етти) кун ичида автомашина нархини 50 % тўловини шартноманинг 2.2 банди курсатилган хисоб ракамга амалга оширинг. Акс холда шартномангиз бекор қилинади !!! Маълумот учун Термиз шахридаги Микрокредитбанк, Агробанк, Асакабанк ва Алоқабанк филиаллари туловларни фоизсиз қабул қилади. Мурожаат учун : 📞 +998762218957

Chevrolet Cobalt, Damas va Labo avtomobillarining 2024 yildagi ichki bozorga yoʻnaltirilgan hajmi uchun kontraktatsiya yakunl
Chevrolet Cobalt, Damas va Labo avtomobillarining 2024 yildagi ichki bozorga yoʻnaltirilgan hajmi uchun kontraktatsiya yakunlandi

Chevrolet Cobalt avtomobillarining 2024-yildagi butun hajmi uchun shartnomalar tuzildi! Hurmatli mijozlar, 26-dekabr soat 20:
Chevrolet Cobalt avtomobillarining 2024-yildagi butun hajmi uchun shartnomalar tuzildi! Hurmatli mijozlar, 26-dekabr soat 20:30 holatiga ko‘ra, Chevrolet Cobalt, Damas va Labo avtomobillari uchun jami 98.3 mingdan ortiq shartnomalar tuzildi. Ularning 95 foizi Chevrolet Cobalt avtomobiliga tuzilgan. Chevrolet Cobalt avtomobillarining kontraktatsiyada mavjud butun hajmi uchun shartnomalar tuzilganligini ma’lum qilamiz. Ayni paytda “UzavtoSavdo” onlayn-savdo tizimi orqali “Damas” va “Labo” avtomobillariga shartnoma tuzish imkoniyati mavjud.

O‘zbekistonda avtomobil sotish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi O‘zbekiston Respublikasida yangi avtotransport vositalar
O‘zbekistonda avtomobil sotish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi O‘zbekiston Respublikasida yangi avtotransport vositalarini chakana sotish tartibini yanada takomillashtirish hamda iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 25 dekabrdagi 683-sonli qarori e’lon qilindi. Unga ko‘ra, unga ko‘ra, sotuvchi oldi-sotdi shartnomasini tuzishda barcha iste’molchilarga teng imkoniyatlarni yaratadi. Hukumat qaroriga binoan, agar bozorda ustun mavqega ega sotuvchida o‘zi tomonidan ishlab chiqarilgan avtotransport vositasini sotishda ichki bozordagi talabni qondirish imkoniyati mavjud bo‘lmaganda, bir shaxs bilan 12 oy davomida avtotransport uchun ikkitadan ortiq shartnoma tuzilganda, sotuvchi keyingi 12 oy mobaynida ushbu mahsulot uchun qayta shartnoma tuzishdan bosh tortish huquqiga ega. “O‘zavtosanoat” AJ Qaror loyihasini ishlab chiqishda ishtirok etganlardan biri sifatida ushbu qarorni avtomobilni o‘zi uchun sotib olayotgan xaridorlarning huquqlarini ta’minlashda o‘z vaqtida qilingan muhim qadam deb hisoblaydi.

Kontraktatsiya ochilgan vaqtdan boshlab, 25-dekabr soat 19:40 holatiga ko‘ra, UzAutoSavdo platformasidan foydalangan holda ja
Kontraktatsiya ochilgan vaqtdan boshlab, 25-dekabr soat 19:40 holatiga ko‘ra, UzAutoSavdo platformasidan foydalangan holda jami 31 500 dan ortiq shartnomalar muvaffaqiyatli tuzildi. UzAutoSavdo onlayn-savdo tizimi 7 000 ta kiberhujum kuzatildi. Umuman olganda, tizimda ushbu vaqt oralig‘ida 3 milliondan ortiq faol seanslar qayd etilgan. Shuningdek, ish vaqti tugaganligi sababli shartnoma tuzish jarayoni vaqtincha to‘xtatildi. Onlayn kontraktatsiya 26-dekabr kuni soat 10:00 da qayta tiklanadi.

Ommabop avtomobillar uchun onlayn kontraktatsiya bugun, 25-dekabr kuni soat 14:00 da ochiladi. E’tibor qarating, tizim xavfsizligini ta’minlash uchun onlayn kontraktatsiya faqat savdo.uzavtosanoat.uz (https://savdo.uzavtosanoat.uz/) sayti orqali amalga oshiriladi.

UzAuto Motors UzavtoSavdo faoliyatini qayta tikladi UzavtoSavdo tizimiga avtomobillar uchun kontraktatsiya boshlangandan so‘n
UzAuto Motors UzavtoSavdo faoliyatini qayta tikladi UzavtoSavdo tizimiga avtomobillar uchun kontraktatsiya boshlangandan so‘ng qilingan davomli kiberhujumlar, avtorizatsiya so‘rovlarini qayta ishlashda muammolarni yuzaga keltirdi. Bu o‘z navbatida, onlayn savdo tizimining to‘liq bloklanishiga olib keldi. Onlayn shartnomalarni rasmiylashtirish jarayonida ishtirok etadigan bir qator tizimlar ishlamay qolgan paytdan boshlab, UzAuto Motors va tegishli tuzilmalar mutaxassislari tomonidan “UzavtoSavdo” tizimidagi nosozliklarni bartaraf etish va ishlashini ta’minlash bo‘yicha texnik ishlar amalga oshirildi. Savdo tizimini qayta tiklash ishlari yakunlandi. Kontraktatsiya uchun Chevrolet Cobalt, Damas va Labo avtomobillarining rejalashtirilgan butun hajmi sotuvda mavjud bo‘ladi. Shu bilan birga, qolgan boshqa avtomobil modellari uchun kontraktatsiya doimgidek tartibda amalga oshiriladi.

Hurmatli xaridorlar! UzAutoSavdo platformasi faoliyatida texnik nosozlik sababli uzilishlar kuzatilmoqda. UzAuto Motors mutax
Hurmatli xaridorlar! UzAutoSavdo platformasi faoliyatida texnik nosozlik sababli uzilishlar kuzatilmoqda. UzAuto Motors mutaxassislari tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda. Tushunganligingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.

UzAuto Motors Chevrolet Cobalt, Damas va Labo avtomobillari uchun kontraktatsiya ochilishini ma’lum qiladi Hurmatli avtomobil
UzAuto Motors Chevrolet Cobalt, Damas va Labo avtomobillari uchun kontraktatsiya ochilishini ma’lum qiladi Hurmatli avtomobil ixlosmandlari, Bugun, 12:00 da 2024-yil ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan Chevrolet Cobalt, Damas va Labo avtomobillarining butun hajmi uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi. Avtomobil xarid qilish uchun shartnomani faqat onlayn tarzda rasmiylashtirish mumkin. E’tibor qarating, shu kunlarda barcha Chevrolet dilerlik markazlari savdo tizimidan o‘chiriladi va avtosalonlarning barchasi yopiq bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, Chevrolet ommabop avtomobillari uchun shartnoma tuzish faqat UzAutoSavdo ilovasi ((iOS/Android), shuningdek savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshirilishi mumkin. Telegram-bot faqat navbatni kuzatish xizmatini hamda mavjud avtomobillar haqida ma’lumotni taqdim etadi. 📞+998-76-221-89 57

Hurmatli Haridorlar !!! Agar "UzAutoSavdo" ilovasiga kirishda yoki shartnoma olishda muammo bo'lsa, unda siz PlayMarket dan "
Hurmatli Haridorlar !!! Agar "UzAutoSavdo" ilovasiga kirishda yoki shartnoma olishda muammo bo'lsa, unda siz PlayMarket dan "UzAutoSavdo" ilovasini yangilangan versiyanisi yuklab, o'rnatib oling…

CHEVROLET ONIX автомобилини позициялари, техник таснифи ва нархлари…
CHEVROLET ONIX автомобилини позициялари, техник таснифи ва нархлари…

Hurmatli Haridorlar !!! Avtomobilni onlayn xarid qilish bo‘yicha shartnoma tuzish uchun mijozlar quyidagilarni amalga oshirishlari lozim: 1.          OneID tizimidan ro'yxatdan o'tish; 2.          Telefonga "UzAutoSavdo" ilovasini yuklab olish ((iOS/Android), savdo.uzavtosanoat.uz. saytiga kirishi kerak; 3.          OneIDdagi parol yoki login yordamida sayt/ilovadan ro'yxatdan o'tish; 4.          Avtomobil modeli, rangi va komplektatsiyasi hamda ma'qul kelgan dilerlik markazini tanlagan holda, shartnoma tuzish kerak bo'ladi…

photo content

​​Xaridorlar diqqatiga: kontraktatsiya ochilish kuni tez kunlarda e’lon qilinadi Hurmatli xaridorlar, Bugun, 18-dekabr kuni ommabop avtomobillarni xarid qilish uchun shartnomalar ochilishi mumkinligi bo‘yicha tarqalgan ma’lumotlarga ishonmang. UzAuto Motors rasmiy kanallarida kontraktatsiya boshlanishining aniq sanasi to‘g‘risida xabar beriladi. 👉 BATAFSIL

UzAvtosavdo ilovasi yoki savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali Chevrolet avtomobillari uchun ONLAYN shartnomani rasmiylashtirish tartibi. Мурожаат учун : ☎️ +99871 205 50 52 +99876 221 89 57

#ДИҚҚАТ_ОГОҲЛАНТИРИШ ❗️“UzAuto Motors” барча харидорларга огоҳлантириш билан чиқди! Салонларда автомобилни сақлаш муддати дил
#ДИҚҚАТ_ОГОҲЛАНТИРИШ ❗️“UzAuto Motors” барча харидорларга огоҳлантириш билан чиқди! Салонларда автомобилни сақлаш муддати дилерлик марказига етказиб берилгандан сўнг 5 иш кунидан ошмаслиги керак экан. Агар харидор ушбу муддат ичида ўз автомобилини дилерлик марказидан олиб кетмаса,  компания автомобилни навбат тартиби асосида кейинги мижозга беришга мажбур бўлади. Шунингдек, агар 2023 йилда ишлаб чиқарилган автомобилни келгуси йилнинг 1 январидан кейин олиб кетилса, унинг ишлаб чиқариш йили ўзгариши қабилидаги миш-мишларга ишонмаслигингизни тавсия қиламиз. Тарқатиб, барча одамларни огоҳлантириб қўйинглар.

​​❗️Xaridorlar diqqatiga: Shaxsiy ma’lumotlaringizni uchinchi shaxslarga bermang! UzAuto Motors kompaniyasi oʻz mijozlaridan hushyor boʻlishni va shaxsiy maʼlumotlarini, ayniqsa, davlat portalidagi shaxsiy maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga bermaslikni soʻraydi. Onlayn shartnoma tizimi barcha uchun mutlaqo bepul va tizimda hech kim uchun qandaydir alohida kirishni ta’minlaydigan imkon yo‘q. Bundan tashqari, sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz firibgarlik bilan bog‘liq holatlar yoki boshqa bir nomaqbul harakatlar uchun foydalanilishi mumkin. Agarda shartnoma tuzish uchun shaxsiy ma’lumotlaringizni uchinchi shaxslarga topshiradigan bo‘lsangiz, UzAuto Motors xaridor oldida hech qanday javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi Batafsil

❗️ Вниманию покупателей: не передавайте свои персональные данные третьим лицам! Компания UzAuto Motors просит своих клиентов быть бдительными и не передавать свои персональные данные данные третьим лицам, и тем более данные от вашего личного кабинета на государственном портале. Система онлайн контрактации доступна каждому желающему совершенно бесплатно и в системе ни для кого не предусмотрен никакой особый доступ . Более того, вашими персональные данные могут быть использованы для мошеннических схем или других нежелательных действий. В случае передачи вами персональных данных третьим лицам для заключения контракта, компания UzAuto Motors никакой ответственности перед покупателем не несет. Подробнее