cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Oʻqituvchilar uchun

Bizning kanal maktablardagi oʻqituvchilarning muammolarini mutasaddilarga yetkazuvchi koʻprikdir... Admin bilan bogʻlanish: @Pedagoglarga_admin

Show more
Advertising posts
12 095
Subscribers
-1024 hours
-607 days
-28330 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
1 июндан олий маълумотли боғча педагогларининг маоши ошди, аммо бу ҳаммага ҳам татбиқ этилмади 2024 йил 1 июндан давлат боғчаларида ишловчи олий маълумотли педагог ходимларнинг маоши оширилиши белгиланганди. Бироқ жисмоний тарбия, мусиқа фанидан дарс берувчиларнинг иш ҳақи кўтарилмай қолди. Вазирлик бунга уларнинг педагог тоифасида эмаслигини сабаб сифатида кўрсатди. 👉 https://kun.uz/kr/18593758 Kun.uz расмий канали
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Nega Prezident maktablari imtihonida javoblar qalamda yoziladi, ruchkada emas?JAVOB: Kecha, 7-iyul kuni yurtimizdagi Prezident maktablarida imtihonlar bo‘lib o‘tdi. Bir necha yildan buyon bo‘ladigan ushbu imtihon jarayonlarida har yili ota-onalar nima uchun o‘quvchilar javoblarni qalamda bo‘yayotganiga qiziqishadi va buni hattoki korrupsiya alomati deb o‘ylashadi. Garchi har yili bunga tushuntirish berilsada, o‘ylaymanki, yana bir bor izoh berish zarar qilmaydi. Gap shundaki, Prezident maktablariga kirish imtihonlarini Buyuk Britaniyaning Cambridge Assessment tashkiloti o‘tkazadi. O‘zlari savol tuzadi, javoblarni ham o‘zlari yig‘ib oladi, o‘zlari tekshirib, natijalarini saytida chiqaradi. Javoblarni qalamda belgilash talabi aynan Cambridge Assessment tashkiloti tomonidan qo‘yilgan. Biznikilar oladigan imtihonlarning barchasida ruchka ishlatiladi. ❓Nega qalam talabi qo‘yilgan? Chunki bu psixologlarning talabi va tavsiyasi. Ruchka ishlatish yosh bolalarning ruhiyatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin, sababi xato qilib qo‘ysa, ruchkani o‘chirib bo‘lmaydi, bu esa bolalarda stressni keltirib chiqaradi, xato qilishdan qo‘rqib qoladi. Shu sababli nafaqat Britaniya, balki dunyoning ko‘plab davlatlaridagi maktablarda qalamdan foydalanish qabul qilingan. Ayniqsa boshlang‘ich sinflarda. Chunki qalam bolalarga erkinlik va xotirjamlik beradi. Agar xorij filmlariga e’tibor bersangiz, talabalar va hattoki katta yoshli insonlar ham ko‘pincha qalamda yozayotganiga guvoh bo‘lishingiz mumkin. Umuman olganda bizda ham, hech bo‘lmasa, boshlang‘ich sinflarda qalamdan foydalanishga o‘tish kerak. Shunaqa madaniyatni shakllantirishimiz lozim. Ruchkani butunlay taqiqlash kerak. Xullas, ushbu jumboqning javobi shunaqa. Qalam ishlatishda qanaqadir korrupsiya yoki qing‘irlik maqsadi yo‘q. 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
00:56
Video unavailableShow in Telegram
⚡️ 2024-2025-yilgi qabul jarayonida magistratura mutaxassisliklari uchun imtihonlar o'tkazilmaydi Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi brifingida ma’lum qilindi. 📋 Talabgorlar diplom balli va chet tili sertifikatlari asosida qat'iy saralanadi. Avval diplom ball, keyin chet tili sertifikati ustunligi ko'rib chiqiladi. 🗓 2024-2025-yilgi qabul jarayonida magistratura mutaxassisliklari uchun talabgorlar o'qish javoblari 20-avgustga qadar e'lon qilinadi. 📌 Eslatib o‘tamiz, hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy http://magistr.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi. ➡️ Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin. 👉 Magistraturaga hujjat topshirishda talab etiladigan sertifikatlar darajalari bo‘yicha ro‘yxati @T_Nurmetov
Show all...
IMG_7453.MP410.62 MB
❗️“Maktabgacha va maktab ta'limi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-98-son, 02.07.2024 y.) Faoliyati tugatilayotgan Maktabgacha taʼlim agentligining 66 ta shtat birliklari quyidagicha taqsimlandi: 39 tasi — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining markaziy apparatiga; 14 tasi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalariga; 13 tasi — hududiy pedagogik mahorat markazlarining metodik xizmat koʻrsatish boʻlimlariga berildi. Agentlik joylashgan bino Ijtimoiy himoya milliy agentligiga berildi. Farmon bilan Prezident va Hukumatning ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan. Shu jumladan, oilaviy va davlat-xususiy sherikchilik asosida tashkil etilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatiga oid bandlarga ham oʻzgartirishlar kiritilgan. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Show all...
PF-98 Maktabgacha ta`lim agentligini tugatish.pdf4.98 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Мактабгача таълим агентлиги фаолияти тугатилди Агентликнинг ташкилий тузилмасидаги ташкилотлар Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги тасарруфига ўтказилди. 👉 https://kun.uz/kr/10215147 Kun.uz расмий канали
Show all...
❗️Ўқитувчиларни болаларни рўйхатга олишга жалб қилиш мумкинми? @Yurist_Xizmati 4581-савол: Ассалому алейкум. Мен мактабда рус тили укитувчиси булиб ишлайман. Мактаб укитувчиларига илмий мудир томондан "ХУДУДИЙ БУЛАК" деб номланган дафтари берилиб уйма уй юриб ахоли, мактабга келадиган болалар маьлумоти ёзиб чикиш топшириги берилган. САВОЛИМ: укитувчи мажбурми уйма уй юриб ахоли, мактабга келадиган болалар хакида маьлумот йигишга??? Бизга мактабда бу иш хар бир укитувчини вазифаси дейилган. Шу канчалик конунан тугри? ЮРИСТ ЖАВОБИ: 🙅‍♂ Бу мажбурий меҳнат эмас. ❌ Педагогнинг мақоми тўғрисидаги қонун 5-моддасига мувофиқ педагогни касбий фаолияти билан боғлиқ бўлмаган ишларга жалб қилиш тақиқланади. ☝️Эътибор берган бўлсангиз, қоидада касбий фаолиятга боғлиқ бўлмаган ишларга дейилган. Бунда ҳудудларни ободонлаштиришга ва қишлоқ хўжалиги ишларига жалб қилиш, аҳолининг солиқлар, коммунал тўловлар, кредитлар ва бошқа қарздорлиги тўғрисидаги маълумотларни, битирувчиларнинг бандлиги таъминланганлиги ҳақидаги ҳисоботларни шакллантиришини ва тақдим этишини талаб қилиш ва бошқалар педагогни касбий фаолияти билан боғлиқ бўлмаган ишлар тоифасига киради. Энди қаранг! Вазирлар Маҳкамасининг 2017 йил 15 мартдаги 140-сон қарори билан тасдиқланган “Умумтаълим мактаби тўғрисида”ги низомнинг 39-бандига кўра мактаб ёшидаги болаларни умумий ўрта таълимга қамраб олиш туман (шаҳар) ҳокимликларининг қарори билан умумтаълим муассасаларига бириктирилган ҳудудлар (микроҳудуд) доирасида умумтаълим муассасаси томонидан рўйхатга олиш орқали амалга оширилади. Бунда бириктирилган ҳудудлар (микроҳудуд) доирасида доимий яшаш ва вақтинча турган жойи бўйича рўйхатга олинган ва ҳақиқатда яшовчи оила фарзандлари инобатга олинади. ☝️Эътибор берган бўлсангиз, болалар умумтаълим муассасаси томонидан рўйхатга олиниши белгиланган. ✅ Шунга кўра бу масалада мактаб директор бу вазифани бажариш учун мактаб ходимларни жалб қилишга ҳақли. Бунда Умумий ўрта таълим муассасалари (айрим фанлар чуқур ўрганиладиган ихтисослаштирилган муассасалар) ходимларининг лавозим мажбуриятларини тасдиқлаш ҳақидаги Мактабгача ва мактаб таълими вазирининг 2023-йил 20 - декабрдаги 565-сонли буйруғига 37-илова асос бўлади. 📩 Юристга савол юбориш ☎️ Қўнғироқ орқали юрист билан ҳозироқ онлайн боғланиш 📚Барча турдаги ҳужжатларга буюртма бериш Каналимизга уланинг                 👇👇 👉 @Yurist_Xizmati‌‌
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#gerb Bugun 2-iyul – O‘zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi qabul qilingan kun. 1992-yil 2-iyulda “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan. Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇 Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
Show all...
00:57
Video unavailableShow in Telegram
🇺🇿O‘zbekiston milliy valyutasi — 30 yoshda! 1994-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi “so‘m” muomalaga kiritilgan. Milliy valyuta davlatning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlovchi, uning o‘zligini aks ettiruvchi, dunyoga tanituvchi muhim davlat ramzi hisoblanadi. Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇 Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
Show all...
30 yil so'm 720p.mp420.86 MB
⚡️Tez kunda magistraturaga qabul boshlanadi ▶️ Yaqin kunlarda respublika davlat OTMlari magistratura mutaxassisliklariga hujjatlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish boshlanadi. ✔️ 2024/2025-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy http://magistr.edu.uz platformasi orqali amalga oshiriladi. ➡️ Magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, Prezident Farmoni bilan magistratura va doktoranturaga ayrim yo’nalishlarda xorijiy til bilish sertifikati darajasi pasaytirilgan edi. 👉 Magistraturaga hujjat topshirishda talab etiladigan sertifikatlar darajalari bo‘yicha ro‘yxati 👉 Sertifikatlarning yangi ro‘yxati
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Qadrli yoshlar, ertamiz egalari! Barchangizni bugungi katta bayram — “30 iyun — Yoshlar kuni” munosabati bilan samimiy tabriklayman. Katta faxr va iftixor bilan ta’kidlashim o‘rinliki, so‘nggi yillarda mamlakatimiz yoshlari jonajon O‘zbekistonimiz kelajagini bunyod etishda faol ishtirok etib kelmoqda. Ayniqsa, maktabgacha va maktab ta’limi sohasida olib borilayotgan islohotlar, yangi g‘oya va kreativ ta’lim dasturlarini amaliyotga joriy etishda tizimda faoliyat olib borayotgan minglab yosh pedagog va mutaxassislarning o‘rni katta. Aziz yoshlar! Bugungi kunda oldimizga qo‘yilgan sohadagi ulkan maqsadlarga erishishda g‘ayrat-shijoatli, intellektual salohiyati yuksak, har qanday vaziyatda ham hech ikkilanmay mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga o‘zida kuch va bilim topa oladigan sizlardek yosh yigit-qizlarga doimo suyanamiz hamda sizlarga to‘la ishonamiz. Sizlarni yana bir bor bugungi katta shodiyona bilan qutlagan holda, barchangizga ulkan zafarlar, oldingizga qo‘ygan maqsadlarga yetishishingizda omad tilab qolaman. Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.