en
Feedback
Ziyolilar kanali

Ziyolilar kanali

Open in Telegram

𝐗𝐚𝐥𝐪 𝐭𝐚'𝐥𝐢𝐦𝐢 𝐱𝐨𝐝𝐢𝐦𝐥𝐚𝐫𝐢 𝐮𝐜𝐡𝐮𝐧! Maqola, ma'ruza va fotolavhalar uchun murojaat: @Ziyolilar_uchun_bot 📚 Yillik konspektlar; 📚 Dars ishlanmalar; 📚 Test toplami; 📚 Medialar va tarqatmalar, ko'rgazmalar.

Show more
1 846
Subscribers
+124 hours
+387 days
+4930 days
Posts Archive
🌅 Хайрли тонг! Chivin сизни нега танлайди? Ҳаётда баъзи нарсалар биз назар ҳам солмаган жойдан келади — ҳатто майда бир чиви
🌅 Хайрли тонг! Chivin сизни нега танлайди? Ҳаётда баъзи нарсалар биз назар ҳам солмаган жойдан келади — ҳатто майда бир чивин ҳам сизни бежиз танламайди. 🦟 У 50 метр узоқликдан нафасингиздаги карбонат ангидридни сезади ва тўғри сизни топиб келади. Демак, сиз шунчалар «яшаётган», нафас олаётган, ҳаётга тўлиқ иштирок этаётган инсонсиз! Бугун ҳам тўла нафас олинг — ҳаётни бутун вужудингиз билан ҳис этинг. Хайрли тонг! ☀️

❗Kamida B2 sertifikatiga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilari bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkin Bu haqdagi
❗Kamida B2 sertifikatiga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilari bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkin Bu haqdagi Hukumat qarori loyihasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan jamoatchilik muhokamasiga qo’yildi. Muhokama jarayoni 12-avgustga qadar davom etadi. Avvalroq kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan pedagoglarga 2026/2027-o‘quv yili boshlanguniga qadar imkoniyat berilishi ma’lum qilingandi. ❓O’zi nima bo’lyapti? ➖ 2021-yilda Hukumat qaror qabul qilib, maktablarda xorijiy tildan dars beradigan o’qituvchilar kamida B2 darajadagi sertifikatga (milliy yoki xalqaro, farqi yo’q) ega bo’lsin, deya belgiladi; ➖ O’qituvchilarga sertifikat olish uchun 3 yil vaqt ham berildi. Ya’ni qaysidir maktab o’qituvchisi sertifikat olmagan bo’lsa, unda tayyorlanish uchun 3 yil muddati bor edi; ➖ Va yana qaysi o’qituvchida sertifikat bo’lsa, qo’shimcha ustama bilan rag’batlantiriladigan bo’ldi, ya’ni ustozlarni quruq majburlamasdan, moddiy motivatsiya ham berildi; ➖ Oradan 3 yil o’tdi. 2024-yil sentyabrga kelib, minglab o’qituvchilar “biz sertifikat olmadik, endi bizni ishdan haydashadimi?” deya e’tiroz bildirishdi; ➖ Hukumat “xo’p” dedi va muddatni yana 1 yilga uzaytirib berdi; ➖ Oradan 1 yil o’tdi. 2025-yil sentyabr oyiga kelib, yana minglab o’qituvchilar “biz sertifikat olmadik, endi bizni ishdan haydashadimi?” deya e’tiroz bildirishdi; ➖ Hukumat yana muddatni uzaytirdi: 2026-yil 1-yanvarga qadar; ➖ Yil yakuniga borib, yana minglab o’qituvchilar “biz sertifikat olmadik, endi bizni ishdan haydashadimi?” deya e’tiroz bildirishdi; ➖ Hukumat yana muddatni uzaytirdi. 2026-yil sentyabrga qadar; ➖ shunda qaror chiqqan 2021-yildan hisoblasak, maktabdagi xorijiy til o’qituvchilari uchun kamida B2 daraja sertifikat olish uchun 5 yil vaqt berilgan bo’ladi; ➖ sentyabrgacha ko’p vaqt qolmadi, ko’ramiz, buyog’iga nima bo’lar ekan. 👉 @xushnudbek 👈

#Диққат 📚 ‼️ B2 сертификатига эга бўлмаган хорижий тил ўқитувчилари ишдан бўшатилиши мумкин. 📄 Жамоатчилик муҳокамасига қўй
#Диққат 📚 ‼️ B2 сертификатига эга бўлмаган хорижий тил ўқитувчилари ишдан бўшатилиши мумкин. 📄 Жамоатчилик муҳокамасига қўйилган ҳукумат қарори лойиҳасига кўра, тегишли B2 даражадаги миллий ёки халқаро сертификатга эга бўлмаган хорижий тил ўқитувчилари билан меҳнат шартномаси бекор қилиниши мумкин. 📌 Эслатиб ўтамиз, ушбу талабни бажариш муддати педагоглар ва жамоатчилик мурожаатлари асосида бир неча марта узайтирилган эди. Хорижий тил ўқитувчиси бўлган яқинларингизга ҳам юбориб қўйинг.Канал👉 @mutaxassislarga

Шу шеърни бир эшитсангиз🌹 Ҳаётга, яшашга бўлган қизиқишингиз ошади🌹 https://t.me/oila_baxti_uchun

#tavsiya ✈️ Premium olishni bilmaydiganlar uchun tavsiya ➡️ @PremiumBot Men shu botdan olaman doim, siz ham sinab koʻring ancha oson @mutaxassislarga

#Eslatma #Qabul2026 #Ikkinchi_mutaxassislik ⚡️ Namangan davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun ikkinchi va undan ke
#Eslatma #Qabul2026 #Ikkinchi_mutaxassislik ⚡️ Namangan davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi taʼlimga (ikkinchi mutaxassislik) hujjat topshirish davom etmoqda! 🔺 2026/2027 oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlimga (ikkinchi mutaxassislik) talabgorlar hujjat topshirishlari uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona ta’lim xizmatlari portali my.edu.uz orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari lozim. ❗️Ikkinchi mutaxasislikka qabul joriy yilning 10-avgust kuniga qadar davom etadi.
▪️Bunda nomzodlar platformada: ➖oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi; ➖diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi; ➖hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.
👍 Namangan davlat universitetining quyidagi yo‘nalishlariga ikkinchi mutaxassislik uchun qabul davom etmoqda:
😊 Kunduzgi (o‘zbek tili) ta’lim shakli bo‘yicha yo‘nalishlar: 🔸 Yurisprudensiya; 🔸 Psixologiya; 🔸 Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili; 🔸 Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili; 🔸 Tarix.
😊 Kunduzgi (rus tili) ta’lim shakli bo‘yicha yo‘nalishlar: 🔸 Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili.
😊 Kechki (o‘zbek tili) ta’lim shakli bo‘yicha yo‘nalishlar: 🔸 Axborot tizimlari va texnologiyalari; 🔸 Soliqlar va soliqqa tortish; 🔸 Bank ishi; 🔸 Buxgalteriya hisobi; 🔸 Iqtisodiyot; 🔸 Psixologiya; 🔸 Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili; 🔸 Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili; 🔸 Tarix.
😊 Kechki (rus tili) ta’lim shakli bo‘yicha yo‘nalishlar: 🔸 Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili.
😊 Masofaviy (o‘zbek tili) ta’lim shakli bo‘yicha yo‘nalishlar: 🔸 Turizm va mehmondo‘stlik; 🔸 Sun’iy intellekt; 🔸 Axborot xavfsizligi 🔸 Axborot tizimlari va texnologiyalari; 🔸 Menejment; 🔸 Bank ishi; 🔸 Iqtisodiyot; 🔸 Psixologiya.
☝️Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. 📹 Ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnomaCall markaz raqami: +998692395006 🏪 Ish vaqti: 09:00dan 18:00gacha Namangan davlat universiteti Axborot xizmati
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube

Кўпчилик билмайдиган тушунтириш хатининг сари 👇 https://telegram.me/joinchat/AAAAAEC3FZ6kdZ99w4BwBg

⚡️O’ninchi kun natijalari e’lon qilindi 2026-yil 23-iyul kuni o‘tkazilgan davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi. ✅ Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin: 1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi Telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: 👉@bmba_natija_bot 👉@bmba_natija_1bot 👉@bmba_natija_2bot

Беморликни чақирувчи сўзлар Немис психотерапевти( келиб чиқиши Эронлик бўлган) Нусрат Пезешкиан биринчилардан бўлиб, айнан қандай сўзлар инсонда касалликни келтириб чиқаришини исботлаб берган. Инсоннинг ўз ички руҳий ахволидан келиб чиқиб айтадиган сўзлари ўзининг саломатлигига сингиб борар экан. Инсон физиологик органлари ишига бевосита таъсир қилувчи сўзлар-органик нутқ ҳам деб аталади. Қанчалик бақувват бўлманг, ўзингизга айтилган қуйидаги сўзлар саломатлигингизга путур етказади. Баъзи пайтларда маълум қийинчиликлар ичига кириб бориб, ғазаб, жахл, нафрат билан айтган сўзларимиз органларимизга буйруқ, команда бериш кўринишида бажариб,  маълум аъзолар ишини изидан чиқарар экан. 1.Барчаси мени бўйнимда, муаммолар мени бўйнимда деганларда- остеохондроз ривожланиши 2. Барчаси жонимга тегди деганларда- ўсмалар ривожланиши 3. Юрагимга қаттиқ олдим деганларда- юрак инфаркти ривожланиши 4. Менга муаммолар  бош оғриғи бўлди деганларда- мигрень ривожланиши 5. Қонимни ичди деганларда- қон касалликлари ривожланиши 6. Сабр косам тўлди деганларда-гипертония ривожланиши 7. Эшитгим келмайди, ўчир деганларда- гаранглик ривожланиши 8. Асабимни синама деганларда- депрессия ривожланиши 9.Ҳаётимда қувонч йўқ деганларда- жигар, ўт қопи касалликлари, семизлик ривожланиши 10. Ўз-ўзини ейиш, бировларни ишини хазм қила олмаслик- яра касалликлари ривожланиши 11. Ўлгудек чарчадим деганларда- урологик хасталиклар ривожланишини исботлаган. Доимо саломат бўлишда ўзимизга  сўзлаётган сўзларимизга  эхтиёткор бўлайлик. Зеро, дунёларни,  инсон организмини сўзлар бошқаради! https://t.me/oila_baxti_uchun

🎲 Тест «10-sinf Adabiyot 2-qism "She'rlarning muallifini toping" Dilrabo Mahkamova» 🖊 54 вопроса · ⏱ 30 сек

🎲 Тест «10-sinf Adabiyot 1-qism "SHE'RLARNING MUALLIFINI TOPING" Dilrabo Mahkamova» 🖊 35 вопросов · ⏱ 30 сек

Sizga payme plus obunasini tavsiya qilaman! "Hammasi ichida" tarifi bilan komissiyasiz pul o'tkazish, istalgan to'lovdan 1% keshbek olish va boshqa ajoyib bonuslardan foydalanish imkoniga ega bo'lasiz. Havolam orqali birinchi 30 kun bepul ishlatib ko'ring! payme'ni yuklab oling, keyin shu havola orqali "Hammasi ichida" tarifi bilan payme plus sinov muddatini ulang: https://paymeuz.onelink.me/raWU/r/?invite=W9W9M6H

Таваллуд айёмингиз муборак бўлсин, муҳтарам Президент! Бугун, 24 июль — Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 69
Таваллуд айёмингиз муборак бўлсин, муҳтарам Президент! Бугун, 24 июль — Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 69 ёшни қарши олмоқда. Шавкат Мирзиёев 1957 йил 24 июлда Жиззах вилоятининг Зомин туманида шифокор оиласида туғилган. https://t.me/oila_baxti_uchun

❗️Yo’nalish tanlash 25-iyuldan boshlanadi #abituriyent Bugun davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga qabul test sinovlari yakunlandi. O‘n kun davomida o‘tkazilgan test sinovlarida qatnashishi belgilangan jami 664 ming 609 nafar abituriyentdan 610 ming nafardan ortig‘i ishtirok etgan bo‘lsa, test sinovi topshirish tartib-qoidalarini buzgan 70 nafardan ziyod abituriyent jarayondan chetlatildi. Test sinovi topshirgan abituriyentlar to‘plagan ballari asosida 25-iyuldan 8-avgustga qadar (shu kuni ham) 2-bosqich tanlovda ishtirok etadi. Bunda ta’lim muassasalari, yo‘nalishlari, ustuvorliklari va shakllari tanlanadi. ‼️Yakuniy natija esa 2-bosqich tanlov muddati tugagandan keyin bir hafta ichida e’lon qilinadi. 👉 @xushnudbek 👈

❗️KVOTA-2026 #abituriyent 📚 BAKALAVR: KUNDUZGI155 ming 852 ta;KECHKI28 ming 942 ta; ➖ MASOFAVIY20 ming 810 ta; Davlat granti ulushi taqsimoti; ➖ Ayrim ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul parametrlarining taqsimlanishi. 🎓 MAGISTRATURA: KUNDUZGI22 ming 50 ta;KECHKI1 ming 393 ta; ➖ MASOFAVIY892 ta. ❇️ MAQSADLI QABUL:Sog‘liqni saqlash (1 ming 31);Maktab ta’limi (648);San’at sohasi (4). 🔰IMTIYOZLI KVOTALAR: Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlari uchun (3 ming 656);Ehtiyojmand xotin-qizlar uchun (4 ming); ➖ 5 yil stajga ega xotin-qizlar uchun (2 ming 500); ➖ Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun (4 ming 112); ➖ Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun (2 ming 56);Harbiy tavsiyanomalilar uchun (10 ming 280); Harbiylarning farzandlari uchun (1 ming 828);Bojxona xodimlari farzandlari uchun (731); IIO organlari xodimlari farzandlari uchun (1 ming 828).O’rmonchilar va ularning farzandlari uchun (35);Xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun (30); 🔰BOSHQA KVOTALAR:O’rta-maxsus ma’lumotli pedagog kadrlar uchun dual ta’lim bo’yicha (10 ming); Maktab o‘qituvchilari uchun pedagogika sohasining magistraturasiga masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha (200); Green University uchun (930); Qirg’iziston, Qozog’iston, Tojikiston va Mo’g’uliston fuqarolari uchun (70); ℹ️ QO‘SHIMCHA MA’LUMOTLAR:5 yil stajga ega xodimlarini tavsiya etish huquqiga ega tashkilotlar ro‘yxati; ➖ Magistratura turdosh yoʻnalishlarining roʻyxati; ➖ Magistraturaga talab etiladigan sertifikatlar ro’yxati. 👉 @xushnudbek 👈

#Диққат #Тарқатинг ⚡Супер контракт бекор қилинди, энди пул хам бекор қилинди Табақалаштирилган контракт ўтиш баллига 4 балл етмаганлар учун амал қилади Абитуриентларга юбориб қўямиз👇 https://telegram.me/joinchat/AAAAAEC3FZ6kdZ99w4BwBg

+1
Борингизга Шукр.mp35.29 MB

Борингизга шукр Минг бор шукр кўнглим сўраб юрганларга, Яхши, ёмон кунда бирга турганларга, Раҳмат дейман ҳол-аҳволларим олганларга, Борингизга шукур дейман, борингизга.!! Синовларга ташлайдилар ўзларини, Аллоҳ асра фариштали юзларини, Истарали, гўзал қилгин кўзларини, Борингизга шукур айтай, борингизга.!!! Ҳаммасида бордир ширин, гўзал тақдир, Дийдорлашиш насиб қилгин, Аллоҳим, бир, Йўқолмасин «Оқибатли» деган қадр➖ Борингизга шукур дейман, борингизга!!! Икки дунё роҳатини қилай тилак, Сизлар учун дуодаман, тинмас билак, Сиз томонга талпинади ҳар вақт юрак, Борингизга шукр айтай, борингизга.!!! Ичингизда бўлмасин ҳеч асло бир дард, Бахт қувончда ҳаётингиз бўлсинда қанд, Қадрдоним, жигарларим, доимо мард, Борингизга шукур айтай, борингизга!!!

❗️Barcha bosqichdagi qabul jarayonlari haqida ma'lumotlar: #abituriyent ☑️ Bakalavr uchun test sinovlari oxirlab qoldi, bugun to’qqizinchi kun. Yana 1 kundan soʻng barcha testlar tugaydi va keyin yoʻnalish tanlash boshlanadi. Testdan keyin abituriyentlar nimalarni tanlashi haqida batafsil bu yerda. Qabul jarayoniga oid barcha muddatlar haqida ma’lumot bu yerda; 9️⃣ 9-sinf bitiruvchilari uchun akademik litseylarga ariza topshirish yakunlandi. Jami 49 ming 129 ta ariza kelib tushdi. Ruxsatnomalar chiqqan, tez orada imtihonlar boshlanadi; 9️⃣ 9-sinf bitiruvchilari uchun texnikumlarga arizalar topshirish 20-iyul kuni yakunlandi. Talabgorlar tomonidan 223 ming 828 ta ariza yuborildi; 🗣️Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni OTMlarga suhbat asosida oʻqishga qabul qilish davom etmoqda, hozirgacha 4 ming 565 ta ariza kelib tushgan. Turdosh yoʻnalishlar roʻyxati bu yerda. Qabul 25-iyulgacha davom etadi; 🎓 Magistraturaga arizalar qabuli davom etmoqda. Hozirgacha 37 ming 952 ta ariza kelib tushgan. Qabul 30-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi. Turdosh yoʻnalishlar roʻyxati bu yerda. Talab etiladigan sertifikatlar ro‘yxati bu yerda. 2️⃣ Ikkinchi mutaxassislikka qabul davom etmoqda. Hozirgacha 11 ming 605 ta ariza kelib tushgan. Qabul 10-avgustga qadar (shu kuni ham) davom etadi; 🔄 Davlat oliygohlarida o‘qishni ko‘chirish va tiklash bo‘yicha ham arizalar qabul qilinmoqda. Hozirga qadar 16 ming 463 ta ariza kelib tushgan (nodavlat oliygohlari bo’yicha esa 787 ta). Qabul jarayoni 5-avgustgacha davom etadi. 👉 @xushnudbek 👈