Ziyolilar kanali
Open in Telegram
𝐗𝐚𝐥𝐪 𝐭𝐚'𝐥𝐢𝐦𝐢 𝐱𝐨𝐝𝐢𝐦𝐥𝐚𝐫𝐢 𝐮𝐜𝐡𝐮𝐧! Maqola, ma'ruza va fotolavhalar uchun murojaat: @Ziyolilar_uchun_bot 📚 Yillik konspektlar; 📚 Dars ishlanmalar; 📚 Test toplami; 📚 Medialar va tarqatmalar, ko'rgazmalar.
Show more1 846
Subscribers
+124 hours
+387 days
+4930 days
Posts Archive
1 847
+3
❗️Davlat xizmatchilari mehnatiga haq toʻlash tizimi o‘zgartirilishi rejalashtirilmoqda
Prezidentga taqdim etilgan takliflarga ko‘ra, davlat fuqarolik xizmatchilarining mehnatiga haq to‘lashning yagona, ochiq va natijaga asoslangan tizimi joriy etiladi.
Unga ko‘ra:
➖ xalqaro tajriba asosida 11 ta razryad va 6 ta pog‘onadan iborat yangi ish haqi setkasi joriy etiladi;
➖ o‘ndan ortiq ustama va mukofotlar o‘rniga uchta asosiy rag‘batlantirish to‘lovi qoladi;
➖ ish haqi xodimning malakasi, KPI ko‘rsatkichlari, mehnat intizomi, tashabbuskorligi va erishgan natijalariga bog‘lanadi;
➖ muhim va murakkab vazifalarni bajargan hamda yuqori natija ko‘rsatgan xodimlarga bonus to‘lanadi;
➖ bonuslar sun’iy intellekt, zamonaviy texnologiyalar va yangi bilimlarni o‘zlashtirish kabi mezonlar asosida ham belgilanadi.
Taqdimotda amaldagi tizimda davlat xizmatchilari ish haqining 70 foizgacha qismini natijaga bog‘lanmagan ustama va mukofotlar tashkil etayotgani, bu esa bir xil lavozimdagi xodimlar o‘rtasida katta tafovutlarni keltirib chiqarayotgani qayd etildi.
👉 @xushnudbek 👈
1 847
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va Xalq ta’limi/Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (yoki tegishli soha) hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlariga ko‘ra, yangi ishga qabul qilingan xodimlar uchun kasbiy sertifikat olish bo‘yicha quyidagi tartiblar amal qiladi:
1. O‘qituvchilar va pedagog xodimlar uchun:
* 1 yil ichida: Oliy ma’lumotli muassasani tamomlab, birinchi marta pedagogik faoliyatga ishga qabul qilingan xodimlar (mutassislar) 1 (bir) yil davomida mutaxassisligiga mos keladigan kasbiy sertifikatni olishi lozim.
* Agarda birinchi imtihonda belgilangan ballni to‘play olmasa, unga 1 yil davomida qayta topshirish imkoniyati beriladi. Qayta topshirish davrida unga mutaxassis toifasi va tegishli ish haqi saqlanib qoladi.
2. Boshqa davlat tashkilotlari va sohalar uchun:
* Aksariyat sohalarda yangi ishga kirgan xodim uchun sertifikat olish talabi sinov muddati (3 oy) davomida yoki shartnomada ko‘rsatilgan dastlabki 6 oy–1 yil oralig‘ida bajarilishi shart qilib belgilanadi.
* Muayyan maxsus sohalarda (masalan, tibbiyot, mehnat muhofazasi, xavfsizlik va boshqalar) xodim ish faoliyatini bevosita boshlashidan oldin yoki dastlabki 1–3 oy ichida tegishli attestatsiya va sertifikatsiyadan o‘tishi shart.
Agar xodim belgilangan muddat ichida (masalan, pedagoglar uchun taqdim etilgan 2 yillik umumiy muddat yoki qayta topshirish imkoniyati davomida) sertifikat ololmasa, mehnat qonunchiligiga ko‘ra u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinishi yoki unga mos keladigan boshqa (sertifikat talab etilmaydigan) lavozimga o‘tkazilishi mumkin.
1 847
#buni bilarmidingiz!!!
✅ Sinf xonalarida parta va stollar qanday joylashtirilishi kerak bilasizmi? Yangi o‘quv yilida eʼtiborli bo‘ling!
✅ Sinf xonalaridagi parta stol-stullar quyidagi tartibda joylashtirilishi kerak:
1️⃣ 2 o’rinli stollar qatoridagi masofa 60 sm dan kam bo’lmasligi kerak;
2️⃣ Parta qatorlari bilan tashqi devor orasidagi masofa 50—70 sm;
3️⃣ Parta qatorlari bilan ichki devor, to’siq, shkaf orasidagi masofa 50 sm;
4️⃣ Oxirgi parta bilan devor orasi 70 sm;
5️⃣ Doska bilan birinchi parta orasi 240 sm;
6️⃣ Doska bilan oxirgi parta orasidagi masofa 860 sm;
7️⃣ Doskani pastki tomoni bilan pol orasidagi masofa 70-90 sm bo’lishi kerak.
@mutaxassislarga
1 847
✅ Quiz Tayyor!
📝 4-qism: 151-200 ta savoli ПЕДАГОГИКА: 1000 та саволга 1000 та жавоб Методик қўлланма (У.И.ИНОЯТОВ, Н.А.МУСЛИМОВ, М.УСМОНБОЕВА, Д.ИНОҒОМОВА)
⏱ Vaqt chegarasi: 50 soniya har bir savol uchun
📊 Savollar soni: 50
1 847
✅ Quiz Tayyor!
📝 3-qism: 101-150 ta savoli ПЕДАГОГИКА: 1000 та саволга 1000 та жавоб Методик қўлланма (У.И.ИНОЯТОВ, Н.А.МУСЛИМОВ, М.УСМОНБОЕВА, Д.ИНОҒОМОВА)
⏱ Vaqt chegarasi: 50 soniya har bir savol uchun
📊 Savollar soni: 50
1 847
✅ Quiz Tayyor!
📝 2-qism: 51-100 savoli ПЕДАГОГИКА: 1000 та саволга 1000 та жавоб Методик қўлланма (У.И.ИНОЯТОВ, Н.А.МУСЛИМОВ, М.УСМОНБОЕВА, Д.ИНОҒОМОВА)
⏱ Vaqt chegarasi: 50 soniya har bir savol uchun
📊 Savollar soni: 50
1 847
✅ Quiz Tayyor!
📝 1-qism: 1-50 ta savoli ПЕДАГОГИКА: 1000 та саволга 1000 та жавоб Методик қўлланма (У.И.ИНОЯТОВ, Н.А.МУСЛИМОВ, М.УСМОНБОЕВА, Д.ИНОҒОМОВА)
⏱ Vaqt chegarasi: 50 soniya har bir savol uchun
📊 Savollar soni: 50
1 847
❗️KVOTA-2026
#abituriyent
📚 BAKALAVR:
➖ KUNDUZGI — 155 ming 852 ta;
➖ KECHKI — 28 ming 942 ta;
➖ MASOFAVIY — 20 ming 810 ta;
➖ Davlat granti ulushi taqsimoti;
➖ Ayrim ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul parametrlarining taqsimlanishi.
🎓 MAGISTRATURA:
➖ KUNDUZGI — 22 ming 50 ta;
➖ KECHKI — 1 ming 393 ta;
➖ MASOFAVIY — 892 ta.
❇️ MAQSADLI QABUL:
➖ Sog‘liqni saqlash (1 ming 31);
➖ Maktab ta’limi (648);
➖ San’at sohasi (4).
🔰IMTIYOZLI KVOTALAR:
➖ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlari uchun (3 ming 656);
➖ Ehtiyojmand xotin-qizlar uchun (4 ming);
➖ 5 yil stajga ega xotin-qizlar uchun (2 ming 500);
➖ Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun (4 ming 112);
➖ Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun (2 ming 56);
➖ Harbiy tavsiyanomalilar uchun (10 ming 280);
➖ Harbiylarning farzandlari uchun (1 ming 828);
➖ Bojxona xodimlari farzandlari uchun (731);
➖ IIO organlari xodimlari farzandlari uchun (1 ming 828).
➖ O’rmonchilar va ularning farzandlari uchun (35);
➖ Xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun (30);
🔰BOSHQA KVOTALAR:
➖ O’rta-maxsus ma’lumotli pedagog kadrlar uchun dual ta’lim bo’yicha (10 ming);
➖ Maktab o‘qituvchilari uchun pedagogika sohasining magistraturasiga masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha (200);
➖ Green University uchun (930);
➖ Qirg’iziston, Qozog’iston, Tojikiston va Mo’g’uliston fuqarolari uchun (70);
ℹ️ QO‘SHIMCHA MA’LUMOTLAR:
➖ 5 yil stajga ega xodimlarini tavsiya etish huquqiga ega tashkilotlar ro‘yxati;
➖ Magistratura turdosh yoʻnalishlarining roʻyxati;
➖ Magistraturaga talab etiladigan sertifikatlar ro’yxati.
👉 @xushnudbek 👈
1 847
❗️Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun 2025-yilgi o‘tish bali eʼlon qilindi. Ballar keskin tushgan
#abituriyent
UzBMBning mandat.uzbmb.uz saytida imtiyozli toifadagi abituriyentlar uchun o‘tish ballari e’lon qilindi. Joriy yilda, avvalroq taxmin qilganimizdek, tavsiyanoma olgan ehtiyojmand xotin-qizlar uchun o‘tish ballari keskin pasayganini ko‘rish mumkin.
Bunga asosiy sabab joriy yil ushbu toifa uchun kvota 2 baravar oshirilgani bo‘ldi. Ya’ni avvalgi yillarda 2 mingta kvota berilar edi, joriy yilda 4 mingta kvota berildi.
Bundan tashqari joriy yilda kvotalar taqsimoti sohalar kesimida ham o‘zgardi, ball yuqori va talab katta bo‘lgan tibbiyot sohasi uchun ko‘proq joy ajratildi.
Xullas, o‘tgan yilgi bilan farqni oson aniqlash uchun jadvalda alohida qatorda ko‘rsatdim.
Eng katta farq Sirdaryo viloyatida tibbiyot sohasi uchun bo‘lgan — naq 80,1 ball tushgan. 2024-yilda Sirdayo viloyatidan tavsiyanoma olgan qizlar uchun tibbiyot sohasiga o‘tish bali 158,3 ball edi, joriy yilda 78,2 ballni tashkil etgan.
Keyingi o‘rinlarda quyidagi hududlar uchun o‘tish ballari keskin kamaygan:
Navoiy (tibbiyot) — -77,8 ball;
Surxondaryo (tibbiyot) — -49,4 ball;
Jizzax (tibbiyot) — -46,2 ball.
O‘z navbatida ayrim hududlarda o‘tish ballari oshgan ham. Masalan, Toshkent shahri uchun boshqa sohalar kategoriyasida o‘tish bali o‘tgan yilgiga qaraganda 34,5 ballga oshgan. Bunga asosan filologiya va xorijiy tillarni o‘qitish sohasidagi yuqori ballar sabab bo‘lgan.
❓Nima uchun tavsiyanomasi bor xotin-qizlarga ball qo‘shilmadi?
✅ JAVOB: hamma imtiyozlar hisoblangan, agar siz o‘qishga kira olmagan bo‘lsangiz, demak to‘plagan balingiz yetmagan.
‼️Birinchidan, bu imtiyoz (tavsiyanoma) hech qanaqa ball qo‘shib bermaydi‼️
Ko‘pchilik 4% ball qo‘shilishi kerak edi, nega shu qo‘shilmayapti, deb xato tushungan. Kutib o‘tirmang, sizga hech qanaqa ball qo‘shilmaydi.
Ikkinchidan, xotin-qizlar tavsiyanomasi bor abituriyentlar 100% o‘qishga kiradi, degani emas. Buning uchun yetarli ball ham olish kerak edi. Batafsil mana bu yerda tushuntirilgan (https://t.me/xushnudbek/24864).
Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun 2025-yilgi o‘tish bali yuqoridagi suratda ko‘rsatilgan. Mana shu balldan kam olganlarga imtiyoz qo‘llanmagan.
👉 @xushnudbek 👈
1 847
#ТЕЗКОР 🕋
⚡️ Энди Ҳаж зиёратига навбатга my.gov.uz орқали онлайн ёзилиш мумкин!
🕋 Ҳаж зиёратига бориш ниятида бўлганлар учун қулай имконият яратилди.
📲 my.gov.uz орқали:
✅ Аризани электрон шаклда тўлдириш;
✅ Маҳрам ҳақидаги маълумотларни автоматик шакллантириш;
✅ Электрон навбатга шаффоф тарзда ёзилиш;
✅ Барча жараённи уйдан чиқмасдан амалга ошириш мумкин.
💰 Хизмат нархи: ҳар бир навбатга қўйилувчи учун БҲМнинг 25% миқдорида.
🔔 Ҳаж зиёратига боришни режалаштираётган яқинларингизга ҳам ушбу хабарни юбориб қўйинг!
😎@mutaxassislarga 😎
1 847
Душанба тонги муборак! Тонгга етдик, насибамиз дийдор экан дийдордамиз. Эрта саҳардан Аллоҳнинг раҳмати ва баракотларини қабул қилишга ошиқинг! Бошимиз узра тинимсиз ёғилиб турган неъматлар шукронасини унутманг! Алҳамдулиллаҳи, Роббил Аъламийн! Кунлар кун санамай ўтиб кетаётгандек гўё, гўё биз яхшиликлар қилишга, яшашга улгурмаётгандекмиз. Вақт ғанимат, бир-биримизни қадрлайлик азизларим! Аллоҳ барчамизни ёрлақасин, солиҳ ва солиҳаларидан қилсин, жаннатийларидан қилсинким, ул Зотнинг ёнида юзимиз ёруғ бўлишлилик барчамизга-да насиб этсин! Кунингиз хайрли амал ва фойдаларга тўла бўлсин. Бахт ва омад ҳар қадамда ёнингизда юрсин!
1 847
Қадрлигим,
Яхши дам олдингизми?
Уйғонгач Аллоҳга шукрона айтдингизми?
Унутманг, энг бахтли инсон шукрдаги, энг бой инсон эса сабрдаги инсондир.
Қаранг, табиат гўзал, Аллоҳнинг яратиқлари гўзал, ўзингиз гўзалсиз.
Энг гўзал махлуқот (яратилган) бу биз инсонлармиз.
Атрофга назар солинг-да, агарда кимдандир ҳафа бўлган бўлсангиз кечиринг, ёмон кўрсангиз яхши сифатини, қачондир сизга яхшилик қилганини ўйлаб топинг.
Шунда қалбингиз енгиллайди, ҳаёт ёрқинроқ кўрина бошлайди.
Ўзи жуда ҳам қисқа яшаймиз.
Қаранг, кеча бола эдингиз, бугун ақли расо кап-катта инсонсиз.
Эртага эса бобо, момо бўлиб турибсиз-да.
Ҳар тонгни қувонч-ла қаршилаб, энг биринчи кундек бошланг, жаннатга томон бир қадам ташлайман бугун, ҳаммага яхшилик қиламан, ибодат қиламан, яхшиликка чақириб, ёмонликдан қайтараман, яқинларимга меҳр бераман, деб ният қилинг.
Сиз энг яхши, керакли инсонсиз, касбингиз, кўринишингиз қандай бўлиши муҳим эмас..
Сизда гўзал қалб, оташин меҳр бор.
Шундай- а?
🍃
Сизни яхши кўраман..
Хайрли бўлсин тонгингиз...
https://t.me/oila_baxti_uchun
1 847
💛💛💛
2026-yildan boshlab yangi bitiruvchilar uchun muhim yangilik!
Pedagogika yo‘nalishida o‘qiyotgan talabalar uchun malaka toifasi berish tartibi o‘zgaradi.
✅Bakalavrni imtiyozli diplom bilan tamomlab, ta’lim muassasasiga birinchi marta ishga kirayotgan bitiruvchilarga II malaka toifasi (katta o‘qituvchi) beriladi.
✅Magistraturani barcha fanlardan va attestatsiyadan “5” baho (90–100 ball) bilan tamomlab, ta’lim muassasasiga birinchi marta ishga kirayotgan bitiruvchilarga I malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi) beriladi.
🎓 Ya’ni, endi o‘qish davridagi yuqori natijalar kelajakdagi malaka toifangizga ham ta’sir qiladi.
Bakalavr va magistr talabalariga yuborib qo’ying!✈️
😎@mutaxassislarga 😎
1 847
❗️Boshlang’ich ta’lim o’qituvchilariga malaka sertifikati, huquqshunoslik fanidan esa milliy sertifikat berish yo’lga qo’yiladi
Hukumatning tegishli (411-son, 29.07.2026-yil) qarori bilan, 2026/2027-o’quv yilidan boshlab:
➖ Boshlang’ich talim o’qituvchilarining bilim darajasi va pedagogik mahorati aniqlanib, ularga 3 yil muddatga amal qiluvchi A+, A, B+, B, C+, C sertifikatlari beriladi. B+ va undan yuqori sertifikatga ega o’qituvchilarning har oylik maoshiga 15 foiz ustama to’lanadi;
➖ Huquqshunoslik fanini bilish darajasini aniqlash va milliy sertifikat berish yo’lga qo’yiladi;
➖ Xitoy, koreys, yapon, ispan, italyan, fors, dariy, pushtu, urdu, hind va uyg’ur tillaridan chet tilini bilishning ko’p darajali (multi-level) test tizimi joriy etiladi.
@mutaxassislarga
1 847
📣 Hurmatli pedagoglar!
❔ Pedagog platformasida "Yil o‘qituvchisi" tanlovining 3-bosqich natijalari bo‘yicha apellyatsiya yuborish imkoniyati mavjud.
⚡️ Apellyatsiya yuborish tartibi:
⏺ "Pedagog" platformasiga kiring
⏺ "Tanlovlarim" bo‘limini oching
⏺ "Yil o‘qituvchisi" kartochkasini oching
⏺ Yuqoridan + tugmasini bosing
⏺ Apellyatsiya formasini to‘ldiring va yuborish tugmasini bosing
⏺Yuborilgan apellyatsiyani batafsil ko‘rish uchun ⏰ tugmasini bosing va batafsil ko‘rib oling
💤 Bizdan uzoqlashmang!
👍 Obuna bo'ling: @pedagoguzedu
1 847
#Диққат_эълон
#kasbiy_sertifikatlash
📣 Joriy yilning 7-avgust kuni navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash nazorat sinovlari oʻtkaziladi
✅ Sinov jarayonlari quyidagi manzillarda tashkil etiladi.
➖ Ushbu sinovlarda pedagoglarning mutaxassislik fani boʻyicha bilim darajasini aniqlash uchun 40 ta, pedagogik mahoratini baholash uchun 10 ta, jami 50 ta test beriladi. Har bir javob 2 balldan, jami 100 ball bilan baholanadi.
👉 56 va undan yuqori ball toʻplagan talabgor test sinovidan oʻtgan hisoblanadi va uning shaxsiy kabinetiga elektron shakldagi sertifikat yuboriladi.
➖ Navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi bilan quyida tanishishingiz mumkin.
👉 Eslatma: navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash nazorat sinovlarida qatnashish uchun murojaatlarni yuborish 2026-yil 31-iyul (shu kuni ham)ga qadar davom etadi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
1 847
📣“Yil oʻqituvchisi” tanlovi ishtirokchilari diqqatiga!
📆 Ertaga, 30-iyul kuni soat 09:00 da tanlovning 3-bosqich test sinovlari bo'lib o'tadi.
📍 Sinov joylari — barcha hududlar bo'yicha: 📍 Qoraqalpog'iston R. — Pedagogik mahorat markazi 📌 Nukus sh., Ye.Alako'z ko'chasi, 54-uy (MEGA NUKUS yonida) 📍 Andijon viloyati — viloyat Pedagogik mahorat markazi 📌 Andijon sh., Istiqlol ko'chasi, 8-uy (malaka oshirish instituti) 📍 Buxoro viloyati — 44-maktab 📌 Buxoro sh., Bog'ishamol ko'chasi, 5-uy (Sharq — oldingi Pedagogika kolleji binosi) 📍 Jizzax viloyati — 4-maktab 📌 Jizzax sh., Kimyogar mah., To'qimachilik ko'chasi, 45-uy (viloyat ko'z kasalliklari shifoxonasi yonida) 📍 Qashqadaryo viloyati — viloyat Pedagogik mahorat markazi 📌 Qarshi sh., Olimlar ko'chasi, 2-uy (Qarshi davlat universiteti yonida) 📍 Navoiy viloyati — "Kelajak" markazi 📌 Navoiy sh., Aloqa ko'chasi, 6-uy (Navoiy savdo markazi (SUM) orqa tomoni) 📍 Namangan viloyati — 15-maktab 📌 Namangan sh., G'ishtko'prik MFY, Uychi ko'chasi, 329-A (Chorsu yonida) 📍 Samarqand viloyati — viloyat Pedagogik mahorat markazi 📌 Samarqand sh., Hasan Obiddinov ko'chasi, 7-uy (viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi) 📍 Surxondaryo viloyati — 14-maktab 📌 Termiz sh., A.Jomiy MFY, So'fi Olloyor ko'chasi, 4/54-uy ("TERMIZ-BAQTRIYA-SAVDO" bozori yonida) 📍 Sirdaryo viloyati — "Kelajak" markazi 📌 Guliston sh., Shodlik MFY, Navoiy shoh ko'chasi, 55-uy (shahar istirohat bog'i yonida) 📍 Farg'ona viloyati — 28-maktab 📌 Farg'ona sh., "Istiqlol" MFY, A.Qodiriy ko'chasi, 13A ("Chery" avtosaloni yonida) 📍 Xorazm viloyati — 17-maktab (Al-Beruniy maktabi) 📌 Urganch sh., 4-Yuqori bog' mah., Maxtumquli ko'chasi, 229-A (Omad to'yxonasi yoki 4-son IIB yonida) 📍 Toshkent shahri va viloyati — Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi 📌 Toshkent sh., Beruniy ko'chasi, 83-A (Metro "Tinchlik" bekati, "IMZO" firmasining eski binosi)📍 Sinov manzillari lokatsiyalarini "Pedagog platformasi" dagi shaxsiy akkauntingizda ham ko‘rishingiz mumkin. 👉 Lokatsiyalarni ko'rish 💤 Bizdan uzoqlashmang! 👍 Obuna bo'ling: @pedagoguzedu
1 847
#Диққат 📚
‼️ Ўқитувчилар диққатига! Дарс соатларини тақсимлаш тартибига муҳим ўзгариш киритилди.
📄 Янги тартибга кўра, мактабларда дарс соатлари ўқитувчилар ўртасида белгиланган устуворлик кетма-кетлиги асосида тақсимланади.
📌 Бу ўзгариш дарс юкламасини шакллантириш жараёнида амал қилади ва барча таълим муассасалари учун муҳим ҳисобланади.
👩🏫
Ўқитувчи, директор ёки таълим соҳасида ишлайдиган танишларингизга албатта юбориб қўйинг.
✅ Канал👉 @mutaxassislarga
