Ziyolilar kanali
Open in Telegram
𝐗𝐚𝐥𝐪 𝐭𝐚'𝐥𝐢𝐦𝐢 𝐱𝐨𝐝𝐢𝐦𝐥𝐚𝐫𝐢 𝐮𝐜𝐡𝐮𝐧! Maqola, ma'ruza va fotolavhalar uchun murojaat: @Ziyolilar_uchun_bot 📚 Yillik konspektlar; 📚 Dars ishlanmalar; 📚 Test toplami; 📚 Medialar va tarqatmalar, ko'rgazmalar.
Show more1 846
Subscribers
+124 hours
+387 days
+4930 days
Posts Archive
1 846
Делайте маленькие шаги каждый день.
Ҳар куни кичик қадамлар ташланг.
🍃
Катта натижалар бир кунда пайдо бўлмайди.
Улар ҳар куни қилинган кичик, аммо изчил ҳаракатлардан қурилади.
Бугун бир саҳифа ўқиш, бир яхши одатни бошлаш, бир қадам ташлаш — арзимасдек кўриниши мумкин. Аммо кичик қадамлар йиғилиб, катта йўлни босиб ўтади.
🍃
Ўзингизни катта натижа билан қўрқитманг.
Бугун фақат битта қадам ташланг.
Кеча қилмаганингизни бугун қилинг.
Бугун бошлаганингизни эртага давом эттиринг.
Муҳими — тез юриш эмас, тўхтаб қолмаслик.
🍃
Бир тошдан тоғ қурилмайди.
Бир қадам билан манзилга етиб бўлмайди.
Аммо ҳар бир тоғ — бир вақтлар қўйилган биринчи тошдан,
ҳар бир узоқ йўл эса — биринчи қадамдан бошланган.
Шунинг учун кичик қадамингизни камситманг.
Балки бугунги кичик қадамингиз — эртанги катта ўзгаришингизнинг бошланишидир...
https://t.me/oila_baxti_uchun
1 846
❗“Perevod” imtihoni sanalari e’lon qilindi
🗓 Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan respublika oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari joriy yil 19-20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.
Test sinovlari ikki smenada tashkil etiladi:
1️⃣-smena — 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smena — 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
⏰ Bunda abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 yarim soat oldin pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari, shuningdek:
1️⃣-smenada 07:30 ga qadar; 2️⃣-smenada 14:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim.📚 Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan - jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash hamda javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun 3 soat vaqt beriladi. 📥 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin. 👉 @xushnudbek 👈
1 846
14 август куни робиъул аввал ойининг биринчи куни пайгамбаримиз саллоллоху алайхи ва саллам айтдилар: «кимки бу ойни кирганини бир бирига хабар берса, киёмат кунигача унинг жаннатга кириши учун Оллохга дуо киламан» дедилар
1 846
🌟 БАХТ САРИ 5 ҚАДАМ 💫
1⃣ «Ҳал қилинмайдиган муаммонинг ўзи йўқ. Шунчаки, хаёлни чалғитувчи вазиятлар бор, холос». Ана шу иборани ёдда сақланг.
❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️
2⃣ Ҳаётингизга янгилик киритишни истасангиз, ишни ўзингиздан бошланг. Зеро, ўзингиз ўзгармас экансиз, буни бошқалардан талаб қилиш тўғри бўлмайди.
❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️
3⃣ «Ҳеч қачон ҳеч нимадан афсусланманг! Ҳаммаси яхшиликка!» Оддий сўз бўлгани билан билиб айтилгани рост.
❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️
4⃣ Бир эшикни очиш учун иккинчисини ёпишга тўғри келади. Аммо ортда қолганини зичлаб ёпингки, кейин яна очиш истаги пайдо бўлмасин.
❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️
5⃣ Ишонинг! Бу туйғу ҳар биримиз учун ғоят зарур! Ҳатто атрофингиздагилар «тамом бўлди» дейишса ҳам, «яшашни энди бошлаяпман» дея ишонч билдиринг. Ўзингизга, қалбингизга ва танлаган йўлингизнинг тўғрилигига...
❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️
https://t.me/oila_baxtiuchun
1 846
⚡️Attestatsiya uchun to‘lov qancha?
Agar navbatdagi-majburiy attestatsiya bo‘lsa — BEPUL.
Agar navbatdan tashqari attestatsiya bo‘lsa — to‘lov qilinadi:
🏢Davlat xizmatlari markazi orqali:
1-sentabrgacha — 206 000 so‘m
1-sentabrdan keyin — 220 000 so‘m
💻pedagog.uzedu.uz yoki my.gov.uz orqali:
1-sentabrgacha — 185 400 so‘m
1-sentabrdan keyin — 198 000 so‘m
📌Elektron topshirishda 10% chegirma bor.
Shuning uchun ariza topshirishda attestatsiya turini to‘g‘ri tanlang.
😎 @mutaxassislarga
1 846
❗️Hujjatlardagi 7 ta xorijiy so‘z o‘zbekcha muqobillariga almashtirilishi mumkin
Bular:
▪avans → bo‘nak;
▪markirovka → tamg‘alash;
▪marshrut → yo‘nalish;
▪svetofor → yo‘lchiroq;
▪kovorking → ish markazi;
▪parol → o‘ron;
▪progressiv → ilg‘or.
Qonunchilik palatasi bu boradagi qonunni ikkinchi hamda uchinchi o‘qishda qabul qildi va hujjat Senatga yuborildi.
👉 @xushnudbek 👈
1 846
Xorijiy atamalarning o‘zbekcha muqobillari taklif etilmoqda
Atamalar komissiyasining ishchi kengashi – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari tomonidan bir qancha variantlar koʻrib chiqilgan. Bu yakuniy variant emas, ishchi organ taqdim etilayotgan atamalarning milliy muqobillari boʻyicha boshqa fikr va mulohazalarni ham eshitishga tayyor.
Hozircha 30 ta atamaning o‘zbekcha muqobili taklif etilmoqda:
Aysberg —> Muztog‘
Bruschatka —> Yo‘lg‘isht
Diskussiya —> Bahs, munozara
Zona —> Hudud
Instrument —> Ish quroli
Intensiv —> Jadal
Kamera —> Bo‘lma
Konstruksiya —> Tuzilma
Koordinator —> Muvofiqlashtiruvchi
Koridor —> Yo‘lak
Lider —> Yo‘lboshchi, yetakchi
Marshrut —> Yo‘nalish
Progress, progressiv —> Ilg‘or, rivojlanish
Dostavka —> Yetkazish
Probeg —> Yurim
Set (ovqatlar seti bo‘yicha) —> To‘plam
Oprava —> Ko‘zoynak bandi
Polik —> To‘shama
Balansirovka —> Muvozanatlashtirish
Vnedorojnik —> Yo‘ltanlamas
Chelenj —> Chorlov
Navigator —> Yo‘llagich
Sеlfi —> O‘zchekim
Svеtofor —> Yo‘lchiroq
Ekspluatatsiya —> Foydalanish
Aksiya —> Yalpi harakat
Kulеr —> Suvlik
Kеshbеk —> Hadya-qaytim
Povеrbank —> Kuchlantirgich
Karving —> Meva bezakchiligi
Mana bu sahifada har bir atama bo‘yicha izohlar berilgan hamda siz ham o‘z fikringizni bildirsangiz bo‘ladi.
👉 @xushnudbek 👈
1 846
+9
Mustaqillik darsiga
Dars ishlanma
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak! 🇺🇿
Aziz ustozlar! Sizlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan dars ishlanmasi va ko‘rgazmali materiallarni jamladim. 🌷
📚 Dars ishlanmasi
🎨 Ko‘rgazmali materiallar
📝 Tarqatma topshiriqlar
🇺🇿 Mustaqillik bayramiga oid bezaklar va shiorlar
Barchangizga dars jarayonida asqotadi degan umiddaman. 💐
Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz! 🇺🇿✨
📌 Foydali bo‘lsa, hamkasblaringiz bilan ulashing!
@Ustozadmin5
https://t.me/muallimvaustoz
https://t.me/muallimvaustoz
1 846
Sizlar uchun Mustaqillikning 35 yilligiga bagʻishlangan dars ishlanmasi
Orqa oldi qilib chiqarsangiz 7 bet boʻladi
Shior "Yagona vatan, yagona xalq,
Boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!"
📌 Foydali bo‘lsa, hamkasblaringiz bilan ulashing!
@Ustozadmin5
https://t.me/onatilivaadabiyotkonspekt
1 846
❗️Abituriyentlar diqqatiga! Bugun yo‘nalish tanlashning oxirgi kuni
Tanlovning 2-bosqichida bugun so‘nggi kun, jarayon soat 23:59 da yakunlanadi.
Barcha abituriyentlardan ta’lim yo‘nalishlari, oliy ta’lim muassasalari, ta’lim shakllari va tanlov ustuvorliklarini tanlashni bugun soat 23:59 gacha amalga oshirish so‘raldi.
👉 @xushnudbek 👈
1 846
❗️10-avgustgacha o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin
Davlat oliygohlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha belgilangan muddatlarda va tartibda ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning arizalarini ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra ayrim arizalar kamchiligi bo‘lgani sababli rad etilgan.
Fuqarolarga qo‘shimcha imkoniyat berish maqsadida
ko‘chirish bo‘yicha ariza yuborgan, lekin arizasi rad etilgan talabalarga 10-avgustgacha arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi.
Ushbu muddatdan so‘ng tahrirlashga yo‘l qo‘yilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
➡️ my.uzbmb.uz platformasi orqali — xorijiy va nodavlat oliygohlaridan davlat oliygohlariga ko‘chirish;
➡️ transfer.edu.uz platformasi orqali — davlat oliygohlari orasida va oliygoh doirasida o‘qishni ko‘chirish amalga oshiriladi.
👉 @xushnudbek 👈
1 846
✅ Уй таълими учун таянч ўқув режаси тасдиқланди!
✅ 2026-2027-ўқув йили учун уйда таълим оладиган ўқувчиларнинг дарс соатлари ва ўқув режаси тасдиқланди.
✅ ММТВ нинг 2026 йил 29 июлдаги 276-сонли буйруғи
