en
Feedback
Ziyolilar kanali

Ziyolilar kanali

Open in Telegram

𝐗𝐚𝐥𝐪 𝐭𝐚'𝐥𝐢𝐦𝐢 𝐱𝐨𝐝𝐢𝐦𝐥𝐚𝐫𝐢 𝐮𝐜𝐡𝐮𝐧! Maqola, ma'ruza va fotolavhalar uchun murojaat: @Ziyolilar_uchun_bot 📚 Yillik konspektlar; 📚 Dars ishlanmalar; 📚 Test toplami; 📚 Medialar va tarqatmalar, ko'rgazmalar.

Show more
1 848
Subscribers
+124 hours
+387 days
+4930 days
Posts Archive
🤎Umberto Eko bilan zamonaviy ta’lim fojiasi haqida so‘z borar ekan, uni shartli ravishda “…… oʻlimi” deb ta’riflash mumkin deb aytib o‘tadi. Ya’ni o‘qituvchi, tarbiyachining oʻlimi. Izoh: Nuqtalar o‘rniga o‘z ta’limotini faqat og‘zaki bayon qilgan, hech qanday yozma manba qoldirmagan faylasuf ismini yozing. Ushbu shaxs ismiga A. Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonida ham murojaat qilingan.
📥Savol: Nuqtalar o‘rniga qaysi donishmandning ismi qo‘yilishi mumki
n?

photo content

"KITOBXON LOYIHASI" sizga bilim olish bilan birga qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiritish imkoniyatini taqdim etadi. 📌 Ishtir
"KITOBXON LOYIHASI" sizga bilim olish bilan birga qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiritish imkoniyatini taqdim etadi. 📌 Ishtirok etish juda oson: 📚 Kitobni o‘qing. 📝 Testni ishlang. 🪙 Tanga to‘plang. 🎁 Sovrinlarni qo‘lga kiriting! 🌟 Sizni kutayotgan sovgʻalar: 🕋 Umra ziyoratiga yo‘llanma 🏖️ Chet elga sayohat 📱 iPhone 17 Pro 📺 Zamonaviy televizor, Tracker premier va Damas Avtomobili📚 Kitoblar to‘plami 🎁 Va yana ko‘plab qimmatbaho sovg‘alar! 📲 Hoziroq loyihaga qo‘shiling: https://t.me/Kitobxonloyihasibot?start=r_uG9bcawx

🔥 Jek Londonning “Martin Iden” asari haqida siz bilmagan faktlar!
• Boshida oddiy daryo dengizchisi bo‘lgan va keyinchalik jamiyatning eng yuqori qatlamiga kirib borgan qahramon taqdiri millionlab kitobxonlar qalbini zabt etgan. Biroq, bu shunchaki to‘qima hikoya emas, balki chuqur falsafiy va hayotiy asosga ega asardir.
⚡️ Asar deyarli avtobiografik xarakterga ega:
Martin Idenning hayoti va bosib o‘tgan yo‘li Jek Londonning o‘z kechinmalariga juda o‘xshash. Muallif ham Martin kabi og‘ir jismoniy mehnat qilgan, o‘z ustida tinimsiz ishlab, yozuvchilik orqasidan shuhrat va boylikka erishgan. Hatto asardagi ijodiy inqiroz va jamiyatdan ko‘ngli qolishi ham Londonning shaxsiy hayotida yuz bergan.
⚡️ Muallif va qahramonning dunyoqarashi mutlaqo qarama-qarshi bo‘lgan:
Jek London sotsialistik g‘oyalarga ishongan bo‘lsa, Martin Iden ashaddiy individualist edi. London ushbu asar orqali individualizm g‘oyasi insonni tanho va halokatga yetaklashini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan, lekin ko‘pchilik kitobxonlar buni tushunmay, Martinni qahramon sifatida qabul qilishgan.
— Siz ushbu asarni o‘qiganmisiz? Ha — ❤️‍🔥 Yo‘q — ⚡️ Mutolaa ilovasini yuklab oling

📚 “Ranjkom” dramatik dostoni (Abdulla Oripov) ✅ [PDF]

Oltinchi yo’nalish tanlayotganda quyidagilarni unutmang: 1️⃣ barcha fanlar majmuasi uchun vakant kvota mavjud emas. Masalan,
Oltinchi yo’nalish tanlayotganda quyidagilarni unutmang: 1️⃣ barcha fanlar majmuasi uchun vakant kvota mavjud emas. Masalan, tarix + chet tili yo’nalishida vakant joy yo’qligini ko’rsatmoqda. My.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetingiz orqali bo’sh joy bor yoki yo’qligini bilib olishingiz mumkin; 2️⃣ siz tanlagan fanlar majmuasi uchun vakant kvota bor bo’lsa ham, lekin siz istagan hududga va oliygohga bo’lmasligi mumkin. Menga Toshkent kerak edi, menga falon oliygoh kerak edi, deganingiz bilan foyda yo’q. Ro’yxatda qayer chiqsa, o’shanga bor, chiqmaganiga yo’q. 👉 @xushnudbek 👈

❗️32 mingdan ortiq vakant o‘rinlar uchun oltinchi yo‘nalish tanlash boshlandi Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’li
❗️32 mingdan ortiq vakant o‘rinlar uchun oltinchi yo‘nalish tanlash boshlandi Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida ishtirok etib, belgilangan minimal 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga, shu jumladan, ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida oliy ta’lim tashkiloti va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlamagan abituriyentlarga vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish imkoniyati yaratildi. 🏫 2026/2027-o‘quv yilida jami 80 ta oliy ta’lim muassasasida 31 ming 808 ta vakant o‘rin mavjud bo‘lib, mazkur vakant o‘rinlarni to‘ldirish maqsadida abituriyentlar o‘rtasida qo‘shimcha tanlov o‘tkaziladi. ⌛️2026-yil 22-avgustdan 28-avgustga qadar (shu kuni ham) Agentlikning my.uzbmb.uz rasmiy platformasi orqali mazkur toifadagi abituriyentlar qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Abituriyentlarga fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bo‘lgan, vakant o‘rinlar mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash huquqi beriladi. 📋 Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar vakant o‘rinlarga to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda, bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya qilinadi. Tanlov yakunlari bo‘yicha Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan tegishli tanlov qaydnomalari shakllantirilib, oliy ta’lim tashkilotlariga taqdim etiladi. 👉 @xushnudbek 👈

⚡️Oliy ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va texnikumlarda yangi o‘quv yili boshlanish sanasi belgilandi 2026/2027-o‘quv yilida akademik litsey va texnikumlarda o‘quv jarayonlari 2-sentyabrdan boshlanadi. Oliy ta’lim tashkilotlarida esa:1-bosqich talabalari uchun — 7-sentyabrdan;2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentyabrdan o‘quv jarayonlari tashkil etiladi. 👉 @xushnudbek 👈

"KITOBXON LOYIHASI" sizga bilim olish bilan birga qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiritish imkoniyatini taqdim etadi. 📌 Ishtir
"KITOBXON LOYIHASI" sizga bilim olish bilan birga qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiritish imkoniyatini taqdim etadi. 📌 Ishtirok etish juda oson: 📚 Kitobni o‘qing. 📝 Testni ishlang. 🪙 Tanga to‘plang. 🎁 Sovrinlarni qo‘lga kiriting! 🌟 Sizni kutayotgan sovgʻalar: 🕋 Umra ziyoratiga yo‘llanma 🏖️ Chet elga sayohat 📱 iPhone 17 Pro 📺 Zamonaviy televizor 🚐 Avtomobil 📚 Kitoblar to‘plami 🎁 Va yana ko‘plab qimmatbaho sovg‘alar! 📲 Hoziroq loyihaga qo‘shiling: https://t.me/Kitobxonloyihasibot?start=r_uG9bcawx

ТОИФАСИ УМРБОДЛИК БЎЛГАН ЎҚИТУВЧИ АТТЕСТАЦИЯДАН ЙИҚИЛСА, ТОИФАСИ ПАСАЯДИМИ? Савол: Сўнгги пайтларда педагоглар ўртасида: «Тоифасини умрбод сақлаб қолиш ҳуқуқига эга бўлган ўқитувчи амалдаги тоифасидан юқори тоифа ёки 70% лик устама учун ихтиёрий (навбатдан ташқари) аттестацияга кирса-ю, лекин ўта олмаса, тоифаси пасайиб кетармиш», деган ваҳимали гаплар юрибди. Жавоб: БУ МУТЛАҚО НОТЎҒРИ ВА ЁЛҒОН ХАБАР! Ушбу вазиятнинг ҳуқуқий асоси Вазирлар Маҳкамасининг 2021 йил 17 сентябрдаги 572-сон қарори билан тасдиқланган Низомда аниқ белгилаб қўйилган: 1️⃣ Навбатдаги мажбурий аттестациядан озод (Низомнинг 7- банди ) Агар ўқитувчи қонунчиликда белгиланган имтиёзлар сабабли амалдаги тоифасини умрбод сақлаб қолиш ҳуқуқини (сертификатини) олган бўлса, у навбатдаги мажбурий аттестациядан бутунлай озод қилинади. Уларни ҳеч ким мажбуран тестга кирита олмайди. 2️⃣ Тоифа фақат мажбурий аттестацияда тушиши мумкин! Энг асосий қоида: Амалдаги тартибга кўра, педагогнинг тоифаси пасайтирилиши фақат ва фақат мажбурий аттестация якунларига кўра содир бўлиши мумкин. Умрбодлик мақоми борлар эса мажбурий аттестацияга умуман жалб этилмайди. 3️⃣ Навбатдан ташқари иштирок — фақат ўз ихтиёри билан (Низомнинг 44-банди) Умрбодлик сертификати бор ўқитувчилар олий тоифа олиш ёки устамаларга даъвогарлик қилиш учун фақат ўз ихтиёрларига кўра (ихтиёрий равишда) навбатдан ташқари аттестацияда қатнашишлари мумкин. Низомнинг 44-бандига асосан, навбатдан ташқари аттестацияда етарли балл тўплай олмаган педагогларга нисбатан салбий қарор қабул қилинмайди — уларнинг амалдаги мавжуд тоифаси ва иш ҳақи тўлиқ сақланиб қолади. Хулоса: Умрбодлик сертификати — бу сизнинг мустаҳкам ҳимоя қалқонингиздир. Навбатдан ташқари аттестация эса сиз учун жазо эмас, балки фақатгина юқорироқ маош ва юқори тоифага эришиш учун берилган таваккалчиликсиз имкониятдир. Билимингизга ишонсангиз, ҳеч қандай хавотирсиз ҳужжат топширинг! 👉 Pedkadr.tdi.uz — Педагоглар учун энг муҳим ҳуқуқий маълумотлар канали! Murojaatlar uchun: @pkatdi_bot

#KelajakMarkazlari “Turon” maktab teatri, “Iqtidor” maktab ansambli va “Jadidlar izidan” tanlovlari — OTMga kirishda imtiyoz beradi!
Vazirlar Mahkamasining “O'zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag'batlantirish to'g'risida”gi 226-son qaroriga ko’ra:
🏢 Musiqa, raqs, teatr, folklor, tasviriy va amaliy sanʼat hamda dizayn yo'nalishlaridagi respublika (xususan, “Turon” maktab teatri, “Iqtidor" maktab ansambli va “Jadidlar izidan” tanlovlarining respublika bosqichi 1-o’rin g'oliblari) va xalqaro tanlovlarda (1-3 o'rinlarni) g'olib chiqqan professional taʼlim muassasalari, ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari va umumtaʼlim maktablarining bitiruvchilariga OTMlarning kasbiy (ijodiy) imtihonlarida soha bo'yicha eng yuqori ball belgilangan fandan maksimal ball olish imtiyozi beriladi. ✔️ Bundan tashqari, “Iqtidor” maktab ansambli tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari oliy ta’lim muassasasiga kirish yoshiga yetmagan bo‘lsa, Bolalar musiqa va san’at maktablarida bepul ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

❗️Расман: 1-курс талабалари учун ҳам ётоқхонага ариза қабул қилиш бошланди 18 августдан 2026/2027 ўқув йилида 1-курсга тавсия этилган абитуриентлар ётоқхонага жойлашиш учун ариза топшириши мумкин. Аризаларни Давлат хизматлари марказлари ёки my.gov.uz орқали бериш мумкин. Ётоқхонага жойлаштиришда аввало имтиёзга эга талабалар қабул қилинади, қолган ўринлар эса навбат асосида тақсимланади. Ариза бериш учун ҳавола⬇️ https://my.gov.uz/uz/service/870

Harbiylarning farzandlari uchun qo‘shimcha davlat granti kvotasiga o‘tish ballari e’lon qilindi #abituriyent Kvota ajratilgan
Harbiylarning farzandlari uchun qo‘shimcha davlat granti kvotasiga o‘tish ballari e’lon qilindi #abituriyent Kvota ajratilgan 8 ta tashkilot ro‘yxati, kvotalar soni hamda o‘tish bali yiqoridagi rasmda berilgan. Eng past o‘tish bali Milliy gvardiyaga to‘g‘ri kelgan — 68 ball. Bu grant uchun minimal o‘tish balining chegarasi. Ya’ni 68 dan kam olganlar shundoq ham grantga tavsiya qilinmaydi. Demak, katta ehtimol bilan Milliy gvardiya uchun ajratilgan 731 ta kvota to‘lmay qolgan bo‘lsa kerak. Xullas, 68 balldan oshira olgan Milliy gvardiya xodimlarining barcha farzandlari o‘zlari tanlagan istalgan yo‘nalishga 4 yillik grant asosida qabul qilingan. Eng yuqori o‘tish bali esa Ichki ishlar vazirligida167 ball. Lekin boshqa jihati ham bor, Ichki ishlar vazirligi xodimlari uchun bundan tashqari alohida imtiyoz ham mavjud. U imtiyozga ko‘ra, IIV xodimlari uchun 1 ming 828 ta qo‘shimcha grant kvotasi berilgan va u yerda o‘tish bali 78,6 ball bo‘lgan. Ya’ni 78,6 balldan oshirgan IIV xodimlarining farzandlari o‘zlari tanlagan istalgan yo‘nalishga 4 yillik grant asosida qabul qilingan. Shunaqa gaplar. Buyoqda esa 189 ball bilan kimlardir kontraktga kiryapti, kimlardir esa 183 ball bilan o‘qishdan yiqilyapti. A — adolat! 👉 @xushnudbek 👈

❗️Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun 2026-yilgi o‘tish bali eʼlon qilindi. Ballar ko‘tarilgan #abituriyent UzBMBning mandat
❗️Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun 2026-yilgi o‘tish bali eʼlon qilindi. Ballar ko‘tarilgan #abituriyent UzBMBning mandat.uzbmb.uz saytida imtiyozli toifadagi abituriyentlar uchun o‘tish ballari e’lon qilindi. Joriy yilda tavsiyanoma olgan ehtiyojmand xotin-qizlar uchun o‘tish ballari o‘tgan yilgiga qaraganda oshganini ko‘rish mumkin. O‘tgan yilgi bilan farqni oson aniqlash uchun jadvalda alohida qatorda ko‘rsatdim. Eng katta farq Sirdaryo viloyatida texnika sohasi uchun bo‘lgan — 49,2 ball oshgan. 2025-yilda Sirdayo viloyati teskari rekord qo‘ygan edi, ya'ni tibbiyot sohasi uchun o‘tish bali naq 80,1 ball tushgan edi. Bu safar esa, aksincha, Sirdaryoda texnika fanlari uchun o‘tish bali 49,2 ballga ko‘tarilgan. Keyingi o‘rinlarda quyidagi hududlar uchun o‘tish ballari keskin oshgan: 🔺Toshkent (tibbiyot) — 44,5 ball; 🔺Samarqand (texnika) — 34,1 ball; 🔺Namangan (texnika) — 32 ball; 🔺 Surxondaryo (texnika) — 31,1 ball; 🔺Navoiy (tibbiyot) — 28,1 ball. O‘z navbatida ayrim hududlarda o‘tish ballari tushgan ham. Eng katta ball tushishi Jizzax viloyatida tibbiyot sohasida qayd etilgan — 31,1 ball tushgan. O‘tgan yili Jizzaxda tibbiyot sohasi uchun o‘tish bali 119,1 ball edi, joriy yilda 88 balldan yuqori to‘plagan 63 nafar jizzaxlik qiz tibbiyotga grantga kirgan. Keyingi o‘rinlarda quyidagi hududlar uchun o‘tish ballari keskin tushgan: 🔻 Toshkent (texnika) — 29,8 ball; 🔻 Toshkent viloyati (tibbiyot) — 27,1 ball; 🔻 Qoraqalpog‘iston (tibbiyot) — 26,6 ball. ❓Nima uchun tavsiyanomasi bor xotin-qizlarga ball qo‘shilmadi?JAVOB: hamma imtiyozlar hisoblangan, agar siz o‘qishga kira olmagan bo‘lsangiz, demak to‘plagan balingiz yetmagan. ‼️Birinchidan, bu imtiyoz (tavsiyanoma) hech qanaqa ball qo‘shib bermaydi‼️ Ko‘pchilik 4% ball qo‘shilishi kerak edi, nega shu qo‘shilmayapti, deb xato tushungan. Kutib o‘tirmang, sizga hech qanaqa ball qo‘shilmaydi. Ikkinchidan, xotin-qizlar tavsiyanomasi bor abituriyentlar 100% o‘qishga kiradi, degani emas. Buning uchun yetarli ball ham olish kerak edi. Batafsil mana bu yerda tushuntirilgan (https://t.me/xushnudbek/24864). Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun 2026-yilgi o‘tish bali yuqoridagi suratda ko‘rsatilgan. Mana shu balldan kam olganlarga imtiyoz qo‘llanmagan. 👉 @xushnudbek 👈

Энг оғир юк... Бир йигит донишманднинг ҳузурига келиб деди: — Устоз, ҳаётим жуда оғир. Гўё елкамда кўтариб юрган юким кундан-кунга ортиб бормоқда. Донишманд уни дарё бўйига олиб борди. Ердан катта бир тошни олиб, йигитнинг қўлига тутқазди. — Уни беш дақиқа ушлаб тур. Йигит осонгина ушлаб турди. — Энди бир соат ушла. Йигитнинг қўллари оғрий бошлади. — Энди бир кун ушлаб юр. Йигит ҳайрон бўлиб деди: — Бунинг иложи йўқ. Қўлларим чарчайди, тош эса янада оғирлашгандек бўлади. Донишманд табассум қилди: — Тошнинг оғирлиги ўзгармади. Уни узоқ вақт кўтариб юрганинг учун оғир туюлди. Қалбингдаги алам, ғазаб ва хафагарчилик ҳам худди шу тошга ўхшайди. Улардан маҳкам ушлаб олсанг, кун сайин оғирлашаверади. Қўйиб юборсанг эса енгил тортасан. Йигит чуқур ўйга толди ва тошни секин ерга қўйди. Баъзан инсонни муаммо эмас, уни қўйиб юбора олмаслиги чарчатади. https://t.me/oila_baxti_uchun

❗️OTMga kirish imtihonlari bo‘yicha apellyatsiyalar bugundan boshlab qabul qilinadi #abituriyent 📥 Test sinovlari natijasidan norozi bo’lgan abituriyentlar apellyatsiya arizalarini my.uzbmb.uz saytida (shaxsiy kabineti orqali) onlayn tarzda bugun, 15-avgustdan 24-avgustga qadar (10 kun davomida) berishlari mumkin. 🔰 Abituriyent apellyatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim. 📄 Apellyatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi. 🪪 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga (yoki xabarnomada belgilangan joyga) kelishi kerak. 🗓️ Apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 19-avgustdan boshlanadi.

Mandat.uzbmb.uz dan oson ko'rilyapti

Kutilganidek, yuklamalar soni keskin oshib ketgani hisobiga uzbmb.uz sayti qotib ishlayapti. Lekin, asosiysi, sayt sekin bo‘lsa ham ishlab turibdi, butunlay ochmay qolgani yo‘q. Maslahatim, biroz sabr qilasiz, tushunaman, bu hozir siz uchun juda qiyin ish... 👉 @xushnudbek 👈