en
Feedback
Far·hod·jon

Far·hod·jon

Open in Telegram

https://linktr.ee/far5n10v Turli texnologiyalar, shaxs va professional sifatida o’sish, mahsuldorlik, sayohat tajribalari haqida.

Show more
735
Subscribers
No data24 hours
+37 days
-130 days
Posts Archive
Rassomlar ArtStation saytida (portfolio yuritishadi) sun’iy intellektga qarshi bosh ko’taryapti 😅 https://www.artstation.com
Rassomlar ArtStation saytida (portfolio yuritishadi) sun’iy intellektga qarshi bosh ko’taryapti 😅 https://www.artstation.com/?sort_by=trending

​​Noyabr boshida O’zbekistonga kichik safar bilan bordim. Birinchi kun ro’y bergan ikkita noqulaylik haqida yozyapman. Bular qisman o’zimning axmoqligim va 12-soatlik parvozdan keyingi charchog’imdan ham kelib chiqqan, lekin ikkalasi ham “kiydirish” haqida. 1. Aeroportdan chiqishim bilan aeroport rasmiy taksisi Labzakkacha bo’lgan narxni 75 000 so’mga baholadi. Biroz qimmatmasmi, degan xayol bilan tashqarida turgan taksist bilan gaplashdim. U “o’n besh” dedi. O’z-o’zidan “15 000 so’m negadir arzonroq, borsam qo’shim beraman”, deb o’yladim. Lekin biroz yurganimizdan keyin surishtirsam, taksist atayin pul birligini aytmagan ekan: 15 dollar. Aeroportdan hech qancha yurmay tushib qoldim. 2. IMEI. Axmoqona, faqat pul o’marish uchun o’ylab topilgan tizim. Menda elektron sim karta va uni alohida ro’yxatdan o’tkazish lozim ekan. Bilayn ofisidan Pochtaga yuborishdi, u yerda elektron sim kartani hech narsa qilolmas ekan. O’zimning nomimga real sim karta ham ololmadim: O’zbekiston passporti yonimdamasdi. Keyin Bilayn ofisiga qaytib borib real sim kartani qayta oldim. Ertansiga sayti orqali IMEI ro’yxatdan o’tkazish ham ishlamadi: qo’li qiyshiq programmistlar yozgan tizim passportimni tekshirolmadi. Birinchi holatda Yandex Go, MyTaxi kabi tizimlar bir xil raqobatda ishlashiga yo’l qo’yish yetarli. Ular o’zlari aeroportga planshet yoki taksi kompaniyalari kichik ofislar ochishi mumkin (xuddi dunyoning ko’p davlatlaridagidek). Ikkinchi holat bo’yicha: menimcha, bu yerda davlat xalqni kiydiryapti. Mening telefonim Toshkentda sotib olingan va realmi, elektronmi sim karta ishlayverishi kerak. Men o’zimning pulimga sotib olgan telefonga yana qo’shimcha pul talab qilishi o’ta ochofatlik. Yangi iPhone 14 olayotganlarga achinaman ham: bechoralar boshqa telefonga real sim karta qo’yib, keyin ro’yxatdan o’ta olishadi.

Hozir ko’p texnologiya kompaniyalari odamlarni ishdan bo’shatyapti. Meta, Twitter, Stripe kabi kompaniyalarga Amazon ham qo’s
Hozir ko’p texnologiya kompaniyalari odamlarni ishdan bo’shatyapti. Meta, Twitter, Stripe kabi kompaniyalarga Amazon ham qo’shildi: 10 000 atrofida ishchini bo’shatarkan. Shu vaziyatning nomi ham bor: The Tech Winter (tex-qish). TrueUp saytida esa texnologik kompaniyalardagi bo’shatishlarni interaktiv kuzatsa bo’ladi: https://www.trueup.io/layoffs

Anchadan buyon shaxsiy va ish maqsadlari uchun ikki xil brauzer ishlataman: Safari va Brave (avval Chrome bo’lgan). Yaxshi tomonlari: - kontekstni aniq ajratadi; - Google, Notion kabi servislarda hisob almashtirish shartmas, Command+Tab bilan boshqa brauzerga o’tish yetarli; - ish tugaganda brauzer yopiladi xolos; - brauzerga o’rnatilgan kengaytmalar yoki brauzer moslamalari ham maqsadga qarab o’zgaradi. Lekin bu usulning bitta salbiy tomoni bor: har safar biror havolani (link) “qo’lda” zarur brauzerda ochish kerak. Copy/paste qilaverish yoqimsiz va mahsuldorlikka yomon ta’sir qiladigan ish. Choosy - maxsus havolalarni zarur brauzerda ochish yoki brauzer tanlash imkoniyatini beradigan dastur (faqat macOS uchun). Moslamalarida qaysi URL’ni qaysi brauzerda ochish yoki biror domendagi saytlar ochilayotganda brauzer tanlash imkoniyatini qo’yish mumkin. Brauzer sifatida xohlagan dasturni ko’rsatish mumkin: Notion, Slack, Figma va h.k. va bu holatda, masalan, https://www.figma.com/file/… kabi havolalarni Figma dasturida ochadi. $10 ga bu yerdan sotib olinadi: https://choosy.app

Newsletter Sohadagi yangilik va o'zgarishlardan xabarsiz qolib ketmaslikning yaxshi yo'lini topganman: newsletter. Har kuni saytlar yoki Twitter/LinkedIn/va h.k.larni o'qish shartmas - bir yoki ikki haftada pochtamga kelgan xatni saralab o’qib chiqish yetarli. Engineering bo’yicha uchta newsletter o’qiyman: - Hacker Newsletter: hafta davomida Hacker News saytiga qo’yilgan va yuqori reytingli postlarning yig’indisi. Postlar turli kategoriyalarga bo’linib keladi. - ByteByteGo Newsletter: katta masshtabdagi tizimlarning dizayni haqida (system design). System Design Interview kitobi muallifi tomonidan yuritiladi. - The Pragmatic Engineer Newsletter: dasturiy ta’minot sohasi bo’yicha maslahatlar va sohada bo’layotgan katta o’zgarishlarni yaxshi yoritadi. Hozircha shular.

+1
AirPods Pro 2 AirPods Pro’ning birinchi versiyasi bilan taxminan ikki yillik tajribam bor. Shu ikki yil ichida naushniklarini ikki marta almashtirdim: eng birinchi chiqqan partiyasida muammo bo’lgandi. Yaqinda chiqqan ikkinchi versiyasini sentabrda sotib oldim va 2-3 ta o’zgarishlari bilan bo’lishmoqchiman. Yuqoridagi videoda unboxing (qutisini ochish) jarayoni. Menga eng yoqqan tomonlari: 1. Apple Watch zaryadniklariga mos kelishi juda foydali. Va magniti boshqa metall tekisliklarga qo’yish imkoniyatini beradi (xolodilnikka, masalan). 2. Qutisini (case) Find My ilovasi orqali topish, tovush chiqartirish mumkin. 3. Ovozni ko’tarish va tushirish uchun boshqaruv bor. Endi ko’chada “Siri, volume up/down” deyish yoki telefonni olish shartmas. 4. Nisbatan yaxshiroq shovqinni kamaytiryapti. 5. Sotib olishda tanlangan yozuv/emoji operatsion tizimdayam paydo bo’ladi 🤯 Umuman olganda, yaxshi xarid, deb hisoblayman.

photo content

Kansas City Downtown 2022-yil bahorida. Yuqori sifatlisi Unsplash’da.
Kansas City Downtown 2022-yil bahorida. Yuqori sifatlisi Unsplash’da.

Amerikadagi maktablarda “parent-teacher conference” deb nomlangan qisqa uchrashuvlar bor. Bu uchrashuvda ota-ona va o’qituvch
+1
Amerikadagi maktablarda “parent-teacher conference” deb nomlangan qisqa uchrashuvlar bor. Bu uchrashuvda ota-ona va o’qituvchi bolaning o’qishdagi o’zgarishlari va maktabdagi tajribasini muhokama qilishadi. Yaqinda maktab konferensiyalar uchun yuborgan taklifnomasini erinmasdan ikkita tilga tarjima qilib yuborishibdi. Yana tarjimon ham berishmoqchi agar lozim bo’lsa 😅 P.S.: maktabga ro’yxatdan o’tkazayotganda uydagi tillar sifatida o’zbek va rus tillarini ko’rsatgandik. #maktab #amerika

​​Amerikada tezlik cheklovlari Amerikada avtomobil tezligi uchun cheklovlar shtat yoki hudud tomonidan qo'yiladi - butun mamlakat uchun yagona cheklov yo'q. Lekin nisbatan umumiy ishlatiladigan cheklovlarni payqash mumkin: 35 mil/soat (56 km/soat) - shahardagi "o'rtacha" ko'chalarning ko'pida shu cheklov qo'yilgan. 10-20-30 mil/soat (16-32-48 km/soat) - mahalla va maktab hududlari, piyodalar ko'p uchrashi bo'lgan maxsus hududlar. 40 mil/soat (64 km/soat) - nisbatan kengroq va avtomobil to'g'ri harakat qiladigan ko'chalar (bunaqa ko'chalar soni yuqoridagilardan kam). 40-70 mil/soat (64-112 km/soat) - piyodalar kutilmaydigan va tezlikka mo'ljallangan trassalar. Bu trassalarda svetofor ham kam uchraydi. Qo'shiladigan va chiqib ketadigan oqim alohida xavfsiz yo'ldan foydalanadi. Lekin yo'llardagi xavfsizlikni oshirish faqat tezlikni boshqarish bilan cheklanmaydi: avtomobil oqimini tinchlantirish uchun boshqa usullar ham ishlatiladi. Masalan: - yo'lning eni kichraytiriladi (toraytiriladi); - yo'nalish egiladi (to'g'ri katta yo'lda odam tabiiy ravishda tezlikni oshiradi); - piyodalar xavfsizligi uchun turli to'siqlar qo'yiladi; - tasodifiy to'qnashuvlarning oldini olish uchun infrastruktura yaxshilanadi. Tezlikning yo'ldagi halokatlarga aloqasi muhim. AAA Foundation (1947-yilda tashkil qilingan) izlanishlariga ko'ra, 2018-yilda o'lim bilan yakunlangan to'qnashuvlarning 68 foizida tezlik 40 mil/soatdan (64 km/soat) yuqori bo'lgan. Tezlik 25% mil/soatdan (40 km/soat) kam bo'lgandagi o'limlarning foizi - 12%. Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining 2016-yil hisobotiga ko'ra, AQShda 100 000 odamdan 12.4 kishi yo'l hodisalarida halok bo'lgan. Shu ko'rsatkich O'zbekiston uchun 11.5 (kamroq). Quyidagi foto AQSh Transport Departamentining “Tezlik cheklovi asoslari” qo'llanmasidan. @FarLives #transport #amerika

Yo’l ishlari boshlanishi - 28-sentabr 2022. Yonimizdagi ko’chada mana shu ekran taxminan 2 haftadan beri turibdi. Yo’l ishlar
Yo’l ishlari boshlanishi - 28-sentabr 2022. Yonimizdagi ko’chada mana shu ekran taxminan 2 haftadan beri turibdi. Yo’l ishlari (remont) boshlanishidan oldin haydovchilar shunaqa ogohlantiriladi. Ishlar tugagandan keyin bu ekran boshqa joyga olib ketadi. @FarLives #aqsh #amerika #transport

roadmap.sh saytiga yangi roadmap’lar qo’shilibdi: - Design Systems (dizaynerlar uchun yaxshi qo’llanma) - QA Engineer - Software Architect Aytgandek, har bir punktni bosganda qo’shimcha materiallar paneli ochiladi. @FarLives #engineering #dizayn #qa

​​Team Topologies Yaqinda Team Topologies nomli kitobni tugatdim. Komandalar qurishda qatnashadigan professionallar uchun juda foydali (team lead, Director, CTO, PM va hokazo). Agar ishda komandalarning tashkiliy qismida savollar yoki noaniqliklar bo'lsa shu kitobni tavsiya qilaman. Quyida kitobdan olingan qisqacha fikrlarim. Ishga komanda mas'ul bo'ladi. Imkoni boricha mahsulot yoki infrastrukturaning biror qismiga faqat bitta odam javobgar bo'lishidan qochish kerak: bilim shu odam bilan ketishi yoki bu odam "bottleneck"ka aylanishi mumkin. Komandalar 4 xil turda bo'ladi: 1. Stream-aligned team. Biznes, mijozlar yoki mahsulotga foyda yetkazishga fokus qiladigan komandalar. Yangi imkoniyatlar qurish (feature development), kamchiliklarni tuzatish, foydalanuvchi tajribasini oshirish va hokazo ishlar uchun. "Stream" sifatida ish oqimi (workflow) nazarda tutilyapti. 2. Enabling team. Ko'p holatda vaqtincha tuziladigan, biror murakkabroq texnologiyani o'rganib chiqib boshqa komandalarda tatbiq qiladigan komanda. 3. Complicated-subsystem team. Chuqur va o'ziga xos bilim talab qiladigan tizimga javobgar komanda. 4. Platform team. Boshqa komandalarga xizmat qiladigan platformalarni yaratish va qo'llash uchun tuziladi. Komandalar bir-biri bilan 3 xil usulda aloqa qilishadi: 1. Collaboration. Ikkita komanda birgalikda ishlaydi. Ayniqsa, bu usul komandalar yangi tashkil qilinganda yoki yangi jarayon yoki kattaroq ish chiqarilayotganda zarur bo'ladi. 2. X-as-a-Service. 1-usuldan keyinroq komandalar bir-biri bilan shu usulda, ya'ni, bir-biriga xizmat ko'rsatib muloqot qiladi. Masalan, Platform va Stream-aligned komandalar boshida biror tashabbus ustida birga ishlashadi va keyinroq Platform boshqa komandalarga xizmat ko'rsatish rejimiga o'tadi. 3. Facilitating. Odatda, Enabling team boshqa komandalar bilan shu usulda ishlaydi: yangi texnologiya yoki tajribani komanda o'zlashtirib ketishiga yordam beradi. Kitobda juda ko'p boshqa yaxshi amaliyotlarga ham to'xtalib o'tilgan: kichikroq va nisbatan erkin komandalar, turli funksiyani bajaradigan odamlar bir komandada ishlashi va hokazo. Tavsiya qilinadi. @FarLives #engineering #kitob

Unsplash 2020-yilning yozida karantindan zerikkanda fotoapparat sotib olgandim. Uzooq izlanishlardan so'ng birinchi professio
Unsplash 2020-yilning yozida karantindan zerikkanda fotoapparat sotib olgandim. Uzooq izlanishlardan so'ng birinchi professional fotoapparat sifatida Fujifilm X-T4 tanlandi (bunda yordam bergan Jamshid Nazarovga katta rahmat). Birinchi qadamlar deyarli hamma narsani fotoga olish, noto'g'ri tahrirlash kabi xatolar bilan boshlanishiga qaramay, asta-sekin fotolar sal yaxshilanishni boshladi. Shunchaki hobbi sifatida yaxshi mashg'ulot. Boshida faqat Instagram'ga qo'yilgan fotolarni keyinroq Unsplash'ga ham qo'yishni boshladim. Unsplash - sifatli, professional fotolardan bepul foydalanish imkoniyatini beradigan platforma. Unsplash'ning yana bir yaxshi xususiyati bor: u Notion, Trello, Figma kabi uskunalarga integratsiya qilingan va shu uskunalarning o'zida Unsplash fotolaridan foydalanish mumkin. O'zbekiston yoki Toshkentning sifatli fotolari kerak bo'lganda Unsplash'dagi profilimdan yuklab olish mumkin. Sayohatlarimda uchraydigan yaxshi kadrlarni ham qo'yib boraman asta-sekin. https://unsplash.com/@far5n10v Instagram'dagi sahifam shunchaki kuzatish uchun: https://www.instagram.com/far5n10v/ P.S.: Adiblar xiyobonida olingan fotomdan Jozef Gordon-Levit ham foydalandi orada 🙂 P.P.S.: Yuqoridagi foto Turkiyaning Alanyasida 2021-yilda olingan. @FarLives #fotografiya

​​Okey, Amerika! 2021-yilda hayotimizda katta o'zgarish bo'ldi: o'tgan yilning noyabridan boshlab AQShda yashayapmiz (yozda ikki oy O'zbekistonda o'tkazilgan vaqtni hisobga olmasa). Hozircha, buni yangi madaniyat va yangi joyni chuqurroq o'rganish uchun yaxshi imkoniyat va qiziq bir tajriba sifatida ko'ryapmiz. Shuning uchun, sarlavha "Salom, Amerika!" emas, "Okey, Amerika!" — bu Amerikaga bir imkoniyat berishdek gap. Har qanday ko'chishning boshida bo'ladigan o'tish davri va qiyinchiliklar bilan nisbatan kelishvoldik va endi shu tajriba va Amerikaning o'ziga xosliklari bilan bo'lishishga tayyorman. Kanalda/blogda endi Amerikaning turli xususiyatlari haqida xabarlar va maqolalar ko'proq bo'ladi. Bundan oldin Amerikaga taxminan 7 marta kelganman va 9 ta shtatini ko'rganman. Lekin hamma safarim, asosan, ish bilan bog'liq bo'lgan va Amerikaga turist sifatida qaraganman. Bunda kundalik hayotda uchraydigan bir qancha o'ziga xosliklariga e'tibor berilmaydi. Endi hamma shtatlarini qamrab chiqish va atrofdagi davlatlarni ham o'rganishga yaxshi imkoniyat bor. Va bolalar uchun ham yangi tajriba. Endi yozadigan ba'zi postlarim Amerikani O'zbekiston bilan solishtirishdek tuyulishi mumkin, lekin mening asosiy maqsadim o'zim payqagan yoki meni hayron qoldirgan yangi bilimni yetkazish bo'ladi. Solishtirib bo'lmaydigan narsalarni solishtirishga qat'iy qarshiman. Yana bir cheklab o'tadigan mavzuim: Amerikaga qanaqa ketish/kelish bo'yicha maslahatlar. Men bu masala bo'yicha mutaxassis emasman va noto'g'ri ma'lumot berishim ehtimoli katta. Yoziladigan postlarga ko'proq dunyoqarashni kengaytirish sifatida qaralishini xohlardim. Turli xalqlar, madaniyatlar, mamlakatlar urf-odatlari va hayot tarzini o'rganish dunyoga kengroq qarashga yordam beradi. Quyidagi fotoda Amerikaning odatiy ko’chalaridan biri. 2022-yil yanvar. Omon bo'ling! ✌️ @FarLives #aqsh #amerika

Speed Reading kitobida ko’z va miya tezligi haqida bir fakt bor: miya ko’zdan ko’ra tez ishlaydi va matndagi har bir harf/so’
+1
Speed Reading kitobida ko’z va miya tezligi haqida bir fakt bor: miya ko’zdan ko’ra tez ishlaydi va matndagi har bir harf/so’zni o’qish shart emas. So’zlar orasidagi bo’shliqqa e’tibor berib “sakrab” o’tganda ham miya kerakli ma’lumotni olvoladi. Va bu o’qish tezligini sezilarli oshiradi. O’qish tezligini oshiradigan yangi usul chiqdi yaqinda: Bionic Reading. Bu usul miya so’zlarni birinchi 2-3 harflaridan to’ldirvorishi asosida ishlaydi: masalan, bu gapni o’qish uchun kamroq vaqt sarflanadi. Bu usulning tayyor yechimlariyam bor: veb yoki mobil ilovasini ishlatish mumkin, brauzer uchun kengaytmasi bor, qayta ishlangan matnni yuklab olish yoki Kindle’ga yuborish mumkin. ➡️ https://bionic-reading.com #mahsuldorlik

photo content

photo content

Speed Reading kitobida ko’z va miya tezligi haqida bir fakt bor: miya ko’zdan ko’ra tez ishlaydi va matndagi har bir harf/so’zni o’qish shart emas. So’zlar orasidagi bo’shliqqa e’tibor berib “sakrab” o’tganda ham miya kerakli ma’lumotni olvoladi. Va bu o’qish tezligini sezilarli oshiradi. O’qish tezligini oshiradigan yangi usul chiqdi yaqinda: Bionic Reading. Bu usul miya so’zlarni birinchi 2-3 harflaridan to’ldirvorishi asosida ishlaydi: masalan, bu gapni o’qish uchun kamroq vaqt sarflanadi. Bu usulning tayyor yechimlariyam bor: veb yoki mobil ilovasini ishlatish mumkin, brauzer uchun kengaytmasi bor, qayta ishlangan matnni yuklab olish yoki Kindle’ga yuborish mumkin. ➡️ https://bionic-reading.com #mahsuldorlik

iOS 16 Bugundan boshlab smartfonlarni Apple’ning yangi operatsion timizga yangilash mumkin. Har doimgidek, MacStories nashri
iOS 16 Bugundan boshlab smartfonlarni Apple’ning yangi operatsion timizga yangilash mumkin. Har doimgidek, MacStories nashri juda chuqur va detallar bilan to’la taqriz (review) chiqargan. Dizaynerlar, mobil dasturchilar va umuman interfeys dizayni bilan qiziquvchilar uchun foydali. Ko’p yangi imkoniyatlar eski versiyasi bilan yonma-yon solishtirilgan. https://www.macstories.net/stories/ios-16-the-macstories-review/ Menga hozircha yoqqan o’zgarishlar: - Yangi Lock Screen (qulf ekrani? qulflangan ekran?). Fotodan obyektlarni aqlli kesishga o’xshagan mayda detallari zo’r. Va vidjetlar foydali. - Audio va video pleyerlaridagi mayda yoqimli o’zgarishlar. - Boshqa ilovalarda yillar oldin paydo bo’lgan imkoniyatlar: yuborilgan xabarni tahrirlash yoki qaytarish, keyinroq yuborish kabi. - Fotodan obyektlarni oson kesvolish (ko’p holatlarda kutilganidek ishlayapti). #apple #ios