en
Feedback
UWED Official | JIDU rasmiy

UWED Official | JIDU rasmiy

Open in Telegram

JIDUning rasmiy kanali | Официальный канал УМЭД. Instagram: https://instagram.com/uwed_official Facebook: https://www.facebook.com/uwed.uzb 🎬YouTube: https://www.youtube.com/c/UWEDOfficial 🌍 https://uwed.uz ✉️ press-service@uwed.uz

Show more

📈 Analytical overview of Telegram channel UWED Official | JIDU rasmiy

Channel UWED Official | JIDU rasmiy (@uwed_official) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 18 555 subscribers, ranking 10 694 in the Education category and 4 303 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 18 555 subscribers.

According to the latest data from 09 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by 2 944 over the last 30 days and by 26 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 72.07%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 40.24% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 13 377 views. Within the first day, a publication typically gains 7 469 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 126.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
JIDUning rasmiy kanali | Официальный канал УМЭД. Instagram: https://instagram.com/uwed_official Facebook: https://www.facebook.com/uwed.uzb 🎬YouTube: https://www.youtube.com/c/UWEDOfficial 🌍 https://uwed.uz ✉️ press-service@uwed.uz

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 10 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Education category.

18 555
Subscribers
+2624 hours
+4707 days
+2 94430 days
Posts Archive
#Mustaqillik35Yilligi ⚡️Hurmatli Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari! O‘zbekiston Respublikasi davlat m
#Mustaqillik35Yilligi ⚡️Hurmatli Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari! O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yoshlar va jamoatchilik vakillarining siyosiy partiya faollari bilan uchrashuvi tashkil etiladi. Uchrashuv davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, demokratik jarayonlar, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish hamda yoshlarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish masalalari muhokama qilinadi. 🗣Tadbirning faxriy mehmoni: Sag‘dullayev Shomansur Shaxsaidovich — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi birinchi vitse-prezidenti — bosh ilmiy kotib, akademik, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati. ✔️Barchangizni mazmunli muloqot va ochiq fikr almashinuvida faol ishtirok etishga chorlaymiz! 📆 15-sentabr, 2026-yil 15:00 📍 B bino, Kinozal 🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube

⚡️Hurmatli Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-o'qituvchilari va talabalari! JIDUda “Jamiyatda saqlanib
⚡️Hurmatli Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-o'qituvchilari va talabalari! JIDUda “Jamiyatda saqlanib qolayotgan oilaviy stereotiplarni bartaraf etishning dolzarb masalalari” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Mazkur uchrashuv davomida oilaviy stereotiplarning shakllanishi, ularning jamiyatdagi o‘rni hamda zamonaviy sharoitda ularni bartaraf etishning samarali yo‘llari haqida fikr almashiladi. Tadbir ishtirokchilari mavzu yuzasidan o‘z fikr va qarashlarini bildirish, ochiq muloqotda ishtirok etish hamda dolzarb masalalar bo‘yicha yangi nuqtayi nazarlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Barchangizni mazmunli suhbat va ochiq fikr almashuvga taklif qilamiz! 📆 15-sentabr, 2026-yil 10:00 📍 JIDU, “A” bino, Assembly hall 🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube

⚡️ Hurmatli talabalar! Sizlarni BRB tomonidan taqdim etilayotgan onlayn ta’lim krediti bo‘yicha tashkil etiladigan uchrashuvg
⚡️ Hurmatli talabalar! Sizlarni BRB tomonidan taqdim etilayotgan onlayn ta’lim krediti bo‘yicha tashkil etiladigan uchrashuvga taklif qilamiz! Uchrashuv davomida ta’lim kreditini olish tartibi, shartlari va onlayn ariza topshirish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot beriladi. Barchangizni kutib qolamiz! 📆 12-sentabr, 2026-yil 14:00 📍 JIDU, “B” bino, Kinozal 🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube

⚡️Do'stmurodov Umidxon Inatillaevichning 12.00.02. – “Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi” ixtis
⚡️Do'stmurodov Umidxon Inatillaevichning 12.00.02. – “Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi” ixtisosligi bo‘yicha yozilgan “Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan jismoniy kuch ishlatish chorasini qo'llashni ma'muriy-huquqiy tartibga solish” mavzusidagi yuridik fanlari falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.11/10.01.2024.yu.24.04 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 12-sentabr kuni soat 11:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi. 📍JIDU, Conference hall 🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube

🇺🇿🇦🇿 JIDU talabalari O‘zbekistonning Ozarbayjondagi Elchixonasida malakaviy amaliyotini muvaffaqiyatli yakunladilar Joriy
+2
🇺🇿🇦🇿 JIDU talabalari O‘zbekistonning Ozarbayjondagi Elchixonasida malakaviy amaliyotini muvaffaqiyatli yakunladilar Joriy yilning 8-avgustidan 8-sentabr kunigacha JIDU talabalari Mirjahon Fayzullayev va Shoxrux Saidov O‘zbekiston Respublikasining Ozarbayjon Respublikasidagi Elchixonasida malakaviy amaliyot o‘tadilar. Amaliyot davomida talabalar diplomatik faoliyatning turli yo‘nalishlarida tahliliy va axborot materiallarini tayyorlash, diplomatik hujjatlar bilan ishlash, konsullik masalalari bo‘yicha amaliy topshiriqlarni bajarish, O‘zbekiston–Ozarbayjon munosabatlarini tahlil qilish, iqtisodiy diplomatiya yo‘nalishida amaliy takliflar ishlab chiqish hamda rasmiy tadbirlarni tashkil etishda faol ishtirok etdilar. Shuningdek, talabalar Ozarbayjon Prezidentining 23–24-avgust kunlari O‘zbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifini tayyorlash va tashkil etish jarayonida faol ishtirok etdilar. Amaliyot yakunlari bo‘yicha talabalarning faoliyati a’lo darajada baholanib, O‘zbekiston Respublikasining Ozarbayjon Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi B.B. Ashrafxonov tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandilar. Mazkur amaliyot talabalarga diplomatik xizmat jarayonlariga bevosita jalb etilib, diplomatik faoliyatning kundalik vazifalarida ishtirok etish, olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash, yangi professional ko‘nikmalarni egallash hamda Elchixona faoliyatiga o‘z hissalarini qo‘shish imkonini berdi. 🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube

⚡️Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti magistratura mutaxassisliklariga talabalikka tavsiya etilganlar diqqatiga! Q
⚡️Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti magistratura mutaxassisliklariga talabalikka tavsiya etilganlar diqqatiga! Quyidagi nomi keltirilgan hujjatlarni joriy yilning 10-sentabr kunidan boshlab Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti A bino 114-xonada Qabul komissiyasiga topshirishingiz so‘raladi: 1.Rektor nomiga ariza; 2.Hujjatlar yig’ma jildi; 3.Bakalavr diplomi asli; 4.Til bilish sertifikati asli; 5.Imtiyoz bergan hujjat (yutuq sertifikati) asli; 6.3*4 foto rasm 8 ta; 7. Pasport yoki ID karta nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda).   ❗️Eslatib o‘tamiz, tashkiliy jarayonlar bilan bog‘liq barcha ishonchli ma’lumotlar bilan universitetning rasmiy sahifalari orqali tanishishingiz mumkin. 📞 Murojaat uchun telefonlar: +998 (71) 268-35-40, +998 (71) 267-08-16, +998 (71) 267-08-52 📧 Murojaat uchun e-pochta: admission@uwed.uz 🔝 Telegram manzil: @UWED_admission2026 🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube

⚡️Eshimbetov Maxmud Urazboyevich 12.00.02. – “Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi” ixtisosligi b
⚡️Eshimbetov Maxmud Urazboyevich 12.00.02. – “Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi” ixtisosligi bo‘yicha yozilgan “Ma’muriy-huquqiy nizo:nazariya va amaliyot” mavzusidagi yuridik fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.11/10.01.2024.yu.24.04 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 12-sentabr kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi. 📍JIDU, Conference hall 🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube

#Mustaqillik35Yilligi ⚡️ Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 📎Batafsil... 🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 🇺🇿🇨🇳 Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi Xalqaro bo‘lim boshlig‘i JIDUga tashrif buyurdi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Si Szinpin asarlarini o‘rganish markazida Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Xalqaro bo‘limi boshlig‘i janob Lyu Xaysin bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi janob Yuy Szyun, XXR diplomatik missiyasi vakillari hamda JIDU rahbariyati, professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi. 📎Batafsil... 🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube

#Mustaqillik35Yilligi 🇺🇿🇺🇸 O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi Vashingtonda tantanali nishonlandi AQSH poytaxti Vashi
+3
#Mustaqillik35Yilligi 🇺🇿🇺🇸 O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi Vashingtonda tantanali nishonlandi AQSH poytaxti Vashington shahrida O‘zbekiston Respublikasining Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda AQSH hukumati vakillari, diplomatik korpus a’zolari, O‘zbekiston Respublikasining AQSHdagi diplomatik vakolatxonasi xodimlari, vatandoshlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida O‘zbekistonning mustaqillik yillaridagi taraqqiyot yo‘li, mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzi, shuningdek, O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar va ko‘p qirrali hamkorlikning izchil rivojlanib borayotgani alohida ta’kidlandi. Mazkur tadbirda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakultetining 3-kurs talabalari Sanjar Rashidov va Odil Po‘latov ham ishtirok etdilar. Ayni paytda talabalar O‘zbekiston Respublikasining Vashingtondagi Elchixonasida amaliyot o‘tamoqda. Amaliyot davomida talabalar diplomatik faoliyat, ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro savdo-iqtisodiy aloqalar, tashqi siyosat hamda xalqaro munosabatlarning amaliy jihatlari bo‘yicha qimmatli tajriba orttirmoqda. Bunday amaliyotlar JIDU talabalarining nazariy bilimlarini real diplomatik muhitda mustahkamlash, xalqaro muzokaralar va tashqi iqtisodiy aloqalar jarayonlarini bevosita kuzatish hamda kelgusidagi professional faoliyatlari uchun zarur ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube

🇺🇿🇶🇦 JIDU Qatar bilan diplomatik ta’lim va akademik almashinuv sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda 2026-yil 7-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoev Qatar Davlati Tashqi ishlar vazirligi Bosh kotibi Dr. Ahmad Hassan Al-Hammadi bilan uchrashdi. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi Konfutsiy instituti binosida bo‘lib o‘tgan ikki tomonlama uchrashuvda O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi ta’lim, diplomatik kadrlar tayyorlash, ekspertlar almashinuvi va akademik hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. 📎Batafsil... 🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube

#Mustaqillik_darsi ⚡️Joriy yilning 7-sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro huquq fakultetining
+3
#Mustaqillik_darsi ⚡️Joriy yilning 7-sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro huquq fakultetining 1-bosqich talabalari universitetdagi ilk saboqlarini boshladilar. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbir davomida talabalar universitet muhiti, ta’lim jarayoni hamda ichki tartib-qoidalar bilan yaqindan tanishtirildi. ✨Tadbirda Xalqaro huquq fakulteti dekani Serikbek Muratayev shuningdek, profilaktika inspektori, universitet psixologi hamda yoshlar masalalari bo‘yicha mas’ul xodimlar so‘zga chiqib, talabalarni yangi bosqich bilan samimiy tabriklab, universitetning qadriyatlari va ta’lim muhiti, o‘quv jarayonining tashkil etilishi; ichki tartib-intizom qoidalari, talabalarning huquq va majburiyatlari, xavfsizlik, psixologik qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. 💫 Mazkur uchrashuv talabalar uchun nafaqat universitet hayotiga ilk qadam, balki kelgusidagi professional faoliyatiga mustahkam poydevor bo'ladigan muhim yo‘l-yo‘riq vazifasini o‘tadi. 🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube

Repost from Edu.uz
#kontrakt #shartnoma Barcha talabalar diqqatiga (1-kurslar ham)❗️ To‘lov shartnomasini olish uchun onlayn ariza yuborish 🖥 Buning uchun kontrakt.edu.uz tizimidan ro‘yxatdan o‘tib, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn ariza yuboring! Arizalar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanib, QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi. Tasdiqlangan shartnomani yuklab olib, belgilangan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishingiz so‘raladi. Ma’lumot uchun, shartnoma uchun arizalarni “KONTRAKT EDU” mobil ilovasi orqali ham yuborish mumkin. Ilovani yuklab olish:👇 📲 iOS uchun 📲 Android uchun Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

🇺🇿 Ayni damda, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi va yangi o‘quv yilining rasmiy ochilish marosimiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo'lib o'tmoqda. 🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube

🟦🟦🟦 🟦🟦🟦 ⚡️“Eng yaxshi kreativ g‘oya” Respublika tanloviga arizalar qabul qilinmoqda! Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar
🟦🟦🟦 🟦🟦🟦 ⚡️“Eng yaxshi kreativ g‘oya” Respublika tanloviga arizalar qabul qilinmoqda! Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari o‘rtasida startap, innovatsion g‘oya va amaliy ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Eng yaxshi kreativ g‘oya” respublika tanlovi o‘tkazilmoqda. 👉 Tanlovda bakalavriat va magistratura talabalari ishtirok etishlari mumkin. Tanlov 2 bosqichda bo'lib o'tadi: — universitet ichki saralashi; — Respublika bosqichi. Ichki saralashdagi eng yaxshi 3 ta loyiha Respublika bosqichiga tavsiya etiladi. G‘oliblar uchun grantlar: 🥇 1-o‘rin — 100 mln so‘m 🥈 2-o‘rin — 50 mln so‘m 🥉 3-o‘rin — 25 mln so‘m 📆 Loyihalarni topshirish muddati: 30-sentyabrgacha. Tanlov nizomi bilan shu yerda tanishing: Arizalar @SaykaSakura telegram manziliga yuborilishi lozim. 🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube

🟦🟦 ⚡️ Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Yoshlar ishlari ofisi mutaxassisi Feruza Ernazarova Sevimli kanalining “Talabalar turar joylari: yotoqxonami yoki muqobil mexanizm” mavzusiga bag‘ishlangan “Yangi hayot” ko'rsatuvida ekspert sifatida ishtirok etishdi. 🔗 Ushbu ko‘rsatuvni quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin. 🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube

#Mustaqillik35Yilligi ⚡️Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi
+2
#Mustaqillik35Yilligi ⚡️Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi, Barqaror rivojlanish maqsadlari oyligi hamda “Sog‘lom universitet” konsepsiyasi doirasida “Bir yurt — bir xalq — bir kelajak” mavzusida ijtimoiy-psixologik seminar-aksiya o‘tkazildi. 📎Batafsil... 🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube

🟦🟦🟦 🟦🟦 ⚡️2026/2027-o’quv yili Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriat 1-bosqichiga o‘qishga tavsi
🟦🟦🟦 🟦🟦 ⚡️2026/2027-o’quv yili Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriat 1-bosqichiga o‘qishga tavsiya etilgan Prezident maktablari bitiruvchilari diqqatiga! 2026/2027-o’quv yili Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriat 1-bosqichiga o‘qishga tavsiya etilgan Prezident maktablari bitiruvchilaridan Universitetning Qabul komissiyasiga qabul uchun zarur bo‘lgan quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari so‘raladi: 1. Rektor nomiga ariza; 2. Passport yoki ID karta nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda); 3. Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli (agar bo‘lsa); 4. 3x4 rasm 8 dona; 5. Hujjatlar yig'ma jildi; 6. Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi; 7. Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar imtiyoz beruvchi hujjatning asli; 8. Bilim va malakalarni baholash agentligi ruxsatnomasi va javoblar varaqasi; 9. Harbiy guvohnoma nusxasi (agar mavjud bo‘lsa). 📆 Hujjatlarni taqdim etish muddati: 5–7-sentabr 2026-yil 📍 Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Qabul komissiyasi ❗️Hurmatli Prezident maktablari bitiruvchilari, hujjatlarni belgilangan muddatlarda taqdim etishingizni so‘raymiz. 🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube