en
Feedback
"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

Open in Telegram

''TIQXMMI'' milliy tadqiqotlar universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti hayotiga oid xabar va media almashinuvi. Creator: Navruz Saidov Admin bilan aloqa: Matbuot kotib @Suxrobbek_Xurshidovich

Show more
2 035
Subscribers
No data24 hours
-167 days
-8030 days
Posts Archive
Repost from Edu.uz
⚡️2025/2026 oʻquv yili uchun texnikumlarga KUNDUZGI va DUAL taʻlim shakllaridagi qabul parametrlari
▶️ Respublika bo‘yicha 515 ta texnikumda kunduzgi va dual ta’lim shakllari uchun qabul kvotasi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 139 245 nafar 9-sinf bitiruvchisi davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi. ✔️Shundan: ➖ kunduzgi ta’lim shaklida — 118 595 ta; ➖ dual ta’lim shaklida — 20 650 ta. 📲 Kvotalar to‘liq 👉@eduuzuniversalbot
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
#Qabul_2025 #Kasbiy_taʼlim Texnikumlarga qabul parametrlari tasdiqlandi 🔰Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyru
#Qabul_2025 #Kasbiy_taʼlim Texnikumlarga qabul parametrlari tasdiqlandi 🔰Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan 2025/2026 o‘quv yilida 599 ta texnikumga 370 ta kasb va mutaxassislik bo‘yicha kunduzgi, kechki, sirtqi va dual ta’lim shakllarida jami 311 009 ta qabul kvotasi tasdiqlandi. ✔️Shundan: ➖ davlat granti asosida — 205 729 ta; ➖ to‘lov-kontrakt asosida — 105 280 ta. Shu bilan birga, xalqaro ta’lim dasturlari joriy etilishi belgilangan 14 ta texnikumga jami 1680 nafar o‘quvchini davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish belgilandi. Qabul parametrlarida 9-sinf bitiruvchilari uchun 515 ta texnikumga jami 139 245 ta kvota (to‘liq davlat granti), 11-sinf bitiruvchilari uchun esa 549 ta texnikumga jami 171 764 ta kvota (shundan 66 484 ta grant) ajratilgan.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

"Qishloq va suv xo'jaligi texnika-texnologiya" kafedrasi professor-o'qituvchilari A.N.Jo'rayev va A.A.Savriddinovlar tomonida
+1
"Qishloq va suv xo'jaligi texnika-texnologiya" kafedrasi professor-o'qituvchilari A.N.Jo'rayev va A.A.Savriddinovlar tomonidan yaratilgan yangi adabiyotlar universitetning axborot resurs markazidan joy oldi. 📕Bu kabi adabiyotlar yosh avlodning bilim olishlarida asosiy vosita sifatida xizmat qiladi. Zero, Kitob zamonlar dengizida sayohat qilayotgan va oʻzining qimmatbaho yukini avlodlardan-avlodlarga tashiyotgan hikmat kemasidir. @BuxTRBI

Repost from Jasur Ro’ziqulov
⚡️Bilasizmi eng katta sovg'a bu - kitobdir. Joriy yilda ham kitoblar karvonini ulashishni o'z oldimga maqsad qilib qo'yganlig
+1
⚡️Bilasizmi eng katta sovg'a bu - kitobdir. Joriy yilda ham kitoblar karvonini ulashishni o'z oldimga maqsad qilib qo'yganligim to’g’risida sizga avval ham aytgan edim. Ustozlarim bilan o'z muallifligimizdagi kitoblar jamlanmasi axborot resurs markazidan joy oldi. 📕Bu kabi adabiyotlar yosh avlodning bilim olishlarida asosiy vosita sifatida xizmat qiladi. Zero, Kitob zamonlar dengizida sayohat qilayotgan va oʻzining qimmatbaho yukini avlodlardan-avlodlarga tashiyotgan hikmat kemasidir. ✍🏻Senat huzuridagi Yoshlar Parlamenti a’zosi, Xalq deputatlari Olot tuman Kengashi deputati, “Ma'rifat” targ‘ibotchilari jamiyati a’zosi, Buxoro davlat texnika universiteti o‘qituvchisi t.f.f.d, PhD Jasurbek Ro‘ziqulov
Bizni kuzating
Telegram I Instagram

Buxoro davlat texnika universitetiga Erondan mehmonlar tashrif buyurdi Tashrif davomida universitet va Eron delegatsiyasi o‘r
+6
Buxoro davlat texnika universitetiga Erondan mehmonlar tashrif buyurdi Tashrif davomida universitet va Eron delegatsiyasi o‘rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, talabalarni ishga joylashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama manfaatli loyihalar va tajriba almashinuvi masalalari muhokama qilindi. Asosiy e’tibor bugungi dolzarb muammo bo‘lgan suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish va bu borada hamkorlik qilish masalalariga qaratildi. Suv resurslaridan oqilona foydalanish, zamonaviy irrigatsiya texnologiyalarini tadbiq etish bo‘yicha ham kelishuvlarga erishildi.

Buxoro davlat texnika universitetiga Erondan mehmonlar tashrif buyurdi Tashrif davomida universitet va Eron delegatsiyasi o‘r
+6
Buxoro davlat texnika universitetiga Erondan mehmonlar tashrif buyurdi Tashrif davomida universitet va Eron delegatsiyasi o‘rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, talabalarni ishga joylashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama manfaatli loyihalar va tajriba almashinuvi masalalari muhokama qilindi. Asosiy e’tibor bugungi dolzarb muammo bo‘lgan suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish va bu borada hamkorlik qilish masalalariga qaratildi. Suv resurslaridan oqilona foydalanish, zamonaviy irrigatsiya texnologiyalarini tadbiq etish bo‘yicha ham kelishuvlarga erishildi.

#LIVE ⚡️Talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini kuchaytirish, ular o’rtasida “Yosh muhandislar” tanlovlarini tashkil etish, no
+2
#LIVE ⚡️Talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini kuchaytirish, ular o’rtasida “Yosh muhandislar” tanlovlarini tashkil etish, nomdor va davlat stipendiyalari, mukofotlariga bo’lgan tanlovlarda talabalar ishtirokini kuchaytirish bo’yicha kerakli tavsiyalar berilib, ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida fikrlar berildi. @BuxTRBI

#LIVE ✍️Jarayonda oliygohdagi 40 dan ortiq to’garaklarni yangi bosqichga olib chiqish, shuningdek ularning faoliyatini takomi
+5
#LIVE ✍️Jarayonda oliygohdagi 40 dan ortiq to’garaklarni yangi bosqichga olib chiqish, shuningdek ularning faoliyatini takomillashtirish, to’garaklar faoliyatini kuchaytirish masalalariga alohida to’xtalib, mas’ullarga kerakli topshiriqlar berildi. @BuxTRBI

#LIVE Ayni damda Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti rektori Sh.J.Imomov boshchiligida talabalar bilan uchrashuv b
+4
#LIVE Ayni damda Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti rektori Sh.J.Imomov boshchiligida talabalar bilan uchrashuv bo’lib o’tmoqda. Jarayonda talabalarni qiynayotgan savollarga yechim topilib, ularga atroflicha tushintirish ishlari olib borilmoqda. @BuxTRBI

Bravo jamoasi - 2024-yilgi konsert dasturi 🎓Buxorolik talaba Ulashing va obuna bo‘ling!

Sizga baho nima uchun kerak? Kelajakda o‘z ishingizni topib ketishingiz uchunmi? Yoki 6 oy davomida yaxshi stipendiya olishingiz uchunmi? Deylik, fanlarni yaxshi bahoga yopdingiz. 6 oy davomida yaxshi stipendiya oldingiz. Keyinchi? Oliygohni bitirib nima ish qilasiz? O‘z ishingizni topib keta olasizmi? Deylik, fanlarni a'lo bahoga yopa olmadingiz. 6 oy davomida moddiy jihatdan qiyinchilikda kun kechirdingiz. Lekin siz o‘z sohangizning mutaxassisi bo‘ldingiz. Oliygohni bitirib, o‘z sohangizda ish boshladingiz. Aytingchi, sizga qaysi biri ma'qul? 6 oylik hayotmi? Yoki Oliygohdan keyingi hayot? To‘g‘ri, hamma fanni a'lo bahoga yopib ham, o‘z ishini topib ketganlar ko‘p. Lekin siz topib keta olasizmi? Siz olayotgan baholar sizning bilimingizni belgilab berayotganiga qanchalik aminsiz? Bunga vijdonan javob bering. 🎓Buxorolik talaba Ulashing va obuna bo‘ling!

Repost from Edu.uz
#onlayn_konferensiya Birozdan so‘ng oliy ta’limda mikrosertifikatlarning boshqarish tizimi bag‘ishlangan onlayn konferensiya
#onlayn_konferensiya
Birozdan so‘ng oliy ta’limda mikrosertifikatlarning boshqarish tizimi bag‘ishlangan onlayn konferensiya boshlanadi
Hurmatli professorlar, tadqiqotchilar, talabalar va ta’lim sohasiga qiziqadigan mutaxassislar sizni mazkur onlayn konferensiyamizga taklif qilamiz! 💡Sizni nimalar kutmoqda: - Mavzuga oid eng so‘nggi tadqiqotlar va innovatsiyalar; - Tajribali mutaxassislar bilan ochiq muloqot; - Microcredential haqida nafqat o‘rganish, balki unda ishtirok etish imkoni: jumladan, E-pass, EuShengen viza olish kutmoqda. 🎤 Tashkilotchilar: OTFIV Jamoatchilik kengashi raisi Feruza Rashidova – moderator; Dorota Sylwia Majewicz – spiker (Polsha); Mohira Alibekova – spiker. Konferensiyada qatnashish uchun havola: https://us06web.zoom.us/j/5037546705?pwd=aWlFTVJRbElTK1dqdktJaENwd3MxZz09&omn=81024303240
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Davlat stipendiyasi guvohnomasi topshirildi Buxoro davlat texnika universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
+3
Davlat stipendiyasi guvohnomasi topshirildi Buxoro davlat texnika universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ta’sis etilgan nomdor davlat stipendiyasi guvohnomasi tantanali ravishda topshirildi.

#BuxDTU #futzal Buxoro davlat texnika unversitet sport zalida "Talabalar ligasi" ning futbol (futzal) turi bo'yicha final bos
+6
#BuxDTU #futzal Buxoro davlat texnika unversitet sport zalida "Talabalar ligasi" ning futbol (futzal) turi bo'yicha final bosqichi bo'lib o'tdi. Natijalar quyidagicha 1-o’rin Buxdu 2-o’rin Buxpi 3-o’rin Buxdtu

Suv tejovchi texnologiyalar – amaliyotda Buxoro davlat texnika universitetining Irrigatsiya va melioratsiya kafedrasi profess
+6
Suv tejovchi texnologiyalar – amaliyotda Buxoro davlat texnika universitetining Irrigatsiya va melioratsiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari boshchiligida Suv xo‘jaligi va melioratsiya yo‘nalishining 4-bosqich talabalari suv tejovchi texnologiyalar bilan yaqindan tanishish maqsadida universitetning tajriba maydonida bo‘lishdi. Tashrif davomida talabalar zamonaviy irrigatsiya usullari, tomchilatib sug‘orish, yer osti sug‘orish tizimlari va boshqa innovatsion texnologiyalar haqida amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi. Mazkur tashrif talabalar bilimini mustahkamlash, nazariyani amaliyot bilan uyg‘unlashtirish hamda suv resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha malakalarini oshirishga xizmat qildi.

Buxoro davlat texnika universitetida O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Innovatsion ri
+5
Buxoro davlat texnika universitetida O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Innovatsion rivojlanish agentligi va "Springer & Nature" kompaniyasi vakillari bilan hamkorlikda Web of Science va Scopus bazasida mavjud bo'lgan ilmiy jurnallarda maqolalar hamda ishlanmalarni chop etish, universitet iqtibosligini oshirish masalalariga qaratilgan seminar-trening bo'ib o'tdi. Bunda ishtirok etgan mustaqil tadqiqotchilar, tayanch doktorantlar va ilmiy izlanuvchilar xalqaro toifadagi mutaxassislardan kerakli ko'nikmalar va ko'rsatmalar olishdi. Seminar yakunida hamkorlikda vebinar hamda seminarlarni sohalar bo'yicha tashkil etish va faoliyat olib borishga kelishildi va shartnoma imzolandi.

Buxoro viloyati "Shashmaqom" va nomoddiy madaniy merosni o‘rganish markazida yangilik! "JADIDLAR G‘OYASI — YANGI O‘ZBEKISTON
+2
Buxoro viloyati "Shashmaqom" va nomoddiy madaniy merosni o‘rganish markazida yangilik! "JADIDLAR G‘OYASI — YANGI O‘ZBEKISTON VA UCHINCHI RENESSANSNI BUNYOD ETISHNING MUSTAHKAM POYDEVORI" mavzusida olib borilayotgan ilmiy-ma’rifiy faoliyat doirasida muhim tashabbus ro‘yobga chiqdi. Mazkur loyiha koordinatori Nematov Doniyor Yunusovich tashabbusi bilan Axborot-resurs markazi fondi mazkur mavzuga oid maqolalar to‘plami bilan boyitildi. Bu to‘plamlar, jadidlarning ilg‘or g‘oyalari, ularning Yangi O‘zbekiston taraqqiyotidagi o‘rni va Uchinchi Renessans sari yo‘ldagi bebaho hissasi haqida chuqur ilmiy tahlillarni o‘z ichiga olgan. Ilm-ma’rifat va tarixiy merosga bo‘lgan yuksak e’tibor – kelajakka yo‘naltirilgan mustahkam qadamdir!

😎 Ёшлар парламентига номзодларнинг Республика саралаш босқичи бўлиб ўтмоқда 🔍Бугун O'zLiDeP Сиёсий Кенгаши Ижроия қўмитасид
+5
😎 Ёшлар парламентига номзодларнинг Республика саралаш босқичи бўлиб ўтмоқда 🔍Бугун O'zLiDeP Сиёсий Кенгаши Ижроия қўмитасида Ёшлар парламентига сайловда партиядан иштирок этадиган 137 нафар номзод синовдан ўтмоқда. 🔍Таъкидлаш керак, ёшлар овозини эшитиш, уларнинг ташаббусларини қўллаб-қувватлаш ва сиёсий жараёнларга фаол жалб этиш мақсадида ташкил этилган Ёшлар парламенти йигит-қизларимизда катта қизиқиш уйғотмоқда. 🔍 Батафсил #uzlidep #yoshlar_parlamenti 🖥 Расмий саҳифаларимизга уланинг

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” shiori ostidagi davra suhbati Bugun Buxoro davlat texnika universitetida “Xavfsiz va sog‘lom yurt”
+8
“Xavfsiz va sog‘lom yurt” shiori ostidagi davra suhbati Bugun Buxoro davlat texnika universitetida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” shiori ostida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Ichki ishlar vazirligi Tezkor qidiruv departamenti Jinoyat qidiruv xizmati boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Matlubov Axmadjon Saifullayevich hamda Buxoro viloyati IIB Tezkor qidiruv departamenti Jinoyat qidiruv xizmati boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, mayor Amrulayev Suxrob Sobirjon o‘g‘li ishtirok etdi. Davra suhbatida yoshlarga jinoyatchilikning oldini olish, huquqiy ong va madaniyatni oshirish, xavfsizlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.