ISFT Instituti
ISFT institutining rasmiy telegram kanali. Ro'yxatdan o'tish uchun: http://admission.isft.uz Sayt: http://isft.uz Instagram: https://www.instagram.com/isft_institute Qabul bo'limi : 55-506-17-17 Aloqa markazi: 55 508 37 37
Show more📈 Analytical overview of Telegram channel ISFT Instituti
Channel ISFT Instituti (@isftash) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 13 961 subscribers, ranking 14 597 in the Education category and 5 708 in the Uzbekistan region.
📊 Audience metrics and dynamics
Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 13 961 subscribers.
According to the latest data from 13 October, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -491 over the last 30 days and by -23 over the last 24 hours, overall reach remains high.
- Verification status: Not verified
- Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 28.04%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 15.12% reactions from the total number of subscribers.
- Post reach: On average, each post receives 3 914 views. Within the first day, a publication typically gains 2 111 views.
- Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 16.
📝 Description and content policy
The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
“ISFT institutining rasmiy telegram kanali.
Ro'yxatdan o'tish uchun: http://admission.isft.uz
Sayt: http://isft.uz
Instagram: https://www.instagram.com/isft_institute
Qabul bo'limi : 55-506-17-17
Aloqa markazi: 55 508 37 37”
Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 14 October, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Education category.
Data loading in progress...
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 13 October | 0 | |||
| 12 October | 0 | |||
| 11 October | 0 | |||
| 10 October | 0 | |||
| 09 October | 0 | |||
| 08 October | 0 | |||
| 07 October | +2 | |||
| 06 October | +7 | |||
| 05 October | 0 | |||
| 04 October | 0 | |||
| 03 October | 0 | |||
| 02 October | +1 | |||
| 01 October | +3 |
| 2 | 🎁 ISFTda “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ijodiy uchrashuv
ISFT institutida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid hamda shoirlar Yahyoxon Fayoz va Zavqiddin Nasimov ishtirokida talaba-yoshlar bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuv yoshlarning adabiyot va she’riyatga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni ijodkorlar bilan yaqindan tanishtirish hamda ma’naviy dunyoqarashini boyitishga qaratildi.
🎓 Adabiyot — qalblarni, ma’rifat esa avlodlarni birlashtiradi!
Instagram | Telegram | YouTube | Facebook | 314 |
| 3 | ISFTNING KOREYA SAFARI: TALABA-QIZLAR UCHUN YANGI IMKONIYATLAR ESHIGI OCHILMOQDA
🎓 Har bir talabaning o‘z orzusi bor: kimdir xorijda tahsil olishni, kimdir yangi tajriba orttirishni, yana kimdir o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lishni istaydi. Institutimizning xalqaro hamkorlik yo‘lidagi navbatdagi qadami ana shu orzularga yanada yaqinlashtiradigan imkoniyatlarni yaratishga qaratilgan.
Janubiy Koreyaning Busan shahrida institut delegatsiyasi Busan Women’s University bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Uchrashuv yakunida ikki muhim hujjat — Hamkorlik memorandumi (MoU) va Talabalar almashinuvi to‘g‘risidagi kelishuv (SEA) imzolandi.
Bu kelishuv ISFT talaba-qizlari uchun qanday imkoniyatlar eshgini ochadi?
Endilikda talabalar almashinuvi dasturlari, yozgi va qishki maktablar hamda qisqa muddatli akademik dasturlarda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish uchun zamin yaratildi. Bu esa yangi bilimlar, boshqa ta’lim muhiti va xalqaro tajriba sari muhim qadamdir.
🌏Yana bir istiqbolli yo‘nalish — turizm! Busan Women’s University’da Global Tourism Management bakalavriat dasturini ingliz va koreys tillarida yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Ushbu tashabbus kelgusida turizm va xalqaro xizmat ko‘rsatish sohalarida o‘z yo‘lini topmoqchi bo‘lgan yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Hamkorlik faqat talabalar bilan cheklanmaydi.
Professor-o‘qituvchilar uchun ham malaka oshirish va tajriba almashish imkoniyatlarini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
👉 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring!
😁Telegram 📷 Instagram 🗳Facebook ▶️YouTube | 1 313 |
| 4 | ISFTNING KOREYA SAFARI: TALABA-QIZLAR UCHUN YANGI IMKONIYATLAR ESHIGI OCHILMOQDA
🎓Har bir talabaning o‘z orzusi bor: kimdir xorijda tahsil olishni, kimdir yangi tajriba orttirishni, yana kimdir o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lishni istaydi. Institutimizning xalqaro hamkorlik yo‘lidagi navbatdagi qadami ana shu orzularga yanada yaqinlashtiradigan imkoniyatlarni yaratishga qaratilgan.
Janubiy Koreyaning Busan shahrida institut delegatsiyasi Busan Women’s University bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Uchrashuv yakunida ikki muhim hujjat — Hamkorlik memorandumi (MoU) va Talabalar almashinuvi to‘g‘risidagi kelishuv (SEA) imzolandi.
Bu kelishuv ISFT talaba-qizlari uchun qanday imkoniyatlar eshgini ochadi?
Endilikda talabalar almashinuvi dasturlari, yozgi va qishki maktablar hamda qisqa muddatli akademik dasturlarda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish uchun zamin yaratildi. Bu esa yangi bilimlar, boshqa ta’lim muhiti va xalqaro tajriba sari muhim qadamdir.
🌏Yana bir istiqbolli yo‘nalish — turizm! Busan Women’s University’da Global Tourism Management bakalavriat dasturini ingliz va koreys tillarida yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Ushbu tashabbus kelgusida turizm va xalqaro xizmat ko‘rsatish sohalarida o‘z yo‘lini topmoqchi bo‘lgan yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Hamkorlik faqat talabalar bilan cheklanmaydi. Professor-o‘qituvchilar uchun ham malaka oshirish va tajriba almashish imkoniyatlarini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
👉 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring!
😁Telegram 📷 Instagram 🗳Facebook ▶️YouTube | 1 |
| 5 | 🚀 ISFT Startup Club ochilish marosimi!
Barcha talabalarni Startup Club’ning rasmiy ochilish marosimiga taklif qilamiz!
Klub imkoniyatlari bilan tanishing, hamfikrlar toping, jamoa tuzing va o‘z loyihangiz sari ilk qadamni qo‘ying!
📅 14-oktabr | 10:00–11:00
📍 Asosiy bino, 509/A-xona
✨ Hamjamiyatimizning bir qismiga aylanish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
___
🚀 Открытие ISFT Startup Club!
Приглашаем всех студентов на официальное открытие Startup Club!
Узнайте о возможностях клуба, познакомьтесь с единомышленниками, найдите команду и сделайте первый шаг к собственному проекту!
📅 14 октября | 10:00–11:00
📍 Главное здание, аудитория 509/A
✨ Не упустите возможность стать частью нашего сообщества!
Instagram || Telegram | 1 758 |
| 6 | ❤️ Bir koridorda bo‘lajak IT mutaxassisi, psixolog, bankir va pedagog uchrashsa…
Yo‘q, bu — biror latifaning boshi emas. Bu — ISFT kampusidagi odatiy manzara. ☺️
ISFT oliygohida axborot texnologiyalari va moliyadan tortib pedagogika, psixologiya va xorijiy tillargacha bo‘lgan 3 ta fakultet tarkibida 16 ta yo‘nalish mavjud.
⬆️Batafsil ma’lumot — videoda.
❤️ Hozir oramizda kim ko‘proq? Bo‘lajak marketologlar, psixologlar, bankirlar, pedagoglar yoki IT mutaxassislarimi?
O‘z kasbingizni izohlarda yozib qoldiring, ISFTning eng faol yo‘nalishi kimligini ko‘ramiz!
Instagram | Telegram | YouTube | Facebook | 1 689 |
| 7 | Samarqanddan Gwangjugacha: ISFT talabalari uchun yangi xalqaro imkoniyatlar
🇺🇿🇰🇷 ISFT Instituti rahbariyati delegatsiyasining Janubiy Koreyaga xizmat safari doirasida Gwangju shahridagi Honam University vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
❤️ Muzokaralarda turizm, mehmonxona boshqaruvi, menejment va koreys filologiyasi yo‘nalishlarida akademik almashinuvni rivojlantirish, aviatsiya sohasi bo‘yicha yangi ta’lim imkoniyatlarini o‘rganish hamda ISFT professor-o‘qituvchilari uchun 144 soatlik malaka oshirish treningini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Chet tilini o‘rganayotgan talabalar uchun ajoyib yangilik!
Honam University’da xalqaro aviatsiya sohasi uchun bort kuzatuvchilarini tayyorlash dasturlari ham mavjud. Muzokaralarda ushbu yo‘nalishga alohida e’tibor qaratildi. Bu esa kelgusida xorijiy tillarni puxta egallagan ISFT yoshlari uchun aviatsiya, turizm va xalqaro servis sohalarida yangi kasbiy istiqbollarni yuzaga keltirishi mumkin.
ISFT uchun xalqaro hamkorlikning asosiy maqsadi — erishilgan kelishuvlarni talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun real ta’lim hamda kasbiy rivojlanish imkoniyatlariga aylantirishdir.
👉 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring!
😁Telegram 📷 Instagram 🗳Facebook ▶️YouTube | 2 095 |
| 8 | ISFT xalqaro imkoniyatlarni taqdim etadi!
⚡️2026–2027-yil bahorgi semestr uchun Turkiyaning Istanbul Aydin Universitetida ikki tomonlama talabalar almashinuv dasturiga arizalar qabuli boshlandi!
Istanbulda tahsil olish, xalqaro akademik muhitni yaqindan his qilish va yangi tajribalar orttirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
👩🎓 Kimlar ishtirok etishi mumkin?
✅Xalqaro aloqalar
✅ Biznes boshqaruvi
✅ Ingliz tili filologiyasi
📄 Asosiy talablar:
🔹 GPA — kamida 2.50/4.00
🔹 Ingliz tilini bilish darajasi
⏳Shoshiling deadline yaqin!
Dastur shartlari, kerakli hujjatlar, ariza topshirish tartibi haqida batafsil ma’lumot olish uchun Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat qiling!
🚀Telegram: @IR_office_0_1| @urishoff
✅ ISFT — ta'lim va tarbiyada o‘zgacha yondashuv | 1 990 |
| 9 | ✅ ISFT: 5 yillik taraqqiyot va yutuqlar!
5 yil avval boshlangan yo‘l bugun 30 000 dan ortiq talaba, Toshkent va Samarqanddagi ta’lim faoliyati, kengayib borayotgan xalqaro hamkorlik va yangi imkoniyatlar bilan davom etmoqda.
🎥 5 yil davomida qanday natijalarga erishdik? Barchasi maxsus videolavhamizda!
Instagram | Telegram | YouTube | Facebook | 2 796 |
| 10 | ✅5️⃣🔤🔠🔤🔠🔤🔤❗🎂
🎂 Besh yil — tarix uchun bir tomchi. Ammo uni yaratishni boshlash uchun yetarli
12-oktabr, ISFT 5 yoshda.🎂
Bugun oliygohimiz Toshkent va Samarqandda faoliyat yuritib, 30 000 dan ortiq talabani kunduzgi va masofaviy ta’lim shakllarini, xalqaro hamkorlik, akademik hamda professional rivojlanishda birlashtirib, imkoniyatlarini kengaytirib bormoqda.
Bu vaqt davomida ISFT nafaqat ko‘lam jihatidan o‘sdi. Ta’lim yo‘nalishlari va shakllari, xalqaro aloqalar hamda talabalarning bilim olishi, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishi va karyeradagi ilk jiddiy qadamlarini qo‘yishi uchun imkoniyatlar ham kengaydi.
🎂 5 yil avval bu — boshlanish nuqtasi edi. Bugun esa bu — minglab talabalar, yangi imkoniyatlar va institut bilan birga yuksalib borayotgan maqsadlar bilan o‘lchanadigan natija.
Bu yo‘lni birgalikda bosib o‘tdik. Oldinda — yangi maqsadlar, yangi yutuqlar va ISFT tarixining navbatdagi sahifasi.
🎂 5 yoshing muborak, ISFT!
Instagram | Telegram | YouTube | Facebook | 3 304 |
| 11 | ISFT talabalari uchun Janubiy Koreyada tahsil olish imkoniyatlari kengaymoqda
🇺🇿🇰🇷 Avval xabar berganimizdek, ISFT Instituti delegatsiyasining Janubiy Koreyaga xizmat safari doirasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish va talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan muhim kelishuvlarga erishilmoqda.
Navbatdagi manzil — Woosuk University. Universitet rahbariyati va fakultetlar vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar yakunida Hamkorlik memorandumi (MoU) hamda Talabalar almashinuvi to‘g‘risidagi kelishuv (SEA) imzolandi. Ushbu hujjatlar akademik aloqalarni mustahkamlash va talabalar uchun yangi xalqaro imkoniyatlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🌍Kelishuvlar ISFT talabalariga Woosuk University’da tahsil olish, xalqaro tajriba orttirish va xorijiy ta’lim muhitida o‘z bilim hamda ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beradi.
Muzokaralar davomida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar va fakultetlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma ilmiy loyihalar hamda xalqaro konferensiyalar tashkil etish masalalari ham muhokama qilindi.
👉 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring!
😁Telegram 📷 Instagram 🗳Facebook ▶️YouTube | 2 491 |
| 12 | Qarz, nasiya va tartibsiz xarajatdan chiqish: 2027-yil uchun shaxsiy moliyaviy reja
📅 11-oktabr, 2026, yak · 15:00
📍 ISFT instituti, yangi bino, Alisher Navoiy ko'chasi, 7A, Toshkent
🗺 Xaritada ochish
💵 50 000 soʻm
🎟 Qolgan joylar: 96
Moliyaviy savodxonlik bo'yicha 4 soatlik amaliy master-klass. Bir kunda pul oqimingizni ko'rasiz, qarz va nasiya bo'yicha 90 kunlik reja tuzasiz, tartibsiz xarajatlarga nima turtki berishini tushunasiz va 2027-yil uchun bir sahifalik shaxsiy moliyaviy reja loyihasini tayyorlaysiz.
Spikerlar:
Jamshid To'ychiyev — shaxsiy va korporativ moliya bo'yicha ekspert, Jetso kompaniyasi asoschisi. Moliyaviy tashxis o'tkazadi va 2027-yil rejasini tuzishga yordam beradi.
Dildora Sharapova — ko'p yillik tajribaga ega psixolog, psixologiya bo'yicha falsafa doktori (PhD). Pul bilan bog'liq xulq-atvor va impulsiv xarajat triggerlarini tahlil qiladi.
Ro'yxatdan o'tish 14:30 dan.
👤 +998975880123
https://t.me/focused_uz
Instagram | Telegram | YouTube | Facebook | 2 434 |
| 13 | ISFT VA JEONBUK NATIONAL UNIVERSITY: XALQARO HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI!
🇺🇿🇰🇷ISFT Instituti delegatsiyasining Janubiy Koreyaga xizmat safari doirasida nufuzli Jeonbuk National University rahbariyati bilan muhim uchrashuvlar o‘tkazilib, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
🤝Muzokaralar yakunida ikki universitet o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi. Tomonlar talabalar almashinuvi, qo‘shma ta’lim dasturlari va akademik xodimlar malakasini oshirish yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.
🎓 ISFT talabalari uchun yangi imkoniyatlar!
Kelishuvlarga ko‘ra, talabalar Jeonbuk National University’da bir semestr yoki bir o‘quv yili davomida tahsil olishlari mumkin. Dastur doirasida 20 nafardan ortiq talaba uchun stipendiya imkoniyatlari, shuningdek, universitetga ilk bor keladigan talabalar uchun 400 000 Janubiy Koreya voni miqdorida bir martalik stipendiya ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Ushbu hamkorlik ISFT talabalariga xalqaro tajriba orttirish, Koreya ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishish va o‘z akademik salohiyatini rivojlantirish uchun yangi yo‘llarni ochishiga ishonchimiz komil.
👉 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring!
😁Telegram 📷 Instagram 🗳Facebook ▶️YouTube | 2 529 |
| 14 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Turdimov Erkinjon Oqbutayevich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.
Bundan ilgariroq E.Turdimov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.
Shuningdek, tegishli farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimi kiritildi. Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati tashkil qilindi.
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar rahbarlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalarida zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatiga vakolati doirasida umumiy rahbarlik qilishi, ularni muvofiqlashtirishi belgilandi.
Ushbu yo‘nalishlar ijrosini nazorat qilish va tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari S.Sh. Mirziyoyeva zimmasiga yuklandi.
—
Указом Президента Республики Узбекистан Турдимов Эркинжон Окбутаевич назначен на должность первого заместителя Премьер-министра – министра образования и науки Республики Узбекистан и в связи с этим освобожден от должности хокима Сырдарьинской области.
Ранее кандидатура Э.Турдимова была одобрена депутатами Законодательной палаты Олий Мажлиса.
Также, соответствующим указом в исполнительной структуре Кабинета Министров Республики Узбекистан введена должность первого заместителя Премьер-министра – министра образования и науки Республики Узбекистан. Образован Секретариат по вопросам образования, науки и здравоохранения.
Определено, что первый заместитель Премьер-министра – министр образования и науки в пределах своих полномочий осуществляет общее руководство и координацию деятельности руководителей республиканских органов исполнительной власти – министерств, комитетов, агентств и инспекций, а также Председателя Совета Министров Республики Каракалпакстан, хокимов областей и города Ташкента по выполнению возложенных на них задач и функций в сферах образования, науки и здравоохранения.
Контроль и организация исполнения задач по указанным направлениям возложены на Руководителя Администрации Президента Республики Узбекистан С.Ш. Мирзиёеву.
Facebook|Instagram|X | 2 243 |
| 15 | 🚀 ISFT bitiruvchisi asos solgan Bitimchi AI startapi $105 000 lik investitsiya takliflarini qo‘lga kiritdi!
ISFT Instituti bitiruvchisi Jasur Saidov tomonidan asos solingan Bitimchi AI startapi "Startup Garage Grand Demo Day" loyihasining 3-mavsumida muvaffaqiyatli ishtirok etib, umumiy qiymati 105 000 AQSh dollariga teng dastlabki investitsiya takliflarini (soft commitment) qo‘lga kiritdi.
💡Bitimchi AI — sun’iy intellekt texnologiyalari asosida korxonalar uchun buxgalteriya jarayonlarini hamda moliyaviy hujjatlar bilan ishlashni avtomatlashtirishga qaratilgan innovatsion loyiha.
🎓 ISFT Instituti Jasur Saidov va Bitimchi AI jamoasini ushbu muhim yutuq bilan tabriklaydi hamda loyihaning kelgusi faoliyatida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!
Instagram | Telegram | YouTube | Facebook | 2 726 |
| 16 | DIQQAT, TANLOV! 🎉 🎉 🎉
🎓 ISFT instituti barcha faol va iqtidorli talabalarni “Islohotlar bilimdoni” nomli ilmiy-ma’rifiy ko‘rik-tanlovda ishtirok etishga taklif qiladi!
🏆 Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
🔴 Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi
🔴 Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra
🔴 Eng yaxshi tyutor
🔴 Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi
🔴 Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi
🔴 Yilning eng faol talabasi
KIMLAR QATNASHA OLADI?
Barcha talabalar, o‘qituvchilar va institut xodimlari.
📝 QANDAY QATNASHISH MUMKIN?
✔️ Ariza yozing
✔️ O‘zingiz haqingizda qisqa ma’lumot (CV yoki bio) tayyorlang
✔️ Hujjatlarni Iqtidorli talabalar bilan ishlash hamda ma’naviyat-ma’rifat bo‘limiga topshiring
TANLOV BOSQICHLARI
➖ Institut bosqichi — ISFT institutida dastlabki saralash
➖ Respublika bosqichi — eng faol nomzodlar respublika miqyosida bellashadi
🏅 Eng yaxshi 3 nafar ishtirokchi pul mukofoti, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi!
⏰ Ariza topshirish muddati: 2026-yil 15-oktabrgacha
Telefon: +998997223418
Telegram: @fatimakhon9 | 2 933 |
| 17 | 🇺🇿🇺🇸 ISFT Instituti va Illinois Tech hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda
AQShning Illinois Institute of Technology (Illinois Tech) vakili ISFT Institutiga tashrif buyurib, tomonlar mavjud hamkorlikni yanada mustahkamlash, talabalar uchun xalqaro ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish hamda yangi qo‘shma akademik tashabbuslarni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar.
🤝 Uchrashuvda hamkorlikni amaliy loyihalar bilan boyitish, bakalavriat va magistratura bosqichlarida yangi ta’lim imkoniyatlarini yaratish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.
Xususan, Iqtisodiyot, Biznes boshqaruvi, Marketing tahlili, Axborot texnologiyalari, Kompyuter fanlari, Kiberxavfsizlik va Ma’lumotlar tahlili (Data Science) yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, tomonlar kelgusidagi qo‘shma akademik loyihalar va hamkorlikning keyingi bosqichlari yuzasidan fikr almashdilar.
Mazkur uchrashuv ISFT Instituti va Illinois Tech o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda talabalar uchun xalqaro akademik imkoniyatlarni kengaytirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
✅ ISFT Instituti — xalqaro hamkorlik orqali talabalar uchun global ta’lim imkoniyatlarini kengaytiradi.
Instagram | Telegram | YouTube | Facebook | 4 175 |
| 18 | ❗️❗️❗️
😂 Startapni boshlash uchun startapdan boshlash shart emas!
Ba’zan hammasi bir g‘oyadan boshlanadi. Ba’zan — ko‘nikmadan. Ba’zida esa tasodifiy bir fikrni zo‘r loyihaga aylantira oladigan insonlarni uchratishning o‘zi yetarli.
💙 14-oktyabr kuni ISFTda Startup Club o‘z faoliyatini boshlaydi!
Bu shunchaki o‘qish bilan cheklanmay, talabalik davridayoq sinab ko‘rish, yaratish, jamoa topish va o‘z loyihalarini yo‘lga qo‘yishni istaganlar uchun imkoniyat.
🔹 Demak, liderlarning uchrashuv joyi 14-oktyabr, soat 10:00, 509-xona.
💓 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: registratsiya
✅ Diplomni kutmang. Bugunoq boshlang!
Instagram | Telegram | YouTube | Facebook | 3 372 |
| 19 | DIQQAT, TANLOV! 🎉 🎉 🎉
🎓 ISFT instituti barcha faol va iqtidorli talabalarni “Islohotlar bilimdoni” nomli ilmiy-ma’rifiy ko‘rik-tanlovda ishtirok etishga taklif qiladi!
🏆 Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
🔴 Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi
🔴 Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra
🔴 Eng yaxshi tyutor
🔴 Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi
🔴 Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi
🔴 Yilning eng faol talabasi
KIMLAR QATNASHA OLADI?
Barcha talabalar, o‘qituvchilar va institut xodimlari.
📝 QANDAY QATNASHISH MUMKIN?
✔️ Ariza yozing
✔️ O‘zingiz haqingizda qisqa ma’lumot (CV yoki bio) tayyorlang
✔️ Hujjatlarni Iqtidorli talabalar bilan ishlash hamda ma’naviyat-ma’rifat bo‘limiga topshiring
TANLOV BOSQICHLARI
➖ Institut bosqichi — ISFT institutida dastlabki saralash
➖ Respublika bosqichi — eng faol nomzodlar respublika miqyosida bellashadi
🏅 Eng yaxshi 3 nafar ishtirokchi pul mukofoti, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi!
⏰ Ariza topshirish muddati: 2026-yil 15-oktabrgacha
Telefon: +998997223418
Telegram: @fatimakhon9 | 3 654 |
| 20 | 💡 Есть идея, но нет команды для её реализации?
Оставьте попытки всё сделать в одиночку. В "ISFT Startup Club" вы соберете идеальную команду, прокачаете проект и выйдете на первый результат.
➡️ Хотите стать участником? Заполните форму регистрации: Присоединиться к ISFT Startup Club
По вопросам о деятельности клуба обращайтесь: @axmadova_tyan
✅ ISFT — воплощение вашей мечты!
Instagram | Telegram | YouTube | Facebook | 3 153 |
