MATH SOLVER | SAT | MILLIY SERTIFIKAT
Open in Telegram
🚩 Matematikadan XALQARO va O'ZBEKISTON OTMga tayyorlanayotganlar uchun maxsus kanal !!! ⭕️ 19-yillik (2007-yildan beri) tajriba; 🎯 8 000+ natijalar; 🔗 Variantlar va uning yechimlari; ♻️Shaxsiy fikrlar va qiziqarli faktlar
Show more1 632
Subscribers
+224 hours
+17 days
-4730 days
Posts Archive
Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Niyati bo‘lakcha, amali mavhum.
Bu eldan Buxoriy chiqishi mumkin,
Lekin g‘ariblikda yashashga mahkum.
Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Tushunib bo‘lmaydi asrorlarini.
Mashrabni osadi va orqasidan
Yig‘lab o‘qib yurar ash’orlarini.
Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Botini chirkinlik, zohiri sodda –
O‘tkan kunlarini yozgan o‘g‘lini
Bilmay otib qo‘yar Yunusobodda.
Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Timsoh ko‘z yoshidan bitmish lug‘ati.
Ibn Sinoni-yu Ulug‘begini
O‘zi tug‘adi va o‘zi bo‘g‘adi.
Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Tushunib bo‘lmaydi sira ham, aytsam.
Bir jarlik ko‘raman yo‘l oxirida,
Oldinga yur, deydi orqaga qaytsam.
Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Buyuklik sharafdir, biroq o‘y surmang.
Tag‘in, dardlarini eshitayin deb
Boburni sira ham uyg‘ota ko‘rmang!!!
#online
Bugun Trigonometrik tengsizliklar haqida gaplashdik
♻️ @math_solver
👩🚀 Bugungi kunda 7-sinfdan boshlab matematik bilimlarni olishga qiziqqan hamda olimpiadaga tayyorlanishni yoki Milliy sertifikatga tayyorlanishni maqsad qilgan yoshlarimiz uchun ajoyib kitob bo’lgan IDC matematika kitobi masalalarini ham ishlab ko’rishlarini tavsiya qilaman. Shogird ukalarimiz bilan maslahat qilgan holda shu qo’llanmaning, “iqtidorli yoshlar uchun savollar” qismini video darslarini tayyorlashni niyat qildik va 1- videoni sizga ilindik….🚩 Sizlarga video qo’llanma yoqsa like, xato ishlanma bo’lsa comment, ikkalasi ham bo’lmasa nimadur reaksiya hech birini qilishga erinsangiz hapa bo’lish yo’q, hapa bo’gan o’ris😅 🎯
IDC Matematika : Natural va Butun sonlar mavzusi (1-mavzu) : https://youtu.be/qvo1vt7G4q4
Ikki kemaga mayoqdan kelayotgan yorug'lik 15° va 30° burchakda tushadi va kemalar orasidagi masofa 700 metrni tashkil qiladi. Shunday ekan yorug'lik manbasidan suv sathigacha bo'lgan balandlikni toping.
(Bu misol Abu Rayhon Beruniy bobomizning yer radiusini o'lchashidagi birinchi qadami bo'lgan)
♻️@math_solver
Zamonaviy dunyodagi muammolar haqidagi “Robot” filmi premera qilindi
Inson qalbi va ruhiyatini tadqiq etadigan “Robot” filmi zamonaviy dunyodagi ayrim muammolarni noodatiy va kreativ shaklda ochib beradi. Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining bu filmi qahramonning muhabbat va dardi orqali insonning abadiy iztirob va qiyinchiliklari haqida so`zlaydi.
Tomosha qilib fikr bildiring:
https://youtu.be/uVmTCE9fvYU
#sat
🚀 Savol jiddiy, yechim ham yomonmas nazarimda…..🔝 Video yoqar balki 🔵 @math_solver
#onlinedars
⭕️ Trigonometrik tenglamalar : H,I bo'limlarni tahlilini ko'rib chiqdik. Tahlilimiz sizga ma'qul kelsa do'stlaringizga ulashishni va like bosishni unutmang!Ha aytgancha bu darsni video ko'rinishi ham bor ♻️ @math_solver
🚀 SAT QUESTION : A workshop class is split into groups that are building large and small coffee tables. A large coffee table requires 6 legs and 4 segments of plywood. A small coffee table requires 3 legs and 2 segments of plywood. There are 85 legs and 79 segments of plywood. Each group must construct at least 2 small coffee tables and 1 large coffee table.What is the maximum number of groups that the workshop class can be split into?
#idc
🚀 IDC QUESTION: 1 da 2024 gacha bo'lgan natural sonlar 123456........202220232024 ko'rinishida bir qatorga yozildi. Ketma-ket kelgan 100 ta raqam yig'indisi eng kamida nechaga teng bo'lishini aniqlang.📥 Yechimlaringizni commentda asoslang ♻️ @math_solver
Repost from MATEMATIKA || Bobur Mentor
#dars18
Samarqand To’plam kitobimizdan video dars🔔 PREMYERA. 20:30 ♻️@Boburmentor SAMARQAND TO’PLAM. 3-bob | ILDIZ |. Kvadrat ildiz. Algebraik ildiz https://youtu.be/bv9g3E7AnpI?si=9LqLE98yPI9mBtPd
⭕️ Yakshanba film va futbol ko'rish vaqti. Bugungi kunda AQSHning 45 va 47-prezidenti sanaladigan Donald Trump haqida barchamiz qanchalik yaxshi ma'lumotga egamiz. Sizlarga u haqda olingan Shogirdning yuksalishi haqidagi filmni sizga taqdim qilaman.Maroqli tomosha: https://uzmovi.tv/tarjima-kinolarri/6724-shogird-trampning-yuksalishi-donald-tramp-haqida-premyera.html
#milliysertifikat
MATEMATIKADAN MILLIY SERTIFIKAT SAVOLLARI TAHLILI TO'LIQ (19.02.2023)
♨️ Ushbu videoni tayyorlashda shogirdlarimizga ayniqsa tashakkur deb qolamiz
❗️ Ha aytgancha, Milliy sertifikatga tayyorlanuvchilar uchun 3 oylik kursimizga marhamat (Albatta, Buning uchun Elementar matematikani bilishingiz talab qilinadi)Eng muhim maqsadlaringizni biling ! 😎 @math_solver https://youtu.be/4mrIMoh0jq8?si=rkowpbtFkPZMSpXS https://youtu.be/4mrIMoh0jq8?si=rkowpbtFkPZMSpXS
Ertalabdan iplos pikr :
Husanovni mahalladoshlari va qarindoshlari : chet elda katakan bo`p ketti deyishyapti. Bizniyam chaqir minde, mono oshna -og`aynilaringniyam tort yoningga. Manchesterda ish-pish yo’qmikan, so’rab ko’rchi…..
#info
Nega maktab ustozlarining oyliklari kam desam, mana ularning pulini kimlar olar ekan.©️normatovsmind
Available now! Telegram Research 2025 — the year's key insights 
