Progress Academy
Open in Telegram
Zamonaviy kasblar akademiyasi ● SMM va Targeting Kursi ● Arxitektura va binolar dizayni ● Internet Marketing kursi ⛳️ Manzil: Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Beruniy shoh ko'chasi, 18 👤 @progresuz ☎️ +998712002212
Show more855
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
Yana bir "arxitektor qaldirg'ochlar" parvozga otlanmoqda 😊
Progress Academy'ning faoliyatiga ko'p bo'lmagan bo'lsa-da, bir qator yo'nalishlar bo'yicha ko'plab o'quvchilarni kasbga tayyorlashga erishdi🤗
Bizda navbatdagi bitiruvchilarimiz o'quv kursini muvaffiqiyatli yakunlab, o'z yo'nalishlari bo'yicha ishlash imkoniga ega bo'lmoqda😇
Yuqorida "Arxitektura va binolar dizayni" kursining bitiruv kunidan lavhalar.
Eslatib o'tamiz, Arxitektura kursimizning yangi guruhiga yanvar oyida start beriladi 🙂
Kelajak bugungi qaroringizdan boshlanadi🤓
Progress Academy 11-yanvardan e'tiboran barcha kurslarda darslar boshlanishini ma'lum qiladi. 🗣
Yanvarning dastlabki kunlaridanoq quyidagi kurslarni o'rganishni boshlashingiz mumkin:
Arxitektura va dizayn — binolarning interyer va eksteryer dizayni, 3D modelingni o'rganish imkonini beradi. Bu soha mehnat bozorida eng talabgir kasblardan hisoblanadi.
SMM — Internet orqali yuritiladigan har qanday biznes borki, ushbu soha vakillariga ehtiyoj sezadi. SMM darsida ijtimoiy tarmoqlarda marketing yuritish, brendni tanitish, targeting kabilar o'rgatiladi.
Grafik dizayn— "kompyuter rassomlari", hozirgi kunning eng talabgir kishilaridan. Bu kursni O'zbekistonning eng yaxshi grafik dizaynerlaridan o'rganing!
Veb-dasturlash— erkin ish grafigi, qo'shimchasiga yuqori daromadli kasb egasiga aylanmoqchimisiz? Unda veb-dasturlash kursida o'qishni tavsiya qilamiz.
Yangi mavsumni yaxshi niyat bilan, yangi kasb bilan boshlang!
Google reklamadan qancha pul topadi?
Googlening bosh kompaniyasi bo'lgan Alphabet (GOOGL, GOOG)ning 2020-yil bozordagi qiymati 1 trillion dollardan oshdi va uning aksiyalari so'nggi 12 oy ichida 25 foizga o'sdi.
Alphabet Googlening qidiruv tizimi, Youtube, Google Play ilovalar do'koni, Google Cloud, Chrome brauzeri va Android operatsion tizimidan pul ishlaydi. Maqolamizda Google qayerlardan daromad olishini keltirib o'tamiz.
Google daromad manbalari
Reklama — Google advertising reklama segmenti Alphabet kompaniyasining barcha daromadlarining 83% dan ortig'ini ta'minladi, 2019-yil oxirida bu ko'rsatkich 134 milliard dollarni tashkil etdi.
Google reklama daromadlarining faqatgina Google Search (qidiruv) xizmatida 98 milliard dollar daromad topilar ekan.
Kompaniya yil davomida Youtubedagi reklamadan 15 milliard dollar topdi. Bu 2019-yildan 35,8% ga ko'pdir. Ma'lumotlarga ko'ra, Googlening pullik Music va Youtube Premium xizmatidan 20 milliondan ortiq kishi foydalanadi. Youtube TV esa 2 milliondan ortiq obunachiga ega.
Googlening boshqa daromadlari
Googlening boshqa daromadlariga Android litsenziyalash to'lovlari, Google Cloud sotuvi va apparat ta'minotidan olinadigan daromadlar keladi.
Digital lugʻati
Oldingi maqolalarimizda dasturchilar lugʻati haqida gaplashgan edik. Bugungi maqolamiz marketologlar lugʻati haqida boʻladi.
Open Data - ochiq manbali maʼlumotlar boʻlgan dasturiy taʼminot.
CEO (cheif executive officer) - bosh ijrochi direktor. Kompaniya resurslarini boshqarish, kompaniyaning yuzi hisoblanadi.
Digital marketing - raqamli marketing. Mijozlar xatti-harakatlarini kuzatish imkonini beradi.
SEO - qidiruv tizimini optimallashtirish. Veb-sayt trafik miqdori va sifatini qidiruv natijalari orqali oshirish imkonini beradi.
Spam - lugʻaviy maʼnosi “keraksiz pochta” degani. Isteʼmolda esa har xil notijorat maqsadidagi narsalarga cheklov qoʻyishdir.
Mashhur Google Chrome plaginlari
Bugun foydali Google Chrome plaginlari haqida ma'lumot beramiz. Bu plaginlar sizga ishingiz davomida foyda berishi aniq.
Click&Clean - brauzer tarixini tozalovchi eng yaxshi imkoniyatni yaratib beradi.
LastPass - barcha parollaringizni bittada eslab qolish imkonini beruvchi dastur. Og'iringizni yengil qilishga mo'ljallangan yana bir plagin.
Pushbullet - smartfon va kompyuterni osongina birlashtiradi.
RightToCopy - har qanday konteksdan nusxa ola oladi. Ba'zi saytlar matndan nusxa olishga cheklov o'rnatadi. Plagin cheklovlarni aylanib o'ta oladi.
StayFocusD - ishingizni tartiblaydi. "Time management" uchun mukammal plagin.
AdGuard - reklamalarni bloklaydi. Reklamalar sizni bezovta qilmaydi.
Ushbu plaginlarning qay biridan foydalanasiz? Izohlarda fikrlaringizni bildiring.
Interyer dizayner Miraziz Ahmedovning mahorat darslari boʻlib oʻtdi
15-dekabr kuni Toshkent shahar Yoshlar ittifoqi binosida Progress academy tomonidan tajribali interyer dizayner Miraziz Ahmedov bilan mahorat darsi oʻtkazildi.
Dizayn va blog yuritishga qiziquvchi yosh yigit-qizlar ushbu uchrashuvda faol qatnashishdi. 300dan ortiq kuzatuvchi yigʻilgan zalda tajribali dizayner tomonidan yoshlarga kerakli maslahatlar hamda savollarga javob berildi.
Spikerimiz yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berish bilan birga, oʻz tajribasi bilan oʻrtoqlashdi. Oʻylaymizki, tashrif buyuruvchilar oʻzlariga kerakli maʼlumotni va asosiysi motivatsiya olishga erishdi.
Progress academy tomonidan yana qaysi zamonaviy kasb egasi bilan mahorat darsi tashkil qilinishini istaysiz? Izohlarda javob qoldiring, balki keyingi safar aynan siz istagan odam spikerimiz boʻlishi mumkindir 😉
I Facebook I Instagram I Telegram I
⁉️Mahorat darsimizdan tog'ridan tog'ri efirni instagram sahifamizdan kuzatib borishingiz mumkin:
https://instagram.com/progresuz?igshid=11v0gsbajawt0
4 mln so'mlik vaucherlarni yutib olishni xohlaysizmi?
Siz kutmagan yana bir yangilik - Progress Academy markazi tomonidan o'tkaziladigan Miraziz Ahmedov bilan "Arxitektura va Dizayn" mahorat darsida ishtirok etib 4 mln so'mlik vaucherlar sohibiga aylanish imkoniyatini qo'ldan boy bermang! Shoshiling, ro'yxatdan o'ting va biz sizni kutamiz!
Darvoqe, agar mahorat darslari uchun roʻyxatdan oʻtmagan boʻlsangiz, quyidagi havoladan oʻtib olishingiz mumkin.
📌 Roʻyxatdan oʻtish
👨🏻💻 Administratorga yozish
📞 +998712002212
Manzil: Toshkent shahri, Universitet koʻchasi, Yoshlar ittifoqi binosi
Moʻljal: Beruniy metrosi, Milliy Universitet hududi.
Bizda yana bir super yangilik!
Progress academy yangiliklar qilishda davom etadi😎
Endi SMM kursimizda tahsil olayotgan o'quvchilar uchun "Grafik dizayn" kurslarimiz mutlaqo BEPUL🤩
Aksiya muddati 25-dekabrgacha ⏱
Bir o'q bilan ikki quyonni urishga shoshiling! Joylar soni chegaralangan.
💻 Administrator bilan bog'lanish
📞 +998712002212
Miraziz Ahmedov ishtirokidagi mahorat darslari qayerda boʻladi?
Avval maʼlum qilganimizdek, Progress academy 15-dekabr, 14:00 da taniqli dizayner Miraziz Ahmedov bilan mahorat darslari tashkil qilmoqda.
Dastavval, mahorat darslarini “Progress academy" binosida rejalashtirayotgan edik. Roʻyxatdan oʻtganlar soni keskin koʻpayib ketganligi bois, mahorat darslarimiz Yoshlar ittifoqi binosida boʻladigan boʻldi.
Darvoqe, agar mahorat darslari uchun roʻyxatdan oʻtmagan boʻlsangiz, quyidagi havoladan oʻtib olishingiz mumkin.
📌 Roʻyxatdan oʻtish
👨🏻💻 Administratorga yozish
📞 +998712002212
Manzil: Toshkent shahri, Universitet koʻchasi, 2-uy.
Moʻljal: Beruniy metrosi, Milliy Universitet hududi.
Dasturchi bo'lishning afzalliklari
Ko'pchilik erkinlik haqida gapirishni yaxshi ko'radi. Odatiy turmush tarzi qanday? O'rnimizdan turamiz, ofisga boramiz ishlaymiz, qaytamiz. Kunimiz shu tarzda o'tadi. Ammo dasturchilarda bunday emas. Ular hamma ishlayotgan paytda emas, balki, oʻzlari samarali bo'lganlaridagina ishlashga harakat qilishadi.
Dasturchilar orasida bir mashhur gap bor: "Agar tunda ishlaging kelsa, tunda ishla".
Agar sizda ham dasturchilikka qiziqish uyg'ongan bo'lsa, Progress academy — zamonaviy kasblar akademiyasining Veb dasturlash kurslariga roʻyxatdan oʻting.
Miraziz Ahmedov bilan mahorat darsi!
Progress academy tajribali interyer dizayner, bloger, vloger Miraziz Ahmedov bilan "Arxitektura va dizayn" kursi bo'yicha mahorat darsi tashkil qiladi.
Bu darsda arxitektura va dizayn bo'yicha o'zingizni qiziqtirgan savollarga javoblar, sohaga doir qiziqarli holat va vaziyatlar, soha kelajagi haqida ma'lumotlar olishingiz mumkin.
Mahorat darsi 15-dekabr, 14:00 da, Toshkent shahrida oflayn tarzda bo'lib o'tadi.
Ro'yxatdan o'tish uchun havolani bosing: https://forms.gle/GcGoN8XFXjiSYxAn8
Eng ko'p yo'llanadigan savollarga javoblar🤓
Bugun siz tomondan yo'llangan ayrim savollarga javob beramiz.
🔰 Darslar qanday olib boriladi?
– Bizda darslar offlayn tarzda Toshkent shahrida bo'lib o'tadi.
🔰 Manzilingiz qayerda?
– Manzilimiz: https://bit.ly/35Qn3oU
🔰 Chegirmalar bormi?
– Chegirmalar ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda e'lon qilib boriladi.
🔰 Darsga qatnashuvchilar kompyuter bilan ta'minlanadimi?
– Darslarga keladigan o'quvchilar o'zlari bilan noutbuk olib kelishlari kerak. Faqat "Arxitektura va binolar dizayni" kursi uchun kompyuter bilan jihozlangan xonamiz mavjud.
Uzoq kutilgan yangilik🤩
Progress ko'p sonli talablarni hisobga olib, moushn grafika bo'yicha darslar tashkillashini ma'lum qiladi😎
Moushn grafika darslarimizda nimalar o'rgatiladi:
• After effects
• Premiere pro
• Blender
• Cinema 4D
• Redshift
Agar sizga ham ushbu kurs qiziq bo'lsa administratorimizga bog'laning
📞 Tel: +998712002212
Barchangizni, sizlar orqali butun xalqimizni bugungi ayyom – mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganining 28 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz.
Yigirma sakkiz yil – tarix uchun bir lahza, xolos. Shu qisqa davrda jonajon O‘zbekistonimiz mustaqil va suveren davlat sifatida shakllanib, jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egalladi, tom ma’noda ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi.
Bayramni a'lo kayfiyatda o'tkazing😊
Dasturchilar lug'ati
Tilimizga eng ko'p jargon so'zlar ingliz tilidan kelganligi sir emas. Axborot olamidan yiroq, ammo ingliz tilini bilgan kishilar hozir taqdim qiladigan so'zlarimizning yarmini tushunishlari mumkin. Ammo bu lug'at ayniqsa dasturchilar uchun foydali bo'ladi. Qani boshladik.
Rasmlarni oxirigacha ko'ring, do'stlaringizga ulashing!
Bizda yana bir kunlik BEPUL ochiq dars, bu safar arxitektura!
6-dekabr, soat 15:30 da Progres zamonaviy kasblar akademiyasida "Arxitektura va binolar dizayni" kursi bo'yicha BEPUL ochiq dars bo'lib o'tadi.
Sizda ham arxitekturaga qiziqish bo'lsa, ochiq darsimizga qatnashib ko'ring!
Ro'yxatdan o'tish uchun havola:
https://forms.gle/WbZ6uQcnhzoqtwxK6
💻 Administratorga yozish
📞 Tel: +998712002212
Qahraton qishda qaynoq yangilik - SMM kurslarimizga start berilmoqda!
Facebook, Instagram, Telegram va ularda reklama berish, targeting, retargeting va mini-saytlar yaratish oʻrgatiladigan "SMM asoslari" kursimizga 5-dekabr kuni start beriladi.
Darslarimiz haftada ikki marta bo'lib o'tadi. Kurs davomiyligi ikki oy.
Bir necha yillik tajribaga ega bo'lgan SMM mutaxassisidan kasb o'rganishga shoshiling. Joylar soni chegaralangan.
💻 Administratorga yozish
📞 Tel: +998712002212
Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Kichik halqa yo'li 19 A uy
