ПП- таомлар ва шунга оид маслахатлар
Open in Telegram
🍜пп таомлар 📑Маслахатлар 🏃Машклар. Озишга оид маьлумотлар Malumotlar uchun: +998999123323 @TrenerPp faqat ish bo‘yicha ortiqcha sms yozganlar spamga tushadi. Zalimiz faqat ayollar va bolajonlar uchun #LADYFITNESS
Show more656
Subscribers
+624 hours
+57 days
+1630 days
Posts Archive
"Asal saratonga ham da'vo bo'la oladimi?"
Qadimgi xalq tabobatida ham “Asal yesang, boʻlmaysan kasal”, -degan hikmatli soʻz bekorga ishlatilmaydi. Tibbiyotda asalning ming dardga daʼvoligi haqida bir qancha maʼlumotlar bor. Bugungi kunda turli xil oʻsma (rak) kasallariga ham daʼvo boʻlishi aniqlangani haqida maʼlumotga egamisiz? Bunday daʼvo usullarini kalamushlar orqali laboratoriyada tekshiruvdan oʻtkazishgan.
Maʼlumotlarga koʻra, rak hujayralari kuzatilgan kalamushlarga Malayziyaning yovvoyi asali hisoblangan Tualang asalini muolaja sifatida qoʻllashgan. Bu muolajani olgan kalamushlar bilan boshqa turda muolaja qilingan kalamushlarning sogʻligida farqlanishlar aniqlangan. Asal organizmiga yuborilgan kalamushlardagi oʻsimtalar oʻsish jarayoni qariyb 30%ga sekinlashgan.
Albatta, birgina sekinlashtirishning oʻzi daʼvo boʻlolmasligi mumkin. Biroq, shu maʼlumotning oʻzi ham saraton kasalligidan aziyat chekuvchilarning umrini birozga boʻlsada uzaytirishi mumkin. Beminnat shifokorimiz boʻlgan asalni kundalik ozuqa ratsioningizga qoʻshishni maslahat bergan boʻlar edik.
https://telegram.me/Taoml
"Tuxum sog'liq uchun foydalimi?"
Uzoq vaqt mobaynida tuxumga qondagi xolesterinning asosiy manbalaridan biri sifatida qaraldi. Ma
lumki, uning yuqori miqdori xavfli yurak-qon tomir kasalliklariga olib keladi. Biroq yangi tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, oziq-ovqat mahsulotlari bilan organizmga kelib tushadigan xolesterin miqdori yuqori emas. U qondagi xolesterin miqdoriga katta tasir ko'rsatmaydi.
Uzoq vaqt mobaynida tuxum parhezshunos va shifokorlar orasidagi salbiy mavqeini saqlab keldi. Ko'pchilik tuxumni haqiqiy «xolesterin bombasi» deb atadi. Biroq yangi tadqiqotlar bu mahsulotga avvalgi mashhurlik va obro'ni qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Bundan tashqari, yaqinda o'tkazilgan tadqiqot natijalariga ko'ra, agar chaqaloqlar bir yarim yoshidan boshlab kuniga hech bo'lmaganda bitta tuxum iste`mol qilmasa, ularga kamqonlik xavf soladi va rivojlanishdan orqada qolish xavfi kuchayadi.
Hayotingizni omlet, qandolat mahsulotlari va blinchiklarsiz tasavvur eta olasizmi? Boshqacha qilib aytganda,ratsioningiz tuxumsiz to'liq bo'ladimi? Mazkur asosiy mahsulot har bir uyda bor. Bu ham tasodif emas. Kundalik hayotda taom tayyorlashda tuxum o'rnini boshqa mahsulotga almashtirish qiyin.
Tuxum – oqsilning muhim manbai. U organizmga barcha hayotiy muhim aminokislotalarni yetkazadi. Tuxumda temir, kalsiy va B12vitamini ko'p. Oqsil va temirning mo'lligi sabab mahsulot aholining sportchi, jismoniy ish bilan shug'ullanadiganlar, buyrak kasalligiga chalingan bemorlar kabi kategoriyasi uchun ayniqsa foydali.
Sog'liqni saqlash vazirligi tuxumni chaqaloqlar ratsioniga kiritishni tavsiya qiladi. Bu esa ilk yoshda tez-tez uchraydigan kamqonlik ehtimolining oldini olishda yordam beradi.
Umuman olganda tuxumga uning avvalgi ijobiy nomini qaytarish vaqti keldi.
https://telegram.me/Taoml#MATIVASIYA
Бу — Жим Торп — америкалик спортчи, енгил атлетикачи. Суратда унинг турли хил пайпоқ ва пойафзал кийгани кўриниб турибти. Бу модага кийилган нарса эмас эди. Бу 1912 йилги ёзги Олимпия ўйинлари пайти ва Оклахомадан келган маҳаллий америкалик Жим Америка Қўшма Штатлари номидан енгил атлетика бўйича иштирок этади. Мусобақа бошланишидан олдин эрталаб унинг пойафзали ўғирланиб кетилади. Жим ахлат қутисидан иккита туфли топиб олади лекин ушбу оёқ кийимларнинг бири жуда катта келгани сабаб қўшимча пайпоқлар кийишга мажбур бўлди. Ушбу пойафзал билан Жим бир кунда иккита олтин медални қўлга киритади.
Бу ўзингизни оқлашларга одатланиб қолмаслигингиз учун ажойиб бир эслатма. Ҳаёт баъзан адолатсиз бўлиши мумкин - асосийси бунда сизнинг нима қилишингиз, сизнинг танловингиз муҳим рол ўйнайди. Бугун сизни нима қарши олишидан қатъи назар: ўғирланган пойафзал, соғлиғингиз, муваффақиятсизликлар, омадсиз бизнес - бу сизни югуришингизга халақит бермасин. Агар сиз баҳоналарни тўхтатсангиз ва нима бўлишидан қатъий назар мақсадингизга ишонч билан борсангиз, ҳаёт ўзининг ёрқин томонини албатта кўрсатади.
#Соғломозамиз
#LADYFITNESS
@TAOML
Sabzavot va mevalarni to'g'ri iste
mol qilish
Sabzavot va mevalarda bo'lgan vitaminlar bir-biri va ovqatdagi ayrim moddalar bilan “chiqisha olmydi” degan malumotlar ham bor. Shuning uchun bazi vitaminlarni birga istemol qilish tavsiya qilinmaydi. Chunki ular bir-biriga hazm bo'lish jarayonida xalaqit beradi.
Bu faktni isbotlaydigan tadqiqotlar “probirkada” o'tkazilgan. Aslida bu organizmda qanday sodir bo'lishi, bunga qanday tasir o'tkazishimiz mumkinligi hozircha tushunarsiz.
Biroq haqiqatan ham qo'limizdan keladigan narsa bu – mahsulotlardan maksimum foyda olish. Buning uchun:
Sabzavot va mevalarni yangi holida istemol qilish. Qancha tez bo'lsa, shuncha yaxshi. Uzoq vaqt davomida saqlash foydali moddalarni kamaytiradi. Biroq butunlay yo'q qilmaydi.
Meva va sabzavotlarga kamroq ishlov berish. Termik ishlov berish ham ko'p vitaminlarni kamaytiradi. Shuning uchun brokkolini bir soat davomida gaz duxovkasida qoldirish yaramaydi, yaxshisi bug'da tayyorlagan maqul. Aytgancha, agar taom tayyorlashning qaynash turini tanlagan bo'lsangiz, bilingki, vitaminlarning bir qismi sho'rvaga chiqib ketadi.
Sabzavotlarni istemol qilishdan biroz avval tayyorlash. Mexanik tasir ham vitaminlarga tasir qiladi: to'g'ralgan salat qancha uzoq saqlansa, undagi vitaminlar ham kamroq bo'ladi. Eslatib o'tamiz, salatlarni uzoq vaqt davomida saqlash, ovqatdan zaharlanish nuqtai-nazaridan ham xavfsiz emas.
#LADYFITNESS
#Соғломозамиз
@TAOMLBo'tqalarni to'g'ri iste`mol qilish
Agar organizm taomdan muayyan mikroelementlar (sink yoki temir)ni olishini istasak, doni yanchilmagan bo'tqalar yeyish tavsiya etilmaydi. Chunki ular foydali moddalar so'rilishini sekinlashtiradigan fitatlarga boy.
Mahsulotlardagi fitin kislotasini kamaytirish uchun ularni bo'ktirish (fermentlashtirish) lozim. Bu dukkakli, yong'oq va yormalarga tegishli. 10-12 soat davomida iliq suvda fermentlash davomida antifermentlar va fitin kislotasi neytrallashadi. Natijada tarkibidagi vitamin va minerallar organizmga singadigan mahsulotga ega bo'lamiz.
#Соғломозамиз
#LADYFITNESS
@TAOML
Go'shtni to'g'ri iste
mol qilish
Temir yetishmovchiligi muammosi ko'pchilik uchun dolzarb. Bu organizmda temir yetishmaydi, biroq anemiya (gemoglobinning past darajasi) hali kuzatilmaydi, biroq klinik belgilari mavjud: bo'shashish, bosh aylanishi, sochlar to'kilishi, “xotirjam bo'lmagan oyoqlar sindromi”.
Shuning uchun bu mahsulotdagi temir moddasini maksimal darajada o'zlashtirilishini istasak, taomni yeyish vaqtida bir paytning o'zida temirga boy go'sht va kalsiyni aralashtirib bo'lmasligini inobatga olishimiz kerak. Biroq likopchada S vitaminiga boy mahsulotlar, masalan, karam bo'lgani maqul. Achchiq choy va qahva ham temir moddasining organizmga singishiga to'sqinlik qiladi.
#LADYFITNESS
#Соғломозамиз
@TAOMLAytishlaricha, ba
zi mahsulotlarni birgalikda yeyish mumkin emas. Sho'r bodring ortidan ichilgan sut hazm qilinmaydi, desertga meva istemol qilish zarar degan tushuncha mavjud. Bir-biriga mos kelmaydigan mahsulotlar ro'yxati ortib, o'sib bormoqda. Bu borada mutaxassisning fikri bilan tanishing.
Anna Yurkevich
Gastroenterolog. To'g'ri ovqatlanish va hazm qilish tizimining salomatligi to'g'risidagi blog muallifi
Oldimizda nisbatan sog'lom odam degan shart bilan aytish mumkinki, uning oshqozon-ichak tizimi har qanday mahsulotlari birlashmasini hazm qila olishi kerak.
Istisno – u yoki bu mahsulotni hazm qila olmaslik. Agar odam organizmida sutni hazm qilish fermentlari yetishmasa, bunday mahsulotni istemol qilgach, navbatdan tashqari hojatxonaga borish ehtimoli ortadi. Bu vaziyatda u seld balig'ini yegani-yemagani muhim emas.
Yana boshqa misol: ayrim kishilarning ichaklari bir vaqtning o'zida katta miqdordagi fruktoza (ko'plab meva va sabzavotlar tarkibida bo'ladi)ni o'zlashtirolmaydi. Uning ko'p miqdorda bo'lishi ichak bakteriyalaridan foydalanilishiga olib keladi, natijada odam qorni dam bo'lganini his qiladi.
Boshqa tomondan, agar ovqatdan maksimum darajada foyda olishni istasak, bazi mahsulotlarni birga istemol qilmagan maqul.
#LADYFITNESS
#Соғломозамиз
@TAOML"Ayrim mahsulotlarni birga iste
mol qilib bo'lmaydi. Shu to'g'rimi"
Seld balig'idan keyin sut ichish mumkin emasligi, turli mahsulotlardagi vitaminlar bir-biri bilan “kelisha olmasligi” va go'sht bilan birga ayrim mahsulotlarni istemol qilib bo'lmasligi to'g'risida.
#Соғломозамиз
#LADYFITNESS
@TAOML"Ko'p ovqat yeyilsa, oshqozon yorilib ketishi mumkinmi?"
O'rta statistik katta odamning oshqozoni hajmi 0,5 litrga yaqin, ovqat iste
mol qilinganidan keyin bir yarim litrgacha kengayadi. Biroq bu ham oxirgi chegara emas – tabiat ko'p yeyishni xush ko'radiganlar haqida g'amxo'rlik qilib, oshqozonni elastik devorlar bilan siyladi. Ular cho'zilganida 5 litr hajmgacha kengayishi mumkin! Xo'sh, ko'p ovqat yeb yuborilganida nima bo'ladi? Oshqozon oxir-oqibat yorilib ketishi mumkinmi?
Albatta, shunday bo'lishi mumkin. Oshqozon devorlari bosimga chiday olmay, yirtilishi mumkin. Biroq bunga erishish juda mushkul: odamda yaxshi himoya mexanizmi – qayt qilish refleksi bor. Ko'pchilik oshqozon chiday olmay, yorilish holati darajasida ovqat istemol qila olmaydi.
Yegulik ortga qarab ketadi. Shuning uchun oshqozon yorilishi xavfi biror jismoniy yoki ruhiy o'zgarishlar sabab, qayt qilish refleksi mavjud bo'lmagan odamlar uchun ehtimoldagi holat bo'lishi mumkin. Bunday vaziyatlar kamdan-kam bo'lsa-da, lekin uchrab turadi. Ayniqsa maksimal yegulikni tezda yeyish bo'yicha tanlovlar qatnashchilari juda qaltis ish tutadilar. Odatda tez-tez mashq qilganlari sabab o'z qayt qilish reflekslarini eng past darajaga so'ndirgan bo'lishadi.
https://telegram.me/Taoml