cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Daryo — LIVE

“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali Reklama — http://dy.uz/Z07tA Tahririyat — @daryo_livebot Rasmiy kanal – @daryo Rasmiy kirill – @daryo_kirill Lifestyle – @daryo_lotin Sport – @daryo_sport24 Pul — @daryo_pul

Show more
Advertising posts
69 554
Subscribers
+924 hours
-1967 days
-66230 days
Posting time distributions

Data loading in progress...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
Publication analysis
PostsViews
Shares
Views dynamics
01
“Hukumat hamda investorlar o‘rtasida ochiq va samarali muloqotning yo‘lga qo‘yilgani barqaror iqtisodiy taraqqiyotning asosiy kalitidir. Shu sababli bugungi zamon bilan hamnafas qadam tashlab, o‘z oldimizga aniq rejalarni qo‘yishga va sa’y-harakatlarimizni yanada uyg‘unlashtirishga chaqiraman” — Shavkat Mirziyoyev @daryo_live
20Loading...
02
Prezident investorlarga O‘zbekiston taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi @daryo_live
3 3230Loading...
03
Tashqi mehnat migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaga kiritilmayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi Moskvadagi barcha aeroportlar va Rossiya bojxona chegara postlaridagi holatlar o‘rganilganda bunday holat kuzatilmagan. @daryo_live
4 5340Loading...
04
Qirgʻizistonning Toshkent shahridagi elchixonasini yangi binosini ochilish marosimi boʻlib oʻtdi Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi – Prezident administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarov va O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ramziy tasmani kesib, diplomatik vakolatxonasi binosini ochib berdi. @daryo_live
4 8300Loading...
05
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti — OAV “Muhojirlarni Rossiyaga kirish chog‘ida ommaviy ushlash 24-aprelda boshlangan va 1-mayga qadar Rossiya aeroportlarida 4,5 mingga yaqin odam to‘plangan”, — deydi Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlar masalalari bilan shug‘ullanuvchi huquq himoyachisi Valentina Chupik. U aeroport yoki o‘tkazish punktida ushlab turilganlardan to‘rtdan biri Tojikiston fuqarolari, yarmiga yaqini O‘zbekistondan kelgan muhojirlar, qolganlari esa asosan Qirg‘iziston fuqarolari ekanini aytdi. @daryo_live
7 24230Loading...
06
Johnson & Johnson chaqaloqlar upasi tufayli 6,5 mlrd dollar tovon to‘laydi Upa tarkibidagi asbest saratonni keltirib chiqarishi sababli kompaniyaga qarshi da’vo qo‘zg‘atilgan. @daryo_live
7 542131Loading...
07
Ko‘ksaroyda Shavkat Mirziyoyev raisligida Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yalpi majlisi bo‘ladi Unda yetakchi kompaniya va banklar, nufuzli xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar vakillari ishtirok etadi. Majlis doirasida prezident qator kompaniyalar rahbarlarini qabul qiladi. @daryo_live
6 9591Loading...
08
🇺🇿🇩🇯O‘zbekiston va Jibuti diplomatik munosabatlar o‘rnatdi Sharqiy Afrikada joylashgan ushbu davlat O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar oʻrnatgan 149-davlat hisoblanadi. @daryo_live
10 1060Loading...
09
Saudiya Arabistonida kuchli yomg‘ir tufayli universitet masjidining tomi qulab tushdi Masjidni kengaytirish rejalari doirasida binoga temir tom o‘rnatilgan. Biroq tom yomg‘irga dosh berolmay, qulab tushgani aytilmoqda. Qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan. @daryo_live
10 11115Loading...
10
Braziliyada suv toshqinlari oqibatida 29 kishi halok bo‘ldi Mamlakat janubida kuzatilgan tabiiy ofat oqibatida 60 kishi bedarak yo‘qoldi, 10 ming kishi uysiz qoldi. @daryo_live
9 8718Loading...
11
Samarqand viloyatining Nurobod tumanidagi bir nechta mahallalar hududida chigirtkalarga qarshi kimyoviy zararsizlantirish ishlari olib borildi @daryo_live
10 73716Loading...
12
Toshkent xalqaro investitsiya forumining birinchi kuni Bu galgi forum doirasida “yashil” energetika, infratuzilma, sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohalarida 18 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha bitimlar imzolanadi. @daryo_live
11 7652Loading...
13
Yerni kuchli magnit bo‘roni qopladi Prognozlarga ko‘ra, 3-may kuni K-indeksida 7 balli magnit bo‘roni kuzatilmoqda. Quyoshning yuqori faolligi ketma-ket to‘rtinchi kun davom etmoqda. @daryo_live
12 16172Loading...
14
Qozog‘iston sobiq IIV rahbari ikki oyga hibsga olindi Yerlan Turg‘umboyev 2022-yilgi yanvar voqealari bilan bog‘liq jinoiy ishlar bo‘yicha ushlangandi. Ishda davlat sirlari borligi tufayli tergov oshkor etilmaydi. @daryo_live
12 6000Loading...
15
🌦 Bugun kunduzi Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida, kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy, Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda — “O‘zgidromet” @daryo_live
14 3449Loading...
16
Rossiyaning Tuapse shahrida ommaviy mushtlashuv uyushtirgan 15 nafar Oʻzbekistonlik mamlakatdan chiqarib yuboriladi — “Ria Novosti” Fuqarolar neftni qayta ishlash zavodida ish olib borayotgan tashkilot xodimlari boʻlgan. @daryo_live
19 41211Loading...
17
Toshkentda III Xalqaro investitsion forumida 93 ta davlatdan 2500 dan ortiq ishtirokchi, jumladan, dunyoning yetakchi biznesmenlari qatnashmoqda “Keng qamrovli islohotlar va hamkorlik munosabatlari Oʻzbekistonning barqaror rivojlanishi va iqtisodiy oʻsishiga sabab boʻlmoqda. Markaziy Osiyo ishbilarmonlari hayotidagi ushbu yirik tadbir investitsion muhitni yaxshilash boʻyicha bugun Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan yangi tashabbuslarni amalga oshirishga yordam berishiga ishonaman”, – deb yozadi Oʻzbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva. @daryo_live
20 1775Loading...
18
Bugun Toshkent xalqaro investitsiya forumining birinchi kuni nihoyasiga yetdi. Forum raqamli transformatsiya, transport-logistika yo‘nalishlarini rivojlantirish, infratuzilma va yashil iqtisodiyot kabi istiqbolli tarmoqlarda ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish uchun imkoniyat yaratmoqda. @daryo_live
18 9811Loading...
19
Quvaytdagi AQSH harbiy bazasida terakt uyushtirishni rejalashtirgan shaxs qoʻlga olindi Shaxsi oshkor qilinmagan fuqaro “taqiqlangan tashkilotga aʼzolik va mamlakat ichida terrorchilik harakatlarini rejalashtirish” aybi bilan hibsga olingan. @daryo_live
19 0140Loading...
20
O‘zbekistonda yetishtirilgan quritilgan mevalar Yaponiyaga eksport qilinadi Mahsulotlar katta qiziqishga sabab bo‘lgani aytildi. @daryo_live
18 21319Loading...
21
Toshkentda qum-shag‘al qazib olayotgan 9 nafar fuqaro 230 mln so‘m to‘laydigan bo‘ldi Shuningdek, texnika vositalari vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirildi. @daryo_live
18 38819Loading...
22
Qurilish tashkilotlariga Toshkent shahrida – 9 va undan yuqori, boshqa shaharlarda – 7 va undan yuqori, qishloq joylarda – 5 va undan yuqori qavatli uy-joylar qurish uchun ajratilgan milliy valyutadagi kreditlar bo‘yicha 24 oydan ortiq bo‘lmagan muddatga “1+1” tamoyili asosida hududlarning toifasidan kelib chiqib kafillik va kompensatsiyalar taqdim etiladi. @daryo_live
18 2613Loading...
23
Andijonda bolali ayol bedarak yo‘qoldi Onasi unga videomurojaat bilan chiqdi. “Sizlardan iltimos, qizim uydan chiqib ketib yo‘qoldi. Izlamagan joyimiz qolmadi. Iltimos, ko‘rgan-bilganlar yordam beringlar. Qizim Muhayyoxon, jon bolam, qayt. Bollaringni bag‘ringga ol, jon bolam. Seni juda sog‘indik”, — deya murojaat qilgan onasi. @daryo_live
19 14213Loading...
24
Turkiya Iroq va Suriya shimolida Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yoʻq qildi Mamlakat rasmiylari 2024-yil yanvaridan beri mamlakat janubiy chegaralarida 843 nafar terrorchi yoʻq qilinganini bildirgan. @daryo_live
17 5771Loading...
25
O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini chuqurlashtirish doirasida oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi Shavkat Mirziyoyev 2-may kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumida Rossiya delegatsiyasiga boshchilik qilayotgan Rossiya prezidenti yordamchisi Maksim Oreshkinni qabul qildi @daryo_live
18 9930Loading...
Photo unavailableShow in Telegram
“Hukumat hamda investorlar o‘rtasida ochiq va samarali muloqotning yo‘lga qo‘yilgani barqaror iqtisodiy taraqqiyotning asosiy kalitidir. Shu sababli bugungi zamon bilan hamnafas qadam tashlab, o‘z oldimizga aniq rejalarni qo‘yishga va sa’y-harakatlarimizni yanada uyg‘unlashtirishga chaqiraman” Shavkat Mirziyoyev
@daryo_live
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Prezident investorlarga O‘zbekiston taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi @daryo_live
Show all...
Tashqi mehnat migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaga kiritilmayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi Moskvadagi barcha aeroportlar va Rossiya bojxona chegara postlaridagi holatlar o‘rganilganda bunday holat kuzatilmagan. @daryo_live
Show all...
Qirgʻizistonning Toshkent shahridagi elchixonasini yangi binosini ochilish marosimi boʻlib oʻtdi Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi – Prezident administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarov va O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ramziy tasmani kesib, diplomatik vakolatxonasi binosini ochib berdi. @daryo_live
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti — OAV
“Muhojirlarni Rossiyaga kirish chog‘ida ommaviy ushlash 24-aprelda boshlangan va 1-mayga qadar Rossiya aeroportlarida 4,5 mingga yaqin odam to‘plangan”, — deydi Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlar masalalari bilan shug‘ullanuvchi huquq himoyachisi Valentina Chupik.
U aeroport yoki o‘tkazish punktida ushlab turilganlardan to‘rtdan biri Tojikiston fuqarolari, yarmiga yaqini O‘zbekistondan kelgan muhojirlar, qolganlari esa asosan Qirg‘iziston fuqarolari ekanini aytdi. @daryo_live
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Johnson & Johnson chaqaloqlar upasi tufayli 6,5 mlrd dollar tovon to‘laydi Upa tarkibidagi asbest saratonni keltirib chiqarishi sababli kompaniyaga qarshi da’vo qo‘zg‘atilgan. @daryo_live
Show all...
Ko‘ksaroyda Shavkat Mirziyoyev raisligida Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yalpi majlisi bo‘ladi Unda yetakchi kompaniya va banklar, nufuzli xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar vakillari ishtirok etadi. Majlis doirasida prezident qator kompaniyalar rahbarlarini qabul qiladi. @daryo_live
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿🇩🇯O‘zbekiston va Jibuti diplomatik munosabatlar o‘rnatdi Sharqiy Afrikada joylashgan ushbu davlat O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar oʻrnatgan 149-davlat hisoblanadi. @daryo_live
Show all...
00:28
Video unavailableShow in Telegram