Abror Obidov Architect
Open in Telegram
Assalomu alaykum! Arxitektura va dizayn bo'yicha xizmatingizdamiz. Murojat uchun Tel: +998 94 508 89 77 +998 97 373 89 77 Admin @Abrorobidov Manzil: Namangan shaxar, Navoiy ko’chasi, Shodlik MFY, Yangiariq, uy:87-87A
Show more729
Subscribers
-124 hours
-57 days
-930 days
Posts Archive
+1
🎯 Yangi marra va yana bir muhim qadam!
"Najot Ta'lim" o‘quv markazining "Prompt Engineering" kursini muvaffaqiyatli tamomlab, o‘z sertifikatimizni qo‘lga kiritdik.
Sun’iy intellekt bilan to‘g‘ri "til topishish" va uni o‘zimizga yordamchiga aylantirish yo‘lidagi bilimlarimizni yanada mustahkamladik. Oldinda bizni yanada katta loyihalar va marralar kutmoqda! 🚀
Bilim olishdan, izlanishdan aslo to‘xtamang.
+8
✨ Zamonaviy eksteryer va qulaylik uyg‘unligi!
Ushbu loyihamiz zamonaviy neoklassika uslubida bunyod etilgan bo‘lib, binoning tabiiy travertin qoplamas va puxta o‘ylangan fasad yoritish tizimi unga o‘zgacha ko‘rk bag‘ishlaydi. Keng derazalar, shinam hovli va zamonaviy ayvon oilaviy hordiq uchun mukammal muhit yaratadi.
✨ Mukammal loyihani tajribali me’morlarga ishonib topshiring!
Aloqa uchun: 945088977
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!🚀
Instagram | Telegram
+3
Bu loyihamiz ikki aka-uka uchun kelajakda ikki alohida, mustaqil maskanga aylana oladigan, ayni paytda esa mukammal yaxlitlik va salobat kasb etuvchi noyob me’moriy yechimdir.
Tasvirdagi salobatli ustunlar, nafis arkalar va mukammal neoklassik proporsiyalar – chinakam professional me’morchilik namunasidir. Biz har bir chizmadagi o‘lchov va estetikani yuksak mahorat bilan uyg‘unlashtirib, kelajakdagi orzuingizdagi uyning mukammal loyihasini tayyorlaymiz.
✨ Mukammal loyihani tajribali me’morlarga ishonib topshiring!
Aloqa uchun: 945088977
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!🚀
Instagram | Telegram
Kelajak transporti uchun kelajak arxitekturasi. 🚘🏙
Tesla uchun noodatiy taklifimiz: tomda avtomobillar uchun parkovka, asosiy yo‘ldan tomgacha uzluksiz harakatlanish imkonini beruvchi o‘ziga xos arxitekturaviy yechim.
Bu hozircha Mimaratning ijodiy taklifi. Kim biladi, balki bir kun kelib bu g‘oya haqiqiy loyihaga aylanar?
Mimarat — g‘oyadan loyihagacha. #Mimarat #Tesla #Architecture #futuredesign
+9
🏢 Marg‘ilon shahrida yana bir universal loyihamiz!
Zamonaviy arxitektura va qulay rejalashtirish uyg‘unlashgan ushbu obyektimiz ham turar, ham noturar yo‘nalishda mukammal yechimga ega. Marg‘ilon shahrida qad rostlayotgan ushbu bino o‘zining jozibali fasadi va ko‘rkam ko‘rinishi bilan bir vaqtning o‘zida ham qulay yashash, ham muvaffaqiyatli biznes yuritish uchun barcha sharoitlarni jamlagan.
📈 Orzuyingizdagi turar yoki noturar obyektlar uchun professional loyihalar yaratamiz:
📞 94 508 89 77
+7
Uydagi mukammal sport zal loyihasi 🏠⚡️
Interyerda har bir detal xonadon egalarining qulayligi uchun puxta oʻylangan:
• Iliq va koʻzni charatmaydigan neytral ranglar toni
• Sifatli va ixcham sport uskunalari joylashuvi
• Tabiiy yogʻoch va nafis devor bezaklari uygʻunligi
Natijada — nafaqat mashgʻulot bajarish, balki ruhiy hordiq chiqarish uchun ham ideal makon yaratildi.
📩 Uyingiz uchun eksklyuziv loyiha va dizayn yechimlarini olish uchun biz bilan bogʻlaning.
Aloqa uchun: 945088977
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!🚀
Instagram | Telegram
+5
✨ Katta va fayzli mehmonxona – yangi loyihamiz!
Ushbu interyerda zamonaviy qulaylik va klassik nafislikni o‘zaro uyg‘unlashtirdik. Ochiq bej tuslar va boy teksturalar xonaga shinamlik hamda hashamat baxsh etadi.
Asosiy dizayn yechimlari:
▪️ Me'moriy detallar: Devorlardagi klassik moldinglar va relyefli panno xonaga ulug‘vorlik beradi.
▪️ Mehmondorchilik zonasi: Tabiiy tosh yuzali katta stol va yumshoq bouclé stullar – uzoq suhbatlar uchun ayni muddao.
▪️ Yoritish: Zamonaviy halqasimon qandil neoklassik uslub bilan ajoyib kontrast yaratadi va makonni mayin yoritadi.
Aloqa uchun: 945088977
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!🚀
Telegram | Instagram
Tajribali Arxitektor va Interyer dizaynerlarini jamoamizga qabul qilamiz! 📐✨
Biz taklif qilamiz:
✔️ Yuqori maosh;
✔️ Qiziqarli va yirik loyihalarda ishtirok etish;
✔️ Shinam ofis va ahil jamoa;
✔️ Doimiy o‘sish va rivojlanish imkoniyatlari.
Sizdan talab etiladi:
🔹 Yuqori tajriba;
🔹 AI bilan ishlay olish qobiliyati;
🔹 Mas'uliyat va jamoa bilan hamjihat ishlash;
🔹 Namangan shahrida yashash va ishlash.
📩 Rezyume va portfolio yuborish uchun (Telegram): @Abrorobidov
📞 Telefon: +998 (94) 508-89-77
📍 Manzil: Namangan shahri
+6
Mimarat jamoasidan yana bir premium bino loyihasi — Galata restorani
Istanbulning ramzi — mashhur Galata minorasi va uni atrofidagi betakror muhit endi Namanganda ham o'z aksini topadi.
Restoran nomi Galata bo'lgani uchun buyurtmachiga Galata minorasini qurishni taklif qildik. Biz uni shunchaki nusxalamadik, balki tarixiy ruhini saqlagan holda zamonaviy me'morchilik bilan uyg'unlashtirdik. Tosh devorlar o'z qiyofasini saqlab qoldi, uning yonida esa shisha va metall konstruksiyalar paydo bo'ldi. Natijada ikki uslub bir-birini to'ldirib, yagona va uyg'un ansamblni hosil qildi.
Loyiha tafsilotlari:
🏛 Arxitektura. Minoraning tosh va mis ranglari shaffof shisha fasadlar bilan birlashib, klassika va zamonaviylikning uyg'un ifodasini yaratadi. Har bir detal puxta o'ylangan.
✨ Yoritish. Kechqurun minora va fasadning iliq yoritilishi binoga o'zgacha joziba va ulug'vorlik bag'ishlaydi.
🌿 Ochiq terrasa. Chiroqlar girlyandasi ostidagi, yashil tentlar bilan bezatilgan terrasa oqshom ziyofatlari va maxsus tadbirlar uchun ideal makondir.
🍽 Ichki makon. Ikki qavatli zal, panoramali oynalar va mayin yorug'lik mehmonni birinchi daqiqadan o'ziga rom etadi.
🥂 Premium xizmat. Ichkarida har bir mehmon uchun premium darajadagi xizmat va qulayliklar yaratilgan: VIP xonalar, oilaviy va banket zallari, ochiq oshxona, bolalar xonasi hamda mehmonlar qulayligi uchun zarur bo'lgan barcha shart-sharoitlar. Har bir detal siz o'zingizni alohida e'tibor markazida his qilishingiz uchun o'ylab ishlab chiqilgan.
Namanganning eng premium turk restorani. Galata shahrimiz uchun yangi gastronomik va me'moriy marra bo'lishga da'vogar.
Siz ham o'z restoraningiz, kafengiz yoki boshqa biznesingiz uchun noyob loyiha orzu qilyapsizmi? Biz g'oyangizni haqiqatga aylantiramiz: loyihalash, dizayn va vizualizatsiyadan tortib, tayyor ob'ektgacha.
Aloqa uchun: 945088977
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!🚀
Telegram | Instagram
LEAP STONE o’quv markazi— interyer loyihamiz realizatsiya bo‘ldi.
Kompyuterda chizgan interyerimizni endi real hayotda ko‘rib turibmiz. ❤️
Arxitektor va dizayner uchun bundan yoqimli narsa kam bo‘lsa kerak.
Leap Stone jamoasiga ishonchlari uchun katta rahmat!
Aloqa uchun: 945088977
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!🚀
Telegram | Instagram
+7
🏠 Siz avvalgi postimizda bu loyihamizni realizatsiyasini ko'rgan edingiz.
Kichkina xonadonda ham hammasi o'z joyida va tartibli bo'lishi mumkin. Ushbu loyihamizda oshxona va mehmonxona zonasini birlashtirib, har bir kvadrat metrdan maksimal darajada oqilona foydalandik:
Funksional oshxona: Barcha zarur texnika va qulay saqlash joylari.
Qulay ovqatlanish stoli: Butun oila jam bo'ladigan 5 kishilik stol.
Shinam mehmonxona: Yumshoq divan va televizor sohasi.
Toza ko‘rinish: Barcha isitish va kommunikatsiya tizimlari maxsus shkafga yashiringan.
Aloqa uchun: 945088977
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!🚀
Telegram | Instagram
24 kv.m. maydonda mukammal interer: Mehmonxona va oshxona uyg‘unligi! 🏠✨
Kichik yoki cheklangan maydondagi xonadonlarda har bir kvadrat metrni to‘g‘ri va qulay rejalashtirish juda muhim. Ushbu videoda atigi 24 kvadrat metr maydonni o'zida ham zamonaviy oshxona, ham qulay mehmonxona qilib jihozlagan loyihamiz bilan tanishishingiz mumkin.
Loyihaning afzalliklari
🔹 Texnik zona: Isitish tizimlari va kommunikatsiyalar ko'zga tashlanmaydigan qilib maxsus shkafga yashirilgan.
🔹 Funksional oshxona: Muzlatgich, pech, gaz plitasi, moyka va idishlar uchun qulay shkaflar o'z o'rnini topgan.
🔹 Ovqatlanish stoli: Butun oila jam bo'ladigan 5 kishilik qulay stol.
🔹 Dam olish (mehmonxona) zonasi: Yumshoq divan, televizor sohasi va kitob javonlari bilan boyitilgan.
🎁 MAXSUS BONUS:
Xonangizning aniq o‘lchamlarini (eni va uzunligini) izohda yozib qoldirgan birinchi kuzatuvchiga qurilish bo‘yicha bepul 1 martalik konsultatsiya taqdim etamiz!
Bizni kuzatishda davom eting, oldinda shunday foydali ma'lumotlar ko'p!
Aloqa uchun: 945088977
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!🚀
Telegram | Instagram
Uyingiz haybatli va muhtasham ko’rinishini xohlaysizmi? 🏛✨
Klassik fasad dizaynida ustunlar o’lchami va ularning proporsiyasi juda muhim rol o’ynaydi. Ushbu videoda 55 sm diametrli ustunlar qavatlar bo’ylab to’g’ri davom etishi orqali binoga qanday haybat bag’ishlangani haqida so’z boradi.
📌 Uyingizni qurish yoki ta’mirlash rejada bo’lsa, ushbu rolikni saqlab qo’ying!
✍️ Sizga shunday klassik uslubdagi fasad dizayni yoqadimi? Fikringizni komentariyada qoldiring.
Aloqa uchun: 945088977
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!🚀
Telegram | Instagram
🏛 "Afsonalar vodiysi"da yana bir muhtasham loyiha o‘z egalariga topshirildi!
Namangan shahrining qoq markazida qad rostlagan ushbu zamonaviy va dabdabali qasr ko‘rinishidagi xonadon o‘zining betakror arxitektura yechimlari bilan ajralib turadi.
Loyiha xususiyatlari:
🔹 Klassik uslub: Ulkan ustunlar va nafis naqshlar uyg‘unligi
🔹 Kenglik va yorug‘lik: Har bir kvadrat metrda erkinlik va shinamlik muhiti
🔹 Individual yondashuv: Mijozning didi va barcha talablariga to‘liq mos keluvchi mukammallik
Har bir loyiha biz uchun yangi bir san’at asaridir. Bizga qimmatli ishonchni bildirgan xonadon egalariga minnatdorchilik bildiramiz! 🤝
📲 Orzuingizdagi loyihani biz bilan birga rejalashtiring:
Aloqa uchun: 945088977
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!🚀
Telegram | Instagram
Yil boshida arxitektura... Yil tugamasdan esa Interyer! 📐✨
Obyektimizning oxirgi qavat plitalari qo'yildi va biz navbatdagi bosqich — ichki dizayn ustida ish boshladik. Mijozimizning takroriy ishonchi biz uchun eng katta baho.
Hammaga o'zi orzu qilgan shunday muhtasham uylarni qurish nasib etsin!
Aloqa uchun: 945088977
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!🚀
Telegram | Instagram
+6
LUXURY VA MILLIY GO'ZALLIK 🏘
Biz sizga o'zining noyob dizayni va mukammal arxitekturasi bilan ajralib turadigan, zamonaviy va milliy uslublarni uyg'unlashtirgan yangi xonadon loyihamizni taqdim etishdan mamnunmiz!
✨ Loyihaning Asosiy Xususiyatlari:
Noyob Eksteryer: milliy ustunlar va nafis arkali derazalar, shuningdek, sifatli yog'och eshiklar orqali an'anaviy go'zallikni aks ettiradi.
Shaxsiy Ichki Hovli: Tinch va xavfsiz ichki hovli, unda oilangiz bilan dam olish uchun ajoyib imkoniyat mavjud.
Sifatli Materiallar: Loyihada faqat eng sifatli materiallar va zamonaviy texnologiyalardan foydalanilgan.
Mukammal Rejalashtirish: Har bir xona va maydon sizning qulayligingiz va farovonligingiz uchun o'ylangan.
Aloqa uchun: 945088977
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!🚀
Telegram | Instagram
Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!
Mustaqillik — bu o‘z tariximiz, bugunimiz va kelajagimizni o‘z g‘oyalarimiz asosida mustaqil bunyod etish erkinligidir.
Har bir qad ko‘targan zamonaviy bino, har bir yaratilgan shinam makon va arxitektura yutuqlari — yurtimiz taraqqiyotining yorqin timsolidir.
Mimarat jamoasi barcha yurtdoshlarimizni, qadrli mijoz va hamkorlarimizni eng ulug‘, eng aziz bayram bilan samimiy muborakbod etadi. Vatanimiz tinch, osmonimiz musaffo, kelajakka qaratilgan barcha buyuk loyihalarimiz bardavom bo‘lsin!
