en
Feedback
Programmer.uz || Dasturlash haqida

Programmer.uz || Dasturlash haqida

Open in Telegram

Axborot texnologiyalariga asoslangan har qanday ma'lumotlar. Programmer UZ loyihasining rasmiy telegram kanali. Muallif: Bobobek Turdiyev YouTube: http://bit.ly/pYouTube Sayt: www.programmer.uz Aloqa: @procontactbot

Show more
2 365
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
Instagramda live. 🔴 Inhada so'nggi kun. 🔗 https://instagram.com/programmer.uz

Tadbirkorlik faoliyatini olib borishda islomiy qonunlarga amal qilish, halol ish yuritish, umuman ahamiyatga moyil bo'lgan ha
Tadbirkorlik faoliyatini olib borishda islomiy qonunlarga amal qilish, halol ish yuritish, umuman ahamiyatga moyil bo'lgan har qanday mavzuni kengroq yoritishni asosiy masala qilib qo'ydik. Turli kanallarda joylangan Islom moliyasiga aloqador bo'lgan kontentlarni bir ilovada jamladim. Ilovadan yagona maqsad - ilm ulashish. U reklamalardan holi va hech qanday moddiyatga asoslanmagan. ✅ O'zingiz uchun o'rnating va boshqalarga ham ulashing. 🔗 https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.programmer.islom_moliyasi @programmer_uz

Instagramga kiramiz, kutilgan efir. Bankka keldim, Admobdan pul yechamiz😉 https://instagram.com/programmer.uz

Bu endi nafaqat Click, Payme tizimlari, balki loyihalarda QI-WI uchun ham to'lov tizimini joriy qilishga yordam beradi.

O'zbekistonda QIWI elektron pullar tizimiga o'tishga ruxsat berildi. ___________________________ YouTube | Instagram | Telegram | TikTok

Qaynoq post chiqdi. ⤵️ O'qisa bo'ladi. Foydali bo'lishi ham mumkin. ⏰ 1-2 daqiqa vaqt oladi. 🔗 @bobobekuz 👈🏻

Aldanib qolmang! So'nggi kunlarda ko'pchilikdan murojaat kelib tushmoqda. Unga ko'ra, bizning videokurslardan shaxsiy manfaati yo'lida foydalangan va uni "O'zimizniki" deya foydalanuvchilariga pullagan tashkilotlar uchrayapti ekan. Ayanchlisi, bepul joylangan darslarning aksariyati millionlarga sotilishi fakt qilib keltirildi. Bu kabi murojaatlarga bitta qilib javob beraman: 1. Bizning darslardan foydalanish huquqi hech qaysi tashkilotga berilmagan. Agar siz boshqa joylarda bizning darslarni uchratadigan bo'lsangiz, bu haqida asos keltirib, xabar berishingizni so'raymiz. 2. Bizdan boshqa hech kimga bizning kurslarni sotishga huquq berilmagan. Agar boshqalar bizni kurslarimizni sotayotganini ko'rsangiz, bilingki, ular firibgarlar! 3. Ishga topshirayotganda shartnoma tuzib oling va uni har bir punktini diqqat bilan o'qib chiqing. Majburiy mehnatdan saqlaning! 4. Bizning eng ko'p darslarimiz YouTubeda bepul joylangan. Siz uni xolisona tavsiya etishingiz mumkin, lekin bu ularni yuklab olib, shaxsiy platforma, bot, ilova va shunga o'xshash tizimlarda foydalanishni anglatmaydi. 5. Biz shunchaki kanal yoki blog emasmiz. Programmer UZ MCHJ - Axborot texnologiyalari sohasida dasturlar, ilovalar, web-sayt, bot, videokurslar va boshqa IT-xizmatlar ko'rsatuvchi korxona. Hozirda IT PARK, PayME va Pro-Data Tech korxonalari bilan hamkorlik qilamiz. @programmer_uz

Ommaviy testga chaqiraman Programmer UZ Mobil ilovasining v1.0.5 versiyasida yangi imkoniyatlar kutilayapti. Shu orada ilovada o'zgarishi kerak deb hisoblaydigan element, kamchilik yoki qandaydir xatolik topgan bo'lsangiz, @procontactbot ga yozib yuboring. Imkon qadar yanada yaxshi resurs bilan sizlarni ta'minlaymiz. Kuzatib boring. @programmer_uz

Bitta misol keltiraman. Bir necha kun oldin Ukarina davlatidan bir loyihaga taklif tushdi, qabul qildim. Muzokara qildik, tanishdik va meni imtihondan o'tkazishdi. Meni flutter bo'yicha taklif qilishgandi, lekin to'satdan "Javani bilasizmi, bir kichkina loyiha bor, sizga test tariqasida beramiz" deyishdi. Odatda, ishga kirishda bunaqangi test loyihalar ko'p holatda albatta beriladi. Ha bilaman, dedim va loyihani oldim. Uni yakunlash bir necha soat vaqt oldi, xolos. Loyihani topshirdim. Ular mendan hisob raqam so'rashdi, berdim. Qarasam, hisob raqamimga pul o'tkazishibdi. U katta summa emas, kichkina loyihaga yarasha. Lekin bu kompaniya oddiy test loyiha uchun ham pul to'lagan menga uchragan birinchi kompaniya bo'ldi. Ular men bilan yana suhbatlashishdi va birga ishlashni davom ettirishimni, faqat endi haqiqatda ham flutter testidan o'tishimni so'rashdi. Ko'ndim, u ham paid test bo'lsa kerak ) Bularni sizga nega aytayapman? Har kuningizni ilm olishga sarflang va har kuni nimadir o'rganing. Sifatli ish qilishingiz, mijozni sizda qolishiga, yana birga ishlashga, yangi hamkorlikka, loyihalaringiz ko'p bo'lishiga sabab bo'ladi. Daromad vaqti o'zi keladi, shoshilmang. Rizqingiz ham qanchalik mehnat qilishingizga yarasha bo'ladi. Sababini qilib qo'ying. Bu post sizga nimalar bera oldi? Izohda fikringizni kutaman. Postni esa o'zingizga saqlab qo'ying. @programmer_uz

Bilimingiz hammasiga nuqta qo'yadi, yoki... Dunyo bozorida ish topa olmayotganlar ham, ishchi topa olmayotganlar ham juda ko'
Bilimingiz hammasiga nuqta qo'yadi, yoki... Dunyo bozorida ish topa olmayotganlar ham, ishchi topa olmayotganlar ham juda ko'p. Bu ikki taraf talablari sira bir-biriga mos tushmaydi. Siz zo'rsiz, ko'p narsani bilasiz, lekin chet tilini bilmasligingiz ba'zida hammasiga nuqta qo'yadi. Qachonki qiyinchilikni bo'yningizga olasiz, har kuni o'qiysiz, nimadir o'rganasiz, keyin natija haqida o'ylashga haqqingiz bo'ladi. Eng asosiysi, faqat kasb bilish (hard skills) emas, balki yaxshi qadriyatlarga, muomalaga (soft skills) ega bo'lishingiz sizni sohangizda yuksaltiradi. @programmer_uz

Bir savol o'ylantirayapti... Har doim qilinadigan ishlar "win-win" bo'lishi kerak. Ya'ni ikkala tomonga ham birdek manfaatli bo'lishi lozim. "Hisobli do'st ayrilmas" degani ham shu aslida. Tasavvur qiling, siz bilan tanishdik. Sizga aytdim: Nimani o'rganayapsiz, keling yordam beraman (o'rgataman/birga loyiha qilamiz). Shunda siz menga nima qilib bera olgan bo'lardingiz? Izohda yozing, menga bu qiziq ⤵️ @programmer_uz

Videoga kirib ko'ringlar qani, yaxshi ochilayaptimikan😉. P.s. Fikrlarni commentda kutaman.

Qiskomnazorat hamma yoqni qisib tashladi, lekin kerakli joyni qisishni unutdi.✅ Foydang tegmayapti, zararing ham tegmasin. Sekin-sekin ilm-fan va taraqqiyotga zamonaviy tarzda pichoq urishda davom eting. Biz boshqa joyga borib rivojlanganda, keyin qarsak chalib bizdan chiqqan deb oğzingizni to'ldirib gapiring, tasanno sizlarga!

Kimda ijtimoiy tarmoqlar bilan muammo bo'layapti?
Anonymous voting

META o'zi nima - Facebookning kelajakdagi loyihalari - Virtual olam Facebook kompaniyasi nomi "Meta"ga o'zgargani haqida alla
META o'zi nima - Facebookning kelajakdagi loyihalari - Virtual olam Facebook kompaniyasi nomi "Meta"ga o'zgargani haqida allaqachon xabar topgansiz. Kompaniya virtual olam ustida ishlashi haqida uning rahbari Mark Zuckerberg ochiqlab berdi. Bu yangilikni sizga tushunarli qilib yetkazish uchun, kontentni moslashtirdim, ko'rib fikringizni bildirishingiz mumkin. 🔗 https://youtu.be/umMyEq9Umbg @programmer_uz

Ieltsdan yuqori ball olish endi muammo emas ☑️ Faqat sizdan ayrim texnikalarni o'rganish talab etiladi xolos. ⤵️ Bu texnikalar haqida bu yo'lni bosib o'tgan expertlar gapirishadi. Ularni sizga yanada yaqinroq qildik. 📱IELTS INSIGHTS mobil ilovasida tavsiyalar va usullarni bilib oling. 🔗 https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.programmer.ielts_insights @programmer_uz

Muvaffaqiyatli tadbirkorlarning "tanka"si kim? 🤔 Ular qanday qilib natijaga erishishgan? Qanday xatoliklarga yo'l qo'yishgan? Bu haqida ularning o'zlari gapirishadi. Endi muvaffaqiyatli tadbirkorlar sizga yanada yaqinroq. Biz muvaffaqiyatli insonlar tajribasi va ilmini kengroq tarqalishini xohladik. Siz ham ilmni o'z yaqinlaringiz bilan bo'lishing. ✅ Shohida Ibragimova boshchiliklaridagi Moliya UZ loyihasiga mobil ilova ishlab chiqdim. Ilova sodda va qulay. Foydalanib, baho berasiz: 🔗 https://bit.ly/Muvaffaqiyat

Ijtimoiy tarmoqda mutaxasis sifatida faol bo'ling! Siz yaxshi dasturchi bo'lsangiz-u, o'zingizni tanitmasangiz, sizni qayerda
Ijtimoiy tarmoqda mutaxasis sifatida faol bo'ling! Siz yaxshi dasturchi bo'lsangiz-u, o'zingizni tanitmasangiz, sizni qayerdan qanday topish mumkin? Kompaniyalarga ish so'rab taklif qilganingizdan ko'ra, kompaniyalarni sizga ish taklif berishlari yoqimliroq emasmi? Unda oddiy foydalanuvchi sifatida emas, balki mutaxasis sifatida, har kunlik mehnatingizni ijtimoiy tarmoqlarda joylab boring. Masalan, "Bugun men OOP nima ekanligini o'rgandim" ko'rinishidagi post. Nega ijtimoiy tarmoq, telegram kanal bo'lmaydimi? Yo'q. Telegram bu messenger. Unda kanalni "recommendation" - tavsiya funksiyasi yo'q. Ijtimoiy tarmoqlar esa yangi kishilarga accountlarni tavsiya etishadi. Imkoniyatlardan unumli foydalanib boring. P.S. Imkon qadar har kun instagramda ko'rinish beraman.😉 Meni quyidagi profillarda kuzatishingiz mumkin: IT va Dasturlash: https://instagram.com/programmer.uz Shaxsiy profilim: https://instagram.com/bobobek.uz @programmer_uz