cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

FC BUNYODKOR

"Бунёдкор" футбол клубининг расмий телеграм канали (Тошкент, Ўзбекистон) Official telegram channel of FC BUNYODKOR (Tashkent, Uzbekistan) Instagram - https://instagram.com/fcbunyodkorcom Facebook - https://m.facebook.com/fcbunyodkorcom

Show more
Advertising posts
3 550
Subscribers
-1024 hours
-187 days
-630 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Gʻofurov shogirdlari ham tayyorgarlikni boshladi Asosiy jamoalarimizdan so‘ng, O‘zPFL doirasidagi musobaqada ishtirok etayotgan va tanaffusga qadar turnir jadvali peshqadami bo‘lib turgan “Bunyodkor” U-19 ham mashg‘ulotlarni boshladi. Anvar Gʻofurov boshchiligidagi o‘smirlarimiz “Bunyodkor” akademiyasi maydonlarida shug‘ullanmoqda. Mashg‘ulotlarda akademiyamiz tarbiyalanuvchilari qatnashmoqda. Eslatib o‘tamiz, Anvar Gʻofurov boshchiligidagi “Bunyodkor” U-19 birinchi davra o‘yinlaridan so‘ng 23 ochko bilan “Sharq” mintaqasida peshqadam bo‘lib turibdi. 🗣Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! 🌐Telegram  |  🌐Instagram  |  🌐Facebook  |  Twitter  | 🌎Site
Show all...
FC BUNYODKOR

"Бунёдкор" футбол клубининг расмий телеграм канали (Тошкент, Ўзбекистон) Official telegram channel of FC BUNYODKOR (Tashkent, Uzbekistan) Instagram -

https://instagram.com/fcbunyodkorcom

Facebook -

https://m.facebook.com/fcbunyodkorcom

Photo unavailableShow in Telegram
Bugun bosh jamoamiz a’zosi Mirjahon Mirahmadovning tavallud topgan kuni! Fursatdan foydalanib klub rahbariyati, futbolchilar va barcha ishchi xodimlar nomidan Mirjahon Mirahmadovni tavallud kuni bilan tabriklaymiz. Unga uzoq-umr, sihat-salomatlik, futbolchilik faoliyatida yuksak zafarlar tilab qolamiz. Tug‘ilgan kun muborak, Mirjahon!
Show all...
Jamoalarimiz mashg‘ulotlarni boshladi “Qaldirg‘ochlarimiz” birin-ketin mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlikni boshladi. Sergey Arslonov murabbiyligidagi “Bunyodkor”ning asosiy tarkibi, Jamoliddin Rahmatullayev ustozligidagi o‘rinbosarlarimiz, Anvar Rahimov boshchiligidagi “Bunyodkor-2” hamda Elmira Gulamova shogirdlari mashg‘ulotlarga kirishdi. Barcha jamoalarimizning murabbiylar shtabi yig‘inning ilk kunlarida ta’tildan qaytgan futbolchilarni tiklanishiga e’tibor qaratmoqda. Shu kunlarda mashg‘ulotlar kuchaytirilgan tartibda davom ettiriladi. Xususan, bosh jamoamiz ertadan kuchaytirilgan tartibdagi mashg‘ulotlarni boshlaydi. Barcha jamoalarimizning tarkibidagi o‘zgarishlari va o‘rtoqlik uchrashuvlari bo‘yicha ma’lumotlarni tez orada taqdim etamiz. 🗣Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! 🌐Telegram  |  🌐Instagram  |  🌐Facebook  |  Twitter  | 🌎Site
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun “Bunyodkor” jamoasi murabbiyi Ilyos Zeytullayev o‘zining tavallud ayyomini nishonlamoqda. Fursatdan foydalanib Ilyos Bekirovichni “Bunyodkor” futbol klubi rahbariyati, futbolchilar va barcha ishchi-xodimlar nomidan bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklaymiz! Kelgusidagi ishlariga rivoj, oilaviy xotirjamlik, murabbiylik faoliyatida yuksak marralar tilab qolamiz! Tug‘ilgan kun muborak, Ilyos Bekirovich!
Show all...
⚽️⚽️ Superliga. Mavsumning ikkinchi yarmi uchun taqvim qanday bo‘ladi? Liga 2024-yil uchun taqvim rejani o‘tgan yili tasdiqlagan. Uni sayt orqali bemalol yuklab olish mumkin. Klub avgustning aynan qaysi sanasida maydonga tushishini aniqlashtirish uchun O‘zbekiston kubogining ¼ final bosqichiga qur’a tashlanishi kerak edi. Kuz oyi taqvimi esa Elit Chempionlar ligasi va Chempionlar ligasi II musobaqalari bilan bog‘liq. 15-16-avgustda ularning guruh bosqichiga qur’a tashlanadi. Avgust oyida qanday reja va o‘zgarishlar bor? Liga birinchi galda U23 O‘zbekiston termasining Parij Olimpiadasidagi ishtirokidan kelib chiqdi. Masalaga optimistik ruhda yondashib, termamizning ½ finalga qadar yetib borishi mumkinligi inobatga oldik. Liga Surxon arena maydoni va unda alohida VAR xonasining ishga tushishi masalasi katta ehtimol bilan avgust oyiga qadar tayyor bo‘lmasligi masalasini kun tartibiga kiritdi. Lokomotiv va Paxtakor stadionlarini ta’mirlash zaruriyati bor ekanligi hisobga olindi. Bunda Samarqand shahridagi Dinamo stadionini foydalanishga qayta topshirish masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. Aksar holatlarda bir stadiondan ikki klub foydalanayotganini inobatga olib, o‘yinlar orasidagi tanaffus va maysa parvarishi masalasini ham e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Shu va boshqa qator sabablar inobatga olinib, avgust oyi uchun reja ishlab chiqildi. Liga bunda har bir detalga e’tibor qaratishga intildi. Ish reja suratda aks etgan.
Show all...
Jamoalarimiz ta’tilda Ma’lumki, shu kunlarda O‘zPFL doirasidagi musobaqalarda tanaffus e’lon qilingan. O‘z navbatida “Bunyodkor”ning Respublika miqiyosidagi birinchiliklarda ishtirok etadigan barcha jamoalari ta’tilga chiqdi. Sergey Arslonov murabbiyligidagi bosh jamoamiz 13 iyuldan mashg‘ulotlarga kirishsa, Jamoliddin Rahmatullayev ustozligidagi o‘rinbosarlarimiz tayyorgarlikni akalaridan biroz avval 10 iyul kuni boshlaydi. Anvar Rahimov boshchiligidagi “Bunyodkor-2” esa, 12 iyuldan mashg‘ulotlarga qaytadi. Mavsumni ko‘tarinki ruhda o‘tkazayotgan, o‘z mintaqasida peshqadam bo‘lib turgan “Bunyodkor” U-19 ham 15 iyulga qadar mashg‘ulotlarga qaytishi rejalashtirilgan. Anvar Gʻofurov va uning shogirdlari mavsumni yuqori notada yakunlashni maqsad qilgan. Mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlikni barchadan avval boshlaydigan jamoamiz “Bunyodkor-W”. Ayollarimiz 20-24 iyul kunlari “Navbahor-W” va “Neftchi-W”ga qarshi qoldirilgan bahslarda maydonga tushadi. Shu bois Elmira Gulamova o‘z shogirdlari bilan 8 iyuldan mashg‘ulotlarga kirishadi. 🗣Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! 🌐Telegram  |  🌐Instagram  |  🌐Facebook  |  Twitter  | 🌎Site
Show all...
FC BUNYODKOR

"Бунёдкор" футбол клубининг расмий телеграм канали (Тошкент, Ўзбекистон) Official telegram channel of FC BUNYODKOR (Tashkent, Uzbekistan) Instagram -

https://instagram.com/fcbunyodkorcom

Facebook -

https://m.facebook.com/fcbunyodkorcom

Chorak finalda poytaxt derbisi - raqibimiz “Paxtakor”!
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
🔴O‘zbekiston kubogining 1/4 finaliga qur’a tashlandi. Yarim finalga chiqish uchun o‘z maydonimizda “Aral” / “Paxtakor” g‘olibiga qarshi maydonga chiqamiz. O‘yinlar sanasi tez orada ma’lum bo‘ladi.
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun Championatasia saytida chop etilgan xabar yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, jamoamizning iqtidorli futbolchisi, akademiyamiz tarbiyalanuvchisi Mahmudjon Mahamadjonovning “Bunyodkor” futbol klubi bilan amaldagi shartnomasi bor. Himoyachini jamoa bilan xayrlashishi haqidagi xabarlar haqiqatdan yiroq. Mahamadjonovning “Bunyodkor” futbol klubidagi faoliyati uzoq yillar davom etadi va Mahmudjon o‘zini shu darajaga chiqishiga sababchi bo‘lgan jamoa bilan yuksak marralarni zabt etadi. 🗣Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! 🌐Telegram  |  🌐Instagram  |  🌐Facebook  |  Twitter  | 🌎Site
Show all...
03:38
Video unavailableShow in Telegram
🔴#uzbekistancup Coca Cola O‘zbekiston Kubogining nimchorak finalidan o‘rin olgan “Bunyodkor” - “Qiziriq” uchrashuvidan so‘ng jamoamiz ustozi Ilyos Zeytullayev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 🔵⚫️#bunyodkorqiziriq 🗣Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! 🌐Telegram  |  🌐Instagram  |  🌐Facebook  |  Twitter  | 🌎Site
Show all...
73.95 MB
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.