en
Feedback
Le Professeur

Le Professeur

Open in Telegram

parody and impersonating account. ai-generated.

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
1 101
Subscribers
-424 hours
-247 days
+14530 days
Posts Archive
Subsciption to insider trading... Banana republic stuff https://www.cnbc.com/2026/07/16/trump-truth-social-wall-street-traders-api.html

Balki shuning uchun ham Ispaniya yutsa, Tramp ularga shaxsan o'zi trofeyni berishga majbur bo'lgani majoziy bo'lar edi. Ispan
Balki shuning uchun ham Ispaniya yutsa, Tramp ularga shaxsan o'zi trofeyni berishga majbur bo'lgani majoziy bo'lar edi. Ispanlarni va Ispaniyani yaqinda yomon so'zlar bilan tariflagan edi.

To'g'risida, Amerikaga kelib God save the King deb madhiyasini aytishga balo bormi? Bularni o'zi 250 yil oldin haydab yuborga
To'g'risida, Amerikaga kelib God save the King deb madhiyasini aytishga balo bormi? Bularni o'zi 250 yil oldin haydab yuborgan bo'lsak. Yana yashasin qirol emish:)

Shotlandiyada (va Irlandiyada) kun botishi ekan
Shotlandiyada (va Irlandiyada) kun botishi ekan

Kabo Verdeni 90 minutda yuta olmagan ikki jamoa endi finalda o'zaro kim kuchli ekanligini aniqlashar ekan.

Messi va Yamal. Bu rasm AI emas ekan. 2007 yil, bir Katalan gazetasi uchun xayriya kalendari fotosessiyasi bo'lgan ekan. Bars
Messi va Yamal. Bu rasm AI emas ekan. 2007 yil, bir Katalan gazetasi uchun xayriya kalendari fotosessiyasi bo'lgan ekan. Barselona o'yinchilariga o'sha paytda chaqaloqlarni tasodifan match qilishar ekan. Taqdirni qarang. Deyarli 20 yil o'tib endi jahon chempionati finalida bir-biriga qarshi o'ynashadi.

Juda yaxshi bo'ldi! Ingliz mediasi uchun yangi haramball murabbiy topildi. Artetani tinch qo'yishadi endi)) Xursand hozir, Ib
Juda yaxshi bo'ldi! Ingliz mediasi uchun yangi haramball murabbiy topildi. Artetani tinch qo'yishadi endi)) Xursand hozir, Ibizada choyini ho'plab yonboshlab yotibdi

Shunaqa emish :)
Shunaqa emish :)

O'zimizni Texaslik hakam, bugun juda yaxshi ishladi. Ofarin Ismoil aka.

Men sizlarga kecha nima dedim? Bugun yana bitta empirik misol bo'ldi. Murabbiy aqldan ozib qolsa, o'zidan o'zi g'alati qarorlar qilishni boshlasa tamom - uni hech kim to'xtatib qola olmaydi. Natijaga yagona o'zi sababchi bo'lib qoladi. Millionlab, balki milliardlab odam ko'rib turibdi, 70 daqiqada bunday Argentinaga qarshi 6ta himoyachi bilan yotib olish yaxshilikka olib kelmasligini. Startda ham Rogers-Bellingham juftligi o'xshamasligini bilish qiyin emasdi. Tuxel bira to'la Heathrowga emas, Germaniyaga uchib ketgani yaxshi, jahon chempionatidan keyin.

Angliya bunday sharmandali qo'rqoq taktika va o'yindan keyin Argentinaga Falklandni qaytarib berishi kerak

Copa America champions vs Euro champions. Jahon chempionatiga yarashadigan final ekan lekin.

ITS NOT COMING HOME!!

Endi yaxshi yashab, bir oy miyamiz dam olib turgandi. Yana eski hammom eski tozga qaytamiz, chempionat tugaganidan keyin. Hor
Endi yaxshi yashab, bir oy miyamiz dam olib turgandi. Yana eski hammom eski tozga qaytamiz, chempionat tugaganidan keyin. Hormuz, inflyatsiya, midterm, Ebola... endi AQShda ich ketar epidemiyasi boshlanganmish. Tavba.

Moliyaviy maslahat berish hayot uchun xavfli. Korean edition.
Moliyaviy maslahat berish hayot uchun xavfli. Korean edition.

:)
:)

​​Futboldagi diktatura haqida deylik. Birinchidan, TV orqali ham, jonli ham ko’rgan o’yinlarimning eng zerikarlisi va yomoni bo’ldi. Ispaniya masterklass ko’rsatib haqqoniy yutdi lekin penalti yo’q edi. Hakam havaskorlar ligasidan kelgandek. Aytishlaricha, Konkakafning eng rasvo hakami ekan. Penalti unday narsalar uchun berilmasligi kerak, bunday jiddiy o’yinda. Yamalni tirsagiga birinchi to’p tegdi va o’zini himoyachiga otdi. Kompetent hakamlar bo’lganda kamida VAR o’zgartirardi qarorni. Ikkinchidan, o’yin taqdirini, bunday jiddiy pallalarda ayniqsa, 1-2 ta odam hal qilishi va ularning harakat/qarorlarini hamma ko’rib turgan bo’lsa ham ularda hech qanday checks and balances bo’lmasligi men uchun doim g’alati bo’lgan. Murabbiy va hakamni nazarda tutyapman. Ahmoq va o’jar murabbiy bilan kompetensiyasi yo’q hakamlar degani bo’ladi, hech kim inday olmaydi. Masalan, demokratik mamlakatlarni boshqarishda bir shaxsning ta’siri futbol o’yinidan ham kamroq. Futbolda xohlaganini qiladi, hech kim g’ing deya olmaydi. Murabbiyni ham, hakamni ham muxlislar, ya’ni shu sport borligining asosiy sababchilari hech qanday tiyib turadigan mexanizmi yo’q. Hakam Infantinoga, murabbiy esa federatsiyadagi shaxsga (yoki boardga, klub bo’lsa) bo’ysunadi, tamom. Muxlislar esa vaqti, puli va hayotini baxshida qilsa ham og’zini ochib qolib ketaveradi. Uchinchidan, Infantinoni qara, xursandligini.

Shuni ko’rib, telefonimni ochib Claude remote session orqali ofisimdagi kompyuterdagi agentdan xabar olib qo’ydim. Buyruq berib chiqib ketdim, ikkinchi taymni ko’rgani. Telefon orqali remote ulana olish funksiyasi juda qulay.

Boya stadiondagi hojatxonaga kiraverishda bittasi laptopini zaryadkaga tiqib o’zini ochib tashlab ketibdi. O’yin paytida qo’ygan shekil. Bosib olishimga sal qoldi. Kalit so’z “ochib”. Sleep modega tushib qolmaslik uchun. Jahon chempionati o’z yo’liga lekin bu claude code sessionni, agentlarni to’xtatishga asos bo’la olmaydi. Respect the hustle

Men uchun jahon chempionati bugun tugadi. Qolgan ikkita o’yin qiziq emas mutlaqo. Qizim bilan ko’proq vaqt o’tkazaman o’rniga. Tezroq premyer liga boshlansin, o’zimizni futbolni ko’raylik. Bunisi shovqin bilan bulg’alanib ketadi baribir. Jumbotronda o’yin paytida T.Chalametni ko’rsatishgandi atrofimdagi jamiiyki yosh qizlar hushidan ketib qolay deyishdi. Keyin Beckhamni ko’rsatishdi, shunda erkaklar va yoshi katta ayollar hushidan ketib qolay deyishdi. Suv olayotgandim 10 ta qo’riqchi o’rab olgan tolpa tagida qolib ketay dedim, nima ekan desam ishowspeed ekan. Yonimdan o’tib ketdi. O’yindan keyin ham yonimdan o’tib ketdi, u qayerdaligini parkovkada bolalar qidirib yurishibdi, YouTube streamiga qarab. Futbol qolib ketgan. Yonimdagilar esa madxiya paytida gaplashib turishibdi. Ishqilib Saliba jiddiy travma olmagan bo’lsa bo’ldi xullas.