Le Professeur
Open in Telegram
parody and impersonating account. ai-generated.
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
981
Subscribers
-424 hours
+47 days
+2630 days
Posts Archive
Odamlar koinotga raketada uchayotgan bir paytda sen ikkinchi qavatdan uchinchi qavatga liftda chiqaman deysan. O’rgildim.
Ofisim 4-qavatda. Liftda chiqaman odatda, tushishga zinada.
1 dan 4ga liftda chiqayotganimda juda ko’p yosh talabalar 1 dan 2 ga chiqadi, ba’zida 2 dan 3 ga chiqadiganlari ham bor. Liftni sekinlashtirib, marshrutkadek qilib tashlashgan. Har bekatda to’xtaydigan.
Muhimi zina liftning shundoqqina yonida.
Eng yomoni, 4 dan 1ga tushayotganda ham kimdir 3 dan 2 ga tushish uchun liftni to’xtatadi.
Shunaqa ham erinchoq yoshlar bo’ladimi? 20 yoshli gavdali bollar yana? Yana hammasini boshi telefonda. Qaysi etajdan kirib qaysi etajga ketayotganini ham bilmay qoladi.
Liftni pullik qilish kerak, shunday 1 qavat orasida harakatlanadiganlar uchun. Toll o’rnatib.
Aeroportda oldimda esa sapojnikka o‘xshab so‘kib gaplashadigan odam o‘tirib qoldi.
Behazil, rus tilida gaplashayotgan bu odamning har ikki so‘zidan uchtasi so‘kish so‘z. Shunaqa xunuk eshitiladi. Shunaqa qo'pol va madaniyatsizlik.
Bugungi hatemiz jamoat joylarida so'kib gaplashadiganlarga.
P.S. Naushniksiz ustiga)
Gelik piyodalar yo'lini ichiga kirib, to'sib qo'ygan. Zabor bo'lmaganda, stolimizni ustiga ham qo'yib ketardi.
Evakuator telefon raqami nechchi edi?
Bir qahvaxonaga adashib kirib qolgan edim, o'zbek blogosferasining kazo-kazolarini tasodifan va ketma-ket ko'rib qoldim
Xullas, Toshkentda ertalab soat 6, mayli hech bo'lmasa soat 7da bir qultum kofe ichsa bo'ladigan yoki nonushta, qilsa bo'ladigan joyni topish qiyin. Bir joyni tavsiya qilishgandi, 24/7 ishlaydi deb, lekin u yerda ham nonushtani ertalab 8dan berishar ekan:)
El og'zidagi qahvaxonalar esa soat 9 dan ochiladi. Bittasi umuman 10da ochilar ekan. Tovba, bankmisizlar?:)
Ertalab soat 9da kunning yarimi o'tib ketgan bo'ladiku.
Ha mayli, yaxshiyam Safia bor ekan deyman.
