۰
Open in Telegram
بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيْمِ Kanal haqida savolingiz bo'lsa: https://t.me/QuestionUz_Robot?start=4dd928db1aaf41
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
540
Subscribers
No data24 hours
+77 days
+3730 days
Posts Archive
540
Qobil kabi Hobilning ham aniq tug'ilgan yili yoki sanasi manbalarda mavjud emas. U Odam alayhissalom va Momohavoning ikkinchi marta ko'rgan egizak farzandlaridan biri bo'lib Qobildan keyin tug'ilgan.Hobil chorvachilik (qo'y-qo'zilar bo'qish va chorva mollarini parvarish qilish) bilan shug'ullangan
U nihoyatda taqvodor muloyim Allohdan qo'rqadigan va ota-onasiga itoatkor farzand bo'lgan. Nikoh masalasidagi kelishmovchilikni hal qilish uchun ota-onalari Odam alayhissalom ularga Alloh uchun qurbonlik qilishni buyuradi.Hobil chorvador bo'lgani uchun o'z suruvidagi eng semiz eng go'zal va eng yaxshi qo'yni tanlab samimiy niyat bilan qurbonlik qiladi.Osmondan olov tushib Hobilning qurbonligini oladi bu o'sha davrda qurbonlik qabul bo'lganining belgisi edi. Qobilning sifatsiz dehqonchilik mahsulotlaridan iborat qurbonligi esa qabul qilinmaydi.Qobilning hasadi va g'azabi sababli u Hobilni o'ldirishini aytadi. Hobil unga "Alloh faqat taqvodorlardangina (qurbonlikni) qabul qiladi. Agar sen meni o'ldirish uchun qo'l cho'zsang ham men seni o'ldirish uchun qo'l cho'zmayman. Men olamlar parvardigori Allohdan qo'rqaman" deb javob beradi (Moida surasi, 27-28 oyatlar).Hobil Qobil tomonidan tosh yoki temir bo'lagi bilan urib uxlab yotganida g'addorlik bilan o'ldirilgan. U yer yuzidagi birinchi vafot etgan inson va nohaq o'ldirilgan birinchi shahiddir. Aniq hijriy yoki melodiy yil sana islomiy manbalarda mutlaqo yo'q. Bu voqea insoniyat tarixining eng boshida Odam alayhissalom hayotlik davrida sodir bo'lgan. Qobil ukasining jasadini nima qilishni bilmay, uzoq vaqt ko'tarib yuradi. Shunda Alloh taolo bir-biri bilan urushib birini o'ldirgan va o'lgan sherigini ko'mgan ikkita qarg'ani yuboradi. Qobil qarg'adan o'rganib Hobilni tuproqqa ko'madi.Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Qachon biror jon nohaq o'ldirilsa uning qonidan Odamning birinchi o'g'liga (Qobilga) albatta bir ulush gunoh yoziladi. Chunki u birinchi bo'lib qotillik sunnatini (yo'lini) boshlab bergan" deganlar
540
Komentni yopish esimda yo'q edi. Hamma yozganlarizni o'qidim o'shanchun hammaga bitta bitta yozmay kanalga yozishga qaror qildim. Raxmat yaxshi tilaklariz uchun. Barchangizni aytganingiz kelsin. Manfaatli bo'layotgan bo'lsa xursandman.
540
Diniy rivoyatlarda Qobilning aniq tug'ilgan yili yoki sanasi yozilmagan. U Odam alayhissalom va Momohavoning ilk farzandi ya'ni to'ng'ich o'g'li hisoblanadi.Qobil dehqonchilik (yer haydash va hosil yetishtirish) bilan shug'ullangan.Insoniyat ko'payishi uchun har tug'ilishda bir o'g'il va bir qiz (egizak) tug'ilardi. Qobil o'ziga xos go'zal qiz bilan Hobil esa boshqa bir qiz bilan tug'ilgandi. Odam alayhissalom qoidaga ko'ra Qobilning qizini Hobilga Hobilning qizini esa Qobilga nikohlamoqchi bo'ldi.Qobil bu hukmga norozi bo'lib o'zining egizagi bo'lgan go'zal qizni o'ziga olib qolmoqchi bo'ldi.Odam alayhissalom ularga muammoni hal qilish uchun Alloh yo'lida qurbonlik qilishni buyurdi. Qobil o'zining dehqonchilik mahsulotlaridan sifatsiz, yomonlarini tanlab qurbonlik qildi. Hobil esa o'z qo'ylarining eng semizini qurbonlikka atadi.Alloh taolo taqvodor bo'lgani uchun Hobilning qurbonligini qabul qildi Qobilnikini esa qabul qilmadi.Qurbonligi qabul qilinmagach Qobil qattiq hasad va g'azabga to'ldi. Ukasi Hobildan qasos olishga qaror qildi va uni o'ldirish bilan tahdid qildi.Hobil Allohdan qo'rqishi qotil bo'lishni xohlamasligi va qo'l ko'tarmasligini aytdi. Lekin shaytonning vasvasasiga uchgan Qobil ukasi Hobilni o'ldirdi. Bu insoniyat tarixidagi birinchi qotillik edi.O'limi: Qobilning qachon va qanday vafot etgani haqida Qur'onda va ishonchli hadislarda aniq sana yoki ma'lumot keltirilmagan. U ukasini o'ldirgach Allohning la'natiga uchrab, yer yuzida qochqin bo'lib yashagan. Isroiliyot rivoyatlariga ko'ra u uzoq umr ko'rgan va o'z avlodlaridan bo'lgan Lamex (Lomik) ismli o'g'li tomonidan tasodifan otilib o'ldirilgani aytiladi
540
500 kishini ichidan faqat 10 ta aktiv odam bor doimgi fikr bildirib turadiganlar qolganlar shunchaki bor kanalda..
540
Ertadan post joylanmaydi kanalga. Qachon hamma o'zini fikrni yozadi shular haqida o'rganaylik deb keyin post joylandi kanalga. Hamma meni tushundi deb o'ylayman yaxshilar.
540
Har doimgi koment yozadigan odamlar yozishgan hozir ham. Qolgan 500 kishida fikr yo'q bu yaxshi.
540
Odam alayhissalom va Momo Havodan jami 40 ta farzand (20 ta o'g'il va 20 ta qiz) dunyoga kelgan
Eng mashhurlarini haqida o'rganamiz ma'qulmi?
540
Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning yetti nafar farzandlari
1.Qosim
2.Zaynab
3.Ruqayya
4.Ummu Kulsum
5.Fotima
6.Abdulloh
7.Ibrohim
