|Sibavayh Akademiyasi | أكاديمية سيبويه|
Closed channel
Arab tilini ishonch va mukammallik bilan o‘rgan! Admin @Turos_ilmlari
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
2 969
Subscribers
+124 hours
-4867 days
+2 86330 days
Posts Archive
"Ushbu rasmdagi testning to'g'ri javob raqamini ko'rsatib, nima uchun aynan shu javob tanlanganini qoidalari bilan tushuntirib bering."
🌟🌟🌟 Oson Arab tili 🖋
🌟🌟🌟
🌟🌟🌟 Oson Arab tili 🖋
🌷🔤yollar uchun....
Hurmatli o‘quvchilar! Akademiyamizda qolgan so‘nggi bo‘sh o‘rinlar uchun qabul davom etmoqda. Ushbu guruhlarimiz uchun imkoniyatni qo‘ldan boy bermang:
Kechki boshlang‘ich guruhimiz: Atigi 3 ta joy qoldi. Joyingizni band qilishga ulgurib qoling!
Tezkor nahv va sarf guruhi: Tirishqoq va intiluvchan 1 nafar talaba qabul qilinadi.
"Qisosun-nabiyyin" mutolaa guruhi: Hozirda bo‘sh joylar mavjud, tezroq ro‘yxatdan o‘ting.
Eslatma: Shu guruhlarimiz to‘lgach, yaqin orada boshqa yangi guruhlar ochilmaydi.
Abu Hurayraning ochlikdan hushidan ketishlari
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning davrlarida Suffa ahli deb nomlanuvchi kambag'al sahobalar bo'lgan. Ularning dunyodagi yagona ishi Rasulullohdan ilm olish edi. Shulardan biri Abu Hurayra roziyallohu anhu edilar. U kishi ochlikdan qorniga tosh bog'lab olib, masjid ustuniga suyanib dars tinglar, ba'zan ochlikdan hushidan ketib yiqilishlarini, odamlar uni jinni yoki tutqanoq kasali bor deb o'ylashganini, vaholanki u faqat ilm va ochlikdan qiynalganini keyinchalik o'zlari eslab yig'laganlar. Shu ochlik va mashaqqat evaziga u kishi eng ko'p hadis rivoyat qilgan sahobaga aylanganlar.
Bu insonlar "ilm qimmat, sharoitim yo'q" deb o'tirmaganlar. Ular ilmning qadrini nafs istaklaridan ustun qo'yib, o'z davrining eng og'ir sinovlarini yengib o'tishgan. Bugun bizdagi qulayliklar va imkoniyatlar ularnikidan ming chandon ortiq, faqatgina o'sha ilmga bo'lgan munosabat va qadrni anglab yetish muhimdir.
يقول ابن خلدون رحمه الله:
مَا أَخْذُكَ مِنَ الْعِلْمِ إِلَّا كَقَطْرَةٍ مِنَ الْبَحْرِ أَوْ كَفَانِيَةٍ مِنَ الدَّهْرِ، كُلُّ الْعُلُومِ الَّتِي تُحَصِّلُهَا بِالنِّسْبَةِ إِلَى عِلْمِ اللَّهِ قَطْرَةٌ مِنْ بَحْرٍ أَوْ كَفَانِيَةٌ مِنْ دَهْرٍ.
"Sen egallagan ilm dengizdan bir tomcha yoki zamondan bir lahza kabidir. Sen qo'lga kiritgan barcha ilm Allohning ilmi oldida dengizdagi bir tomcha yoki abadiylik ichidagi bir lahza kabidir."
Bu hikmatli so'z inson tafakkuriga ulkan bir kamtarlik va hayrat eshigini ochadi. Yer yuzidagi barcha kitoblar yig'ilib, butun umr ilm ortidan quvilsa ham, olingan bilimlar Yaratuvchi cheksiz ilmining oldida cheksiz kichik bir zarradir. Bu tanishuv insonni ilm bilan kibrlanishdan emas, aksar holatda o'z ojizligini tan olib, haqiqiy hikmat sari yanada chanqoq bo'lib intilishga undaydi. Qanchalik ko'p bilsak, aslida qanchalik kam bilishimizni anglash haqiqiy ilmning boshlanishidir.
https://t.me/sibavayhacademiyasi
