م
Closed channel
4 139
Subscribers
-2524 hours
-1707 days
+16030 days
Posts Archive
3 527
Qorni ochga non boʻlsa bas,
Koʻzi ochga dunyolar yetmas...
Oʻzinga kel, hozirgi har qanaqa holatingda ham sendanda yomon holatda yashab yurganlar bor.
Sabr...
3 527
Qur'onda ismi kelgan 4 jannat:
1. Jannatning o‘rta va eng yuksak yeri Albatta, iymon keltirgan va solih amallarni qilganlarga Firdavs jannati manzil bo‘lgandir. Kahf surasi(107-oyat)
2. Jannati Naim: baxtlarga to‘la jannat ma’nosini anglatadi "Va meni Na’im jannati vorislaridan qilgin" Shuaro surasi(85-oyat)
3.Alloh yo‘lida mollari va jonlari bilan jihod qilgan taqvodorlarga va’da qilingani. "Alloh mo‘minlarga va mo‘minalarga ostidan anhorlar oqib turadigan, mangu yashaydigan Adn jannatlaridagi pok maskanlarni va’da qildi" Tavba surasi(72-oyat)
4.Ammo iymon keltirib, solih amallarni qilganlarga, albatta, ularga qilib o‘tgan amallari uchun ziyofat o‘laroq, Jannatul Ma’vo bor. Sajda surasi(19-oyat)
3 527
Qanday katta fojia:
“Chirib ketadigan tana alohida parvarish qilinayotgan bir paytda, abadiy yashaydigan ruh e’tiborsiz qoldirilmoqda.”
— Imom G‘azzoliy
3 527
Hamma narsa o‘z vaqtida go‘zal.
Ba’zi kunlar — shunchaki nafas olib,
o‘zingni qayta topish uchun beriladi...
3 527
Hasan Basriy rohimahulloh aytadi:
"Insonlarning Allohga bo'lgan muhabbatlarining alomati Uning Rasuli sunnatiga ergashish ila bo'ladi"
"Kundalik sunnat amallar" kitobidan
3 527
Qaniydi Rasululloh ﷺ davrilarida tug'ilsam, u zot bilan birga yursam...! Bir kishi sahoba Miqdod ibn Asvadga: ㅤ“Rasululloh ﷺ ni ko‘rgan mana bu ko‘zlarga naqadar yaxshi! Qani edi biz ham siz ko‘rgan narsalarni ko‘rsak edi”, dedi. ㅤShunda Miqdod shunday tushuntirdi:ㅤ“Inson, Alloh uni uzoq qilgan (bo‘lmagan) zamonda bo‘lishni nega orzu qiladi? Axir u o‘sha paytda bo‘lsa, iymon keltira oladimi yoki yo‘qmi, bilmaydi-ku? Payg‘ambar ﷺ ning davrida ko‘plab insonlar u Zotga ishonmay jahannamga qulaganlar. Sizlar esa sinovlardan omon qolib, faqat Robbingizni taniydigan va Payg‘ambaringizni tasdiqlaydigan holatda dunyoga kelganingizga Allohga hamd aytinglar”
