Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района
Open in Telegram
Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
4 722
Subscribers
-924 hours
-637 days
-1 73830 days
Posts Archive
+7
🇺🇿 "Dolzarb 40 kunlik": tozalash va obodonlashtirish ishlari kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda
👆 Bugun Yangihayot tumanida "Dolzarb 40 kunlik" maxsus tadbirlari doirasida kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari, obodonlashtirish xodimlari hamda boshqaruv servis kompaniyalari hamkorligida hududlarda kompleks tarzda tozalash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
✅ Ishlar bir vaqtning o‘zida bir nechta yo‘nalishda olib borilmoqda. Xususan, daraxtlarning shoxlari butalanib, shakl berilmoqda, ko‘chalar, yo‘laklar, ko‘p qavatli uylar atrofi hamda bolalar maydonchalari tozalanmoqda.
🔘 Shuningdek, transformator punktlarida ta'mirlash va bo‘yash ishlari ham olib borilmoqda. Mazkur chora-tadbirlar hududlarni yanada ozoda, tartibli va obod holatga keltirish maqsadida tashkil etilmoqda.
🔘 Xushnud mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning tashqi qismlari bo‘yalmoqda
🇺🇿 Yangihayot tumanida "Dolzarb 40 kunlik" doirasida nafaqat ozodalik, tozalik va mehr-saxovat tadbirlari, balki kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda mahallalarni yanada obod qilishga qaratilgan ishlar ham amalga oshirilmoqda.
🏢 Xususan, ayni kunlarda Xushnud mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning tashqi fasad qismlarini bo‘yash ishlari olib borilmoqda. Bu orqali uylarning tashqi ko‘rinishi yangilanib, mahalla yanada ozoda, ko‘rkam hamda yashash uchun qulay maskanga aylanmoqda.
👍 Jarayonlar videomizda
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
🇺🇿 Yangihayot tumani hokimi, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i, tuman hokimi o‘rinbosari, kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari, boshqaruv servis kompaniyalari, "mahalla yettiligi" vakillari hamda barcha tegishli idora va tashkilotlar mas'ullari ishtirokida saf yig‘ini bo‘lib o‘tdi.
🔹 Saf yig‘ini davomida tumanda "Dolzarb 40 kunlik" maxsus tadbirlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish, xususan, yog‘och uylar va ularga tutash hududlarda tozalash, obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tizimli va yuqori saviyada tashkil etish yuzasidan mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berildi.
👆 Shundan so‘ng, Yangihayot tumani hokimi hamda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari mahallalar hududlarida o‘rganish ishlarini olib bordi. O‘rganishlar davomida mahallalarning ozodaligi, tozalash va obodonlashtirish ishlarining tashkil etilishi, yog‘och uylar hamda ularga tutash hududlarning holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.
+4
🇺🇿 “Dolzarb 40 kunlik”: mahallalar hududi obod qilinmoqda
🔘 “Dolzarb 40 kunlik” maxsus tadbirlari doirasida erta tongdan Yangihayot tumanining “Yo’ldosh” mavzesida keng ko‘lamli obodonlashtirish va tozalash ishlari izchil amalga oshirilmoqda.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
🇺🇿 "Dolzarb 40 kunlik" doirasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
🧹 Yangihayot tumanida "Dolzarb 40 kunlik" maxsus tadbirlari doirasida bugun mahallalar hududida keng ko‘lamli obodonlashtirish va tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.
⚡️ Xususan, "Viqor" mahallasida ham qurigan o‘t-o‘lanlar o‘rilib, to‘planib qolgan shox-shabba hamda maishiy chiqindilar olib chiqib ketilmoqda
👆 Bu kabi tozalash ishlari barcha mahallalarda bosqicha-bosqicha amalga oshirilmoqda.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
+7
🔹Bugun erta tongdan Yangihayot tumani hokimi, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, tuman IIO FMB boshlig‘i, tuman hokimi o‘rinbosari, kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari, boshqaruv servis kompaniyalari, "mahalla yettiligi" vakillari hamda barcha tegishli idora va tashkilotlar mas'ullari ishtirokida saf yig‘ini bo‘lib o‘tdi.
◻️ Saf yig‘ini davomida tumanda "Dolzarb 40 kunlik" maxsus tadbirlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish, xususan, yog‘och uylar va ularga tutash hududlarda tozalash, obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tizimli va yuqori saviyada tashkil etish yuzasidan mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berildi.
📎 Shundan so‘ng, Yangihayot tumani hokimi hamda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari mahallalar hududlarida o‘rganish ishlarini olib bordi. O‘rganishlar davomida mahallalarning ozodaligi, tozalash va obodonlashtirish ishlarining tashkil etilishi, hududlarning holati ko‘zdan kechirildi.
+4
👍 Bugun Yangihayot tumanida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari, Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, Harbiy prokuror o‘rinbosari, Toshkent shahar prokurori vazifasini bajaruvchi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i hamda boshqa mas'ul rahbarlar ishtirokida o‘rganish ishlari olib borildi.
🇺🇿 O‘rganishlar davomida tumanda «Dolzarb 40 kunlik» doirasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va tozalik ishlari ko‘zdan kechirildi.
📍 Xususan, «Viqor» mahallasida olib borilayotgan tozalash va obodonlashtirish ishlarining holati atroflicha o‘rganildi. Jarayonda mas’ul rahbarlarga Yangihayot tumani hokimi, tuman prokurori, tuman ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i hamda tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i hamrohlik qildi.
👍 Shuningdek, o‘rganishlar davomida aholi bilan samimiy muloqot qilinib, ularni qiynayotgan muammolar tinglandi va aniqlangan masalalarni qisqa muddatlarda hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. O‘rganishlar yakunida hududni to‘liq ozoda, tartibli va obod holatga keltirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda amalga oshirilayotgan ishlar sifatini yanada oshirish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar yuklatildi.
#KasbimFaxrim
🥋 "Kasbim faxrim" loyihasining navbatdagi sonida “Marhamat” mahallasida kikboks bo‘yicha bolalarga ta’lim beruvchi Sherzod Yuldashev bilan samimiy suhbat qurdik.
🥊 Suhbat davomida u sportga kirib kelish yo‘li, murabbiylik faoliyati, shogirdlar bilan ishlash tajribasi, intizomning o‘rni hamda erishilgan yutuqlar haqida o‘z fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
👍 Hozircha e’tiboringizga intervyuning anonsini taqdim etamiz.
🤩 Bizni kuzatishda davom eting! Tez kunda intervyuning to‘lig'ini e’tiboringizga havola etamiz.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
#YangihayotAI
#Mustaqilligimizning35Yilligi
🇺🇿 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan "Yangihayot AI" loyihasi doirasida Yangihayot tumani haqida 35 ta fakt ruknini davom ettirmiz.
🇺🇿 3-fakt. Yangihayot tumanida 200 mingdan ortiq aholi yashaydi
⚡️ Bilarmidingiz? Yangihayot tumani tashkil etilgan paytda hududda 132 771 nafar aholi istiqomat qilgan bo‘lsa, bugungi kunda 203,5 ming nafar doimiy aholi yashaydi.
👍 Bizni kuzatishda davom eting! Ushbu loyiha orqali tumanimizning tarixi, buguni, bunyodkorlik ishlari va rivojlanish yo‘li haqida qiziqarli ma’lumotlarni siz bilan baham ko‘ramiz.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
+6
🇺🇿 Yangihayotlik yoshlar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi
🔘 Bugun O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi, tuman hokimi o‘rinbosari, mas’ul rahbarlar va harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yoshlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
👍 Uchrashuv davomida mas’ullar har bir yosh bilan alohida muloqot qilib, ularning kelgusidagi rejalari, bandligi, tadbirkorlik va oliy ta’limga bo‘lgan istagi, shuningdek, ularni qiynayotgan muammolar, taklif va tashabbuslarni o‘rgandi.
👍 Bundan tashqari, muloqotlarda ishtirokchilarga harbiy xizmatni o‘tagan yoshlarga taqdim etilayotgan imtiyozlar, davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
🇺🇿 Tuman hokimi qabulida 10 ga yaqin fuqaroning murojaatlari ko‘rib chiqildi
📌 Yangihayot tumani hokimligida tuman hokimining navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda 10 ga yaqin fuqaro o‘zlarini qiynayotgan masalalar, tashabbus va takliflari bilan tuman hokimiga murojaat qildi.
👍 Qabul davomida fuqarolardan biri mahalla ahli uchun sport to‘garagini tashkil etish maqsadida yer maydoni ajratish yuzasidan murojaat qildi. Mazkur masala o‘rganib chiqilishi bildirildi.
👍 Shuningdek, yana bir fuqaro tumanda raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt yo‘nalishini rivojlantirishga qaratilgan loyiha va takliflarini taqdim etdi. Suhbat davomida loyihani yanada takomillashtirish hamda qo‘shimcha takliflar bilan boyitish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
🔘 Bundan tashqari, qabul davomida bandlik, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, tibbiyot hamda boshqa yo‘nalishlarga oid 10 ga yaqin murojaat ko‘rib chiqildi.
+6
🌱 Qarovsiz yer o‘rnida yashil maskan barpo etiladi
📍 Gap shundaki, "Navqiron" mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Dinara Sharipova o‘zi yashaydigan hududdagi qarovsiz va bo‘sh turgan yer maydonini obodonlashtirib, turli gullar va butalar ekib, yashil maskan yaratish tashabbusini bildirgan edi.
📌 Mazkur tashabbus Yangihayot tumani hokimi hamda Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatlari e’tiboridan chetda qolmadi. Tuman hokimi mazkur loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan joyiga chiqib, hududni ko‘zdan kechirdi.
👍 O‘rganishlar davomida hududni tozalash va obodonlashtirish ishlarini tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, tuman hokimi mazkur xayrli tashabbusni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirib, loyiha aholi uchun qulay va shinam hordiq chiqarish maskaniga aylanishi lozimligini ta’kidladi.
Repost from Saida Mirziyoyeva
+5
Aholi foydalanishi uchun ajratilgan shahar hududlari ofis yoki turar joy binolarini qurishga mo‘ljallanmagan, ular o‘z vazifasiga ko‘ra xizmat qilishi zarur.
Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi “Lolazor” mahallasiga kelganimizda, mahalla ahli ekkan daraxtlar shafqatsizlarcha kesib, qo‘porib tashlanganiga guvoh bo‘ldik. Bolalar maydonchasi o‘rniga esa biznes markazi qurish rejalashtirilibdi.
Odamlar dod deganicha bor – qurilishlar tufayli poytaxtdagi umumiy hovlilar, o‘yin va sport maydonchalari tag-tugi bilan yo‘q qilib yuborilyapti.
Bosh prokuratura butun Toshkent shahri bo‘yicha bunday obyektlarni to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazadi. Qurilish uchun berilgan ruxsatnomalarning qonuniyligi, shaharsozlik me’yorlari va aholi huquqlariga qay darajada rioya qilinganini tekshirish shart. Agar qonunbuzarlik holatlari aniqlansa, mas’ul shaxslarga nisbatan murosasiz jazo choralari ko‘riladi, aybdorlar, kerak bo‘lsa, hatto ozodlikdan mahrum etiladi.
—
Городские пространства, отведённые под нужды людей, должны служить только своему назначению, а не использоваться под строительство офисов или жилых домов.
К примеру, мы посетили махаллю «Лолазор» в Мирабадском районе столицы. Здесь варварски были уничтожены деревья, посаженные жителями, а на месте детской площадки планировалось построить бизнес-центр.
Ташкентцы справедливо возмущаются строительными работами, которые уничтожают их родные дворы, игровые и спортивные площадки.
Генеральная прокуратура проведёт инвентаризацию подобных объектов по всему Ташкенту. Важно проверить законность выданных разрешений на строительство, соблюдение градостроительных норм и прав жителей. И если выявятся нарушения, ответственные должны понести наказание, вплоть до лишения свободы.
🇺🇿 "Choshtepa" mahallasida o‘rganish ishlari olib boridi
⭕️ Avvalroq xabar berganimizdek, bugun Yangihayot tumani hokimi hamda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari erta tongdan mahallalarda o‘rganish ishlarini amalga oshirdi.
⚫️ Xususan, "Choshtepa" mahallasida "Dolzarb 40 kunlik" tadbirlari doirasida olib borilayotgan obodonlashtirish va tozalash ishlari, hududning sanitariya holati, ichki ko‘chalar, piyodalar yo‘laklari, yashil hududlar hamda jamoat joylarining holati ko‘zdan kechirildi.
⭕️ Shuningdek, aholi uchun yaratilgan qulayliklar, hududdagi infratuzilma, xavfsiz muhitni ta’minlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar berildi.
🇺🇿 "Oriyat" mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi
📍 Yangihayot tumani hokimining navbatdagi sayyor qabuli "Oriyat" mahallasida tashkil etildi.
👍 Qabul davomida 10 nafarga yaqin fuqaro o‘z murojaatlari bilan ishtirok etdi. Murojaatlar asosan tibbiyot, bandlik, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda boshqa ijtimoiy masalalarga oid bo‘ldi.
🔘 Har bir murojaat tuman hokimi tomonidan atroflicha o‘rganilib, ularni qonuniy va o‘z vaqtida hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar ijrosi alohida nazoratga olindi.
🔹 Sayyor qabullar fuqarolarni qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish, ularning yechimiga amaliy ko‘mak berish hamda aholi bilan ochiq muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
+3
🇺🇿 Tuman hokimi va tuman hokimi o’rinbosarlari "Choshtepa" mahallasidagi o‘rganish olib bordi
👍 Yangihayot tumani hokimi o’rinbosarlar bilan birgalikda an’anaga muvofiq erta tongdan mahallalarda o‘rganish ishlarini olib bordi.
📍 Xususan, "Choshtepa" mahallasida "Dolzarb 40 kunlik" doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, hudud qiyofasi, obodonlashtirish va tozalash ishlaring holati, aholi uchun yaratilgan qulayliklar hamda xavfsiz muhit o‘rganildi.
👍 Batafsil keyinroq
🇺🇿 “Dolzarb 40 kunlik”: mahallalar hududi obod qilinmoqda
🔘 “Dolzarb 40 kunlik” maxsus tadbirlari doirasida erta tongdan Yangihayot tumanining barcha mahallalarida keng ko‘lamli obodonlashtirish va tozalash ishlari izchil amalga oshirilmoqda.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
