Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района
Open in Telegram
Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
4 728
Subscribers
-224 hours
-697 days
-1 73030 days
Posts Archive
♻️ Elektr tarmoqlarida yangilash ishlari olib borilmoqda
🔹 Yangihayot tumanida elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash va iste’molchilarga elektr energiyasini uzluksiz yetkazib berish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
📍 Xususan, Qipchoq ko‘chasida “Viqor” mahallasidagi transformator punkti hamda “Yorqinhayot” mahallasidagi transformator punkti oralig‘idagi 6 kilometr masofada yuqori kuchlanishli kabel tarmog‘ini yangi tarmoqqa o‘zgartirish jarayonlari jadallik bilan davom ettirilmoqda.
✅ Ishlar to‘liq yakunlangach, mazkur mahallalarda iste’molchilarning elektr ta’minoti yanada yaxshilanib, tarmoqning barqarorligi oshadi.
🎬 Jarayonlar videomizda
#YangihayotAI
#Mustaqilligimizning35Yilligi
♻️ Yangihayotda eksport hajmi va yangi loyihalar sezilarli darajada oshdi
🥳 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan "Yangihayot AI" loyihasi doirasida Yangihayot tumani haqida 35 ta fakt ruknini davom ettiramiz.
📌 19-fakt. Bilasizmi? So‘nggi yillarda Yangihayot tumanida eksport hajmi 798,9 million AQSH dollariga yetdi. Shu bilan birga, 11 trillion 897 milliard so‘mlik 325 ta yangi loyiha ishga tushirildi.
♻️ Bu ko‘rsatkichlar tuman sanoatining izchil rivojlanib, ishlab chiqarish va eksport salohiyati tobora ortib borayotganidan dalolat beradi.
🎬 Bizni kuzatishda davom eting! Ushbu loyiha orqali tumanimizning tarixi, buguni, bunyodkorlik ishlari va rivojlanish yo‘li haqida qiziqarli ma’lumotlarni siz bilan baham ko‘ramiz.
Repost from Ziroat Mirziyoyeva
O‘zbekiston va Ozarbayjon Birinchi xonimlari "Oxun Guzar" shourumiga tashrif buyurdilar
O‘zbekiston va Ozarbayjon Birinchi xonimlari poytaxtimizdagi “Oxun Guzar” shourumiga tashrif buyurdilar. Bu yerda o‘zbek hunarmandchiligi an’analarini rivojlantirib, zamonaviy talqinda davom ettirayotgan mahalliy brendlar namoyish etilgan. Oliy martabali mehmonlar milliy naqshlar, ko‘p asrlik hunarmandchilik an’analari va o‘zbek xalqining madaniy qadriyatlari aks etgan mahalliy usta va dizaynerlarning mahsulotlari bilan tanishdilar.
Madaniy dastur doirasida O‘zbekistonning eng yorqin urf-odat va an’analari namoyish etildi. Inson hayotidagi eng muhim bosqichlardan biri bo‘lgan oila qurish mavzusiga alohida e’tibor qaratildi.
Ozarbayjonlik mehmonlarga kelin sarposini tayyorlash va so‘zana tikish bilan bog‘liq udumlar, to‘y marosimlari, kelinni kuyov xonadoniga kuzatish, “kelin salom”, “beshik to‘yi”, shuningdek, an’anaviy ona allasi namoyish etildi.
Madaniy dastur qardosh O‘zbekiston va Ozarbayjon xalqlarining urf-odatlari va qadriyatlaridagi mushtarak jihatlarni ham alohida namoyon etdi. Har ikki xalq hayotida oila, kattalarga hurmat, farzand tarbiyasi, mehmondo‘stlik hamda milliy an’analarni asrab-avaylash muhim o‘rin tutadi.
—
Первые леди Узбекистана и Азербайджана посетили шоурум «Ахун Гузар»
Первые леди Узбекистана и Азербайджана посетили столичный шоурум «Ахун Гузар», где представлены работы локальных брендов, развивающих и переосмысливающих традиции узбекского ремесленного искусства. Здесь высокие гости ознакомились с изделиями отечественных мастеров и дизайнеров, в которых нашли отражение национальные мотивы, многовековые ремесленные традиции и культурные ценности узбекского народа.
В рамках культурной программы были продемонстрированы наиболее яркие традиции и обычаи Узбекистана. Особое внимание было уделено одному из важнейших этапов в жизни человека — созданию семьи.
Азербайджанским гостям показали обычаи, связанные с подготовкой приданого невесты и вышиванием сюзане, свадебные церемонии, проводы невесты в дом жениха, обряд «келин салом», праздник «бешик туй», а также традиционную материнскую колыбельную — «алла».
Культурная программа также подчеркнула общность традиций и ценностей братских народов Узбекистана и Азербайджана. В жизни обоих народов особое место занимают семья, уважение к старшим, воспитание детей, гостеприимство и бережное отношение к национальным традициям.
Facebook | Instagram
Repost from Ziroat Mirziyoyeva
Toshkent shahrida O‘zbekiston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva va Ozarbayjon Birinchi xonimi Mehribon Aliyevaning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Qo‘shma dastur doirasida Birinchi xonimlar Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar. Markaz ekspozitsiyalari O‘zbekiston hududida shakllangan qadimiy sivilizatsiyalardan tortib, bugungi Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot bosqichigacha bo‘lgan tarixiy jarayonlarni yaxlit manzara sifatida namoyon etadi.
Ziroat Mirziyoyeva va Mehribon Aliyeva “Islomgacha bo‘lgan sivilizatsiyalar” zali, Birinchi va Ikkinchi Renessans davrlariga bag‘ishlangan ekspozitsiyalar, shuningdek, “Yangi O‘zbekiston” zali bilan tanishdilar. O‘zbekiston va Ozarbayjon xalqlari o‘rtasidagi ko‘p asrlik tarixiy va madaniy aloqalarni aks ettiruvchi muzey eksponatlarini ham ko‘zdan kechirdilar.
Tashrif yakunida Birinchi xonimlar ekspozitsiyaning ma’naviy va me’moriy markazi bo‘lgan “Qur’on zali” bilan tanishdilar. Zalning eng noyob yodgorligi Usmon Mushafi bo‘lib, u muqaddas Qur’onning bizgacha yetib kelgan eng qadimiy qo‘lyozmalaridan biridir. VII asrga mansub ushbu noyob islom yozma madaniyati yodgorligi UNESCOning “Jahon xotirasi” xalqaro reyestriga kiritilgan.
Samimiy suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi gumanitar va madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash muhimligi, shuningdek, ikki qardosh xalqni mushtarak tarix, madaniy an’analar va ma’naviy qadriyatlar birlashtirib turgani alohida ta’kidlandi.
—
Первая леди Узбекистана Зироат Мирзиёева и Первая леди Азербайджана Мехрибан Алиева провели встречу в городе Ташкенте.
В ходе совместной программы Первые леди посетили Центр исламской цивилизации, экспозиции которого представляют целостную историческую картину развития цивилизаций на территории Узбекистана, начиная с древнейших эпох и заканчивая современным этапом становления Нового Узбекистана.
Зироат Мирзиёева и Мехрибан Алиева ознакомились с залом «Цивилизации доисламского периода», экспозициями, посвящёнными Первому и Второму Ренессансам, а также залом «Новый Узбекистан». Также осмотрели музейные экспонаты, отражающие многовековые исторические и культурные связи между народами Узбекистана и Азербайджана.
В завершение Первые леди осмотрели зал Корана — духовный и архитектурный центр экспозиции. Его главным достоянием является Мусхаф Усмана — одна из древнейших сохранившихся рукописей Священного Корана. Этот уникальный памятник исламской письменной культуры, датируемый VII веком, включён в международный реестр ЮНЕСКО «Память мира».
В ходе теплой беседы была отмечена важность дальнейшего укрепления гуманитарных и культурных связей между Узбекистаном и Азербайджаном, а также общность истории, культурных традиций и духовных ценностей, объединяющих братские народы двух стран.
Facebook | Instagram
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
OAV vakillari bilan uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunlari yuzasidan fikr bildirdilar.
—
На встрече с представителями СМИ Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Азербайджанской Республики Ильхам Алиев поделились своими оценками состоявшихся переговоров.
#Mirziyoyev #tashrif #Ozarbayjon #bayonot
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
O‘zbekiston va Ozarbayjon Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar.
—
Узбекистан и Азербайджан заключили Договор о вечной дружбе.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Abadiy doʻstlik toʻgʻrisidagi shartnoma hamda Oliy davlatlararo kengash uchinchi yigʻilishining qarorini imzoladilar.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Азербайджанской Республики Ильхам Алиев подписали Договор о вечной дружбе и Решение третьего заседания Высшего межгосударственного совета.
#Mirziyoyev #tashrif #Ozarbayjon #hujjatlar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev "Geydar Aliyev" ordeni, Prezident Ilhom Aliyev "Oliy Darajali Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlandi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев награжден орденом «Гейдар Алиев», Президент Ильхам Алиев – орденом «Олий Даражали Дўстлик».
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#YangihayotAI
#Mustaqilligimizning35Yilligi
📌 Yangihayot tumanida ishsizlik darajasi sezilarli kamaydi
🥳 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan "Yangihayot AI" loyihasi doirasida Yangihayot tumani haqida 35 ta fakt ruknini davom ettiramiz.
▫️ 18-fakt. Bilasizmi? Yangihayot tumanida aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan tizimli chora-tadbirlar natijasida ishsizlik darajasi 2021-yildagi 7,1 foizdan 2026-yilda 4,1 foizga tushirildi.
♻️ Bunga yangi ish o‘rinlarini yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish, kasb-hunarga o‘qitish va bandlik dasturlarining izchil amalga oshirilishi orqali erishildi.
🎬 Bizni kuzatishda davom eting! Ushbu loyiha orqali tumanimizning tarixi, buguni, bunyodkorlik ishlari va rivojlanish yo‘li haqida qiziqarli ma’lumotlarni siz bilan baham ko‘ramiz.
+4
🔹 Toshkent shahri Yangihayot tumani Obodonlashtirish boshqarmasi rahbariyati Xitoydagi xalqaro ko‘chatlar va gullar ko‘rgazmasida ishtirok etdi.
📌 Kuni kecha Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonida «Xitoy — Shinjon ko‘chatlar va gullar ko‘rgazmasi» (中国·新疆苗木花卉博览会) doirasida tadbir bo‘lib o‘tdi.
🌱 Mazkur tadbir ko‘chatchilik, gulchilik, obodonlashtirish, landshaft dizayni, yashil hududlarni barpo etish va o‘simliklarni ko‘paytirish sohalaridagi ilg‘or tajribalarni namoyish etish hamda mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashishga qaratilgan.
🪻 Tadbir davomida sohadagi zamonaviy yondashuvlar, ko‘chat va gullarni yetishtirish texnologiyalari, yashil hududlarni rivojlantirish hamda ko‘kalamzorlashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha fikr va tajriba almashildi.
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
+6
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev rafiqasi hamrohligida davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi. “Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonlarni davlatimiz rahbari va rafiqasi kutib oldilar.
—
По приглашению Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева Президент Азербайджанской Республики Ильхам Алиев вместе с супругой прибыл в нашу страну с государственным визитом. В международном аэропорту «Ташкент-Хумо» высоких гостей встретили глава нашего государства с супругой.
#Mirziyoyev #tashrif #Ozarbayjon #hamkorlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🥳 Yangihayotda Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan shou-konsert bo‘lib o‘tdi
🔹 Avvalroq xabar berganimizdek, kuni kecha Yangihayot tumanidagi “Flowers garden” parkida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan shou-konsert dasturi tashkil etildi.
🤩 Tadbirning ochilish marosimida tuman hokimi ishtirok etib, yurtdoshlarimizni Mustaqilligimizning 35 yilligi bilan samimiy tabrikladi. Shuningdek, tumanimiz sharafini munosib himoya qilib, bir qator yutuqlarga erishib kelayotgan yangihayotliklar ham taqdirlandi.
⭐️ Konsert dasturi davomida Afruza hamda tuman madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar va turli chiqishlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
🎬 Bayram taassurotlari videomizda
Repost from Platina.uz
Шерзод Асадов "Дўстлик" ордени билан мукофотланди
Шерзод Асадов вазминлиги, дипломатик маҳорати, сўзга ва ахборотга ниҳоятда масъулият билан ёндашиши, энг мураккаб вазиятларда ҳам мувозанатни сақлай олиши билан катта ҳурмат қозонган. Унинг йиллар давомидаги самарали меҳнати ва юксак профессионаллиги давлат даражасида муносиб эътироф этилди.
👉 https://platina.uz/755594
@platinauzb
Repost from Rasmiy axborot
🎗Komil Allamjonov “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi
Komil Allamjonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining shartnoma asosidagi maslahatchisi hamda Administratsiyaning AQSHdagi vakili sifatida O‘zbekiston–AQSH munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqish, ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlikni kengaytirishga qo‘shib kelayotgan munosib hissasi uchun “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.
So‘nggi davrda uning ishtirokida AQSH–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investisiya hamkorligini institusional jihatdan mustahkamlash, amerikalik investorlarni O‘zbekistonga jalb qilish, yirik investisiya va savdo loyihalarini ilgari surish bo‘yicha qator muhim tashabbuslar amalga oshirilmoqda. 2026-yilda ikki davlat o‘rtasida qo‘shma investisiya platformasini yaratish bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda.
Komil Allamjonovni yuksak davlat mukofoti bilan samimiy muborakbod etamiz! Mukofot Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti, uning xalqaro nufuzi va O‘zbekiston–AQSH munosabatlarini yanada mustahkamlash yo‘lidagi mehnatining munosib e’tirofidir.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official/17665
🥳 Bog‘ning har bir hududida mehmonlar uchun bayramona muhit yaratilgan.
🎠 Bu yerga kelib, faqat konsert tomosha qilib ketmaysiz — sayr qilasiz, madaniy hordiq chiqarasiz, bolajonlar esa turli ko‘ngilochar maydonlarda mazza qilib o‘ynaydi.
🥰 Siz hali ham uydamisiz?
Bayramga keling, bizga qo’shiling
Тelegram | Instagram |Facebook | YouTube | Web-site
⭐️ Ilk mehmonimiz — Afruza!
🥰 Sevimli xonadamiz bayramimizning aziz mehmonlari bilan birgalikda karaoke qilib, davraga yanada ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
🎶 Bayramona konsertni tuman Madaniyat bo‘limi xonandalari boshlab berdi!
