en
Feedback
Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

Open in Telegram

Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
4 718
Subscribers
-624 hours
-507 days
-1 73930 days
Posts Archive
#Kotibiyat_hududlarda #Qonun_ijrosi #Deputatlik_nazorati #Hamkorlik_faoliyati 🏫 Yangihayot tumanidagi 304-sonli maktab hudud
+4
#Kotibiyat_hududlarda #Qonun_ijrosi #Deputatlik_nazorati #Hamkorlik_faoliyati 🏫 Yangihayot tumanidagi 304-sonli maktab hududida yangi maktab va bog‘cha qurilishi rejalashtirilmoqda 📍Joriy yilning 21-iyul kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari F.Boqiyev hamda vazirlik vakili Sh.Ikramov Yangihayot tumanida bo‘lib, Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi kotibiyati mudiri X.Dadabayev va tuman hokimi o‘rinbosari A.Xatamov bilan birgalikda hududda o‘rganish ishlarini olib bordi. 📎O‘rganishlar davomida mas’ullar "Charog‘on" mahallasida joylashgan 304-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tegishli foydalanilmayotgan 2 gektar yer maydoni va undagi binoning bugungi holatini ko‘zdan kechirdi. ✅ Shundan so‘ng mazkur hududda davlat-xususiy sheriklik hamda davlat dasturi asosida 1 650 o‘rinli zamonaviy umumta’lim maktabi va 570 o‘rinli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qurish masalasi muhokama qilindi. 👀 Bizni kuzatishni davom eting! 👇👇👇 🌐Тelegram | |🌐Facebook | 🌐 Web

🇺🇿 “Dolzarb 40 kunlik”: “Yo‘ldosh” mahallasida obodonlashtirish ishlari tashkil etildi 📌 Yangihayot tumanida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, Yangihayot va yangi kelajak yaratamiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Dolzarb 40 kunlik” maxsus tadbirlari doirasida mahallalarda keng ko‘lamli obodonlashtirish va sanitariya-tozalash ishlari boshlandi. ☑️ Xususan, bugun “Yo‘ldosh” mahallasida ko‘cha va jamoat joylarini tartibga keltirish, sanitariya-tozalash ishlarini olib borish, chiqindilarni bartaraf etish, yashil hududlarni parvarishlash hamda hududning obod va ozoda qiyofasini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlar tashkil etildi. 📍 “Dolzarb 40 kunlik” doirasida amalga oshirilayotgan bunday tadbirlar tumanning barcha mahallalarida davom ettiriladi.

🇺🇿 Yangihayot tumanida “Dolzarb 40 kunlik” doirasida keng qamrovli saf yig‘ini o‘tkazildi 📍 Avval xabar berganimizdek, bugun “Index Broadway” hududida Yangihayot tumani hokimi boshchiligida xavfsizlikni ta’minlash va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan kengaytirilgan saf yig‘ini bo‘lib o‘tdi. 🇺🇿 Mazkur tadbir tumanda “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangihayot va yangi kelajak yaratamiz!” shiori ostida e’lon qilingan “Dolzarb 40 kunlik” maxsus tadbirlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligini munosib va ko‘tarinki ruhda nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish doirasida tashkil etildi. 👍 Saf yig‘inida "mahalla yettiligi" vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari, obodonlashtirish va boshqaruv servis kompaniyalari hamda barcha mas’ul tashkilotlar ishtirok etdi. Tadbir davomida “Dolzarb 40 kunlik” doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab berilib, mas’ullarga jamoat xavfsizligini kuchaytirish, hududlarda obodonlashtirish va sanitariya-tozalash ishlarini tizimli tashkil etish, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish, ijtimoiy himoya tadbirlarini samarali yo‘lga qo‘yish hamda aholi murojaatlari bilan manzilli ishlash yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

🇺🇿 Yangihayot tumanida “Dolzarb 40 kunlik” doirasida keng qamrovli saf yig‘ini o‘tkazilmoqda 📍 Ayni daqiqalarda “Index Bro
+4
🇺🇿 Yangihayot tumanida “Dolzarb 40 kunlik” doirasida keng qamrovli saf yig‘ini o‘tkazilmoqda 📍 Ayni daqiqalarda “Index Broadway” hududida xavfsizlikni ta’minlash va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan kengaytirilgan saf yig‘ini bo‘lib o‘tmoqda. 👍 Mazkur tadbir tumanda “Yagona vatan, yagona xalq bo‘lib, yangihayot va yangi kelajak yaratamiz!” shiori ostida e’lon qilingan “Dolzarb 40 kunlik” maxsus tadbirlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik bayramini yuqori saviyada, ko‘tarinki ruhda nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish doirasida tashkil etildi. 👍 Batafsil keyinroq

🇺🇿 Bugun Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i hamda Toshkent shahar Soliq boshqarmasi boshlig‘i Yangihay
+7
🇺🇿 Bugun Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i hamda Toshkent shahar Soliq boshqarmasi boshlig‘i Yangihayot tumanida bo‘lib, aholi osoyishtaligini ta’minlash va jamoat xavfsizligini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish olib bordi. ⏲ O‘rganishlar Yangihayot tumani hokimi, tuman IIO FMB boshlig‘i, tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘i hamda mas’ullar ishtirokida o‘tkazildi. Mas'ul rahbarlar tumandagi bir nechta mahallalarda bo‘lib, tungi vaziyat, hududlarda olib borilayotgan profilaktik ishlar hamda jamoat tartibini saqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishdi. 📍 Xususan, "Gulshanobod" va Al-Farg‘oniy mahallalarida profilaktika inspektorlarining tungi xizmatga shayligi ko‘zdan kechirildi. O‘rganishlar yakunida huquqbuzarliklarning oldini olish, tungi nazorat tadbirlarini yanada samarali tashkil etish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

🇺🇿 Bolalar masalalari bo‘yicha tuman komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi 📌 Bugun Yangihayot tumani hokimligid
+5
🇺🇿 Bolalar masalalari bo‘yicha tuman komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi 📌 Bugun Yangihayot tumani hokimligida bolalar masalalari bo‘yicha tuman komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i, tuman hokimi o‘rinbosari va mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. 📄 Yig‘ilish davomida tuman IIO FMB hamda ta’lim muassasalari tomonidan komissiyaga taqdim etilgan, voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning profilaktikasiga oid materiallar muhokama qilindi. ☑️ Shuningdek, yig‘ilishda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada yaxshilash, ular o‘rtasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

🇺🇿 Yangihayotda yoshlar bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi 👍 Bugun Yangihayot tumani hokimligida Yoshlar ishlari ag
+5
🇺🇿 Yangihayotda yoshlar bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi 👍 Bugun Yangihayot tumani hokimligida Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘ining yangihayotlik yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 📌 Ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, mavjud muammo va takliflarini bevosita mutasaddilarga yetkazish imkoniyatiga ega bo‘ldi. ♻️ Muloqot davomida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish, ta’lim va kasb-hunarga yo‘naltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

🇺🇿 Yangihayotda zamonaviy hunar o‘rgatish markazi barpo etilmoqda 📍 Tuman hokimi mas’ullar bilan birgalikda Xushnud mahall
+3
🇺🇿 Yangihayotda zamonaviy hunar o‘rgatish markazi barpo etilmoqda 📍 Tuman hokimi mas’ullar bilan birgalikda Xushnud mahallasida tashkil etilgan “Oila va xotin-qizlar maskani” binosida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash jarayonlarini yaqindan ko‘zdan kechirdi. 🏗️ O‘rganishlar davomida binoning sifati, xonalarning taqsimoti va kelgusida bu yerda yoshlar hamda xotin-qizlar uchun yaratiladigan sharoitlar muhokama qilindi. Tuman rahbari qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, aholi uchun barcha qulayliklarni yaratish bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi.

Repost from Saida Mirziyoyeva
Toshkent jadal rivojlanmoqda, ammo, ayni paytda, shahrimizda yashil hududlar nihoyatda kam. Yangi istirohat bog‘lari barpo et
+6
Toshkent jadal rivojlanmoqda, ammo, ayni paytda, shahrimizda yashil hududlar nihoyatda kam. Yangi istirohat bog‘lari barpo etish va atrof-muhitni ko‘kalamzorlashtirish — poytaxt kelajagi uchun eng zarur ustuvor yo‘nalishlardan. Aynan shu sababdan shahardagi qator muhim obyektlarni borib ko‘rdim. Har bir maskanning o‘z o‘rni, xususiyati bor. Maqsadimiz bitta — ularni xalqqa xizmat qiladigan qulay manzilga aylantirish. Afrosiyob ko‘chasidagi bog‘ni ko‘zdan kechirdik. Bu yerda barcha emin-erkin dam olishi uchun zarur sharoitni yaratish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, Sayilgoh ko‘chasi, Amir Temur shohko‘chasi va unga tutash hududlarni yangilash, Bobur nomidagi Ekopark hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi bog‘ maydonlarini kengaytirish masalalarini muhokama qildik. Asosiy vazifamiz — poytaxtimizga “yashil shahar” maqomini qaytarish, odamlar mazmunli hordiq chiqarishi va sayr qilishi uchun imkon qadar ko‘proq ochiq maydonlar yaratishdir. Qulay va xavfsiz muhitni rivojlantirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini izchil davom ettirish hamda mavjud infratuzilmadan samarali foydalanish lozim. Shahar aholisining turmush darajasini yaxshilash yo‘lida bu masalalarni hal etishga zudlik bilan kirishmoq juda muhim. — Ташкент активно развивается, но зелёных зон городу критически не хватает. Поэтому создание парков и озеленение приобретает первостепенное значение. Именно с этой целью я посетила несколько важных городских объектов. У каждого своя задача, но цель одна — сделать их удобными для жителей. Осмотрели парк на улице Афросиаб. Эту парковую зону планируется сделать доступной для всех. Также обсудили обновление улицы Сайилгох, проспекта Амира Темура с прилегающей территорией и расширение Экопарка имени Бабура и парка имени Мирзо Улугбека. Главный приоритет — вернуть столице статус зелёного города, создать как можно больше пространства для людей, для их активного отдыха и прогулок. Продолжить развивать доступную среду, озеленение, безопасность и эффективно использовать существующую инфраструктуру. И эту задачу надо решать уже сейчас, чтобы обеспечить высокое качество жизни горожан.

🌱 "Yashil hududlarni kengaytirish va aholiga qulaylik yaratishga barchamiz mas’ulmiz!"- Xayot Inogamov 🌳 Yangihayot tumanida yashil hududlarni kengaytirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda aholi uchun qulay va sog‘lom yashash muhitini yaratish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 🇺🇿 Shu maqsadda bugun Yangihayot tumani hokimi tuman hududida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, istiqboldagi rejalar hamda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan loyihalar bilan tanishdi. 📍 Xususan, tuman hokimi tuman hokimi o‘rinbosari va mas’ullar bilan birgalikda "Chortoq" mahallasida o‘rmon xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yer maydonini ko‘zdan kechirdi. O‘rganish davomida hududni ko‘kalamzorlashtirish, daraxt ko‘chatlarini ekish ishlarini tashkil etish hamda rejalashtirilgan loyihalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi. 🌱 Shuningdek, Xushnud mahallasidagi buta ko‘chatlari yetishtiriladigan maydon ham ko‘zdan kechirildi. U yerda ko‘chat yetishtirish hajmini oshirish va ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🇺🇿 Yangihayotda targ‘ibot guruhi a’zolarining malakasi oshirilmoqda 👍 Yangihayot tumanida targ‘ibot guruhi a’zolarining bi
+5
🇺🇿 Yangihayotda targ‘ibot guruhi a’zolarining malakasi oshirilmoqda 👍 Yangihayot tumanida targ‘ibot guruhi a’zolarining bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish, targ‘ibot-tashviqot ishlarining samaradorligini kuchaytirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 📌 Shu maqsadda bugun 332-sonli umumta’lim maktabida Yangihayot va Sergeli tumani targ'ibotchi guruhlari uchun xotin-qizlar o‘rtasida diniy-ma’rifiy va ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishga bag‘ishlangan o‘quv-seminar tashkil etildi. 👆 Seminar davomida ishtirokchilarga targ‘ibot ishlarini zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish, aholiga dolzarb masalalarni sodda va tushunarli tarzda yetkazish, muloqot madaniyatini yuksaltirish hamda jamoatchilik bilan samarali ishlash bo‘yicha tavsiyalar berildi. 👍 Shuningdek, amaliy mashg‘ulotlar va fikr almashuvlar jarayonida targ‘ibot faoliyatida uchraydigan muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Repost from Digital.uz
🌟Xalqaro informatika olimpiadasi ilk bor Oʻzbekistonda oʻtkaziladi 2026-yil 9–16-avgust kunlari Toshkent shahrida 38-Xalqaro
🌟Xalqaro informatika olimpiadasi ilk bor Oʻzbekistonda oʻtkaziladi 2026-yil 9–16-avgust kunlari Toshkent shahrida 38-Xalqaro informatika olimpiadasi bo‘lib o‘tadi. Nufuzli musobaqa 97 dan ortiq davlatdan 386 nafar yosh dasturchini jamlaydi. Mezbon mamlakat sifatida O‘zbekiston olimpiadada 2 ta terma jamoa bilan ishtirok etadi. Olimpiada IT sohasini jadal rivojlantirayotgan respublikaning xalqaro hamjamiyatda oʻz mavqeyini yanada oshirishga xizmat qiladi. Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/196681 ________ Международная олимпиада по информатике впервые пройдёт в Узбекистане С 9 по 16 августа 2026 года Ташкент станет площадкой 38-й Международной олимпиады по информатике (IOI 2026) – старейшего в мире состязания среди юных программистов, ежегодно проводимого с 1989 года. С 9 по 16 августа Ташкент соберёт 386 юных программистов более чем из 97 стран. Принимая олимпиаду впервые, Узбекистан примет участие в олимпиаде двумя национальными сборными. Проведение IOI 2026 станет важным шагом в укреплении международного имиджа Узбекистана и демонстрацией результатов проводимых в стране реформ в сфере информационных технологий и цифрового образования. Подробно: 👉 https://digital.uz/ru/news/view/196681 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X

🥳 Yangihayotlik sportchilardan yana g‘alaba! 🤾‍♀️ Gap shundaki, “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mahalla yoshlari o‘r
+2
🥳 Yangihayotlik sportchilardan yana g‘alaba! 🤾‍♀️ Gap shundaki, “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mahalla yoshlari o‘rtasida gimnastrada musobaqasining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. 🏆 Musobaqada barcha viloyatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahri jamoalaridan 150 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etib, g‘oliblik uchun bellashdi. 🥇 Quvonarlisi, ushbu musobaqada Toshkent shahri nomidan Yangihayot tumani “Yo‘ldosh” mahallasi yoshlari munosib qatnashib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 📍 Endilikda Yangihayot tumaniga 400 mln so‘mlik universal sport maydonchasi qurib beriladi. 😊 Fursatdan foydalanib, ularni g‘alaba bilan muborakbod etamiz.

❗️ Hurmatli yangihayotliklar! 🔵 Yozgi anomal issiq havo mavsumi uchun tezkor dispecherlik xizmatlari tunu kun ish rejimida f
❗️ Hurmatli yangihayotliklar! 🔵 Yozgi anomal issiq havo mavsumi uchun tezkor dispecherlik xizmatlari tunu kun ish rejimida faoliyat olib borayotganini eslatib o‘tamiz! 📌 Ayni paytda jazirama issiq tufayli yuklama ortgan bir paytda iste’molchilarga elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiqlik energiyasi va ichimlik suvi ta’minotini uzluksiz yetkazib berish, shuningdek, aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni tezkor hal etish bo‘yicha dispecherlik xizmatlari o‘z faoliyatini olib bormoqda. 🔺 Agar elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiqlik energiyasi yoki ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammo yoki savollaringiz bo‘lsa, quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin: 😏 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Yangihayot tumani bo‘limi: 71-257-07-78 😮 “Veolia Energy” MChJ Yangihayot tumani bo'limi: 71-258-09-35 71-257-27-54 👏 “Toshkent shahar suv ta’minoti” AJ Yangihayot tumani bo‘limi: 71-258-36-42 71-258-96-32 🧐 “Yangihayottumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi: 55-503-04-98 👏 Yangihayot tumani “Oqava suv tarmoqlari” bo‘limi: 71-257-73-85 😄 “Toshshaharnur” DM Yangihayot tumani bo‘limi: 71-215-25-34 😌 "Yangihayot-Maxsustrans" ATF: 71-250-75-49 ____________________________ ❗️ Уважаемые жители Янгихаятского района! 🔵 Напоминаем, что в связи с сезоном аномальной жары оперативные диспетчерские службы работают в круглосуточном режиме! 📌 В настоящее время, в период повышенной нагрузки из-за знойной погоды, диспетчерские службы ведут свою деятельность по бесперебойному обеспечению потребителей электроэнергией, природным газом, тепловой энергией и питьевой водой, а также по оперативному решению обращений, поступающих от населения. 🔺 Если у вас возникли проблемы или вопросы, связанные с подачей электроэнергии, природного газа, тепловой энергии или питьевой воды, вы можете обратиться по следующим номерам: 😏 Янгихаятский районный филиал АО "Худудий электр тармоклари": 71-257-07-78 😮 Янгихаятский районный филиал ООО "Veolia Energy": 71-258-09-35 71-257-27-54 👏 Янгихаятский районный филиал АО "Тошкент шахар сув таъминоти": 71-258-36-42 71-258-96-32 🧐 Районный газоснабжающий отдел "Янгихаёттумангаз": 55-503-04-98 👏 Янгихаятский районный отдел "Окава сув тармоклари" (Канализационные сети): 71-257-73-85 😄 Янгихаётский районный филиал ГУП "Тошшахарнур": 71-215-25-34 😌 АТФ "Янгихаёт-Махсустранс": 71-250-75-49 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

С днём рождения, Уважаемый Президент!

#BizningPrezident Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, hurmatli Prezident!