en
Feedback
Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

Open in Telegram

Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
4 708
Subscribers
-624 hours
-507 days
-1 73930 days
Posts Archive
#ob_havo 📆 Bugun 14-iyul, haftaning seshanba kuni 🌸 Boshlangan kuningiz xayrli o’tsin 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

❗️ Hurmatli yangihayotliklar! 🛠️ “Istiqbol” nimstansiyasida rekonstruksiya ishlari olib borilishi sababli, 14-iyul kuni soat
❗️ Hurmatli yangihayotliklar! 🛠️ “Istiqbol” nimstansiyasida rekonstruksiya ishlari olib borilishi sababli, 14-iyul kuni soat 01:00 dan 05:00 ga qadar “Humo”, “Yangi Umid”, “Tashabbus”, “Yangiturmush”, “Olchazor”, “Mash’al”, “Yangihayot”, “Oriyat”, ’Gulshanobod’, “Yangi Darxon”, “Yangi Choshtepa” hamda “Choshtepa“ mahallalarida elektr ta’minoti to‘xtatiladi. Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

💦 Yangihayotda ko‘chalarga suv sepish ishlari davom etmoqda 🇺🇿 Yangihayot tumanida anomal issiq ob-havo sharoitida havo haroratining salbiy ta'sirini kamaytirish maqsadida ko‘chalarda suv sepish ishlari davom etmoqda. 🚍 Maxsus texnikalar yordamida tumanning asosiy ko‘chalari, yo‘l bo‘ylari hamda daraxtlar joylashgan hududlarda suv sepish ishlari olib borilmoqda. Mazkur tadbirlar issiq kunlarda hududlarda nisbatan salqin muhitni ta'minlash, yashil maydonlarni asrash va aholi uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qilmoqda. 🎬 Jarayonlar videomizda 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

💦 Yangihayot tumanida ko‘chalarda suv sepish ishlari amalga oshirilmoqda 🇺🇿 Yangihayot tumanida anomal issiq ob-havo sharoitida maxsus texnikalar yordamida ko‘chalar, yo‘l bo‘ylari hamda daraxtlarga suv sepish ishlari olib borilmoqda. 🌱 Mazkur chora-tadbirlar hududdagi yashil infratuzilmani asrash, ekologik muvozanatni qo‘llab-quvvatlash hamda aholi va mehmonlar uchun yanada qulay va salqin muhit yaratishga qaratilgan. 🚍 E’tiborlisi, suv sepish ishlari belgilangan grafik asosida tizimli ravishda tashkil etilmoqda. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

Yangihayotda favvoralar salqinlik ulashmoqda ☀️ Yozning jazirama kunlarida Yangihayot tumanida aholi uchun yanada qulay muhit yaratish hamda yashil hududlarni saqlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda. 👍 Shuningdek, tumandagi "Flowers Garden" bog‘ida ham aholining maroqli hordiq chiqarishi va salqinlikda dam olishi uchun barcha qulayliklar hamda zarur sharoitlar yaratilgan. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

Yangihayotda favvoralar salqinlik ulashmoqda ☀️ Yozning jazirama kunlarida Yangihayot tumanida aholi uchun yanada qulay muhit yaratish hamda yashil hududlarni saqlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda. 🇺🇿 Shu maqsadda tuman hududidagi favvoralar belgilangan reja asosida bosqichma-bosqich ishga tushirilib, ularning uzluksiz faoliyat yuritishi ta'minlanmoqda. Favvoralarning muntazam ishlashi jamoat maskanlarida salqin muhitni shakllantirish bilan birga, atrofdagi gazonlar, daraxtlar va boshqa yashil maydonlarning namligini saqlashga ham xizmat qilmoqda. 👍 Amalga oshirilayotgan ushbu chora-tadbirlar anomal issiq ob-havo sharoitida hudud ekologiyasini qo‘llab-quvvatlash, yashil infratuzilmani asrash hamda aholi va mehmonlar uchun yanada qulay sharoit yaratishga qaratilgan. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

⛲️ Yangihayot tumanida favvoralar uzliksiz rejimda ishga tushirilmoqda 🇺🇿 Poytaxtning barcha tumanlari qatori Yangihayot tumanida ham anomal issiq ob-havo sharoitida aholi uchun qulay va salqin muhit yaratish maqsadida zarur chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. 📍 Xususan, tuman hududidagi favvoralar belgilangan tartib asosida uzluksiz faoliyat yuritmoqda. Ayni paytda mavjud favvoralar bosqichma-bosqich ishga tushirilib, ularning barqaror ishlashi ta'minlanmoqda. 👍 Favvoralarning muntazam faoliyati yozning issiq kunlarida havo haroratini yumshatish, jamoat maskanlarida salqin va qulay muhit yaratish hamda atrofdagi yashil maydonlarni asrash va ularning ekologik holatini saqlashga xizmat qilmoqda. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🇺🇿 Yangihayot tumanida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi 👍 Bugun Yangihayot tumanidagi Madaniyat markazida tuman hokimi, tuman prokurori, tuman IIO FMB boshlig‘i, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i, tuman hokimi o‘rinbosarlari, tuman FVB boshlig‘i, mas’ul tashkilot va idoralar rahbarlari, huquq-tartibot organlari xodimlari hamda barcha mahallalarning "mahalla yettiligi" vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 👍 Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli ko‘rsatmasiga asosan yoz mavsumida yong‘inlarning oldini olishga qaratilgan "Dolzarb 60 kun" tadbirini samarali tashkil etish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish hamda mas’ul idoralar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
👍 Shuningdek, joriy yilning 6 oyi davomida tumanda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Xususan, soliq tushumlarini oshirish, fuqarolarni tadbirkorlikka jalb etish, aholi bandligini ta’minlash, yoshlar bilan ishlash, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash bo‘yicha erishilgan natijalar tahlil qilindi. Shuningdek, mavjud kamchiliklar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
👍 Bundan tashqari, yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PQ-153-son qarori ijrosini ta’minlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, axborot texnologiyalari yordamida sodir etilayotgan kiberjinoyatlarga qarshi kurashni kuchaytirish, davlat organlari, banklar va to‘lov tizimi operatorlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, aholining kiberxavfsizlik bo‘yicha xabardorligini oshirish hamda har yili aprel–noyabr oylarida o‘tkaziladigan "Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida targ‘ibot va profilaktika tadbirlarini samarali tashkil etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi. 👍 Yig‘ilish yakunida tashkilot va muassasalar rahbarlariga hududlarda yong‘in xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, "Dolzarb 60 kun" tadbiri doirasidagi profilaktik ishlarni tizimli tashkil etish, yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

Qora metallurgiyani yanada rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi. — Определены задачи по дальнейшему развитию черной металлургии. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Soha mutasaddilari, viloyat hokimlari, kombinatlar, “aql markazlari”, ilmiy muassasalar rahbarlari va oliygoh rektorlari bugu
Soha mutasaddilari, viloyat hokimlari, kombinatlar, “aql markazlari”, ilmiy muassasalar rahbarlari va oliygoh rektorlari bugun aytilgan har bir topshiriq ijrosini so‘zsiz ta’minlashi shartligi qayd etildi. Qora metallurgiyada xomashyo bazasini kengaytirish, importga bog‘liqlikni kamaytirish, raqamlashtirish va sun’iy intellektni keng joriy etish, yangi mahsulotlarni mahalliylashtirish hamda xususiy sektor bilan kooperatsiyani kuchaytirish asosiy vazifalar sifatida belgilandi. Ilmiy muassasalar va oliygohlarning tadqiqotlari amaliyotdagi muammolarga yechim topish, korxonalarni rivojlantirish va texnologik yangilanishni tezlashtirishga qaratilgan bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, ilmiy ishlanmalarni moliyalashtirish va amaliyotga joriy qilish bo‘yicha venchur fond tashkil etish vazifasi qo‘yildi. Davlatimiz rahbari sohada “texnologik sakrash” qilish zarurligini ta’kidlab, yil yakuni bilan har bir mas’ul rahbardan qat’iy so‘rov va javobgarlik bo‘lishi haqida ogohlantirdi. Yig‘ilishda mutasaddilarning hisobotlari tinglandi. Facebook|Instagram|X

Yig‘ilishda metallurgiya sanoatida raqamlashtirish va sun’iy intellektni joriy etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Da
Yig‘ilishda metallurgiya sanoatida raqamlashtirish va sun’iy intellektni joriy etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Davlatimiz rahbari Olmaliq kombinatida sun’iy intellekt orqali operatsion xarajatlar, tannarx va energiya sarfini kamaytirish, mehnat unumdorligini oshirish bo‘yicha natijalar borligini qayd etdi. Masalan, samosvallarga onlayn kuzatuv vositasi o‘rnatilib, sun’iy intellekt orqali optimal marshrut tanlangani hisobiga 1,5 ming tonna dizel yoqilg‘isi yoki 22 milliard so‘m tejalgan. Ekskavator tishlarining yemirilishini oldindan prognoz qilish orqali texnologik yo‘qotishlar 4 milliard so‘mga kamaygan. Boshqa metallurgiya kombinatlarida ham sun’iy intellekt va raqamlashtirish orqali uskunalardan foydalanish samaradorligini 20 foizga oshirish, tannarxni 10 foizga, energiya sarfini 15 foizga, texnik xizmat xarajati va texnologik uzilishlarni 20 foizga qisqartirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish topshirildi. Bekobod kombinatida sun’iy intellekt yordamida lom tarkibidagi nometall buyumlarni aniqlash orqali yiliga 25 milliard so‘m, eritish pechlariga “aqlli” datchiklar o‘rnatish hisobiga esa elektr energiyasidan yiliga 3 million dollar tejash mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi. Facebook|Instagram|X

Bekobod metallurgiya kombinatidagi 90 gektar maydonda tayyor infratuzilmaga ega “O‘zbekiston ekologik texnologiyalar sanoat p
Bekobod metallurgiya kombinatidagi 90 gektar maydonda tayyor infratuzilmaga ega “O‘zbekiston ekologik texnologiyalar sanoat parki” tashkil etiladi. Shu yerning o‘zida qora metallar bo‘yicha R&D markazi tashkil etilib, yangi mahsulotlar yaratish va ularni sanoatga joriy qilish yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu hududda xalqaro sertifikat beradigan zamonaviy laboratoriya ishga tushiriladi. Joriy yilning o‘zida sanoat parkida xususiy investorlar bilan katta diametrli quvur, ko‘tarma kran, filtrlash uskunalari kabi yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalar boshlanadi. Shuningdek, Samarqand, Jizzax, Namangan va Sirdaryodagi yirik metallurgiya korxonalari atrofida jami 100 million dollarlik kooperatsiya loyihalari dasturini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Mazkur loyihalar hududlarda qo‘shilgan qiymat zanjirini kengaytirish, xususiy sektor faolligini oshirish va yangi turdagi metall mahsulotlarini mahalliylashtirishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X

Iqtisodiyot yangi texnologik rivojlanish bosqichiga o‘tayotgani sababli barcha tarmoqlarda yangi turdagi metall mahsulotlarig
Iqtisodiyot yangi texnologik rivojlanish bosqichiga o‘tayotgani sababli barcha tarmoqlarda yangi turdagi metall mahsulotlariga talab ortib bormoqda. Shu bois, metall mahsulotlari assortimentini ko‘paytirish uchun yirik kombinatlar va xususiy korxonalar o‘rtasida kooperatsiyani kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Birgina choksiz quvurga mamlakatimizda 280 million dollarlik talab bor. Asosiy savdo hamkorlarimiz ham yiliga 1,5 milliard dollarlik shunday mahsulot import qilmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, choksiz quvur ishlab chiqarishni mahalliylashtirish uchun 275 million dollar investitsiya talab etiladi. Bu orqali yiliga 450 million dollarlik mahsulot ishlab chiqarish, shundan 170 million dollarlik qismini eksportga yo‘naltirish mumkin. Bugun ishga tushirilgan Quyuv-prokatlash majmuasi hisobiga avtomobilsozlik, maxsus transport, texnologik uskunalar, maishiy va qishloq xo‘jaligi texnikalari, qurilish materiallari sohalarida 1,5 milliard dollarlik mahsulotlarni o‘zimizda ishlab chiqarish imkoniyati yaratilmoqda. Mutasaddilarga uch oyda choksiz quvur, sovuq prokat, metalni 3D usulda bosib chiqarish va yuqori aniqlikda ishlov berish bo‘yicha loyihalar paketini tayyorlab, ishni boshlash topshirildi. Facebook|Instagram|X

Bekobod metallurgiya kombinatidagi 90 gektar maydonda tayyor infratuzilmaga ega “O‘zbekiston ekologik texnologiyalar sanoat p
Bekobod metallurgiya kombinatidagi 90 gektar maydonda tayyor infratuzilmaga ega “O‘zbekiston ekologik texnologiyalar sanoat parki” tashkil etiladi. Shu yerning o‘zida qora metallar bo‘yicha R&D markazi tashkil etilib, yangi mahsulotlar yaratish va ularni sanoatga joriy qilish yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu hududda xalqaro sertifikat beradigan zamonaviy laboratoriya ishga tushiriladi. Joriy yilning o‘zida sanoat parkida xususiy investorlar bilan katta diametrli quvur, ko‘tarma kran, filtrlash uskunalari kabi yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalar boshlanadi. Shuningdek, Samarqand, Jizzax, Namangan va Sirdaryodagi yirik metallurgiya korxonalari atrofida jami 100 million dollarlik kooperatsiya loyihalari dasturini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Mazkur loyihalar hududlarda qo‘shilgan qiymat zanjirini kengaytirish, xususiy sektor faolligini oshirish va yangi turdagi metall mahsulotlarini mahalliylashtirishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X

Mamlakatimizda 1,5 milliard tonna temir ruda zaxirasi mavjud. “Surun-ota” konidan yiliga 650 ming tonna temir xomashyosini ol
Mamlakatimizda 1,5 milliard tonna temir ruda zaxirasi mavjud. “Surun-ota” konidan yiliga 650 ming tonna temir xomashyosini olish bo‘yicha xitoylik hamkorlar bilan kelishuvga erishilgan. Ushbu kondan temir konsentrati 2027-yildan boshlab kombinatga yetkazib berilishi shartligi belgilandi. Bundan tashqari, “Tebinbuloq” konini uch-to‘rt yilda ishga tushirish orqali yiliga 1 million tonna po‘lat ishlab chiqarish imkoni yaratiladi. Tojikistondan yiliga 700 ming tonna temir xomashyosini sotib olish bo‘yicha memorandum imzolangani qayd etilib, tez fursatda shartnomani rasmiylashtirish va kelgusi yildan xomashyo olib kelishni boshlash vazifasi qo‘yildi. Metallurgiya sohasidagi yirik xususiy korxonalar ham geologiya-qidiruv ishlari, konlardan xomashyo qazib olish va tayyor mahsulotgacha bo‘lgan to‘liq texnologik zanjirni tashkil etishga tayyor ekani ta’kidlandi. Samarqanddagi korxona temir koni berilsa, xomashyo qazib olishga 500 million dollargacha sarmoya kiritish tashabbusini bildirgan. Bekobod metallurgiya kombinati esa xomashyo bazasini kengaytirish uchun Forishdagi 32 million tonna temir resursiga ega “Temirkon”ni o‘zlashtirishni so‘ragan. Prezidentimiz buning uchun sharoit yaratish yuzasidan topshiriqlar berdi. Facebook|Instagram|X

Bugungi kunda Bekobod metallurgiya kombinati metall prokatning 40 foizini ikkilamchi metaldan, 60 foizini import hisobidan is
Bugungi kunda Bekobod metallurgiya kombinati metall prokatning 40 foizini ikkilamchi metaldan, 60 foizini import hisobidan ishlab chiqarmoqda. Respublika bo‘yicha har yili 700 ming tonna qora metallolom kombinatga topshirilayotgan bo‘lsa-da, yana 500 ming tonna metallolom xufiyona aylanmada qolmoqda. Shu bois, qora metall aylanmasi bilan bog‘liq barcha jarayonlar elektron platforma orqali real vaqt rejimida monitoring qilinadi. Qora metallurgiya sanoatida sog‘lom raqobat muhiti va narx barqarorligini ta’minlash, sohada ta’sirchan nazorat mexanizmlarini o‘rnatish uchun Hukumatda alohida loyiha ofisi tashkil etiladi. Ushbu ofis metall mahsulotlari bozorini kunlik tahlil qiladi, xomashyo va tayyor mahsulotga talab va taklifni shakllantiradi, mahsulot sifati, kelib chiqishi, fizik va kimyoviy tarkibi aks etadigan raqamli pasportni yuritadi. Mutasaddilarga bir oyda loyiha ofisi faoliyatini yo‘lga qo‘yish, 1-avgustdan “E-lom” elektron platformasini ishga tushirib, qora metall aylanmasini nazoratga olish topshirildi. Facebook|Instagram|X

So‘nggi o‘n yilda mamlakatimizda po‘lat list, navli prokat, quvurlar va metall konstruksiyalarga ehtiyoj 3 karra ortib, 5,5 m
So‘nggi o‘n yilda mamlakatimizda po‘lat list, navli prokat, quvurlar va metall konstruksiyalarga ehtiyoj 3 karra ortib, 5,5 million tonnaga yetdi. Yangi qurilayotgan atom elektr stansiyasi, To‘rtinchi mis boyitish fabrikasi va yangi mis eritish zavodining o‘ziga 2,5 million tonnaga yaqin po‘lat list va armatura kerak bo‘ladi. Kelgusi besh yilda 180 milliard dollarlik yangi quvvatlar ishga tushiriladi, 27 milliard dollarlik infratuzilma loyihalari amalga oshirilib, 800 ming xonadonli ko‘p qavatli uy-joylar barpo etiladi. Natijada metall mahsulotlariga yillik ehtiyoj 2030-yilgacha 1,5 barobar ko‘payib, 8 million tonnadan ortadi. Davlatimiz rahbari mutasaddilarga ushbu ehtiyoj qaysi quvvatlar hisobidan ta’minlanishi yuzasidan aniq hisob-kitoblar bo‘lishi zarurligini ko‘rsatib o‘tdi. Facebook|Instagram|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev qora metallurgiya sanoatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yi
Prezident Shavkat Mirziyoyev qora metallurgiya sanoatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda. Davlatimiz rahbari qora metallurgiya qurilish, qurilish materiallari, avtomobilsozlik, mashinasozlik, energetika va elektrotexnika kabi jami 50 milliard dollarlik iqtisodiyot tarmoqlari uchun asosiy xomashyo manbalaridan biri ekanini ta’kidladi. Iqtisodiyotni texnologik va innovatsion o‘sish modeliga o‘tkazib, yalpi ichki mahsulotni 2030-yilda 240 milliard dollarga yetkazish uchun yiliga kamida 8-9 foizli o‘sishni ta’minlash zarurligi qayd etildi. Shu bilan birga, sohada importga qaramlik, tannarx va energiya sarfining yuqoriligi, raqamlashtirish va sun’iy intellektni joriy qilish bo‘yicha natijalar yetarli emasligi ko‘rsatib o‘tildi. Ayniqsa, jahondagi ziddiyatlar va asosiy transport yo‘laklaridagi logistika muammolari sharoitida qora metallurgiyada xomashyo bazasini mustahkamlash, mahsulot turi va sifatini oshirish har qachongidan ham dolzarb ekani ta’kidlandi. Facebook|Instagram|X

💧 Yangihayot tumanida sug‘orish tizimlari faol ishlamoqda 🇺🇿 Yangihayot tumanida anomal issiq ob-havo sharoitida yashil hududlarni asrash hamda aholi uchun yanada qulay va salqin muhit yaratish maqsadida zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 🏡 Xususan, tuman hududidagi gazonlar, daraxtlar va boshqa ko‘kalamzor maydonlardagi sug‘orish tizimlari uzluksiz ishlamoqda. 🌳 Mazkur ishlar issiq kunlarda poytaxt aholisi va mehmonlari uchun yanada qulay, salqin va ekologik musaffo muhit yaratishga qaratilgan bo‘lib, tuman hududlarida belgilangan reja asosida izchil davom ettirilmoqda. ___________________ 💧 В Янгихаётском районе активно работают системы орошения 🇺🇿 В условиях аномальной жары в Янгихаётском районе принимаются необходимые меры для сохранения зелёных зон и создания более комфортной и прохладной среды для населения. 🏡 В частности, системы полива на газонах, вокруг деревьев и на других озеленённых территориях района работают в непрерывном режиме. 🌳 Данные работы, направленные на создание более комфортной, прохладной и экологически чистой среды для жителей и гостей столицы в жаркие дни, последовательно продолжаются на территориях района согласно утверждённому плану. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston metallurgiya kombinatining Quyuv-prokatlash majmuasini ishga tushirdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ввел в строй Литейно-прокатный комплекс Узбекского металлургического комбината. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X